Avtomobilning ekologik xususiyatlari. Reja


Afzallik va kamchiliklari



Download 111,71 Kb.
bet11/12
Sana13.04.2022
Hajmi111,71 Kb.
#547849
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
Bog'liq
9. Avtomobilning ekologik xususiyatlari

Afzallik va kamchiliklari


Elektromobillar boshqa transport vositalariga qaraganda kamxarjligi bilan ajralib turadi. Masalan, Ford Ranger elektromobili bir kilometr masofa uchun 0,25 kVt-soat energiya sarflasa, Toyota RAV4 EV uchun 0,19 kVt-soat kifoya qiladi.
Bugungi kunda elektrodvigatellarning foydali ish koeffitsienti 88-95 foizni tashkil etmoqda. Ichki yonuv dvigatellaridan esa bu ko’rsatkich 22-42 foizni tashkil etadi xolos. Elektromobillarning yana bir afzalligi shundaki, ular kam miqdorda shovqin taraladi. Biroq ko’pchilik tomonidan elektromobillarning shovqinsiz harakatlanishi piyodalar uchun sezilarsiz bo’lgani tufayli yo’l-transport hodisalariga sabab bo’lishi mumkinligi e’tirof etilmoqda. SHu bois ham ayrim ishlab chiqaruvchilar elektromobillarga tezlik soatiga 30 kilometrdan oshgandan so’ng sun’iy ravishda shovqin chiqarish moslamalarini o’rnatmoqda.
Elektromobillarnin yana bir ustun tomoni shundaki, ularda atrof-muhitni ifloslantiruvchi neftь mahsulotlari, motor moylari va ular uchun zarur bo’lgan filьtrlar, antifriz talab etilmaydi. SHuningdek, texnik ko’rikdan o’tkazishning soddaligi, yo’l-transport hodisalari vaqtida yong’in va portlash xavfining past ekani ham ta’kidlanmoqda. Elektromobillarning odatiy elektr tarmoqlari orqali quvvatlash mukin, biroq bu maxsus yuqori quvvatli uskunalarga qaraganda ko’proq vaqtni oladi.
Elektromobillarga oid eng katta muammo esa ularning akkumulyatorlari bilan bog’liq bo’lib qolmoqda. Asosan ularni ishlab chiqarish va utilizatsiya qilish muammosi hozircha ijobiy yechim topgani yo’q. Sababi bunday akkumulyatorlarda atrof-muhit uchun zararli bo’lgan kimyoviy moddalar, jumladan, qo’rg’oshin, litiy va turli kislotalar qo’llaniladi.
Elektromobillarning keng ko’lamda ishlab chiqarish uchun ularni quvvatlovchi tuzilmalarni yaratish muammosini ham o’z yechimini kutmoqda. Ommaviy tarzda elektromobillarning uy sharoitida quvvatlanishi esa elektr energiyasi ta’minoti tizimlarida zo’riqish va uzilishlarni keltirib chiqarishi ehtimoldan yiroq emas. SHuningdek, quvvatlash jarayoni ko’proq vaqtni talab etishi bor gap.
Ko’pchilik elektromobillar bir martalik quvvat bilan kam masofani bosib o’tadi. Quvvati 24 kVt-soat bo’lgan batareyalar uzog’i bilan 160 kilometr masofani bosib o’tishi mumkin. Konditsioner va isitish tizimlari, elektromobillardan o’rin olgan yo’lovchilar soni va yuk hajmi, avtomobil tezligining 90-100 kilometrga ko’tarilishi ushbu masofani 2 barobargacha qisqartirmoqda.
SHuningdek, elektromobillardan qo’llaniluvchi litiyli akkumulyatorlar tannarxi baland bo’lsa, qo’rg’oshinli akkumulyatorlar hajmi kattaligi va og’ir vazni bilan muammoligicha qolmoqda.

Download 111,71 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish