Atmosfera havosi ifloslanishining ekologik oqibatlari



Download 105,08 Kb.
bet21/21
Sana24.06.2022
Hajmi105,08 Kb.
#698317
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   21
Bog'liq
O\'rmonning tabiat va inson hayotidagi ahamiyati.

Iqtisodiy iqlim nazorati
So'nggi paytda mutaxassislar atrof-muhit, iqlim va undagi o'zgarishlarning iqtisodiyot va siyosatga ta'sirini o'rganishga kirishgan. Bu sohadagi ekspertlarning oziq-ovqat xavfsizligi, energetika va transportga doir siyosatni ham shakllantirishda xizmati katta.
Joriy yilda AQSh avtomobil bozoriga elektr tokida yuradigan gibrid turidagi 25 xil yangi mashina chiqariladi. Yirik avtomobilsozlik kompaniyalari katta o'zgarishlar haqida ma'lum qilgan.
Jonatan Lash Jahon resurslari instituti rahbari. Tashkilot yaqinda 2011-yil uchun ekologik bashoratlarini e'lon qildi.
"Elektr tokida yuradigan mashinalarning atrof-muhitga foydasi haqida munozara ko'p bo'lyapti. Agar elektr toki asosan ko'mir hisobiga ishlab chiqariladigan joylarda bunday avtomobillar ko'paysa, zaharli gazlarning atmosferaga chiqarilishini 25 foizga kamaytirish mumkin", - deydi u.
Lash tashkilotining yillik xulosalarini yaqinda Vashingtonda o'tgan bir tadbirda e'lon qildi. Transport eng katta bosh og'riq, deydi u.
Yirik shaharlarda avtomobil yo'llaridagi tig'izlik jiddiy muammo. Kolumbiya va Braziliyada avtobus tizimi takomillashib, buning oldi olinmoqda, yo'llarni ta'mirlashga sarflanadigan pul tejalyapti.
Mutaxassisning aytishicha, avtobus tizimi arzon, tezroq harakat qiladi. Kengayishda davom etadi, chunki bu rivojlanayotgan davlatlardagi yirik shaharlar uchun muammoga yechim.
Shaharlararo yo'nalishda, deydi Lash, Xitoy, masalan, tezyurar poyezdlar tizimiga katta e'tibor beryapti.
Dunyodagi barcha tezyurar poyezd relslarini qo'shib hisoblaganda ham Xitoynikiga yetmaydi, deydi mutaxassis. Bu davlat muqobil energiya manbalarini rivojlantirish uchun ko'p sarmoya tikkan.
"Xitoy buyuk rejalarni ko'zlayapti. Bu ishga jiddiy yondashib, hammani hayratga solyapti. Xitoyning ekologiyaga xizmati katta bo'ladi, deb o'ylayman".
Jahon resurslari instituti prezidentiga ko'ra, AQSh bu borada hammadan ortda.
O'tgan yili Kongress iqlim o'zgarishiga doir qonunni tasdiqlamadi. Bu esa Amerikada toza energiya sanoatining rivojlanishiga pand berishi turgan gap. Ammo asta-sekin shtatlar darajasidagi o'zgarishlar davlat miqyosidagi islohotlarga yetaklashi mumkin, deydi Lash.
"20 dan ziyod shtat iqlim o'zgarishiga qarshi mustaqil dasturga ega. Yuzlab shaharlar, kompaniyalar, jamoalarda masalaga jiddiy e'tibor qaratilmoqda", - deydiu.Ustiga ustak, Atrof-muhitni muhofaza qilish boshqarmasi zararli gazlarning atmosferaga chiqarilishini nazorat qila boshlashini aytgan. Ammo og'ir sanoat vakillari va ba'zi siyosatchilar nazoratga qarshi.
Jonatan Lash oziq-ovqat narxini kuzatishni tavsiya qiladi. Narx-navo energiyaga bo'lgan talab va aholining ko'payishiga bog'liq, deydi u.
"Dunyo bo'ylab harorat ko'tarilishi vaziyatni keskinlashtirmoqda. Toshqinlar, qurg'oqchilik, dovullar oziq-ovqat ta'minotini kesmoqda", - deydi u.
Jahon Banki mutaxassisi Kristofer Delgadoning aytishicha, Rossiyada iqlim o'zgarishi bug'doy hosiliga ta'sir qilmoqda.
"2008-yil o'ta og'ir keldi. Hozir ahvol bir oz yaxshi. Bug'doy g'amlandi, lekin ko'pga yetmaydi", - deydi Delgado.
Ekspertlar xulosasicha, jahon hamjamiyati iqlim o'zgarishining qishloq xo'jaligiga ta'sirini o'rganib, hozirdan chora ko'rmas ekan, qashshoq davlatlarda ahvol yomonlashib boraveradi.
Endryu Stier Jahon Bankida iqlim masalalari bo'yicha maxsus vakil vazifasida ishlaydi.
"Jiddiy chora ko'rmasak, Afrikada odamlar yanada qashshoqlashadi. Ba'zi hisoblarga ko'ra, 2100-yilga borib, qit'ada hosil yarmiga qisqarishi mumkin", - deydi u.
Endryu Stier deydiki, Jahon Banki iqlimdagi salbiy o'zgarishlar ta'sirini kamaytirish yo'lida 130 dan ziyod mamlakatlarda ish olib bormoqda.
Orol dengizining qurishi bir qator ijtimoiy-iqtisodiy va ekologik oqibatlarni keltirib chiqardi, shu jumladan erlarning tanazzuli, biologik xilma-xillikni yo'qotishi, iqlim o'zgarishi va mintaqa aholisi o'rtasida sog'lig'ining yomonlashishi.
O'zbekiston hukumati va xalqaro hamjamiyat dengizning bug'lanishi oqibatlarini bartaraf etish uchun barcha choralarni ko'rmoqda. Amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar samaradorligini oshirish va kelajakdagi harakatlar rejalarini ishlab chiqish uchun mahalliy aholining bevosita ehtiyojlarini to'g'ridan-to'g'ri suhbatlar orqali aniqlash zarur.
2017 yilda Birlashgan Millatlar Tashkilotining "Orol dengizi falokati oqibatida zarar ko'rgan jamoalarning barqarorligini Orol dengizi uchun ko'p sherikli inson xavfsizligi fondi orqali mustahkamlash" dasturi doirasida Orol dengizi hudud aholi orasida ijtimoiy-iqtisodiy so'rov o'tkazildi. 
Baholash Orol dengizi mintaqasida odamlarning turli xil bexavotirlik sabablarini chuqur tahlil qilishni va maqsadli choralar va mintaqaga texnik va moliyaviy resurslarni samarali jalb qilish bo'yicha takliflarni ishlab chiqishni maqsad qilgan.
So'rov Qoraqalpog'iston Respublikasining Orol dengizi inqirozidan eng ko'p zarar ko'rgan mintaqaning shimoliy qismida joylashgan 8ta tumanida bo'lib o'tdi, 116 ta jamoa va 1600 ta uy xo'jaliklarini qamrab oldi. Har bir tumanda 8ta fokus-guruhlar tashkil etildi, ular 1600 nafar mahalliy hokimiyat va fuqarolik jamiyati vakillarini qamrab oldi.
So'rov natijalari so'rov o'tkazilayotgan hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo'yicha qo'shimcha chora-tadbirlarni ishlab chiqish uchun amaliy ahamiyatga ega, shuningdek, milliy va xalqaro sheriklar bilan hamkorlikda BMT qo'shma dasturi doirasida tashkil etilib, Orol dengizi mintaqasi uchun Inson xavfsizligini ta'minlash bo'yicha ko'p sheriklik fondining dasturiy asosi bo'lib xizmat qilishi kutilmoqda. 

O‘zbekiston Respublikasi iqlim inqiroziga eng kam ta’sir ko‘rsatayotgan davlatlardan biri bo‘lsa-da, uning nomutanosib oqibatlariga duch kelmoqda. Prognoz qilinayotgan suv resurslarining kamayishi va yog‘ingarchilik rejimidagi o‘zgarishlar uzoq davom etadigan qurg‘oqchilikka va sug‘orish uchun suv miqdorining kamayishiga olib kelishi kutilmoqda, bu esa aholining katta qismini oziq-ovqat xavfsizligi xatari ostida qoldiradi. Suv tanqisligi mamlakatda hosildorlikning pasayishiga va natijada tez o‘sib borayotgan aholini yetarli darajada mahsulot bilan ta’minlay olmaslikka olib keladi. Orol dengizining to‘xtovsiz davom etayotgan qurishi muammoni yanada kuchaytirmoqda, u so‘nggi 40 yil ichida o‘z maydonining 57 foizini, hajmining 80 foizini va chuqurligining 64 foizini yo‘qotdi.


Boshqa tomondan, O‘zbekiston “yashil” iqtisodiyotni yaratish orqali uglerod izini kamaytirish yo‘lida muhim qadamlar tashlamoqda. Uning iqlim oqibatlariga nisbatan yuqori darajada himoyasizligini hisobga olgan holda, iqlim o‘zgarishi oqibatlarini yumshatish va unga moslashish choralari mamlakat uchun ustuvor vazifaga aylanmoqda. 2021 yilning sentabr oyida Prezident Shavkat Mirziyoyev O‘zbekistonning Parij bitimi bo‘yicha maqsadlarga erishish, uglerod gazidan xoli iqtisodiyot qurish yo‘lida aniq qadamlar qo‘yish borasidagi majburiaytini yana bir bor tasdiqladi.
Download 105,08 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   21




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish