Atamalar izohi: Industrial sivilizatsiya



Download 1,47 Mb.
bet54/87
Sana26.02.2022
Hajmi1,47 Mb.
#471477
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   87
Bog'liq
10-sinf Jahon tarixi Vord darslik

5. Tashqi siyosat. Ikkinchi jahon urushidagi g‘alaba SSSRga juda katta xalqaro obro‘ keltirdi. SSSR boshchiligida sotsialistik tizim vujudga keldi. Bu davrdagi sovet tashqi siyosatining asosini AQSH bilan dunyoda gegemonlik uchun kurash tashkil qildi.
1959-yili inqilob natijasida Kubada hokimiyatga kelgan F. Kastro rejimiga qarshi AQSH olib borgan tajovuzkor siyosat va bunga SSSR ning aralashuvi ikki buyuk davlatlar o‘rtasida yadro urushi xavfi ni keltirib chiqardi. Bu xavf “Karib inqirozi” nomini oldi va faqat AQSH prezidenti J. Kennedi bilan sovet rahbari N. Xrushchyov o‘rtasidagi kelishuv dunyoni yadro urushi halokatidan asrab qoldi.
“Iliqlik” davrida kapitalistik mamlakatlar bilan tinch-totuv yashash tamoyili ilgari surilib, bu SSSR bilan kapitalistik mamlakatlar, avvalo, AQSH o‘rtasida munosabatlarning ham iliqlashuviga olib keldi.
“Turg‘unlik” davrida ham kapitalistik mamlakatlar bilan tinch musobaqa davom ettirilib, bu jarayon 1979-yili Afg‘onistonga sovet qo‘shinlari kiritilgunga qadar davom etdi.
“Qayta qurish” davrida M. Gorbachyov ilgari surgan «yangicha siyosiy tafakkur» tashabbusi SSSRning AQSH va butun kapitalistik dunyo bilan munosabatlarida keskin ijobiy o‘zgarishlarga olib keldi.
6. Avgust inqirozi. SSSRning tarqalishi. 1991-yil 19-avgustga o‘tar kechasi Favqulodda holat davlat komiteti (GKCHP) tuzilganligi to‘g‘risida e’lon qilinib, unga SSSRning vitse-prezidenti, bosh vaziri kabi yuqori lavozimli kishilar kirdi. GKCHP mamlakatning bir qator hududlarida favqulodda holat e’lon qildi, 1977-yilgi konstitutsiyaga xilof ravishda faoliyat yuritayotgan hoki miyat tizimlari tarqatib yuborildi, muxolifatdagi partiya va harakatlar faoliyati to‘xtatildi, ommaviy axborot vositalari ustidan qat’iy nazorat o‘rnatildi, Moskvaga qo‘shin kiritildi.
GKCHPga qarshi harakatga demokratik kuchlar yetakchilik qildi. Ular 19-avgust kuni Rossiya fuqarolariga murojaat qilib, GKCHP harakatlari g‘ayri konstitutsion to‘ntarish, uning qarorlari noqonuniy, deb e’lon qilindi. 19-avgust kuni minglab moskvaliklar Rossiya Oliy Soveti bino sini himoya qilishga kirishdi. Tanklarda kelay otgan qo‘shinni to‘xtatishga harakat qilgan bir necha yoshlar halok bo‘ldi. 21-avgust kuni Rossiya Oliy Soveti ning fav qulodda sessiyasi ochildi. 22-avgust kuni GKCHP a’zolari qamoqqa olindi. Avgust voqealaridan keyin obro‘si tushib ketgan KPSSning faoliyati to‘xta tildi. Uning mulki natsionalizatsiya qilindi.
Avgust davlat to‘ntarishidan keyin barcha respublikalar birin-ketin o‘z mustaqill igini e’lon qildi. 1991-yil 8-dekabr kuni Minsk shahrida Ros siya, Ukraina, Belorussiya rahbarlari 1922-yilgi Ittifoq shartnomasini bekor qilib, Mustaqil Davlatlar Ham do‘stligi (MDH) tuzilganligini e’lon qildi. Unga Gruziya, Latviya, Litva va Estoniyadan boshqa barcha sobiq sovet respublik alari a’zo bo‘ldi. Shu tariqa SSSR tarqalib ketdi.

Download 1,47 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   87




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish