Atamalar izohi: Industrial sivilizatsiya



Download 1,47 Mb.
bet28/87
Sana26.02.2022
Hajmi1,47 Mb.
#471477
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   87
Bog'liq
10-sinf Jahon tarixi Vord darslik

Atamalar izohi:
Plantatsiya – maxsus qishloq xo‘jalik ekinlari yetishtiriladigan katta xo‘jalik.
Diktatura – hech qanday cheklovlarsiz, hukmron sinfning kuchiga tayanib ish yurituvchi hokimiyat. Ekspansiya – bir davlatning o‘zga mamlakatlar hududi va bozorini egallab olish maqsadida o‘z siyosiy va iqtisodiy ta’sirini yoyishga qaratilgan siyosati.
Mustahkamlash uchun savol va topshiriqlar
1. Birinchi jahon urushi Lotin Amerikasi mamlakatlari rivojiga qanday ta’sir ko‘rsatdi?
2. 1920-yillarda Lotin Amerikasi mamlakatlarida qanday siyosiy tuzumlar shakllan di? Jamiyatda avtoritar va diktatorlik rejimlari uchun qanday asoslar mavjud edi?
3. 1920-yillarda Lotin Amerikasi mamlakatlarida o‘tkazilgan islohotchilik qanday yo‘nalishlarda olib borildi? Argentinadagi I. Irigoyen faoliyatiga baho bering.
4. 1929 – 1933-yillardagi jahon iqtisodiy inqirozi Lotin Amerikasi mamlakat lariga qanday ta’sir ko‘rsatdi?
5. 1930-yillarda AQSHning Lotin Amerikasi mamlakatlariga nisbatan munosabatida qanday o‘zgarishlar yuz berdi?
11-MAVZU. 1918 – 1939-YILLARDA YAPONIYA
Iqtisodiy va siyosiy rivojlanishi. XX asr boshlarida Yaponiya jahon ning yetakchi davlatlariga qaram bo‘lib qolmagan, nisbatan yuqori darajadagi iqtisodiy va harbiy rivojlanishga erishgan Osiyo mintaqasidagi yagona davlat edi.
Birinchi jahon urushining yakunlanishi Yaponiyada qator iqtisodiy muammolarni keltirib chiqardi. Bu muammolar, ayn iqsa, oziq-ovqat mahsulotlarining qimmatlashuvi, oddiy kishilarning hayotiga katta ta’sir ko‘rsatdi. Natijada noroz ilik kuchayib bordi.
1920-yillar o‘rtalariga kelib mamlakatda sanoat to‘ntarishi yuz berdi. 1925-yili sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish darajasi 1919-yilgi darajasidan oshib ketdi. Ishlab chiqarishni konsentratsiyalash jarayoni da vom etdi. Monopolistik kapital xalq xo‘jaligining muhim sohalarini egall ab ola boshladi. Og‘ir san oatda «Mitsubisi» va «Sum itomo» konsernlari o‘z pozitsiyasini mustahkamlab oldi.
1929 – 1933-yillardagi jahon iqtisodiy inqirozi yapon iqtisod iyotiga katta zarar keltirdi: u tinchlik sharoitida rivojlanishga moslashmagan, hali juda kuchsiz edi. Ish haqining pastligi tufayli ichki bozor ju da sust, tashqi bozorda esa yapon mahsulotlari sifatining pastligi tufayli ular raqobatbardosh emasdi.
Yaponiya hukumati inqirozdan chiqishning yo‘li sifatida iqtisodni militarizatsiyalash va tajovuzkorlikni tanladi. Yaponiya Xitoyni, Uzoq Sharqni, keyin esa butun Osiyoni bosib olishni, Tinch okeani havzasida o‘z hukmronligini o‘rnatishni rejalashtirayotgan edi.
Ichki siyosiy munosabatlar 1920-yillarda yangi siyosiy partiyalarning paydo bo‘lishi hamda saylovchilar sonin i asta-sekin oshirib borgan qator islohotlar bilan xarakt erlanadi. 1925-yildan sovet-yapon munosabat lari yo‘lga qo‘yilib, bu iqtisodiy hamkorlikning rivojlanishida va yapon qo‘shinlarining Shimoliy Saxalindan olib chiqib ketilishida aks etdi. 1920-yillar oxiriga kelib hukumatda harbiyl arn ing roli kuchaydi va so‘l kuchlar quvg‘in ostiga olindi. Mamlakatda har biylar, ayniqsa, «Yosh ofitserlar» deb ataluvchi radikal kayfiyatdagi guruh lar ta’siri keskin kuchaydi. Ular ko‘ppartiyali parlament tizimidan voz kechishni, mamlakatda diktatura o‘rnatishni, tashqi siyosiy ekspansiyani kuchaytir ishni talab qildilar. Hukumat boshlig‘i ge neral Giiti Tanaka ham ular tomonida bo‘ldi va bu 1920-yillar oxiri 1930-yillar boshlarida «Yosh ofitserlar» tomonidan bir qator siyosiy terrorlar amalga oshirilishiga va, hatto, 1932-yil mayda isyon ko‘tarilishiga olib keldi. Isyon muvaffaqiyat qozonmadi, ammo Yaponiya «Yosh ofitserlar» ta’siri ostida bosqinchilik yo‘lidan jadal ketdi.
Yaponiyada shakllangan totalitar tizim o‘ziga xos avtoritar-monarxistik shaklga ega edi. Osiyoda hukmronlik qilish uchun keng miqyosli urush sharo itida bu avtoritar-monarxistik rejim yangi jihatlar kasb etdi. Mamlakatning hukmron doiralari yangi siyosiy va iqtisodiy tizim yaratish siyosatini e’lon qildilar. «Yangi siyosiy tizim» deganda, jamiyat ustidan harbiy-davlat byurokratiyasining qattiq siyosiy nazorati tushunilar edi.
Shu tariqa, Yaponiyadagi hukmron rejim asta-sekin totalitar xa rakter kasb etib bordi: parlament demokratiyasi belgilari bekor qilindi, iqtisod to‘liq davlat nazorati ostiga o‘tdi, yapon millatining buyukligi to‘g‘risidagi g‘oyalar rejimning mafkuraviy tayanchi bo‘lib xizmat qildi, aholining qo‘llab-quvvatlashini ta’minladi.
Tashqi siyosat. Yaponiyada shakllangan militaristik totalitar rejim uning tajovuzkor tashqi siyosatini belgilab berdi. Bu siyosat 1931-yili Xitoy ning Manchjuriya provinsiyasining bosib olinishiga va bu yerda yaponlar tomonidan ManchjouGo qo‘g‘irchoq davlatining tuzilishiga olib keldi. Millatlar Ligasi bu qo‘pol bosqinchilikka keskin qarshi chiqqanligi uchun Yaponiya 1933-yili bu tashkilotdan chiqdi. 1936-yil noyabrda Yaponiya va Germaniya antikomintern pakti deb ataluvchi hujjatni imzoladi va 1937-yili unga Italiya ham qo‘shildi. Shu tariqa «Berlin – Rim – Tokio» uchburchagi deb ataluvchi tajov uzkor davlatl ar ittifoqi vujudga keldi. 1937-yil yozida yaponlar Xitoyga qar shi keng miqyosdagi urush harakatlarini boshlab yubordi. 1938-yili general Fumimaro Konoe hukumati mamlakatning vazifasi Sharqiy Osiyoda yangi tartib o‘rnatish ekanligini e’lon qildi.
1938-yil iyul – avgust oylarida SSSRning Uzoq Sharqdagi Hasan ko‘li atrofida sovet-yapon chegara mojarosi keng ko‘lamli urush harakatlariga aylanib ketdi. Shiddatli janglardan so‘ng yaponlar SSSR hududidan quvib chiqarildi. 1939-yil mayda yaponlar Xalxin-Gol daryosi yonida Mo‘g‘uliston hududiga bostirib kirdi. Sovet qo‘shinlari qo‘shni mo‘g‘ullarga yordamga keldi. 1939-yil sentabrgacha davom etgan urush miqyosi bo‘yicha Hasan ko‘li atrofidagi janglardan ancha yirik edi. Bu urush ham yaponlarning mag‘lubiyati bilan tugadi. Shundan so‘ng, 1941-yil 5-aprelda Yaponiya SSSR bilan neytralitet haqida paktni imzoladi.

Download 1,47 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   87




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish