Atamalar izohi: Industrial sivilizatsiya


-yil kuzida Eduard Dalad’e



Download 1,47 Mb.
bet17/87
Sana26.02.2022
Hajmi1,47 Mb.
#471477
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   87
Bog'liq
10-sinf Jahon tarixi Vord darslik

1938-yil kuzida Eduard Dalad’e hukumati Buyuk Britaniya bilan birga Chexos lovakiyani fashistik Germaniyaga topshirgan Myunxen kel ishuv ini ma’q ulladi. Amalda Myunxen kelis huvi yangi jahon urushiga yo‘l ochib berdi. Bu urushn ing birinchi qurbonlaridan biri Frans iyaning o‘zi bo‘ldi. 1940-yil 14-iyun kuni nemis qo‘shinlari Parijga kirib keldi. O‘shanda ko‘pchilik faqat Chexoslo vakiyaga – Fransiya ning ishonchli, sodiq ittifoqchi siga nisbatan xoinlik bo‘ldi, deb o‘ylagan edi. Ammo bu faq at Chexoslovakiyaga nisbatan emas, butun dunyo datinchlikka nisbatan xo in lik bo‘lib chiqdi. Bu xoinlik natijasida ilk jabr ko‘rganlardan biri fran suz xalqi bo‘ldi.
O‘z yetakchilarining kaltabin siyosati Uchinchi respub lika uchun juda qimmatga tushdi: u nemis qo‘shinlarining oyog‘i ostida barb od bo‘ldi.
Mustahkamlash uchun savol va topshiriqlar
1. Birinchi jahon urushi Fransiya uchun qanday natijalarga olib keldi?
2. 1929 – 1933-yillardagi jahon iqtisodiy inqirozining Fransiyaga ta’siri haqida gapirib bering.
3. 1929 – 1933-yillardagi jahon iqtisodiy inqirozi Fransiya iqtisodi va siyosiy kuchlar muvozanatiga qanday ta’sir ko‘rsatdi?
4. Jahon urushlari orasida Fransiya tashqi siyosatining asos i nimadan iborat edi?
5. O‘nglar yetakchisi Pyer Laval bayonoti nimadan iborat edi?


5-MAVZU. 1918 – 1939-YILLARDA AMERIKA QO‘SHMA SHTATLARI
Iqtisodiy rivojlanish va ijtimoiy muammolar. Urushga bosh qa davlatlardan keyin qo‘shilgan, harbiy harakatlardan uzoqda joylashgan AQSH ancha kam qo‘shin yo‘qotdi, ammo urushda ishtirok etish Amerika biznesi uchun juda katta foyda keltirdi.
Urushdan oldin Yevropadan qarz dor bo‘lgan AQSH endi uning kreditoriga aylandi. Urushdan keyin AQSH qashshoqlashgan va vayron bo‘lgan Yevropadan olim lar va ilmiy kash fi yot larni yig‘ib oldi, yangi ixtirolarni ishlab chiqarishga joriy qildi, yangi texnika va texnologiya larning ajoyib muvaffaqi yatini namoyish et di.
1924 – 1929-yillari jadal rivojlangan AQSH iqtisodiy jihatdan duny oning eng rivojl angan mamlakatiga aylandi. AQSHda iqtisodning eng yangi sohalari: e lektrotexnika, kimyo, aviatsiya, neft sanoati, avtomobilsozlik, kino sanoati, radiot exnika jadal rivojlandi. Kiryuvish mashinalari, sovitkichlar, fotoapparatlar, patefon va radiopriyomniklar ommaviy ishlab chiqarila boshlandi. 1920-yillar oxiriga kelib har ikki amerikalikning bittasida radiopriyomnik bor edi. Shu yillari yo‘lovchi aviatsiyasi davri boshlandi..
Shunday sharoitda 1928-yili kongresga bo‘lib o‘tgan saylov larda yana respublikachilar g‘alaba qozondi. Ular partiyasidan prezidentlikka nomzod Gerbert Guver 1929-yil yanvarda AQSHning navbatdagi prezidenti qilib saylandi.
Ammo Amerikacha gullab-yashnash va ilg‘or kapitalistik mamlakatlar iqtisodiyotining bo‘sh tomoni ham bo‘lib, u doimiy yuz beradigan inqirozlarda namoyon bo‘ladi. 1929-yil 24-oktabrda Nyu-York fond birjasida boshlangan inqiroz tufayli barqa ror ri vojlanish davri tugadi. AQSHning ortidan butun kapitalistik dunyo jahon iqtisodiy inqirozi girdobiga sho‘ng ‘idi. Bu inqiroz kapitalistik xo‘jalik shaklining XIX asr oxiri – XX asr boshlari uchun xos bo‘lg an tarixiy evolutsiyasini yakunladi.
1930-yillarning boshiga kelib AQSH kapitalistik dunyoning tan olingan yetakchisiga, texnik taraqqiyotning yalov-bardoriga aylandi. Iqtisodiy inqirozning butun qudrati ham shu yerda namoyon bo‘ldi. Xo‘jalikning an’anaviy tipi o‘z imkoniyatl arini yakunladi. 1929 – 1932-yill ari sanoat ishlab chiqarishi hajmi 50 % ga qisqardi, 13 mln.ga yaqin kishi o‘z ish joylaridan mahrum bo‘ldi.
AQSH prezidenti Gerbert Guver Amerikacha indi vi du alizm va liberal izm tamoy ill arini himoya qilib, hech qanday ijtimoiy choralar ko‘rishga rozi bo‘lmadi.
1932-yil noyabrdagi saylovlarda Guverga qarshi demokratik partiyadan Franklin Ruzvelt nomzodi qo‘yildi. O‘ta shuh ratparast bo‘lgan bu shaxs o‘z umrini siyosiy faol iyatga bag‘ishl adi. U AQSH prezidentligiga qatorasiga to‘rt marta (1932, 1936, 1940, 1944) saylangan yago na shaxs. Shuning o‘zi ham uning AQSH tarixidagi g‘oyat katta rolidan dalolat beradi.
Franklin Ruzvelt umumiy muhit talabi dan kelib chiqib, nutq laridan birida: «Men Amerika xalqiga yangi kurs va’da qilaman», – dedi. «Yangi kurs» degan bu jozibador so‘z ommaviy shior va siyosatning nomiga aylandi. «Yangi kurs» Amerika kapitalizmining xarakterini o‘zgartirib yubordi. U AQSH iqtisodini yangi, buyuk davlatchilik intilishlari avj olgan davrga mosladi.
Shu tariqa 1930-yillarning ikkinchi yarmida AQSH va uning ortidan butun kapitalistik dunyo iqtisodiy inqirozdan chiqib oldi. Ayni paytda ular boshqa bir, ko‘proq tashqi siyosat bilan bog‘liq muammolarga duch keldi.

Download 1,47 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   87




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish