Asosiy qism axborotlarni qayta ishlash bazasini tashkil qilish tamoyillari



Download 108,84 Kb.
bet6/8
Sana09.07.2022
Hajmi108,84 Kb.
#761779
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
opa kurs ishi

Axborotlarning turlari. Iqtisodiy axborotlarni quyidagi asosiy belgilariga qarab ajratish qabul qilingan:

    • boshqarish funksiyasiga ko‘ra;

    • paydo bo‘lish joyiga (boshqarish darajasiga) ko‘ra.

Boshqarish funksiyasiga ko‘ra iqtisodiy axborotlar rejali-hisob, me’yoriy- ma’lumotnomali, statistik-hisobot axborotlariga bo‘linadi. Rejali (direktiv) axborotlar ma’lum bir davrga (kun, hafta, oy, yil va hokazo) rejalashtirilayotgan va nazorat qilinadigan biznes rejaning ko‘rsatkichlaridan iborat direktiv qiymatlarni o‘z ichiga oladi.
Masalan, ishlab chiqarilayotgan mahsulot va uning qiymati, mahsulotga talab va undan olinadigan foydani rejalashtirish. Hisob axboroti ma’lum bir davrda rejalashtirilgan ko‘rsatkichlarni amaldagi qiymatini aks ettiradi. Bu axborot asosida rejali-axborotlarga tuzatishlar kiritilishi, tashkilot faoliyati tahlil qilinishi, uni yanada samaraliroq boshqarish to‘g‘risida qarorlar qabul qilinishi mumkin.
Hisob axboroti sifatida natural (tezkor) hisob, buxgalteriya hisobi,
moliyaviy hisob ishtirok etadi. Masalan, quyidagilar hisob axboroti sanaladi: ishchining smenada tayyorlagan ma’lum bir turdagi detallar soni (tezkor hisob), ishchining tayyorlagan detallariga to‘lanadigan maoshi (buxgalteriya hisobi), tayyorlangan mahsulotning haqiqiy bahosi (moliyaviy hisob).
Me’yoriy-ma’lumotnomali axborotlar ishlab chiqarish jarayonlari va munosabatlari bilan bog‘liq turli ma’lumotnomali va me’yoriy ma’lu-
motlarni o‘z ichiga oladi. Bu eng katta hajmli va turli xil axborotdir. Tashkilot faoliyatida aylanadigan axborotlarning 50—60%ini me’yoriy-
ma’lumotnomali axborotlar tashkil qilinishini aytishning o‘zi kifoyadir.
Me’yoriy-ma’lumotnomali axborotlar sifatida quyidagilar xizmat qilishi
mumkin: detallar, bo‘g‘inlar va butun mahsulotlar ishlab chiqish me’yorlari; baholash me’yorlari (baholash, tarif, baho); mahsulot ta’minotchilari va iste’molchilari bo‘yicha ma’lumotlar.
Statistik-hisobot axborotlari yuqori boshqaruv tizimlari, davlat statistik organlari, soliq inspeksiyasi va shu kabilar uchun tashkilotning haqiqiy faoliyati natijalarini aks ettiradi. Masalan, tashkilot faoliyati haqida yillik buxgalteriya hisoboti.
Iqtisodiy axborotlar boshqarish darajasiga (paydo bo‘lish joyiga) ko‘ra quyidagilarga bo‘linadi: kelayotgan va chiqayotgan axborotlar.
Kelayotgan axborotlar — bu tashkilotga (tuzilma bo‘limlariga) tashqaridan kelayotgan iqtisodiy va boshqaruv funksiyalari hamda masalalari uchun dastlabki oqimda ishlatiladigan axborotlardir.
Chiqayotgan axborotlar — bu bir boshqaruv tizimidan boshqasiga uzatilayotgan axborotlardir. Bir axborot ayni vaqtning o‘zida undan foydalanuvchilar uchun kelayotgan axborot, uni ishlab chiqarganlar uchun esa chiqayotgan axborot bo‘ladi. Bunda axborotlar quyidagi shakllarda tasvirlanadi: alfavit-raqamli (matnli) — alfavitlar, raqamlar va maxsus belgilardan iborat va grafikli — grafiklar, sxemalar, rasmlar. Axborotlarni fizik tashuvchilari — qog‘oz, magnit disklari, ekrandagi tasvirlar. Axborot tizimlari obyekt to‘g‘risidagi axborotlarni to‘plash, uzatish va qayta ishlash, turli darajadagi xodimlarga o‘z funksiyalarini amalga oshirish va boshqarishni ta’minlovchi kommunikatsion tizimdan iborat.
Axborot tizimlari ma’lum bir obyekt uchun yaratiladi. Samarali axborot tizimi boshqaruv darajalari, harakat sohalari, shuningdek, tashqi holatlardagi farqni e’tiborga oladi va har bir boshqaruv darajasiga samarali boshqaruv funksiyasini bajarishga kerakli bo‘lgan, faqat unga tegishli axborotni beradi.
Avtomatlashtirish darajasiga ko‘ra qo‘l mehnatiga asoslangan, avtomatlashtirilgan va avtomatlashgan axborot tizimlariga ajratiladi. Qo‘l mehnatiga asoslangan axborot tizimlari shu bilan xarakterlanadiki, unda axborotlarni qayta ishlash operatsiyalari inson tomonidan bajariladi.
Avtomatlashtirilgan axborot tizimlari — boshqaruv funksiyalarining bir qismi (tizimcha) yoki ma’lumotlarni qayta ishlash avtomat ravishda, boshqa qismi inson tomonidan bajariladi.
Avtomatlashgan axborot tizimlari — ma’lumotlarni qayta ishlashning barcha boshqaruv funksiyalari texnik vositalar bilan amalga oshiriladi (masalan, texnologik jarayonlarni avtomat boshqarish).
Axborot tizimlari sohasiga ko‘ra quyidagicha bo‘linadi:

    • ilmiy tadqiqot;

    • avtomatlashtirilgan loyihalashtirish;

    • tashkiliy boshqaruv;

    • texnologik jarayonlarni boshqarish.

Ilmiy tadqiqot axborot tizimi ilmiy xodimlar faoliyatini avtomatlashtirish, statistik axborotlarni tahlil qilish, tajribalarni boshqarishga mo‘ljallangan. Avtomatlashtirilgan loyihalashtirish axborot tizimi muhandis-loyihalovchilar va yangi texnikalarni (texnologiyalarni) ishlab chiquvchilar mehnatini avtomatlashtirishga mo‘ljallangan. Bunday axborot tizimlari quyidagilarni amalga oshirishga yordam beradi:

    • yangi mahsulotlar va ularni ishlab chiqarish texnologiyalarini yaratish;

    • turli muhandislik hisoblari (mahsulotning texnik parametrlarini

aniqlash, chiqim me’yorlari — mehnat, materiallar va shu kabilar);

    • grafik hujjatlarni tayyorlash (chizmalar, sxemalar, rejalar);

Tashkiliy boshqaruv axborot tizimi ma’muriy xodimlar (boshqaruv)
funksiyasini avtomatlashtirish uchun mo‘ljallangan. Bunday axborot tizimiga sanoat (korxonalar), nosanoat (banklar, birjalar, sug‘urta kompaniyalari, mehmonxonalar va shu kabilar) hamda alohida ofis (ofis tizimlari) kabi obyektlarni boshqarish taalluqlidir.Texnologik jarayonlarni boshqarish axborot tizimi turli texnologik jarayonlarni (egiluvchan ichlab chiqarish jarayonlari, metallurgiya, energetika va shu kabilar) avtomatlashtirishga mo‘ljallangan.



Download 108,84 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish