Borsam sanga yo‘l maydadir.
Qurg‘ur dilim o‘lmaydadir
Ikki ko‘zim ko‘lmaydadir,
Ikki ko‘zing kulmaydadir
Jallod degan shulmasmikin?!
Qiynoqisan sho‘xchan, malak,
Aldoqisan sho‘x-sha’n, malak,
O‘ynoqisan, sho‘xsan, malak,
Sho‘xroqsan sho‘xdan, malak,
Ko‘ngilga xon, shohsan, malak
Oshiqlaring qulmasmikin?
Anfosi – nob, mushk – uldurur,
Og‘zi sadaf tashkildurur.
Lab qatli-la mashg‘uldurur.
Bilsang mani rashk o‘ldurur,
Belga sifot mushkuldurur,
Bosgay savol – qilmasmikin?!
Etmay nazar raddingni bir.
Topmay hecham baddingni bir
Derdim alif qaddingni – bir,
Derding faqat “Haddingni bil!”
Do'stlaringiz bilan baham: |