Antidangasalik



Download 1,59 Mb.
bet16/19
Sana28.10.2022
Hajmi1,59 Mb.
#857425
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   19
Bog'liq
Antidangasalik Ðéð░Ê│ÐÇð©ÐÇ

Xona mashqi


Sizni diqqatli insonga aylantiruvchi hamda tasavvuringizni boyituvchi yana bir mashq bor — bu xona mashqi. Bunda siz xonaning istalgan burchagiga biroz vaqt sinchiklab qarab turgan holda nimalar borligini, jihozlar qanday joylashganini eslab qolishga urinasiz. So‘ng ko‘zingizni yumasiz va ko‘rgan narsalaringizning suratini xayolan yasashga harakat qilasiz. Tekshirish uchun ko‘zingizni ochganingizda, tabiiyki, bir nechta narsalarni unutgan yoki joylashuvida xato qilgan bo‘lasiz. Kunda bir marta buni bajarishning o‘zi yetarli bo‘ladi. Shuningdek, bu mashq xotirani kuchaytirish uchun ham foydali ekanligini ta’kidlashadi. Aslida, insonlardagi xotira bilan bog‘liq muammolarning kattagina qismiga sabab xotira pastligi emas, diqqatning pastligidir. Siz diqqatingizni rivojlantirish bilan birga xotirangizni ham kuchaytirgan bo‘lasiz.
Demak, hozir sizning cheklistingizga diqqatni kuchaytirish bo‘yicha ikkita amaliyot qo‘shildi. Shuningdek, bu sizning cheklistingizning so‘nggi ko‘rinishi bo‘ladi.




Sana:























Uyqu soatlari

6

6

7

8

6

7

8

7

8

8

Bajarilgan topshiriqlar soni

4

5

5

6

5

7

6

8

9

8

Pomodoro davri soni

4

6

4

8

6

8

10

8

6

8





































































Ekranda tungi va o‘qish rejimi

+

+

+

+

+

+

+

+

+

+

2 daqiqa hech narsa qilmaslik

+

+

+

+

+

+

+

+

+

+

Qarmoqlar metodini bajarish

+

+

+

+

+

+

+

+

+

+

Topshiriqlarni tuzish

+

+

+

+

+

+

+

+

+

+

Loyihalar ro‘yxatini ko‘rib chiqish

+

+

+

+

+

+

+

+

+

+

Telefonni olishdan oldin yashil topshiriq

+

+

+

+

+

+

+

+

+

+

Nuqta mashqi

+

+

+

+

+

+

+

+

+

+

Xona mashqi

+

+

+

+

+

+

+

+

+

+




































































































“Talaba” effekti


Abituriyent yoki talaba bo‘lganlar bu effekt ta’sirini juda yaxshi biladi. Buni ko‘pchilikning odatiy hayotida ham uchratish mumkin. Bu prokrastinatsiyaga ham juda o‘xshash. Sizga vazifa berilsa, doim uni keyinga qoldirasiz. Sababi, sizning tasavvuringizda kelajakdagi “Men” hozirgi “Men”dan kuchliroq va aqlliroq bo‘lib tuyiladi. Siz doim hoziroq ishni boshlashga o‘zingizda kuch topa olmaysiz, ammo ertaga o‘zingizni kuchliroq bo‘lishingizni tasavvur qilasiz. Bu shunchaki o‘zni aldash hisoblanadi. Siz shunday qilib vazifa muddati tugaguncha ishni orqaga surib boraverasiz va bir kun qolganda katta bosim bilan ishlashni boshlaysiz. Buni biz Tim Urbanning fikrlash modelida ham ko‘rgan edik. Shu holatga qiyos sifatida prokrastinatolog Maksim Darafeyevning “Filosoraptor paradoksi”ni keltirish mumkin.
Nima uchun biz ishlarni oxirigacha qoldirib, qoniqarli bitiramiz. Axir boshidan shu ishni qoniqarli bajarib, keyin chalasini to‘ldirib olsak bo‘ladi-ku!”
Bunday holatning yuzaga kelishiga asosiy sabab komfort zonaga o‘ralib qolganimiz hisoblanadi. Komfort zona — bu siz maza qiladigan joy. Rivojlanish doim komfort zonadan tashqarida bo‘ladi. Ko‘pincha o‘rganish jarayoni ham komfort zonaga aylanib qoladi va siz shunda ma’lum nuqtadan keyin o‘sa olmaysiz. 1869-yil Frensis Galton (Francis Galton)31 fanga “OK” nuqta degan terminni kiritadi.
O‘rganish jarayoni

Avvaliga siz o‘rganishni boshlab olganingizdan keyin ma’lum vaqt davomida rivojlanish tez sur’atda o‘sadi. Oradan bir qancha vaqt o‘tgach, sizning mahoratingiz ma’lum darajaga yetadi va o‘sish sur’ati deyarli o‘zgarmas bo‘lib qoladi. Aynan shu “OK” nuqta deyiladi.
“OK” platformasida jarayon sekin kechishiga misol qilib dunyoning eng tezkor odami Huseyn Bolt (Usain Bolt)ning gapini keltirsak bo‘ladi: “Mening 100 metrga yugurishdagi vaqtimni 10 soniyadan 9 soniyagacha tushirish uchun 4 yil vaqtim ketdi”.


Komfort zonadan chiqish yo‘llari

1. “Kelajakdagi o‘zimni sevish”


Deylik, siz talabasiz. Sizga qaysidir fandan ertagacha mustaqil ish yozish vazifasi topshirilgan. Siz esa yozish o‘rniga YouTubeda video ko‘rib o‘tiribsiz. Agar shu zaylda o‘tiraversangiz, ikki xil holat yuz beradi: yo siz tuni bilan uxlamasdan vazifani yozib chiqasiz, yoki yozmaysiz va shu fandan past baho olasiz. Shunda o‘zingizga o‘zingiz ovoz chiqarib shunday deng: “Kel, Hasan, shu mustaqil ishni o‘zimiz uchun emas, kechqurun uyqusidan kechib yozib chiqadigan “Hasan” uchun bajarib qo‘yaylik, unga rahmimiz kelsin”. Yoki xonani yig‘ishtirish borasida “Kel, Hasan, o‘zimiz uchun emas, kechki payt darsdan charchab keladigan “Hasan” uchun shu xonani hozir yig‘ishtirib ketaylik”. Biz avval aytganimizdek, kelajakdagi o‘zimizga ortiqcha baho berib yuboramiz. Buning o‘rniga kelajakdagi o‘zingizga yordam berish haqida o‘ylash sizga foyda keltiradi.

2. Ideomotor mashg‘ulotlar


Bu bilan ko‘pchiligimiz maktab davrlarida shug‘ullanganmiz. Siz kinoda qaysidir qahramonni ko‘rasiz va uning boshqalardan ajralib turadigan qobiliyatlariga juda havas qilasiz. Shunda o‘zingizni ham xuddi o‘sha qahramon deb tasavvur qilgan holda u qilgan ishlarni takrorlashga urinasiz, ya’ni taqlid qilasiz. Mana shu taqlid qilib o‘rganish ideomotor mashg‘ulotlarga kiradi. Ulg‘aygan insonlarning katta qismi turli omillar tufayli taqlidchilikni tashlab qo‘yadi. Ammo bu usul o‘zingizda mavjud bo‘lmagan narsalarni tezroq o‘rganishning eng samarali usullaridan biri. Buning uchun siz qaysidir yo‘nalishda o‘zingizga yoqqan shaxsni tanlaysiz va xuddi shu shaxs kabi harakat qilishga urinasiz. Misol uchun, sahnada turib gapirish bo‘lsin. Shunda birorta kuchli notiqning sahnada turib gapirishi, qo‘l harakatlari, ohangini takrorlashga urinishingiz sizda ham notiqlik mahoratini o‘stiradi. Agar siz o‘zingizni “Yakkaman, hech kimga taqlid qilmaganman, qilmayman ham” desangiz, xato qilayotgan bo‘lasiz. Bilishingiz kerakki, har bir inson aslida taqlidchi. Hammamiz eng sodda narsalarni ham birovlarga taqlid qilib o‘rganganmiz, so‘ngra esa boshqalardan o‘rgangan narsalarimizni o‘zimizga moslashtirgan holda o‘zligimizni yaratganmiz. Demak, siz o‘zingiz uchun taqlid qilmoqchi bo‘lgan insonlarni tanlab oling, o‘sha ish bilan shug‘ullangan vaqtingizda tanlagan insoningizni xayolingizda ushlab turing va unga o‘xshab harakatlanishga urining.

Download 1,59 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   19




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish