Aniq-tabiiy fanlar va jismoniy madaniyat fakulteti tabiiy fanlar kafedrasi


Reja: Tadbirkorlik muhiti va xo‘jalik tavakkalchiligi



Download 446 Kb.
bet39/58
Sana16.12.2022
Hajmi446 Kb.
#888768
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   58
Bog'liq
Бизнес 11

Reja:

  1. Tadbirkorlik muhiti va xo‘jalik tavakkalchiligi.

  2. Tavakkalchilik elementlari bilan bog‘liq qarorlarni tanlash va amalga oshirishga ta’sir qiluvchi omillar.



1.Tadbirkorlik muhiti va xo‘jalik tavakkalchiligi
Bozor munosabatlariga o‘tish kichik biznesdagi har qanday xo‘jalik subyekti uchun noaniqlik va tavakkalchilikning oshib borishi bilan bog‘liq. Tadbirkorlik muhitini doimiy ravishda kuzatish va nazorat qilish kerak bo‘ladi. Bu esa xo‘jalik tavakkalchiligini boshqarish imkonini beradi va ishbilarmonlik faoliyatining samaradorligini oshiradi.
Tadbirkorlik muhitiga siyosiy vaziyat, iqtisodiy axvol, qonunchilik asosi, halkning ijtimoiy-madaniy saviyasi tarmoqlarning ilmiy texnika taraqqiyoti darajasi, tabiiy-iqtisodiy sharoit va bozorning o‘ziga mos tarkibi, ya’ni konyunkturasi ta’sir ko‘rsatadi. Agar ko‘rsatilgan ishbilarmonlik muhitining har bir elementini tahlil qilsak, u holda ularning hozirgi kichik bazis darajasini qoniqarli deb hisoblash mumkin va u respublikada kichik biznesning taraqqiyotini ta’minlay oladi. Ammo, mulkni himoya qiluvchi va shartnomalarga amal qilishni kafolatlovchi, qonunchilik tizimining yo‘qligi, tovarlar harakatining qat’iy tartibga solinishi, eksport uchun maxsus ruxsatnoma litsenziya berish tizimining murakkabligi, eksport uchun boj to‘lovlarining mavjudligi kichik biznesda xo‘jalik yurituvchi subyektlarning tavakkalchiligini sezilarli darajada oshiradi.
Tavakkalchilik — yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan xavf-xatarga qaramay amalga oshiriladigan faoliyatdir. Shuning uchun, tavakkalchilik deganda bevosita u bilan bog‘liq bo‘lgan xavf-xatar ham tushuniladi. Tavakkalchilik tushunchasi murakkab va ko‘p qirralidir va uni bir so‘z bilan ifodalash qiyin. Umumiy holda xo‘jalik tavakkalchiligi bu inson faoliyatidagi noaniqlik va ziddiyat holati o‘lchovidir, u xavf-xatar, omadsizlik va zarar ko‘rish bilan tavsiflanadi.Tadbirkor uchun xos bo‘lgan xususiyat, bu shartli tavakkalchilikga borish, ya’ni foyda ko‘rishni ko‘zlashdir.
Xo‘jalik tavakkalchiligining quyidagi turlarini keltirish mumkin:
• ishlab chiqarish (ob-xavo, texnik, texnologik taqsimlash, tashkiliy, kutilmagandagi o‘lim xavfi, boshqaruv va boshqalar);
• dallolchilik (daromadni to‘g‘ridan-to‘g‘ri yo‘qotish xavfi, bilvosita pulni va mulkiy zarar ko‘rish xavfi, fuqarolik javobgarligining paydo bo‘lish xavfi va boshqalar);
• tijorat (mahsulot yetkazib beraolmaslik xavfi, sota olmaslik xavfi, yo‘qotish xavfi va boshqalar);
• moliyaviy (kredit, mulkiy, sug‘urta, valutaviy, bank, transaksion, tuzilmaviy, rasmiy, depozit, narxga bog‘liq bo‘lgan nolikvid, iqtisodiy, tavakkalchilik ustamasi va boshqalar);
• innovatsion (ijtimoiy, ilmiy texnika taraqqiyoti natijalarini joriy qilish bilan bog‘liq bo‘lgan tavakkalchilik).
Barcha tur va tur ichidagi guruhlarga kiruvchi xo‘jalik tavakkalchiliklarini noaniqlik sharoitida qaror qabul qilishning darajasiga, tavakkalchilik holatining davriga, uning kelib chiqish manbaiga, tavakkalchilikning aniq sabablari va unga yo‘l qo‘yish darajasiga qarab alohida guruhlarga birlashtirish mumkin.Xo‘jalik tavakkalchiligining bir necha muhim belgilari bo‘lib, ular ichidan quyidagilarni alohida ajratib ko‘rsatish mumkin: qarama-qarshilik, muqobillik, noaniqlik. Tavakkalchilik holatining noaniqligi, uni bir xil ma’noda tushunish mumkin emasligidan kelib chiqadi. Unga sabab axborotning yetishmasligi, tasodifiy omillar ta’siri, raqobatdagi ishbilarmonlar manfaatlarining mos kelmasligi, sheriklarning bir-biriga qarshi harakati va boshqalardir.
Xo‘jalik tavakkalchiligining yuqorida ko‘rsatilgan tomonlarini e’tiborga olish ishbilarmon uchun tavakkalchilik holatiga kirish naqadar maqsadga muvofiq ekani to‘g‘risida qaror qabul qilish imkonini yaratadi. Murakkab holatda qolganda u xo‘jalik faoliyatining ba’zi bir shart va omillarini o‘zgartirib kutilmagan xodisalar yoki ko‘riladigan zarar extimolini kamaytirishi mumkin.
Tavakkalchilikni baholashda taxminiy hisoblar uslubiy asos sifatida qabul qilinadi. Xo‘jalik tavakkalchiligi tavsifiy elementlarining o‘zini namoyon qilish shakllari yaxshi va yomon natijalar kelib chiqishi extimolining bir xilligi bilan belgilanadi. Bu turdagi extimollik me’yorlashgan oraliqda noldan (to‘la muvaffaqiyatsizlik) to birgacha (100% to‘la muvaffaqiyat) o‘zgaradi va aynan u tavakkalchilik darajasini belgilaydi.Tavakkalchilik darajasining o‘lchovi tavakkalchilik koeffitsiyenti yordamida aniqlanadi1 (tavakkalchilik indeksi):
Ut =M/M*

bu yerda: M -salbiy noaniqlik ko‘rsatkichlarining kutilgan miqdori ya’ni taxminiy zarar miqdori.


M* - ijobiy noaniqlik ko‘rsatkichlarining kutilgan miqdori, ya’ni ishbilarmonlikning rejalashtirilgan daromadi yoki foyda.Ijobiy sohada xodisaning yuz berish extimoli oshsa, tavakkalchilik kamayadi, qolaversa, ijobiy sohada daromadlar ko‘paysa yoki salbiy sohada yo‘qotishlar kamaysa ham tavakkalchilik kamayadi. Aks holda tavakkalchilik ortib boradi. Tavakkalchilik koeffitsiyenti bu sohadagi o‘zgarishlarni hisobga olingan noaniqlik chegarasida aks ettiradi.Tavakkalchilik koeffitsiyentini qo‘llab tavakkalchilikning empirik shkalasini tuzish mumkin. Agar berilganlar yetarli bo‘lsa, unda real iqtisodiy sharoit uchun tavakkalchilik koeffitsiyentining miqdori qanday bo‘lishi kerakligini aniqlash mumkin.
Tavakkalchilikga baxo berishda ko‘p turli statistik, xisob analitik va ekspert uslublariga asoslangan usullardan foydalanadilar. Statistik usul amaldagi hollarda yuz bergan yo‘qotishlar dinamikasini ko‘zatishga imkon yaratadi va ular asosida, yoki zarar ko‘rish extimolligining egri chizig‘i chiziladi, yoki tavakkalchilik harajatlarining miqdor ko‘rsatkichi topiladi. Ekspert usuli ekspert yordamida baholash nomi bilan mashxur. U mutaxassislarni, tajribali ishbilarmonlarni jalb qilish bilan bog‘liq bo‘ladi. Agar analitik ekspertizani bir necha ekspertlar olib borsa, ularning har biri tavakkalchilik extimoli va yo‘qotish saviyasini o‘zi alohida baholashi kerak. Shundan keyin o‘rtacha miqdorlar hisoblanishi mumkin. Bu ma’lumotlar daromadni yo‘qotish saviyasining ekspertizaviy egri chizig‘ini ko‘rish uchun ishlatilishi mumkin.



Download 446 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   58




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish