Andijon mashinasozlik instituti ―gumanitar fanlar‖ kafedrasi ―O‘zbekiston tarixi‖ fanidan


Oltinchi rejada quyidagilar yoritiladi



Download 5,34 Mb.
bet96/195
Sana04.09.2021
Hajmi5,34 Mb.
#163708
1   ...   92   93   94   95   96   97   98   99   ...   195
Bog'liq
Тасдиқланган Ўзбекистон тарихи мажмуа 2020 2021 28020

Oltinchi rejada quyidagilar yoritiladi. XIX asrning 80-yillarida xalqqa ma‘rifat va ziyo tarqatish uni dunyoviy bilimlar asosida savodli qilish va madaniyatni ko‘tarish g‘oyasi sifatida vujudga kelgan jadidchilik harakati asrimiz boshlariga kelib siyosiy kuch sifatida tashkiliy sifatga ega bo‘ldi. Turkistonni Rusiyaning mustamlakachilik iskanjasidan xalos bo‘lishi mustaqillikka erishish va uni ma‘rifatli, farovon hamda obod Vatanga aylantirish maqsadida jadidlar madaniy-ma‘rifiy va ijtimoiy-siyosiy kurashda faol qatnashdilar.

Jadidlarning barcha gazeta va jurnallarida Turkistonda zulm va istibdodga qarshi erk va ma‘rifat, madaniyat, milliy ozodlik va adolat uchun kurashish zarurligi haqidagi ko‘plab maqolalar e‘lon qilindi.



Matbaachilik yo‘lga qo‘yildi. Turkistonning ko‘pgina shaharlarida bosmaxonalar ishga tushdi.

―Musulmoncha‖ kitob va jurnallar chop etila boshlandi. Bu haqda Abdulla Avloniy shunday yozadi:

―1905 yildagi Rossiyada boshlangan inqilob to‘lqini bizga ham zo‘r ta‘sir qildi. Bizning tashkilotimiz siyosiy maslaklarga tushunib, birinchi navbatda qora xalqni oqartirmoq va ko‘zin ochmoq chorasiga kirishdi. Bunga erishmoq uchun gazit chiqarmoqni munosib ko‘rib, uyushmaning harakati bilan o‘zbek tilida gazetalar chiqarildi.

Jadidlarning asosiy g‘oyaviy yul-yuriqlari ana shu tashkil etilgan matbuoti sahifalarida o‘z yorkin

ifodasini topdi. Publistika shiddat bilan rivojlandi. Birgina Behbudiyning matbuotda bosilgan maqolalarini mutaxassislar 300 dan ortiq chamalaydilar. Abdurauf Fitratning ―Hind sayyohi‖, (―Bayonoti

sayyohi hindiy‖), Turkiyada chiqqan ―Munozara‖ asari, ―Sayha‖ she‘rlar to‘plami e‘lon qilinishida Behbudiy va boshqa jadidlarni yordami katta bo‘ldi. Mirmuxsin Mirmuhamedov, CHo‘lpon, Qodiriy, Munavvar Qori, Hamza, Tavallo, Azjiy va boshqalar o‘z asarlarida taraqqiyparvarlik g‘oyalari o‘z ifodasini topdi. Dramaturgiyaga asos solindi. Behbudiy birinchi bo‘lib 1911 yilda ―Padarkush‖ dramasini yozib tsenzuradan o‘tkazdi, hamda 1919 yili nashr etdi. O‘sha yili pьesa sahnalashtirilib, Samarqanddagi

―Xalq uyida‖ o‘ynaldi. ―Padarkush‖ tez orada shuxrat topib, Toshkent, Qo‘qon, Andijonda tashkil topgan teatr truppalari tomonidan sahnaga olib chiqildi. Behbudiy chorizmning mustamlakachilik siyosati oqibatida kirib kelgan ichkilikbozlik va ma‘naviy ahloqiy buzuqliklarni fosh etadi. SHuningdek, Turkistondagi hamma balolar yoshlar o‘rtasida ma‘rifatga ahamiyat bermaslikdan, odamlar tabiatini unga ilm berish bilan tuzatish mumkin. ―Padarkush‖ pesasi o‘zidan keyingi pesalarning sahnalashtirilishi uchun bir tajriba namunasi bo‘lib xizmat qildi. Jadidlar asarning dramatik shaklining afzalliklarini tez tushunib yetdilar. Ularning ko‘pchiligi siyosiy jihatdan savodsiz bo‘lgan vatandoshlarning keng ommasiga o‘z maslak va g‘oyalarini ta‘sirli hamda tushunarli holda yetkazish uchun sahnaviy harakat va ko‘rinishlardan foydalanishga urindilar. Keyinchalik ―Ko‘hna Turkiya‖, ―Qotil kim?‖, ―Baxtsiz kuyov‖ kabi pьesalar sahnaga qo‘yildi. Toshkent, Samarqand, Qo‘qon, Andijondan tashqari Buxoro va Qarshi shaharlarida jadidlar tomonidan xavaskorlar guruhi, teatri tashkil qilindi.

Turkiston jadidlarining qardosh xalqlar, birinchi navbatda, usmonli turklar, ozor, tatar, boshqird va boshqa turkiyzabon jadidlar bilan hamkorligi ko‘chaydi. Bir so‘z bilan aytganda adabiy madaniy, ijtimoiy-siyosiy turmushning hamma qatlamlarida jadidchilik harakatidagi kutarilish yaqqol ko‘zga tashlandi.

Mustamlakachi chor hukumati jadidlarning harakatlari bilan Turkistondagi milliy uyg‘onish sodir bo‘layotganidan, istilochilarning siyosiy nayranglariga fahm farosati yetadigan xalqni ozodlik kurashiga ko‘tarishga, mohirlik bilan boshqarishga qurbi yetadigan ma‘rifatli va millatparvar butun bir avlod shakllanayotganidan taxlikaga tushadi. Turkiston general-gubernatorligi mahkamasida 1908 yilda

―Turkiston o‘lkasida va undan chetda josuslik qilish masalasi‖ buyicha ishlaydigan komissiya tuzildi.

Komissiya asosan jadidchilik harakatini yo‘q qilishdan bordi. U Turkistondagi maktab va madrasalarni barchasini jadidlar ta‘siriga berilmasligi uchun jon-jahdi bilan kurash olib bordilar. Birinchi jahon urushi boshlanib ketib, istilochi chor hukumati chekka o‘lkalardagi millatparvarlar bilan jiddiy shug‘ullanishga imkon topolmay qoldilar. SHunda ham maxfiy idoralari, mustamlaka siyosatining bu o‘lkaga yuborilgan mafkurachilari ularni hamisha ko‘z ostida saqlab turar, ham ma‘nan, ham jismonan ezib tashlashi qulay mavridini poylash edi.

Umuman olganda Turkiston jadidlarining ijtimoiy-siyosiy jamiyatida avvalo yangi usul



maktablarini ochishga katta e‘tibor berildi. SHuningdek, ular millatni savodli qilish va shu orqali millatga davrni talab va muammolarini tushuntirish, xalqni ko‘p asrli g‘aflatdan uyg‘otish yo‘lida juda katta ishlarni amalga oshirdilar. Ular Turkiston kelajagini, ravnaqini ta‘minlaydigan fuqarolarni yetkazishni maqsad qilib qo‘yadilar va bu maqsadni amalga oshirish uchun o‘zlari ochgan yangi ishidagi maktablarda millat farzandlarini o‘qita boshlaydilar.


Download 5,34 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   92   93   94   95   96   97   98   99   ...   195




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish