Andijon mashinasozlik instituti ―gumanitar fanlar‖ kafedrasi ―O‘zbekiston tarixi‖ fanidan


Uchinchi rejada quyidagilar yoritiladi



Download 5,34 Mb.
bet54/195
Sana04.09.2021
Hajmi5,34 Mb.
#163708
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   195
Bog'liq
Тасдиқланган Ўзбекистон тарихи мажмуа 2020 2021 28020

Uchinchi rejada quyidagilar yoritiladi. Kushon davlatining paydo bo‘lishi uzoq vaqt olimlar orasida katta ilmiy munozaralarga sabab bo‘lib kelgan. Bu afsonaviy tuyulgan podsholik tarixini o‘rganish o‘tgan asrdayoq boshlangan edi. O‘tgan asrda London, Parij, Vena, Peterburg tangashunoslari qo‘liga badjahl, sersoqol SHarq podsholari va antik davr xudolari tasvirlagan tangalar tusha boshladi. Ularda yunon alifbosida, noma‘lum tilda yozuvlar yozilgan edi. SHuningdek, ingliz ofitserlari, vrachlar, sayohatchilar Hindistonning SHimoli-g‘arbiy rayonlaridan antik davrga oid sharqiy uslubda ishlagan haykalchalar va turli buyumlar topib ola boshlaydilar.

Mil. avv I asrga kelib Katta Yuechji uyushmasidagi beshta hokimlikdan Guyshuan (Kushon) hokimligi ancha kuchayib va kengayib bordi. ―So‘ngi Xan sulosasi tarixi‖ (Xitoy) ma‘lumotlarga ko‘ra,

―Guyshuan hokimi Kujula qolgan to‘rtta hokimlikni birlashtirib o‘zini Guyshuan hokimi deb e‘lon qildi‖.

Kujula Kadfiz hamma mulklarni birlashtirib, Qobuliston va Qandaxorni zabt etadi. Milodiy I asr boshlariga kelib Kushon davlati o‘z ahamiyatiga ko‘ra antik davr Xitoydagi Xan davlati, Parfiya podsholigi, Rim saltanati bilan raqobatlasha oladigan qadimgi dunyoning eng qudratli va zabardast davlatlaridan biri sifatida tashkil topdi. Xitoy manbalaridagi Guyshuan hokimi Kiotszyukyu, ilk kushon davriga oid topilma tangalarda aks ettirilgan Kushon podshosi Kujula Kadfizga aynan mos tushadi.

Kujula Kadfiz yoki Kadfiz I o‘z podsholik siyosatini hokimiyat yerlarini kengaytirish bilan boshlaydi. Uning davrida Kushon davlati yerlari anchagina kengaydi. Kadfiz I hukumronlik qilgan davr Kushon podsholigi haqida tangashunoslik tadqiqotlar orqali birmuncha ma‘lumotlar olish mumkin. Ba‘zi bir guruh tangalar borki, ularning bir tomonida eng so‘nggi Yunon-Baqtriya podshosi Germey tasviri tushirilib, uning nomi yozilgan, ikkinchi tomonida esa, Gerakl siymosi va ―o‘z ishonchiga qat‘iy kushonlar yobg‘usi Kujula Kadfiz‖ degan so‘zlar bor.

Tekshiruvlar shuni ko‘rsatadiki, keyinroq Kadfiz I o‘z nomini ―yobg‘u‖dan ―shohlar shohi‖ faxriy unvoniga ko‘tarib tangalar zarb etadi. Yana bir guruh Markaziy Osiyodan (ko‘proq Tojikistondan) topilgan tangalarda ―shohlar shohi, buyuk xaloskor‖ degan yozuv uchraydi. Ko‘pchilik olimlarning fikriga ko‘ra, bu tangalarni Kadfiz I zarb qildirgan.

Kujula Kadfizdan so‘ng taxtga uning o‘g‘li Vima Kadfiz (Kadfiz II) o‘tiradi. U mamlakatda pul islohoti o‘tkazib oltin tangalar zarb qila boshlaydi. SHuningdek, Kadfiz II Hindistonning bir qismini Kushon davlatga qo‘shib oladi va Rim saltanati bilan aloqalar o‘rnatadi.

Kushon podsholari ichida eng mashhuri Kanishka hisoblanadi. Uning hokimlik davrida Kushonlar saltanati yanada gullab-yashnadi. Kanishka davrida Panjob, Kashmir viloyatlari mamlakatga qo‘shib olingan. Mamlakatning poytaxti esa Peshovar (Afg‘oniston) atrofida edi.

Mamlakatning hududi SHimoliy Hindiston, Afg‘oniston, markaziy Osiyodagi ko‘pgina



viloyatlardan iborat edi. Sian TSzyanning yozishicha, ―Kanishka podsholik qilgan davrda uning shon- shuhrati qo‘shni mamlakatlarga yoyildi. Mamlakatning harbiy qudrati ko‘pchilik tomondan tan olindi. Xitoyning g‘arb tomonidagilari ham Kanishkaning hokimiyatini tan olib, unga odamlarini yuborgan edilar‖.

Kanishka davrida zarb etilgan tangalarda Budda, zardushtiylar xudolari Vurutragna, Anaxita, Mitra va boshqalarni uchratish mumkin. Aynan shu davrda zarb etilgan tangalarda yunon alifbosidagi Baqtriya tilida yozilgan tangalar (Evropa tadqiqotchilarini hayratga solgan tangalar) zarb etila boshlandi. Kanishka davrida Kushonlar davlatida buddiylik diniga katta e‘tibor berildi (Kanishkaning o‘zi ham shu dinda edi). Baqtriya tilining ahamiyati yanada oshdi. Hunarmandchilik va savdo yuqori darajaga ko‘tarildi. Kushon davlati o‘zining eng rivojlangan cho‘qqisiga ko‘tarilgan. Hind manbalarining ma‘lumotlariga qaraganda, Kushon davlatiga Kanishkadan so‘ng Vasishka podsholik qiladi. Vasudeva podsholigi davrida qudratli kushonlar saltanati inqirozga uchray boshlaydi.

Kushon podsholigi davridagi ijtimoiy-iqtisodiy hayotga nazar tashlasak, bu davrdagi yirik shaharlardan biri Termiz shahri edi. Termiz asosan Kushonlar davrida rivojlandi. Bu davrda shahar Hindiston bilan g‘arb, shimol, sharq mamlakatlarni bog‘laydigan savdo yo‘llaridagi yirik shaharga aylangan. SHaharning maydoni anchagina katta bo‘lib, uning hududidan Qoratepa, Fayoztepa kabi Budda ibodatxonalari qazib ochilgan. Ular ibodat qilish joyi bo‘lishi bilan birgalikda, ajnabiy savdogarlar savdo-

sotiq qiladigan manzil ham hisoblangan. Ibodatxonalar qoshida turli hunarmandchilik ustaxonalari bo‘lib, ular faqat kohinlar ehtiyojini qondiribgina qolmay, bozor uchun ham xizmat qilgan. Ibodatxonalarda kulolchilik ustaxonalarining topilishi shundan dalolat beradi.

So‘g‘diyona, Farg‘ona va CHochning Kushon davriga oid ko‘hna shahar va qishloqlari yaxshi o‘rganilmagan bo‘lsa-da, bu yerlarda ham katta-katta o‘zgarishlar va shaharlar rivojini kuzatish mumkin. Yirik shaharlardan biri Samarqand edi. So‘g‘diyonada undan tashqari mayda manzilgohlar ham ko‘p edi. Manzilgohlar mustahkam himoya devorlari bilan o‘ralgan edi. Farg‘ona vodiysida ham moddiy madaniyatining rivojlanganligini kuzatish mumkin.

Xorazmda ko‘pgina shaharlar va manzilgohlar mavjud edi. SHulardan biri Tuproqqal‘a ko‘hna shahridir. Shahar tuzilishiga ko‘ra to‘g‘ri burchakli bo‘lib, qalin devorlar bilan o‘ralgan. SHahar o‘rtasida tor ko‘cha o‘tgan. SHahardan Kushon davriga oid ko‘plab narsalar topilgan. Bu yerga podsho saroyi ochilgan bo‘lib, shahar devorlarida ajoyib tasvirlarni uchratish mumkin.

Arxeologik tadqiqotlar natijalariga ko‘ra, Kushon davrida Markaziy Osiyoning deyarli barcha viloyatlari qishloq xo‘jaligini yaxshi o‘zlashtirib olgan edilar. Tekisliklarda sug‘orma dehqonchilik bilan birgalikda chorvachilik ham rivojlanadi. Bu davrda Xorazmda, Zarafshonda ko‘plab sug‘orish inshootlari qurildi. Dehqonchilik qurollarida ham o‘zlashtirish sodir bo‘ldi. Masalan Kushon davriga oid Talibarzu yodgorliklaridan (Samarqand) yer haydaydigan omochning temir uchi topilgan.

Tog‘ etaklari va tog‘ oldi vohalarida bu davrda chorvachilik rivojlanib boradi. Ayniqsa, Farg‘onada chorvachilik bilan shug‘ullanuvchi yarim ko‘chmanchi aholi ko‘p edi. Ularning zotdor otlari qo‘shin davlatlarda ham mashhur edi.

Hunarmandchilik faqat yirik shaharlarda emas kichikroq manzilgohlarda ham rivojlandi. Ayniqsa, qurol-aslaha ustaxonalarida harbiy qurollar yasash rivojlandi. Kushonlar davrida paydo bo‘lgan va murakkab tuzilishga ega bo‘lgan Markaziy Osiyo kamoni keyinchalik Eronda keng tarqaldi. Nayzalar yog‘ochdan yasalardi. O‘qlar va nayza uchlari temirdan yasalib bir necha ko‘rinishga ega edi. Uchi uchburchakli o‘qlar kengroq yoyilgan edi. Harbiylar xanjar va qilichlar bilan qurollanar edilar. Milodning boshlarida Markaziy Osiyoda dudama qilichlar rasm edi. Qurol-aslahalardan qalqon, jang boltasi ham taqib yurilardi.


Download 5,34 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   195




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish