SSSRning tanazzulga yuz tutishi
Isloim Karimov rahbarligida qabul qilingan "Mustaqillik deklaratsiyasi" O‘zbekistonda yangi davlat, yangi jamiyat qurish yo‘lida nihoyatda qat‘iy va sobitqadam faoliyat olib borilganini ko‘rsatadi. Ittifoqda darz ketgan tuzum tanazzulga yuz tutgani sari, respublikamizda mustaqillikka erishi, uning asoslarini mustahkamlash jarayoni jadal davom etdi. 1991 yil 31 avgustda O‘zbekiston Oliy Kengashi ―O‘zbekiston Respublikasining davlat mustaqilligi to‘g‘risida qaror‖ hamda ―O‘zbekiston Respublikasining davlat mustaqilligi to‘g‘risida‖ qonun qabul qildi. Butun jahon xalqlariga, xalqaro tashkilotlarga yangi va mustaqil davlat vujudga kelganligini bildiradigan ―Bayonot‖ ham qabul qilindi. Mustaqil O‘zbekistonda vujudga kelayotgan yangi jamiyat va davlatning ijtimoiy-siyosiy asoslari mustahkamlana bordi, yurtimiz tsivilizatsiyasiga xos qadriyatlarga asoslanadigan yangi tizim shakllana boshladi.
O‘zbekiston mustaqilligi va vujudga kelayotgan yangi jamiyatning ijtimoiy-siyosiy asoslari tadrijiylik asosida mustahkamlanib borildi O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashi 1991 yil 18 noyabrdagi qaroriga asoslangan, 1991 yil 24 dekabr kuni bo‘lib o‘tgan O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligi to‘g‘risidagi referendum va O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovlari buning yana bir isboti bo‘ldi.
O‘tgan o‘n yilliklar tarixi sobiq ittifoqqa xos tanazzulning oqibatlari nihoyatda dahshatli bo‘lishi mumkinligidan, ushbu jarayonda o‘z yo‘lini to‘g‘ri belgilab ololmagan davlatlarning ahvoli bugun ham o‘nglanib ketmayotganidan, xalqi esa puch va‘dalar, avantyuristik loyihalarga aldanib, abgor bo‘lib qolayotganidan dalolat berib turibdi. Garchand oradan yigirma yildan ortiq vaqt o‘tgan bo‘lsada, agar dunyoga vaxshat solib turgan ulkan imperiyaning tanazzuli va nurab ketishining oqibatlari o‘sha vaqtda aniq- tiniq anglab olinmasa, xalqimiz bu dahshatli bo‘hrondan beshikast olib chiqib ketilmasa
nima bo‘lar edi, degan savol har qanday sog‘lom fikrlovchi kishining yuragini zirqiratib yuborishi aniq.
Ammo o‘sha paytdachi? O‘sha paytda buni hammamiz ham bugungidek
tushunarmidik? Hodisalar po‘rtanasida qolib ketganimiz uchun voqealarning qanday ayanchli oqibatlarga olib kelishi mumkinligini anglarmidik? ―O‘zbekiston mustaqillikka erishish ostonasida‖ kitobi bu masalada ham aniq-tiniq javoblar beradi. vaziyat qanchalik tahlikali va murakkab bo‘lishiga qaramasdan, o‘sha daqiqalardayoq muammolarning birdan-bir to‘g‘ri yechimlari topib, voqealar jarayonini oldindan ko‘rib faoliyat olib borgani, bugungi dorilamon kunlarga yetish oson bo‘lmaganini yaqqol ko‘rsatadi.
12-Modul:O‘zbekiston davlat mustaqilligining qo‘lga kiritilishi. Huquqiy demokratik davlat qurish va fuqarolik jamiyat asoslarini shakllantirish.
Do'stlaringiz bilan baham: |