To‘rtinchi rejada quyidagilarga e‘tiborni jalb etish lozim. Respublika xalq ta‘limida urushdan keyin bir qator jiddiy muammolarni yengib o‘tishga to‘g‘ri keldi. 50 yillardan maktab qurilishi, 7 yillik umumiy majburiy ta‘lim amalga oshirildi. Biroq ta‘limning mazmuni orqada qolganligi, maktab o‘quvchilarining bilim darajasi pastligi sabab jiddiy islohotlar o‘tkazish zarur edi. 1959 yildan boshlab 10 yillik o‘rta maktablar 11 yillikka aylantirildi. Maktablar uchun yangi o‘quv rejalari, dasturlari va darsliklar yaratildi. 1962 yildan umumiy majburiy 8 yillik ta‘limga o‘tildi. Barcha yetti yillik maktablar 8 yillik maktablarga aylantirildi. 1958-1965 yillarda 1000 yaqin shunday maktablar ochildi. Unda o‘qiydigan yoshlar 1965 yilda 134,5 ming kishini tashkil etdi. O‘rta umumta‘lim maktablari 1970 yildan boshlab mahalliy sharoitlardan kelib chiqqan holda alohida boshlang‘ich (1-3 sinflar), 8 yillik (1- 8sinflar), o‘rta (1-10) maktablarga aylantirildi. SHunga qaramay jiddiy muammolar, maktab sinf xonalar soni oshmasin, bolalar sonining tabiiy o‘sishidan orqada qolaverdi. Maktab binolarining yetishmasligi, moddiy texnik jihatdan zaifligi surunkali davom etdi. Maktablarda ta‘lim tarbiya kommunistik mafkuraga bo‘ysundirilgan, KPSS reja va dasturlari doirasiga, qolipiga solib qo‘yilgan, ta‘lim-tarbiya milliy xususiyatlar, tarixiy ma‘naviy qadriyatlarni inobatga olmasdi.
Respublikada oliy va o‘rta maxsus ma‘lumotli mutaxassislar tayyorlar vazifasi ham kommunistik mafkura tartibi asosida amalga oshirildi. 1959 yilda respublikada oliy mutaxassis kadrlar tayyorlab beradigan 31 ta oliy o‘quv yurtlari bo‘lsa, 1985 yilga kelib 42 oliy o‘quv yurti, 240 texnikum, 590 professional-texnika o‘quv yurtlarida xalq xo‘jaligi uchun oliy va o‘rta maxsus kadrlar tayyorlanardi. Hunar-texnika bilim yurtlari sanoatga ishlash uchun kelgan ishchilarning 20%i, qishloq xo‘jaligida ishlash uchun kelayotganlarning 40%ini tayyorlardi. Bilim yurtlariga qabul qilinganlarning 45%i (Toshkent shahrida) boshqa millat vakillari bo‘lib, o‘quvchilar umumiy sonida sanoat va qurilish ishchi mutaxassislari bo‘yicha mahalliy millat vakillari 17%ni egalladi.
Markaziy Statistika boshqarmasining 1960 yil 1 yanvargacha bo‘lgan axborotida O‘zbekistonda aholining ma‘lumot darajasi ko‘rsatkichlari quyidagicha bo‘lgan: tugallangan oliy-105 ming, tugallanmagan oliy-66 ming, o‘rta maxsus ma‘lumot-180 ming, umumiy o‘rta (to‘liq o‘rta) ma‘lumot-377 ming, to‘liqsiz o‘rta ma‘lumot-1273 ming bo‘lib, oliy va o‘rta maxsus ma‘lumotga ega kishilar umumiy
351 ming, to‘liq o‘rta maktabni, ya‘ni yetti yillikni tamomlab chiqqanlar 1630 ming kishi edi. 1980 yillarga kelib oliy va o‘rta maxsus ma‘lumotlilar xalq xo‘jaligida 1080,9 ming kishiga yetdi.SHu yillar ichida O‘zbekistonda barcha ishchi va xizmatchilar, qishloq xo‘jaligida ishlovchilarning o‘sish miqdorining o‘zgarishi quyidagicha bo‘lgan: 1940 yilda-2174,0 ming kishi bo‘lsa, 1965 yilda-3055,0, 1970 yilda-3670,0, 1975 yilda-4397,7, 1980 yilda-5166,9 ming kishini tashkil etgan. Biroq bular miqdor ko‘rsatkichlardagi ayrim siljishlar bo‘lib, masalaning asosiy jihati o‘quv yurtlarini bitirib chiqayotgan mutaxassislarning sifati va saviyasi masalasida ko‘plab muammolar mavjud edi. Sovet hukumati
―Sotsializmning afzalligi‖ni ko‘rsatish maqsadida asosiy e‘tibor oliy ma‘lumotli mutaxassislar tayyorlashning son jihatiga e‘tibor berib, oqibatda tayyorlanayotgan mutaxassislarning jahon talablaridan jiddiy ortda qolishiga, xalq xo‘jaligiga malakasiz kadrlar tayyorlanishiga, ulardan ishlab chiqarishda samarasiz foydalanilishiga olib keldi. Sovet tuzumi oliy va o‘rta maxsus ta‘lim tizimi orqa li ommaviy kasblar bo‘yicha kadrlar tayyorlashni ―yalpi miqdor‖, mablag‘larni taqsimlash vaqtida ―qoldiq‖ qoida bo‘yicha ishlashni davom ettirdi1. Bu kamchiliklar kadrlar siyosatiga salbiy ta‘sirini o‘tkazmay qo‘ymasdi. Mavjud mablag‘lar hisobiga xalq xo‘jaligi uchun ko‘proq mutaxassis tayyorlab berish o‘qishning kechki va sirtqi bo‘limlarida ko‘zda tutildi. Sirtqi ta‘lim tizimi O‘zbekistonda asosan urushdan keyingi yillarda rivojlana boshladi. 1965 yilda oliy o‘quv yurtlarining sirtqi bo‘limlariga 18 ming kishi qabul qilindi. Biroq 1970-1971 o‘quv yilida faqat 13 ming kishi o‘qishni bitirib chiqdi, ya‘ni o‘qishga qabul qilinganlarning uchdan ikki qismi to‘liq tamomladi2. Keyingi yillarda oliy o‘quv yurtlarining sirtqi bo‘limlariga tinglovchilarni qabul qilish birmuncha qisqardi, ammo 1980 yillarga kelib yana miqdori orta boshladi. ―Bo‘lajak jamiyatning idealini o‘qitishni yosh avlodning unumli mehnati bilan qo‘shib olib bormasdan tasavvur qilib bo‘lmaydi‖3, - deb ta‘riflangan sovet tuzumi g‘oyasi yoshlarni o‘qitish bilan bir vaqtda mamlakatning iqtisodiy bazasini yanada to‘ldirish uchun ular doimiy ishga ham jalb etildi. Ta‘limning bu ko‘rinishi bir vaqtda ham o‘qiyotgan, ham xalq xo‘jalik tarmoqlarida ishlayotgan kishilarni muttasil o‘qishga jalb etish imkonini bersa, ikkinchi tarafdan kechki va sirtqi bo‘limlarni tamomlab chiqayotgan mutaxassislar nazariy tayyorgarligining yetarli darajada bo‘lmasligi kadrlar tayyorlash sifatini yaxshilash ishiga salbiy ta‘sir o‘tkazardi. Kadrlar siyosatidagi bu kabi buzilishlar, xato va kamchiliklar yil sayin ortib borib, respublikaning taraqqiyotiga sezilarli darajada to‘siq bo‘ldi.
O‘zbekistonda teatr va musiqa san‘ati birmuncha o‘sdi. Bu yillarda ―Toxir va Zuxra‖, ―Farxod va SHirin‖, ―Alpomish‖, ―Ravshan va Zulxumor‖, ―Navoiy Astrobodda‖, ―Muqimiy‖ kabi milliy tarixiy asarlar sahna yuzini ko‘rdi, lekin ular partiyaviylik va sinfiylikka moslashtirildi. SHu bilan bir qatorda
―Oltin devor‖, ―Toshbolta oshiq‖, ―Kelinlar qo‘zg‘oloni‖ va boshqa sahna asarlari xallq e‘tiboriga sazovar bo‘ldi. O‘zbek teatrining rivojlanishiga rejissyorlardan M.Uyg‘ur, Ye.Bobojon, A.Ginzburg, T.Xo‘jaevlar, aktyorlardan, A.Xidoyatov, O.Xo‘jaev, A.Bakirov, S.Eshonto‘raeva, SH.Burxonov, Z.Muhammadjanov, G‘.A‘zamov, Yo.Ahmedov, P.Saidqosimov va boshqa san‘atkorlar salmoqli xissa qo‘shdilar. Xalqimiz o‘zbek san‘atini baland ko‘targan Yu.Rajabiy, H.Nosirova, M.Turg‘unboeva, Tamaraxonim, G.Izmailova, S.Qobulova nomlarini hurmat bilan e‘zozlab kelmoqda. 60-70 yillar o‘zbek kino san‘atiga yosh talantli rejissyorlar aktyorlar, SH.Abbosov, A.Xamroev, R.Botirov, H.Axmarov kabilar kirib keldi. SH.Abbosovning ―Mahallada duv-duv gap‖ (1961), ―Sen yetim emassan‖(1963),
―Toshkent-non shahri‖ (1970), ―Abu Rayhon Beruniy‖ (1974) kabi filmlari mashhur bo‘ldi. SHunday qilib, respublika madaniy-ma‘naviy hayotida 1946-1990 yillarda muayan yutuqlarga erishildi. Xalq maorifi, oliy va o‘rta maxsus ta‘lim tarmog‘i ancha rivojlandi. Aholining umumiy savodxonlik darajasi o‘sdi, mutaxassislar, ijodiy ziyolilar darajasi sezilarli kengaydi. Fan, adabiyot, san‘at rivojlandi. Ilmiy, badiiy musiqa asarlari yaratildi biroq bularning barchasi mafkuraviy tuzum qolipidan chiqmagan holda amalga oshirildi. O‘zbek xalqi nafaqat o‘z milliy qadriyatlari, an‘analari va tilidan, shuningdek, umuminsoniy qadriyatlardan tobora begonalashtirilib borildi. Sovet rahbariyatining 1985 yilda mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishni jadallashtirish yuzasidan ilgari surgan vazifasini bajarish borasidagi dastlabki o‘rin ishlari omad keltirmadi. Iqtisodiy tizimni qayta qurish, uning moddiy bazasini qayta ko‘rib chiqish, yangi texnologiyalarni joriy etish, yuqori darajadagi boshqaruv tizimi asosida iqgisodiyotni va ijtimoiy sohani jadal rivojlantirish mo‘ljallangan edi. Biroq ―qayta qurish‖ siyosati ham sotsializmga sun‘iy ravishda qiyofa berganligini O‘zbekiston prezidenti I.A.Karimovning: ―Inqiroz sabablari va omillarini to‘liq tasavvur etmagan, o‘zgartirishlarning aniq-ravshan dasturiga ega bo‘lmagan butun iqtisodiy siyosat empirik xarakterda bo‘lib, avantyuradan iborat eksperimentlardan, har tomonga og‘ishlardan boshqa narsa emasdi. Iqtisodiyotni barqarorlashtirish va bozor munosabatlariga o‘tishning turlicha yondashuvlarga asoslangan dasturlari loyihalarining ko‘pligi islohotlarning aniq maqsadi yo‘qligidan, ularni ro‘yobga chiqarish muddatlari- ―besh yuz kun‖ deb belgilab qo‘yilishi esa zarur o‘zgartirish-larning tub mohiyati va nihoyatda murakkabligi to‘la anglab yetilmagan-ligidan dalolat berar edi‖4, ta‘rifi uning mohiyatini ochib beradi. Bu siyosatning amalga oshirilishi natijasida, respublika
1O‘zbekistonning yangi tarixi. Ikkinchi kitob. O‘zbekiston sovet mustamlakachiligi davrida. – Toshkent: SHarq, 2000. – B. 533.
2Suyunov S.H. Fan-texnika taraqqiyoti va kadrlar tayyorlash. – Toshkent: O‘zbekiston, 1987. – B. 39.
3O‘zbekiston Respublikasi MDA, 2454-fond, 6-ro‘yxat, 287-ish, 380-varaq.
4Karimov I. A. O‘zbekiston: milliy istiqlol, iqtisod, siyosat, mafkura. 1-jild. – Toshkent: O‘zbekiston, 1996. – B. 280-281.
iqtisodiyotida tanglik holati chuqurlashib, sanoat ishlab chiqarishning samaradorligi pasayib ketdi. SHuningdek, aholining turmush darajasi ham sezilarli ravishda pasaya boshladi. Masalan, ishchi va xizmatchilarning ish haqi O‘zbekistonda umumittifoq bo‘yicha 1975 yildagi 93,7%dan, 1987 yilda 81,3%ga tushib qoldi, aholi jon boshiga iste‘mol fondi hajmi 66%dan 58%ga kamaydi. 1988 yilda O‘zbekistondagi 1267 ta yirik sanoat korxona-sidan atigi 320 tasi (25,3%) to‘liq xo‘jalik hisobi va o‘z- o‘zini mablag‘ bilan ta‘minlash sharoitida ishlardi1. Masalan, O‘zbekiston xalq xo‘jaligini jadallashtirish umumdavlat dasturini ta‘minlash rejasida 1990 yilga borib sanoat mahsulotlari ishlab chiqarishni 24- 27%ga oshirishga erishish, tarmoqda mehnat unumdorligini 19%ga, qurilishda 14%ga ko‘tarish nazarda tutilgan edi. Biroq mehnat jamoalaridagi ayrim xodimlarning qo‘lga kiritgan yuqori ishlab chiqarish natijalari ham oqsash jarayonlarining ortib borishini yashira olmadi. Puxta o‘ylab ko‘rilmagan qarorlar, ularni joriy qilishdagi jiddiy nuqsonlar, ma‘muriy siquvning davom etishi, jadallashtirish kontseptsiyasidagi kamchiliklar xalq xo‘jaligiga o‘zining salbiy ta‘sirini ko‘rsatdi, qayta qurish oqsay boshladi.
80-yillarning ikkinchi yarmi mobaynida ro‘y bergan ―qayta qurish‖ islohotlari turkumi sub‘ektiv tarzda, faqat ichki his-hayajonga asoslanib, ixtiyoriy ravishda shunchaki sinab ko‘rishlar va xato usullar bilan tashqi tomondan ta‘sirchan bo‘lishini umid qilib, aniq ilmiy jihatdan emas. balki dastursiz amalga oshirildi. Iqtisodiy va ilmiy-madaniy salohiyatga ega bo‘lgan O‘zbekiston ham qayta qurish oqibatida puxta o‘ylab ko‘rilmagan volyuntaristik islohotlar oqimiga jalb qilindi. Qayta qurish «kontseptsiyasi» avvalboshdanoq noilmiy bo‘lib, u mag‘lubiyatga mahkum edi. qayta qurish borasidagi dastlabki tajribalarning ko‘rsatishicha, mamlakat siyosiy rahbariyati birinchi kundanoq ―qayta qurish‖ mafkurasini anglab yetishda nihoyatda soddalashgan nuqtai nazar bilan yondashdi. Qayta qurish ―kontseptsiyasi‖
―qardosh‖ ittifoqdosh respublikalarning hayotiy manfaatlari va muammolarini ilmiy taxlil qilishga, ularni bilishga asoslanmagan edi. O‘sha davrda sovet sotsialistik tuzumi iqtisodiy, siyosiy jihatdan ulkan imkoniyatlarga ega deb hisoblandi, tarixiy istiqbol sotsializm tomonida deb qaraldi. Sotsializmga sun‘iy ravishda demokratik qiyofa berilib, mustabid tuzumning mavjud yaramas illatlarini ―tasodifiy hol‖, ular uchun ―sotsialistik jamiyatda asos yo‘q‖, shuning uchun ularni, ayniqsa, boshqaruv tizimidan olib tashlash kifoya deyildi. Qayta qurish tajribasi faqat partiyaning ijtimoiy-siyosiy rahbarligini mustahkamlashni, jamiyatni sotsialistik asosda tashkil etishni yanada takomillashtirishni, uning faqat qismangina, shunchaki, ―pardoz berish‖ tarzida yangilanishini nazarda tutgan edi. Ziddiyatli ―qayta qurish‖ siyosati oqibatida respublika iqtisodiyotida tanglik holati chuqurlashib, sanoat ishlab chiqarishning samaradorligi pasayib ketdi. Mehnat unumdorligining ko‘rsatkichlari ham keskin yomonlashdi, fondlar hisobidan keladigan foyda kamaydi.
Masalan, ishchilar va xizmatchilarning ish haqi O‘zbekistonda umumittifoq bo‘yicha 1975 yildagi 93,7%dan 1987 yilda 81,3%ga tushib qoldi, aholi jon boshiga iste‘mol fondi hajmi tegishli ravishda 66%dan 58%ga kamaydi. Natijada xalqning davlat tomonidan e‘lon qilinayotgan o‘zgarishlariga ishonchi yo‘qola bordi, uning qayta qurishga bo‘lgan munosabati o‘zgara boshladi.
Ko‘pgina mahsulot turlarini ishlab chiqarish hajmi pasaydi, moddiy va moliyaviy nomutanosiblik kuchaydi, iqtisodiy o‘sish sur‘atlari pasayib ketdi, tovarlar tanqisligi tobora kengayib bordi. Masalan, 1989 yilda har ikki muhim mahsulotdan biri bo‘yicha topshiriq bajarilmadi, har uch mahsulotdan biri bo‘yicha ishlab chiqarish hajmi pasaydi. ―A‖ turuhi tarmoqlari bo‘yicha mahsulot ishlab chiqarish rejadagidan 3 baravar kam bo‘ldi. Mashinasozlik, kimyo va agrosanoat majmui korxonadari reja topshiriqlarini bajarishni ta‘minlay olmadilar.Mehnat unumdorligini va ishlab chiqarish samaradorligini oshirish sohalarida ham sifat o‘zgarishlari ko‘zga tashlanmadi.
―Qayta qurish‖ning so‘nggi yillarida respublika ishchilari va xizmatchilarining ijtimoiy rivojlanishida murakkab va ziddiyatli jarayonlar sodir bo‘ddi. Ularning miqdor jihatidan o‘sishida sifat o‘zgarishlari yuz bermadi, bu ko‘rsatkich aholining tabiiy o‘sishidan orqada qoldi, bu hol ishchi kuchining ancha ortiqcha bo‘lib qolishiga olib keldi.
SHunday qilib, mustabid Sovet davlatida qaror topgan ijtimoiy-iqtisodiy ishlab chiqarish munosabatlari sanoat ishlab chiqarishining yuqori samarada rivojlanishiga ob‘ektiv ravishda to‘siq bo‘ldi. Markazning amriga bo‘ysungan respublika industriyasi mahalliy aholining tub manfaatlarini hisobga olishga mo‘ljallanmagan edi, shu sababdan uni sotsialistik asosda isloh qilishga o‘rin ish muqarrar ravishda barbod bo‘ldi. Salbiy holatlarning ortib borishi natijasida O‘zbekiston qishloq xo‘jaligining samaradorligi yildan-yilga pasayib bordi. 1989 yilning boshlarida qishloq xo‘jaligi yalpi mahsuloti hatto o‘rtacha yillik darajaga ham bormadi, 3 milliard so‘mlikdan ko‘proq mahsulot berilmay qoldi. g‘alla, paxta, poliz ekinlari tayyorlash rejalari surunkasiga bajarilmay keldi. Faqat 1986—1987
1// O‘zbekiston kommunisti. – Toshkent, 1988. - №11. – B. 22
yillar mobaynida yetkazib berilmagan paxtaning miqdori 1.576 ming tonnadan ortiq edi. Asosiy dehqonchilik ekinlarining hosildorligi barqaror pasayib bordi.
Paxta yakkahokimligi bilan bog‘liq illatlar respublikaning qishloq iqtisodiyotiga salbiy ta‘sir ko‘rsatishda davom etdi. CHigit ekiladigan maydonlar ko‘p bo‘lishiga (75%) qaramasda n, paxta ekiladigan yerlar doimiy ravishda ko‘paytirib borildi. Ayni vaqtda paxta yetishtirish reja topshiriklari ham ko‘paydi, bu O‘zbekistonning imkoniyatlariga mutlaqo mos kelmas edi. Mazkur muammoni qushib yozishlar, ko‘zbo‘yamachiliklar, paxta terimi davrida shaharliklar, talabalar, maktab o‘quvchilarining mehnatidan surunkali foydalanish evaziga hal qilishga intildilar. «Yalpi» paxta hosili, poliz va boshqa qishloq xo‘jalik mahsulotlari miqdori ortidan quvib, ko‘pgina xo‘jaliklar ularni yetishtirish texnologiyasini buzdilar, ekinlarga oshirilgan miqdorda azotli o‘g‘itlar solindi, ayniqsa, paxta zararkunandalariga qarshi kurashda, uning bargini to‘kishda zaharli kimyoviy moddalardan me‘yorsiz foydalanildi. Natijada atrof muhit zaharlandi, yerning tarkibi buzildi, insonlar sog‘ligiga zarar yetkazildi.
Paxtachilikda pestitsidlarni haddan tashqari ishlatish oqibatida bevosita ko‘zga tashlanib turuvchi ijtimoiy-ekologik ofat yuz berdi, ya‘ni atrof muhit (tuproq, suv manbalari, havo) yo‘l qo‘yib bo‘lmas darajada ifloslandi. Ekologik tanglikning ikkinchi sababi — vazirliklarning zararli kimyoviy korxonalarni CHirchiq, Samarqand, Navoiyda, shuningdek, ko‘proq ekologik tizim juda zaif bo‘lgan va aholi zich yashaydigan hududlarda joylashtirilishi bo‘ldi: Farg‘ona vodiysi ana shunday joylardan bo‘lib, bu yerda ―Farg‘onaazot‖, ―Fergananefteorgsintez‖ birlashmalari, Qo‘qon kimyo zavodi, Yangi qo‘qon kimyo kombinati va boshqa korxonalar joylashtirilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |