Analiz natijalarini hisoblash. Kationlarning eritmadagi massalari quyidagi formula yordamida aniqlanadi:
bu yerda, Vk — tekshiriladigan eritmaning umumiy hajmi, ml.
14-laboratoriya ishi
FOTOMETRIK ANALIZ METODLARI
Spektr — nurlanish to‘lqin uzunliklarining muayyan tartibda joylashishidir. Elektromagnit nurlanish istalgan to‘lqin uzunligiga ega bo‘lishi mumkin. To‘liq elektromagnit nurlanish juda uzun to‘lqindan juda qisqa to‘lqingacha bo‘ladi. Biroq spektrning hamma sohalarini o‘lchay oladigan birorta ham asbob yo‘q. Shuning uchun ham elektromagnit nurlanish qator sohalarga bo‘linadi. Metrdan katta bo‘lgan elektromagnit to‘lqinlarni radioasboblar, undan qisqaroqlarini mikro to‘lqinli spektroskopiya usullari o‘rganadi. Bir necha millimetrdan 3x10-6 m gacha bo‘lgan sohada issiqlik to‘lqinlari bo‘ladi. Bir necha millimetrdan 2,5x10-5 m gacha bo‘lgan soha uzoq infraqizil soha; 2,5x10-5 m dan 7,5x10-7 m gacha bo‘lgan soha yaqin infraqizil soha deb yuritiladi. 7,5 10-7 m (qizil) dan 4x10-7 m (binafsha) gacha bo‘lgan sohani ko‘z bilan ko‘rish mumkin bo‘lganligi uchun ko‘rinadigan soha hisoblanadi. 4x10-7 m dan 3x10-7 m gacha bo‘lgan soha yaqin ultrabinafsha sohadir. So‘ngra uzoq ultrabinafsha (3x10-7 m — 2x10-7 m) va vakuum ultrabinafsha (2x10-7 m — 2x10-9 m) sohalar joylashgan. Vakuum ultrabinafsha deyilishining sababi shundaki, bu soha nurlarini havo yutadi, shuning uchun u maxsus vakuum asboblarda tekshiriladi. Shundan keyin 10-10 m to‘lqin uzunligi yumshoq va qattiq rentgen nurlari va gamma nurlar sohalari joylashgan bo‘lib, ularni havo yana yutmaydi.Spektrning infraqizil, ko‘rinadigan va ultrabinafsha sohalarini tekshirish usullari optik spektroskopiya deb ataladi. Spektroskopik tekshirishlar 1666-yilda L.Nyuton tomonidan quyosh nurlarini prizma bilan tekshirishdan boshlangan. Dastlab 1802-yilda V.Vollaston va undan bexabar 1814-yilda LFraungofer tor oraliqdagi spektral chiziqlami kuzatishgan. Birinchi spektroskop 1859-yilda G.Kirxgoff va R.Bunzen tomonidan yasalgan. Kirxgoff va Bunzen o‘zlari yasagan asbobni sifat analizida qo‘llash mumkinligini ko‘rsatishgan. Ikki-uch atomli molekulalarda molekulani tashkil etgan elektronlar va yadrolar hamda butun molekulaning fazodagi harakati atomlardagiga qaraganda ancha murakkab bo‘ladi. Molekulada uch xil: elektronlar, tebranma va aylanma harakat mavjud. Ana shu murakkab harakatlar molekulalar spektrlarining o ‘ziga xos xususiyatlarini belgilaydi va ularni atomlar spektridan farqlaydi. Spektrning ultrabinafsha va ko‘rinadigan sohalarida chiziqli spektrlar o‘rnida kengligi har xil bo‘lgan yo‘laklardan iborat spektr hosil bo‘ladi. Bu spektr molekulaning elektron spektridir. Molekulalarning tebranma harakatlari natijasida paydo bo‘ladigan alohida yo‘laklardan iborat bo‘lgan tebranish spektrlari optik spektrning yaqin infraqizil sohasida joylashgan. Molekulaning aylanma harakatlari natijasida hosil bo‘ladigan va shuning uchun aylanish spektrlari deb ataladigan alohida chiziqlardan tashkil topgan spektrlari spektming uzoq infraqizil va mikrotoiqin sohalarida joylashgan. Yuqoridagilarga asoslanib molekulaning statsionar holatdagi toiiq energiyasi (E) elektron, tebranish va aylanish harakatlari energiyalarining yigindisi sifatida ifodalanishi mumkin:
Do'stlaringiz bilan baham: |