id = 605 D1/2m2/3τ1/6
bu yerda, D - diffuziya koeffitsienti; n - reaksiyada ishtirok etuvchi elektronlar soni; m - simob tomchisining oqib tushish tezligi; τ - simob tomchisining hosil bo‘lish paytidan uzilish paytigacha o‘tgan vaqt. Polyarografiya o‘z navbatida klassik doimiy tokli, differensial, impuls, ossillografik, differensial ossilografik, inversion, kvadrat to‘lqinli polyarografiya kabi usullarga bo‘linadi.
Amperometriya doimiy potensialda to‘yingan diffuzion tokning o‘zgarishini o‘lchashga asoslangan bo‘lib, bu usul yordamida t.o.n. sini topish mumkin. Usulning dastlabki varianti Geyrovskiy tomonidan taklif qilingan bo‘lib, unda titrantning har bir hissasi qo‘shilgandan keyin eritmaning polyarogrammasi tuzilar, shu tartibda bir necha eksperimental nuqtalar olinar va titrlash egri chizig‘i chizilar edi.
Amperometrik titrlashning hozirgi ko‘rinishi 1938-yilda Mayer tomonidan taklif etildi. IYUPAK ning tavsiyasiga ko‘ra amperometriya ikki usulga boiinadi: bitta indikator (qutblangan) elektrodli va ikkita indikator (qutblangan) elektrodli amperometrik titrlash. Agar doimiy potensialdagi diffuzion tok vaqtning funksiyasi sifatida oichansa, usul xronoamperometriya deb yuritiladi. Bu usul titrimetrik analizda t.o.n. sini topish uchun ham ishlatilishi mumkin. Bu vaqtda xronoamperometrik titrlash haqida gap ketadi. Xronopotensiometriya usuli tok ostidagi elektrodning potensialini vaqt funksiyasi sifatida o‘rganishga asoslangan. Bunda xronopotensiogramma tuziladi, xronopotensiogrammada chorak toiqin potensiali E1/4 sifat va o‘tish vaqti τ 1/4 depolyarizatorning miqdor xarakteristikasidir. Xronopotensiometriyaning ham qo’llanilish sohasi polyarografiyaning qo’llanilish sohasiga to‘g‘ri keladi. Biroq bu usul polyarografiyaning ishlatilishi cheklangan vaqtlarda ishlatiladi, chunki bunda asboblarning qimmatligi va uslubiy qiyinchiliklar hisobga olinadi. Usul kinetik va adsorbsion jarayonlarni tekshirish va xronopotensiometrik titrlash uchun ishlatilishi mumkin. Voltamperomet- riyaning polyarografiya usulida elektrodlar sifatida tomchilaydigan simob (polyarografiya), statsionar simob va boshqa elektrodlar qo’llaniladi. Simob bilan ishlaydigan xodimlar, asosan, uning uchuvchan bug’lari bilan zaharlanishlari mumkin. Shuning uchun quyidagi qoidalarga rioya qilinishi shart:
1. Simob bilan bajariladigan barcha ishlar maxsus chekkalari baland stollarda (chuqur tagliklarda), shamollatgich ulangan sharoitda bajarilishi kerak. Simobli bo‘g‘in emallangan yoki plastmassa idishda tutilishi kerak.
2. Ish paytida simobning sirti atmosfera havosi bilan tutashmagan boiishiga; simob doimo suyuqlik yoki suv ostida yopiq idishda bo’lishiga e’tibor berish kerak.
3. Ishlatilgan eritmalar va simob maxsus qalin devorli idishlarda saqlanishi kerak. Simobi bo’lgan eritmalarni rakovinaga to‘kish qatiyan man qilinadi.
4. To‘satdan to‘kilib ketgan simob, maxsus amalgamalangan mis plastinkasi yordamida yig‘ib olinishi kerak. Shundan keyin simob bilan ifloslangan joy 20 % li temir (III) xloridning eritmasi bilan ishlanadi.
5. Simobning ko‘p miqdori alohida po’lat ballonlarda, kamroq miqdori qalin devorli shisha yoki temir idishlarda saqlanishi kerak. Bu idishlar juda zich berkitilishi lozim.
Polyarografiyada 2 yoki uch elektrodli elektrolitik bo‘g‘inlar ishlatilishi mumkin. Shu elektrodlardan bittasi tomchilaydigan yoki statsionar (osilib turgan tomchi) simob elektrodidir. Analitik maqsadlarda polyarograflarda tomchilaydigan va statsionar simob elektrodlari ishlatiladi. Simob elektrodlari katod ham, anod ham bo‘lib xizmat qilishi mumkin. Statsionar simob elektrodi ko‘pincha inversion usulda 1x10-7 mol/l dan kichik konsentratsiyali moddalarni aniqlashda anod sifatida ishlatiladi. Tomchilaydigan simob elektrodini 5x10-8 - 1x10-7 mol/1 konsentratsiyalarda ishlatish maqsadga muvofiq (bunda yo‘ldosh tarkibiy qismning konsentratsiyasi aniqlanadigan moddanikidan 5x103 martadan ziyod bo‘lmasligi kerak. Sezuvchanlik kichik bo‘lganda usulning ajratish qobiliyatini oshirish uchun statsionar simob tomchisi yig‘maydigan rejimda ham ishlatiladi. Amalgama hosil qiladigan kam miqdor moddalarni aniqlash talab etilsa, inversion rejim eritmani aralashtirish bilan bog‘lab qoilaniladi. Bunda muayyan vaqt davomida statsionar simob tomchisida aniqlanadigan modda yig‘ib konsentrlanadi. Katod yoki anod polyarizatsiyasi aniqlanadigan va yo’ldosh tarkibiy qismlar polyarogrammalari cho‘qqilarining holatiga qarab tanlanadi. Agar katta konsentratsiyali yo’ldosh tarkibiy qismning polyarogrammasi aniqlanadigan moddadan musbatroq potensialda bo’lsa, anod polyarizatsiyasini qo‘llash qulay. Agar uning polyarogrammasi aniqlanadigan moddadan manfiyroq potensialda kuzatilsa, katod polyarizatsiyasini qoilagan ma’qul. Har doim oldin kichik konsentratsiyali, keyin katta konsentratsiyali tarkibiy qismlarning polyarogrammalarini olish qulaydir. Polyarograflarda ishlashning umumiy tartibini mamlakatimizda keng tarqalgan PPT-1 polyarografi misolida qarab chiqamiz. Bu asosan boshqa tur polyarograflarga ham mos keladi. Polyarograflarda polyarizatsiyaning turi taqsimlash kalitining «+0-» holatini «+» ga, katod polyarizatsiyasi esa «-» ga ulash orqali almashtiriladi. Agar kalit nolga ulansa, taqsimlash tegishli potensial qiymatida to‘xtaydi. Dastlabki kuchlanishning qiymati va qutbi BPN qismidagi «V» kalit, «mV» reoxord va «+-» tumbler yordamida o‘rnatiladi. Shu va boshqa ko‘plab polyarograflarda kuchlanishni taqsimlash qoida va avtomatik ravishda amalga oshirilishi mumkin. Taqsimlashni avtamatik ulash uchun «Vkl-Sbros-Avt» kaliti «Vkl»ga, uzish uchun esa «Sbros» ga o‘tkaziladi. Taqsimlashni qoida amalga oshirganda «Самозапуск — от капли» tumbleri «ot kapli» holatida bo‘lishi kerak. Taqsimlashni avtomatik ulash ossillografik polyarografiyada, hamda statsionar simob tomchili usulda qoilaniladi. Bunda kalit «Avt» holatiga qo‘yiladi. Taqsimlashni qo’lda yoki avtomatik ulaganda «+0-» kalitning holati «0» da bo’lishi kerak. Tomchilaydigan simob elektrodi ishlatilganda, taqsimlanish tezligi V, simobning tomish davri - 1, reaksiyada qatnashayotgan elektronlar soni - n va polyarogramma cho‘qqisining yo‘l qo‘yilishi mumkin bo’lgan o’chash xatosi -/o ga mos ravishda tanlanadi. Bu qiymatlar o‘zaro quyidagicha bog’langandir:
(1.48) tenglama yordamida hisoblangan tomishning maksimal davrlari qiymatlari 10-jadvalda keltirilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |