Amir umarxon davrida qo'qon maorifi I. Kirish II. Asosiy qism


QO‘QON XONLIGIDA MADANIY HAYOT VA UNING KITOBAT BILAN BOG‘LIQ JIHATLARI



Download 96,5 Kb.
bet3/4
Sana04.06.2022
Hajmi96,5 Kb.
#635871
1   2   3   4
Bog'liq
AMIR UMARXON DAVRIDA QO\'QON MAORIFI

2.QO‘QON XONLIGIDA MADANIY HAYOT VA UNING KITOBAT BILAN BOG‘LIQ JIHATLARI

O‘rta Osiyo davlatlari kabi Qo‘qon xonligida ham islom dini jamiyatning tayanch mafkurasi edi. Ilk va o‘rta asrlarda islom dini doirasida mavjud bo‘lgan hurfikrlilik tafakkurni tabiiy fanlar va dunyoviy falsafaga yo‘llagan va bu o‘z o‘rnida aniq, tabiiy, ijtimoiy va gumanitar fanlar rivojini ta’minlab bergan bo‘lsa, so‘nggi o‘rta asrlarga kelib, an’anaviy islom, aqidaparastlikning ta’siri kuchaydi. Ilm-fan, ta’lim va ma’rifat sohalarida diniy ta’limotlar hukmronlik qila boshladi. Ruhoniylar o‘z manfaatlaridan kelib chiqib, ma’naviy hayotning barcha sohalarini islom aqidalariga tobe qilishga, din va shariat tamoyillarini yanada chuqurroq singdirishga intilar edilar. Madaniy hayotda yuzaga kelgan bunday vaziyat XIX asrda Qo‘qon xonligida ilm-fanning ahvoliga, ayniqsa bu soha rivojining bir yoqlamalilik xususiyatiga sabab bo‘ldi.


Xonlikda ilm-fanning shu davrdagi holati butun O‘rta Osiyoda bo‘lganidek Evropada erishilgan darajadan ancha orqada bo‘lib, omma fanlarning barcha sohalarida qo‘lga kiritilgan yangilik va kashfiyotlardan bexabar edi. Aniq va tabiiy fanlarda mutaasiblik va jaholat hukmron bo‘lgan. Masalan, 1873 yilda Mavlaviy Rishtoniy (u Mavlaviy cho‘bin nomi bilan mashhur edi) arkda quyosh soatini yasaganida olomon uni sehrgarlik va jodugarlikda ayblagan va g‘alayon davrida uni urib o‘ldirgan1. Mirzo Olim Maxdum hoji «Tarixi Turkiston» asarida ilmiy muhit haqida: «Ilmu maorifda bo‘lsa, Turkistonda o‘tgan Ibn Sino, Forobiy, Ulug‘bek, Ali Qushchi o‘rniga o‘lturg‘on olim, faylasufi zamon deganlarimiz izzatu nafs va riyokorlikka tabdil bo‘lub, jahl balosig‘a mubtalo bo‘lg‘an edilar…ilmi dinsiz oxirat yo‘li topilmagandek, maorif va kamolotsiz dunyo yo‘llari ham topilmas» deb yozadi2.
Bu davrda aniq va tabiiy fanlarning xo‘jalik va maishiy hayotda, ya’ni amaliyotda qo‘llaniladigan sohalarigagina e’tibor qaratilgan. Kundalik turmushda tibbiyot, me’morchilikda matematika va handasa, sug‘orma dehqonchilikda o‘simlikshunoslik, gidrologiya va muhandislik ilmidan foydalanilgan. SHunga ko‘ra, xonlikda aniq va tabiiy fanlardan faqat tibbiyot, geografiya, tabiatshunoslik fanlari bilan shug‘ullangan olimlarnigina ko‘rsatish mumkin. Ayrim kamchiliklar bo’lishiga qaramay xonlikda adabiy muhit, madaniy hayot anchayin ravnaq topgan edi. Ayniqsa qo’qon xonligi madaniy hayotida maktab, madrasalar faoliyati muhim o’rin egallaydi.3
XIX asrning o‘rtalarida Qo‘qon xonligida 350 dan ortiq madrasa va shunchaga yaqin maktab bor edi. Madrasalar ijtimoiy hayotda katta o‘rin egallab, murakkab bir uslubda idora qilinardi. Madrasalarning qatorida kutubxona, qiroatxonalar ham bo‘lib, har xil guruhlarning ilmiga bo‘lgan qiziqishlariga javob berardi. Madrasalarda talaba (tolib al-ilm)lar o‘qib, ularga mudarrislar (domulla, oxund) dars berardilar. Mudarrislar, domla va oxundlarning har xil martabalari bo‘lgan. «Banoraspo‘sh» mansabli mudarrislar xon qabulida bo‘lish huquqiga ega edilar.
Madrasa o‘z vaqflarining daromadiga qarab mu’idlar, muqarrir, kitobdor, farrosh, imom, so‘fi, mujovir, sartarosh, posbon, oshpazlarni ishga olib ularga maosh berardi. Madrasa ishlariga mutavakkil boshchilik qilardi. Vaqf ishlari sudur qo‘lida edi.
Rossiya imperiyasining bosqini arafasida O‘rta Osiyoda ta’lim va maorif, an’anaviy tarzda davom etgani ma’lum. Turkiston bosib olingach rus imperiyasining yangi ma’muriyati ta’lim va maorif sohasida ham ba’zi o‘zgarishlarni amalga oshirmoqchi bo‘lgan. Biroq, ijtimoiy munosabatlardagi qoloqlik, xurofot va diniy mutaasiblik bu sohada katta o‘zgarishlar qilishga yo‘l bermagan.
Qo‘qon xonligida ta’lim tizimi, ya’ni maorif o‘rta asr an’analari bo‘yicha davom etgan. Boshlang‘ich ta’lim 6-7 yoshdan boshlanib, o‘g‘il bolalar maktablarda, qizlar esa otinoyilarning uylarida ta’lim olganlar.
Aksari maktablar mahalla masjidlari qoshida ochilgan bo‘lib, alohida xususiy maktablar ham mavjud bo‘lgan. XIX asr o‘rtalarida Qo‘qon xonligida 350 taga yaqin maktablar faoliyat ko‘rsatgan. Maktablar shahar va qishloqlardagi masjidlar yonida faoliyat yuritib, ularning asosiy vazifasi bolalarga boshlang‘ich bilimlar berishdan iborat edi.
Maktablarda yetti yil davomida bolalarga, ularning tushunish-tushunmasligidan qat’iy nazar alifbe, Qur’on, abjad, farzi ayn, Chor kitob, Xo‘ja Hofiz, Sa’diy Sheroziy she’rlari, So‘fi Allohyor va Mirzo Bedil asarlaridan savod o‘rgatilishi lozim edi.4
O‘zbek bolalari ko‘proq bo‘lgan maktablarda yana besh kitob – «Fuzuliy kitobi», «Lison ut-tayr», «Alisher Navoiy devoni», «Fuzuliy», Mashrabning ijodi o‘tilgan. O‘g‘il bolalar birinchi kun maktabga borganda non, shirinlik, domlaga sarupo yoki uning matosi (surp yoki chit) olib borganlar. Ta’lim jarayonida ta’lim berayotgan domlaga har payshanba kunlarida, bayram yoki bolaning muayyan kitobni o‘qib bitirgani munosabati bilan hadyalar, sarpo va pul (20 tanga) berilgan. Tolibning bir bosqichdan (bir kitob xatmidan so‘ng) keyingi bosqichga o‘tgani munosabati bilan maxsus ziyofat berish odat tusiga kirgan.
Xonlikning ma’naviy va madaniy hayotida madrasalarning ahamiyati katta bo‘lgan. XIX asr o‘rtalarida Qo‘qon xonligida 350 dan ortiq madrasa bo‘lgan.5 Jumladan, Qo‘qonda- 52, Toshkentda - 17 ta, Xo‘jandda – 49 ta madrasa faoliyat olib borgan.6 Qo‘qondagi Oliy madrasasi, Modarixon madrasasi, Toshkentdagi Ko‘kaldosh, Baroqxon va Abulqosim Shayx madrasalari, Xo‘janddagi Muslihiddin madrasasi, Marg‘ilondagi Sayyidahmadxo‘ja madrasalari, yuqorida ta’kidlanganidek, xonlikdagi eng mashhur madrasalardan hisoblangan. Xonlikda ayollarning madrasalarda o‘qishi mumkin bo‘lmagan va ular otinoyilardan hususiy tahsil olganlar.7
O‘smirlar 13-15 yoshdan boshlab madrasada o‘qiy boshlaganlar. Madrasalarda o‘qish muddati 15-20 yil bo‘lib, madrasa ta’limi aniq bir yo‘nalish va reja asosida olib borilmagan. Madrasada 15-20 yil davomida talabalarga 137 dan ortiq o‘quv fani yoki kitoblar o‘qitilgan. Fanlardan Qur’on qiroati ilmi (retitatsiya, tajvid), «Kalom ilmi», «Hadis ilmi», «Fiqh ilmi», «Payg‘ambarlar tarixi», falsafa, arab tili grammatikasi, mantiq, notiqlik ilmi (ritorika), islom aqoidi, meros va boylik taqsimoti, savdo-sotiq munosabatlari uchun «Faroiz ilmi» (matematikaning 4 amali hajmida) va yuqoridagi ilmlarga oid kitoblar, nazm va nasrda bitilgan asarlar o‘qitilgan.
Madrasalarda birinchi navbatda «Qur’on» va uning turli tafsirlari, «Hadis»lar to‘plamlari, Imom ut-Termiziyning «SHamoyil an-nabaviy», So‘fi Allohyorning «Odob-as-solihin», «Maslak al-muttaqin», «Sabot al-ojizin», G‘azzoliyning «Kimyoi saodat», «Maorij an-nubuvvat fi madorij al-futuvvat» (Siyari sharif), Xiyoliyning «Hikmat al-ayn», «Al-viqoya» kabi asarlar va sharhlar o‘rgatilgan.
Madrasalarda dunyoviy bilimlar deyarli o‘qitilmagan bo‘lsa-da unda aniq fanlardan riyoziyot, tabiiy fanlardan nujum ilmi, geografiya, ijtimoiy fanlardan tarix, falsafa, mantiq ilmlari, gumanitar fanlardan arab tili, bayon o‘tilgan. Bundan tashqari she’r va husnixatdan ta’lim berilgan, Sa’diy, Hofiz, Bedil, Jaloliddin Rumiy, Jomiy, Navoiy va boshqa Sharq ma’naviyatining ilg‘or vakillarining asarlari o‘rgatilgan.
XIX asrning birinchi yarmida Qo‘qon xonligida o‘ziga xos ilmiy-madaniy muhit yaratgan ma’rifatparvar hukmdor Amir Umarxon ilm, madaniyat, san’at, adabiyot va turli kasb-hunarlarning rivojiga katta e’tibor bergan. Umarxonning bu boradagi rag‘batini Ibrat o‘zining “Farg‘ona tarixi”8 asarida Jome’ madrasasi poydevoriga g‘isht qo‘yish marosimi tavsifida quyidagicha ta’riflaydi: “Umarxon asrinda madrasa qilmoq rasm o‘rninda bo‘lub, xon o‘zi boshlab, Xo‘qanddagi madrasai Jome’ni binosiga urunub, asosga tosh qo‘ymoq bo‘lganda, ulamo va fuzalo va umarolarni akobiri viloyati Xo‘qand jam bo‘lganda, asosga tosh qo‘yadurgon kishiga balog‘atdan buyon tarki mustahab sodir bo‘lmagan kishi bormu, tosh qo‘yodur deganda, hech kim qodir bo‘lmay ojiz kelganda, xon o‘zi: “Alhamdulilloh, man tarki mustahab qilganim yo‘q ekan!” – deb, asosga toshni o‘zi qo‘yganda, ulamoyi asr ittifoq ilan “jannatmakon” laqabini bergan ekanlar”. Darhaqiqat, Umarxonning madaniy-ma’rifiy hayotni rivojlantirish yo‘lidagi xizmatlari keyinchalik Rossiya imperiyasi ma’murlari tarafidan ham e’tirof etilgan. Jumladan, Turkiston general-gubernatori S.M.Duxovskoy qayd qilganidek: “...taxtga Umarxon o‘tirganidan so‘ng, Qo‘qon xonligi o‘zining oltin davrini boshidan kechirgan va birinchi marta Turkiya bilan diplomatik munosabatlar o‘rnatgan, bundan tashqari, u erda yangi musulmon markazi vujudga kelganki, u madrasalarining binolari, mudarrislarning bilimdonligi va tahsil oluvchi mullalarning soni bo‘yicha Buxoro markazi bilan bellasha olardi”. Ma’lumki, jahon sivilizatsiyasida shahar madaniyatining o‘rni katta hisoblanadi. Shu jumladan, Qo‘qon xonligining Qo‘qon, Toshkent, Andijon, Namangan, Marg‘ilon, O‘sh va boshqa shaharlari qadimdan siyosiy, iqtisodiy, madaniy markaz sifatida nom qozongan. Ushbu shaharlar madaniy-ma’naviy hayotida, iqtisodiy munosabatlarda vaqf mulklari o‘zining munosib o‘rniga ega bo‘lgani shubhasiz. Shu jihatdan xonlikdagi madrasalar soni XIX asrdayoq sayyohlar va tadqiqotchilar bilan birga imperiya ma’murlarini ham doimo qiziqtirib kelgan. Qo‘qon xonligi boshqaruvi yillarida madrasalarning umumiy sonini aniqlash maqsadida ularni ro‘yxatga olish ishlari bajarilgani haqida ma’lumotlar yo‘q. Tarixiy asarlarda ham xonlik shaharlaridagi madrasalarning umumiy soni bilan bog‘liq aniq ma’lumotni olish qiyin.9 Faqatgina u yoki bu shahar xususida to‘xtalgan mahalliy mualliflar ayni shu shaharlardagi madrasalarni tilga olib o‘tgan. Masalan, toshkentlik muarrix Muhammad Solihxo‘ja o‘z shahridagi yigirmaga yaqin madrasa nomi, joylashgan o‘rni, binosi va qurilishi hamda vaqf mulklari bilan bog‘liq ma’lumotlarni keltirib o‘tadi. Shu sababli ulardagi mavjud ma’lumotlar tahliligina bu borada taxminiy tasavvurni bera oladi. Tarixchi olim Sh.Vohidov Qo‘qon xonligi tarixnavisligiga bag‘ishlangan tadqiqotlarida mahalliy tarixiy asarlar va boshqa turkum manbalardagi ma’lumotlarning qiyosiy tahlili asosida XIX asr o‘rtalarida Qo‘qon xonligining o‘zida 350 dan ortiq madrasa mavjud bo‘lgani haqida yozadi. Tabiiyki, bu madrasalarning aksariyati xonlik shaharlari, qisman yirik qishloqlari hissasiga to‘g‘ri kelgan.
Yuqorida ta’kidlab o’tilganidek Qo’qon xonligidagi mavjud ijtimoiy-iqtisodiy barqarorlik, xonlik madaniy hayotining ham yuksalishiga zamin bo’lgan. Ayniqsa ming sulolasi vakillari ichidan o’z davrining bilimdon shaxslarini yetishib chiqqanligi ham xonlikda madaniy hayotning yanada ravnaq topishiga imkon beradi. Yaratilgan shart-sharoit va xonlarning homiyligi sababli tez orada qo’qonda ilm ahlining kata guruhi to’plandi. Albatta ularining ijodi kitobat san’atining rivojlanishiga asos bo’ldi. Kitobat qilingan asarlar esa kutubxonalarni boyitib bordi.
Qo’qon xonligi kitobat san’ati haqida so’z borar ekan albatta, ma’rifatparvar shoira Nodirabegim haqida to’xtalmasdan bo’lmas. Zero Umarxon vafotidan keyin shoiraning rahnomoligida qo’qonlik usta hunarmandlar tomonidan ko’plab ijod namunalari kitobat qilindi, yana ko’plab asarlardan nusxa ko’chirildi. Nodira Andijon hokimi Rahmonqul biyning qizi bo’lib, Rahmonqul biy Ming urug’i o’zbeklarining ko’zga ko’ringan vakillaridan edi. Qo’qon xoni Norbo’tabiy ming urug’dan bo’lgan Faxrinniso (Ming oyim)ga uylangan edi. Olimxon va Umarxonlar ularning farzandi bo’lib, Faxrinniso oyim bilan Rahmonqul biy aka-singil edilar. 1808-yil Qo’qon xoni Olimxon ukasi Umarxonga Marg’ilon hokimligini beradi. So’ngra Umarxonni tog’asi Rahmonquli biyning qizi Nodiraga uylantirishga qaror beradi. Bu qizning aqilliligi, odobi va go’zalligi tegra yoqqa doston bo’lgan edi. Shunday qilib Mohlar oyim Umarxon bilan turmush quradilar.10 Mohlar oyim Umarxon nikohiga o’tgach avval Marg’ilonga, so’ngra Qo’qonga keladi. 1810-yil Olimxon o’ldirilgach Qo’qon taxtiga Umarxon o’tiradi. Mana shu davrdan boshlab Nodiraning xonlik hayotidagi ro’li faollashib boradi. Umarxon davrida ayollar huquqlari ma’lum borada himoya qilina boshlandi. Bunda uning rafiqasi Nodirabegimning xizmatlari benihoya kattadir. U ayollarning o’qish, yozishni o’rganishlari uchun madrasalarda dars tashkil etib, otinoyilarning saboq berishni yo’lga qo’ygan. Shu bilan birga, Nodira ayollarning haq-xuquqlari poymol bo’lishiga juda qattiq qarshi turgan hamda xuquqlari cheklanib, uy ishlari bilan tamomila band bo’lib qolgan ayollarga savodli bo’lishlari uchun sharoit yaratib berishga uringan.11 Avvaliga Umarxonni davlat ishlarida va ijod bobida maslahatdoshi bo’lgan Mohlaroyimni 1822-yil turmush o’rtog’i Umarxon vafotidan so’ng siyosiy hokimyatdagi o’rni ortib boradi. Jumladan 14 yoshli o’g’li Muhammad Alixon taxtga o’tiradi. Muhammad Alixon (hukmronlik davri 1822-1841, noyabr) dastlabki yillarda yosh bo’lganligi uchun davlatni boshqarishda unga ko’maklashadi. Zahiriddin Muhammad Bobur mirzoni taxtga o’tirgan dastlabki yillarni eslaylik, endigina 12 yoshga kirgan Bobur mirzo yosh bo’lganligi uchun davlat ishlarini boshqarishda volidasi Qutlug’ Nigorxonim ko’maklashgan edi. Shunday holat Mohlaroyim faoliyatida takrorlanadi. O’g’li Muhammad Alixon ham taxtga o’tirgan vaqtda bor yo’g’i Bobur mirzodan ikki yosh katta edi xolos.
Nodirabegimning zamondoshi, saroy shoiri Hotif shunday deydi: “Umarxon vafotidan so’ng bu iffat sadafining injusi Farg’ona, Toshkent, Andijon va boshqa shaharlardan fozillar, olimlar, xattotlar, naqqoshlarni o’z xizmatiga chaqirtirib keldi”. Shuningdek, Nodirabegim bozor va rastalar, masjidu madrasalar, karvonsaroylar qurilishiga ham e’tibor beradi. Takagarlik rastasidagi Mohlaroyim madrasasini bino ettiradi.12
Xulosa qilib aytganda Qo’qon xonligi madaniy hayotida maktab madrasalar muhim o’rin egallagan bo’lib, ushbu ta’lim maskanlarining faoliyat yuritishida qo’lyozma kitoblar va kutubxonalar tashkil etishga alohida ahamiyat berilgan. Yuqorida ta’lim jarayonida foydalaniladigan ayrim asarlar nomlari keltirib o’tildi. Shubxasiz ushbu asarlar qo’qonlik mohir kitobat san’ati namoyondalari xizmatlari tufayli yuzaga kelgan edi.

Download 96,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish