Delphida yangi ilova yaratish. Delphi ni ishga tushirish uchun Windows ish stolida Пуск (Boshlash) tugmasini sichqoncha ko‘rsatkichini keltirib bosamiz. Hosil bo‘lgan menyudan Все программы (Barcha dasturlar) bandini tanlaymiz. Hosil bo‘lgan menyudan Borland Delphi 7 bandini faollashtiriladi. Natijada Delphiga oid yangi bandlar hosil bo‘ladi. Ulardan Delphi 7 ni tanlaymiz. Ekranda oldingi darsda tasvirlangan Delphi dasturlash muhitining oynalari paydo bo‘ladi va yangi ilova yaratiladi. Agar menyuning Delphi 7 bandida sichqonchaning chap tugmasining o‘rniga o‘ng tugmasini bosib, mavzubop menyuni chaqirib, undan Закрепить в меню Пуск (Boshla menyusiga joylash) yoki Закрепить на панели задач (Masalalar paneliga joylash) bandlarini tanlasak, Delphi 7 ning yorlig‘i paydo bo‘ladi va uni ishga tushirish osonlashadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |