Iqtisodiy usul (yondashuv). Bu usulda aniq matematik-statistik hisoblashlar orqali tabiiy sharoitda, tabiiy resurslarga, aholi va xo'jalik korxonalariga baho beriladi hamda ularning o'zgarishi bashorat qilinadi.Masalan, aholi sonining o'sishi yoki kamayishi va h.k.
Amaliy geografiya muhandislik geologiyasi, muhandislik geografiyasi, amaliy landshaftshunoslik fanlariga yaqin turadi, ularning tajriba va ilmiy yutuqlaridan foydalanadi. Shu bilan birgalikda. bu fan tomonidan ishlab chiqilgan ilmiy usullardan tabiatni muhofaza qilishda, atrof-muhitning tabiiy va sun’iy omillar ta’sirida o’zgarishini bashorat qilishda boshqa fanlar ham keng foydalanadi. Amaliy geografiya bugungi kunda insoniyat uchun muhim ahamiyatga ega bo’lgan tabiiy va ijtimoiy muhitning o’zgarishi va uni yaxshilashning umumsayyoraviy,mintaqaviy va mahalliy muammolari bilan shug’ullanadi. Shuning uchun amaliy geografiya fanini chuqur o’rganish, uning tadqiqot usullarini bilish bilan tabiyatda yuz berayotgan turli muammolarni sonini kamayishiga erishish mumkin.
Hozirgi paytda tabiat vajamiyat o'rtasidagi o'zaro tasirning tobora jiddiylashuvi va buning natijasida kelib cliiqayotgan tabiiy, ekologik oqibatlar tabiatning qashshoqlashishiga sabab bo'lmoqda. Jamiyat ish-lab chiqarish kuclarini keng miqyosda taraqqiy ettirish orqali tabiiy muhitga tasir etar ekan uning o'zi ham aks ta'sirga uchramoqda. Chunki insonning tabiatga ta'siri ko'p hollarda tabiat qonunlarini hisobga olmasdan amalga oshirilmoqda. Shunday ko'ngilsiz hodislarni oldini olish va tabiat mahsuldorligini muntazam ko'paytirib borish bugungi kunning dolzarb muammolaridan biriga aylanib bormoqda. Mazkur muammoning yechimida boshqa fanlar qatori geografiya ham faol ishtirok etmoqda va o’zining munosib hissasini qo’shyapti.Amaliy geografiya fani bugungi kunda insoniyat uchun muhim ahamiyatga ega bo'lgan tabiiy va ijtimoiy muhitning o'zgarishi va uni yaxshilashning umumsayyoraviy, mintaqaviy va mahalliy muam-molari bilan shug'ullanadi
Tabiat bilan jamiyat o’rtasidagi munosabatlar tobora murakkablashib borayotgan va ayrim hududlarda xavfli ekologik holatlar vujudga kelayotgan bir vaziyatda tabiiy muhitni sof holda saqlab qolish muam-mosi alohida ahamiyat kasb etmoqda. Mazkur muammoni yechishda amaliy geografik tadqiqotlar muhim ahamiyatga ega.Hozirgi paytda amaliy geografiyaning ilmiy yutuqlaridan inson uchun qulay ekologik sharoitlar yaratishda keng foydalanilmoqda. Natijada "ozon "tuynugi”ning maydoni qisqarib bormoqda, yo'qolib ketish arafasida turgan ko'plab o'simlik va hayvonlar saqlab qolinmoqda, ifloslangan daryo va ko’llar suvi tozalanib borilmoqda.Sanoatning rivojlanishi natijasida buzilgan va ifloslangan landshaftlarni qayta tiklashning ilmiy asoslari ishlab chiqilmoqda.
Amaliy geografiya tabiiy resurslardan foydalanishning ilmiy asoslarini ishlab chiqish, tabiat va jamiyatning o'zaro ta'sirini yaxsh-lash, tabiiy ofatlarning oldini olish, hududlarning rivojlanishini basho-ratlash, yirik loyihalami ekspertiza qilishning geografik-ekologik asoslab berish muammolarini hal etmoqda. Bu esa amaliy geografiya fanining yirik davlatlar va dunyo ahamiyatida ega bo'lgan muammolarni yechishdagi ishtirokining ortib borishiga sabab bo'lmoqda.
Do'stlaringiz bilan baham: |