Amaliy geografiyaning maqsadi va vazifalari
Reja:
1.Amaliy geografiya fani haqida tushuncha
2.Amaliy geografiyaning tadqiqot usullari
3. Amaliy geografiyaning ahamiyati.
Tayanch atamalar: geografiya, Amaliy geografiya, Tabiiy geografik jarayon, ekologik muammolar, tabiiy sharoit, Umumsayyoraviy, mintaqaviy va mahalliy ekologik muammolar, Ishlab chiqarish, baholash, bashorat qilish;
Bizga ma’lumki, geografiya fani Yer yuzasi tabiatini, aholisi va uning xo'jalik faoliyatini o'rganadi.
Amaliy geografiya fani tabiiy va ijtimoiy muhitning o'zgarishini baholash va bashorat qilish bilan shug'ullanadi.Insoniyat paydo bo'lgan davridan boshlab jamiyat taraqqiy etgan sari inson va labiat o'rtasidagi o'zaro munosabatlai murakkablashib bormoqda. Buning nalijasida mahalliy, mintaqaviy hamda umumsay-yoraviy ekologik muammolar va inqirozlar paydo bo'lmoqda. Ana shunday ekologik muammolar va inqirozlarni o'rganish, bahoiash va ularning sodir bo'lishini oldindan bashorat qilishda geografiya fanining o'rni va ahamiyati nihoyatda muhimdir. Mazkur muammolami o'rganish va ularning yechimini topish davomida geografiya fanlari tizimida yangi yo'nalish, ya'ni amaliy geografiya fani paydo boldi va u hozirgi paytda tez sur'atlar bilan rivojlanmoqda. Amaliy geografiyaning maqsadi tabiiy muhit va resurslarni baholash, tabiiy va ijtimoiy muhitning o'zgarishini bashorat qilishdan iboratdir. Amaliy geografiyaning muhim vazifalari quyidagilardan iborat:
Xo'jalik maqsadlarida foydalanish nuqtayi nazaridan tabiiy sharoit va resurslarni o'rganish va baholash;
Tabiiy geografik jarayonlarni o'rganish, baholash va bashorat qilish;
Inson tomonidan tabiiy va ijtimoiy muhitning o'zgartirilishi jarayonini baholash va bashorat qilish;
Umumsayyoraviy, mintaqaviy va mahalliy ekologik muammolarning yuzaga kclish sabablarini ochib berish va ular yechimining geografik asoslarini ishlab chiqish;
Ishlab chiqarishni hududiy tashkil qilish muammolari va aholi joylashuvi masalalarini yechish.
Amaliy geografiya fani geografiyaning rivojlanib kelayolgan yangi tarmoqlaridan biri bo'lsa ham, uning ildizi uzoq tarixiy davrlarga borib taqaladi. Yurtimizdan yetishib chiqqan buyuk allomalar amaliy geografiyaning rivojlanishiga muhim hissa qo'shganlar. Masalan, Ahmad al-Farg'oniy Nil daryosining suv sarfini o'iganish va bashorat qilish bo'yicha amaliy geografik ishlarni olib borgan. Abu Rayhon Beruniy esa bir gradus yoyning uzunligini aniqlab, Yerning asosiy o'lchamlarini hisoblashga juda ulkan hissa qo'shgan. Amaiiy geografiya tabiiy va ijtimoiy muhitni o'rganishda turli tadqiqot usullaridan foydalanadi. Mazkur tadqiqot usullariga quyidagilar kiradi: sistemali, ekologik, landshaftli va iqtisodiy. Ushbu usullarni yondashuv deb atash ham mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |