Amaliy fanlar va maktabdan tashqari ta`lim” kafedrasi amaliy fanlardan dars ishlanmalari yozish tartiblari


Darsning texnologik xaritasi namunasi



Download 1,26 Mb.
bet2/3
Sana08.09.2017
Hajmi1,26 Mb.
#20317
1   2   3

Darsning texnologik xaritasi namunasi




Sana: ------------ Sinf: ------------ Fan nomi: ----------------------------------------

Mavzu: ---------------------------------------------------------------------------------------------


-------------------------------------------------------------------------------------------------------

Soatlar soni: ------------

O`quv jarayonini amalga oshirish texnologiyasi

Dars shakli:---------------------------------------------------------------------------------------

Dars turi:------------------------------------- ----------------------------------------------------

Darsda foydalaniladigan metodlar:--------------------------------------------------------

Darsda foydalaniladigan jihozlar:--------------------------------------------------------


Darsning maqsad va vazifalari:

Maqsadlar:

Ta`limiy:------------------------------------------------------------------------------------------


Tarbiyaviy:----------------------------------------------------------------------------------------

Rivojlantiruvchi: ------------------------------------------------------------------------------



Kutilayotgan natija:

Dars yakunida o`quvchilar:

Dars jarayoni va uning bosqichlari:

Ishning nomi

Bajariladigan ish mazmuni

Metod

Vaqt

1-bosqich tashkiliy qism










2-bosqich

O`tilgan mavzuni takrorlash












3-bosqich

Yangi mavzuni tushuntirish












4-bosqich

Yangi mavzuni mustahkamlash












5-bosqich O`quvchilarni baholash va uyga vazifa berish











Dars bosqichlari mazmuni.
Bizga “Dars muqaddas” tavsiyalaridan ma`lumki dars quyidagi bosqichlardan iboratdir:

-tashkiliy qism

-o`tilgan mavzuni takrorlash

-yangi mavzuni tushuntirish

-yangi mavzuni mustaxkamlash

-o`quvchilarni baholash va uyga vazifa berish


Tashkiliy qism. Tashkiliy qism dars jarayonining kirish qismi bo`lib, unda asosan o`quvchilarning, sinf yoki o`quv ustaxonasining dars jarayoniga tayyorligi, o`quvchilarning maxsus kiyimlari va o`quv qurollarining mavjudligi, o`quv ustaxonalarida dars jarayoni uchun zarur jixozlarning soz xolatda ekanligi va shunga o`xshash boshqa ishlar olib boriladi. Agar dars jarayoni kichik guruhlarda ishlash metodi asosida tashkil qilinadigan bo`lsa o`quvchilarni guruhlarga bo`lish jarayoni ham tashkil qilinishi mumkin.

O`tilgan mavzuni takrorlash. Bu bosqich dars jarayonining ikkinchi boqichi hisoblanib o`quvchilarning o`tilgan mavzu(taqvim-mavzu reja bo`yicha) yuzasidan bilimlarini mustaxkamlash nazarda tutiladi. O`tilgan mavzuni tarorlashning sababi o`quvchilarning oldingi mavzu bo`yicha bilimlarini qanchalik o`zlashtirganliklarini nazorat qilish va o`rganganlarini esga tushurishdan iboratdir. Chunki o`tilgan mavzu bo`yicha o`rganilgan bilimlar yangi mavzuni puxta o`zlashtirish uchun asos xisoblanadi. O`tilgan mavzuni mustaxkamlash jarayonida biz pedagoglarimizga noan`anaviy ta`lim metodlaridan foydalanib olib borishlarini tavsiya qilamiz. Chunki noan`anaviy ta`lim metodlaridan foydanilganda o`quvchilar tomonidan qo`yilgan muammolarni yechimini izlash, muammolar yuzasidan fikrlarini izohlab berish, klasterlar yechish, biror masala yuzasidan kamchiliklarni izlab topish bilan bog`liq metodlar qo`llanilganda o`quvchilarda bir qancha ijobiy sifatlar shakillanishi kuzatilgan.

Yangi mavzuni tushuntirish. Bu bosqich dars jarayonining asosiy qismini tashkil qilib, bu bosqichda yangi mavzu yuzasidan o`quvchilarga o`rgatilishi rejalashtirilgan bilimlar beriladi. Agar o`tilayotgan mavzu nazariy dars mavzusi bo`lsa u xolda dars jarayoni belgilangan rejalar asosida elektron darslik yoki prezintatsiyalar orqali namoyish qilinsa yoki ko`rgazmali vositalar orqali tushuntirib berilsa maqsadga muvofiq bo`ladi. Agar dars mavzusi amaliy xarakterga ega bo`lsa u xolda yangi mavzu bo`yicha ish usullari o`qituvchi tomonidan ko`rsatib berilishi va ish usullarini bajarishda texnika xavfsizlik qoidalari tushuntirib borilishi lozim. O`qituvchi yang mavzuni tushuntirish jarayonida uzoq vaqt ma`ruza qilishdan o`zini tiyishi, ma`ruza jarayonida ma`lum bir vaqt oralig`ida o`quvchilarga «Aqliy hujum» metodidan foydalanib savollar bilan murojat qilishi va o`quvchilar e`tiborini o`zidan qochirmasligi lozim, chunki uzoq davom etgan ma`ruza jarayoni o`quvchilarni zerikishga olib keladi. Bundan tashqari o`qituvchi yangi mavzuni tushuntirish jarayonida faqat o`zi ma`ruza qilmasdan, o`quvchilar yordamidan foydalanishi, jumladan noan`anaviy ta`lim metodlaridan «Rolli o`yin», «Auksion dars» kabi metodlarni qo`llash orqali yangi mavzu bo`yicha bilimlarni o`quvchilar tomonidan oson va qiziqish bilan o`zlashtirishlariga erishish mumkin.

Yangi mavzuni mustaxkamlash. Bu bosqich orqali o`quvchilar yangi mavzuni qanchalik darajada o`zlashtirganliklarini nazorat qilib olish mumkin. Dars jarayoning xar bir bosqichi o`qituvchining pedagogik mahoratiga bog`liq bo`lib xar bir o`qituvchi tomonidan turlicha tashkil qilinishi mumkin. Yangi mavzuni mustahkamlash jarayonida ham o`qituvchi turli xil usullardan foydalanishi, kichik guruxlarda ishlashi, savol va topshiriqlar yozilgan kartochkalar tarqatishi, klasterlar, krassvordlar yechtirishi, muammoli savollar berishi va shunga o`xshash boshqa usullarni qo`llashi mumkin. Agar dars amaliy dars bo`ladigan bo`lsa yang mavzuni mustaxkamlash jarayoni ham amaliy tarzda bo`lib o`quvchilarga amaliy topshiriqlar berilishi(mehnat ta`limida o`lchamlar asosida biror buyum yasash, tugallanmagan biror ishni oxiriga yetkazish, musiqa darslarida mustaqil ijro qilish, jismoniy tarbiya darslarida biror mashqni belgilangan vaqtda mustaqil bajarishi kabi) mumkin.

O`quvchilarni baholash va uyga vazifa berish. Bu bosqich darsning yakuniy qismi hisoblanib dars jarayonida o`quvchilarning darsda faol qatnashganligi, berilgan topshiriqlar bo`yicha qay darajada ish bajarilganligi va berilgan bilimlarni qay darajada o`zlashtirganligiga qarab o`qituvchi tomonidan belgilangan baholash mezonlariga mos tarzda baho qo`yiladi va sinfda o`qituvchi tomonidan baholar o`qib eshittiriladi. Shundan so`ng keyingi darsga tayyorlanib kelish uchun o`qituvchi tomonidan mavzuga bog`liq ravishda uyga vazifa beriladi. (Uyga vazifa berishda shu narsani inobatga olish kerakki, o`quvchiga shikast yetadigan darajadagi topshiriqlar berilishi tavsiya qilinmaydi.)

Mehnat ta`limi fani dars ishlanmlaridan namunalar.

Mavzu: Metallga ishlov berishda qo`l asbob-uskunalari, moslamalarining tuzilishi va turlari, vazifalari, foydalanish qoidalari. Chilangarlik dastgohi. O`lchash va rejalash asboblari.

Darsning texnologik xaritasi

Vaqt: 2soat

O`quvchilar soni : 15 ta

O`quv mashg`ulotining shakli

Nazariy-amaliy

Dars maqsadlari:

1. Ta`limiy maqsad: O`quvchilar metallarga ishlov berish asboblari, chilangarlik dastgohi, o`lchash, rejalash asboblari haqida bilimlarga ega bo`ladilar.

2. Tarbiyaviy maqsad: O`quvchilarda metallarga ishlov berish qo`l asbob-uskunalarida, o`lchash va rejalash asboblarida ishlash madaniyatini shakillantirish.

3. Rivojantiruvchi maqsad: O`quvchilarning chilangarlik asboblari bilan ishlash ko`nikmalarini rivojlantirish.

Ta`lim usullari

Qog`oz parchalari, ma`ruza, test

Dars turi

Yangi bilimlarni shakillantiruvchi

Ta`lim vositalari


Ma`ruza matni, metallarga ishlov berish qo`l asboblari, o`lchash va rejalash asboblari, ko`rgazma qurollari va boshq.

Ishning nomi

Bajariladigan ish mazmuni

Metod

Vaqt

1-bosqich tashkiliy qism

O`quchilarni, sinfni va o`quv jihozlarnini dars jarayoniga tayyorligini nazorat qilish.

Savol-javob

3 daqiqa

2-bosqich

O`tilgan mavzuni takrorlash



O`quvchilarni guruhlarga bo`lish bilan birga ularni o`tilgan mavzu bo`yicha bilimlarini nazorat qilish.

Qog`oz parchalari

9 daqiqa

3-bosqich

Yangi mavzuni tushuntirish



O`qituvchi tomonidan yangi mavzu bo`yicha bilimlar prezintatsiya va ko`rgazmali qurollar yordamida tushuntirib beriladi.

Ma`ruza

20 daqiqa

4-bosqich

Yangi mavzuni mustahkamlash



Yangi mavzu bo`yicha o`quvchilarga 10 ta test savollari beriladi.

Test


10 daqiqa

5-bosqich O`quvchilarni baholash va uyga vazifa berish

O`quvchilar baholanadi va uyga vazifa beriladi

Savol-javob

3 daqiqa

Darsning borishi:

1. Tashkiliy qism ( daq.)

1) salomlashish;

2) o`quvchilar davomatni aniqlash;

3) o`quvchilarni darsga o`quv qurollari bilan kelganligini tekshirish;



II. O`tilgan mavzuni takrorlash (9 daq.)

O`tilgan mavzuni takrorlash uchun biz guruhda “Qog`oz parchalari” metodidan foydalanishimiz maqsadga muvofiqdir. Bu metod orqali biz o`quvchilarni bir birlari bilan yaqindan ishlashga va mantiqiy fikrlashga o`rgatamiz. Buning uchun o`quvchilarga quyidagi tarzda topshiriq beramiz. Qirqilgan qog`oz bo`laklaridagi qoidalar va jihozlarning nomlari orqali o`zingizga tegishli bo`lgan guruhni toping va unga birlashing.

Avvalambor o`qituvchi quyidagi A va B matnlarni

A)Ish o`rinlarini tashkil etishda quyidagi talablarga rioya qilish kerak:

Ish o`rnida topshirilgan ishni bajarish uchun kerak bo`ladigan narsalargina bo`lishi, ortiqcha narsalar bo`lmasligi kerak.

Kerakli asbob-uskunalar, zagotovkalar, texnikaviy hujjatlar ish o`rnining qo`lni uzatib olsa bo`ladigan qismiga joylashtirilishi kerak.

Tez-tez ishlatiladigan asbob-uskunalarni yaqinroqqa, ahyon-ahyonda ishlatiladiganlarini uzoqroqqa joylashtirish.

O`ng qo`l bilan ishlatiladigan asbob-uskunalar dastgohning o`ng tomoniga, chap qo`l bilan ishlatiladiganlari chap tomoniga joylashtiriladi.

Ish vaqtida va ishdan so`ng asbob-uskunalarni o`z joyiga batartib joylashtirish talab etiladi. Ularni tartibsiz holda chalkashtirib tashlashga yo`l qo`yilmaydi.




B) Slesarlik o`quv -ustaxonasining jihozlari quyidagilardan iborat:

Slesarlik dastgohi.

Asbob-uskuna va moslamalar.

Stanoklar.

O`quv-ko`rgazma qurollari.

Mebellar va xo`jalik inventarlari.

xar bir satrni chiziqlar bo`yicha qirqib chiqadi va aralashtiradi. O`quvchilar o`zlari tanlovi asosida xar biri bitta qog`oz parchasini oladi va matnni o`qiydi. So`ngra sarlavha tushgan o`quvchi o`z mavzusini aytadi va o`ziga tegishli qog`oz parchasi egalarini atrofiga to`playdi. Buning uchun 3 daqiqa vaqt berilishi mumkin. Guruhlar yig`ilgandan so`ng o`qituvchi ikkita matnni ham to`lig`icha o`qib eshittiradi. Shundan so`ng guruhlar to`g`ri yoki noto`g`ri yig`ilganligi ma`lum bo`ladi. Agar o`quvchilar boshqa guruhga o`tib qolgan bo`lsalar o`z guruhlariga qaytib o`tadilar. Shunday qilib o`quvchilar birgalikda ishlaydilar, darsda faol qatnashadilar va ish o`rinlarini tashkil etishda rioya qilinishi kerak bo`lgan talablar hamda slesarlik o`quv -ustaxonasining jihozlari nimalardan iborat ekanligini bilib oladilar. Faol qatnashgan o`quvchilar rag`batlantirilradi. (Matn o`quvchilar va guruhlar soniga qarab kengaytirilishi mumkin).



III. Yangi mavzu bayoni (20 daqiqa):
(Yangi mazuni tushuntirishda o`qituvchi ma`ruza metodidan foydalanib prezintatsiya asosida quyidagi ma`lumotlarni tushuntirib beradi).

Reja.



  1. Chilangarlik dastgohi.

  2. O`lchash va rejalash asboblari.

3.Metallarga ishlov berishda ishlatiladigan qo`l asboblari.

4. Ishlov berish asboblarining tuzilishi, turlari va foydalanish

qoidalari.

1. Mehnat unumining yuqori bo`lishini va topshirilgan ishlarning qisqa vaqt ichida kam kuch sarflab bajarilishini ta`minlaydigan asosiy shartlardan biri ish o`rnini ratsional tashkil qilishdir.

Ish o`rnining asosini tiskilar, asbob-uskunalar va ihota to`ri bilan ta`minlangan slesarlik ish stoli tashkil etadi.

Slesarlik ish o`rni barcha turdagi operatsiyalarni bajarishga yordam beradigan moslamalar bilan jihozlangan ish stoli (dastgoh)dan iborat bo`lib, u bir o`rinli, ikki o`rinli va ko`p o`rinli bo`lishi mumkin (1-rasm). Bu narsa ularga o`rnatilgan tiskilarning soniga qarab aniqlanadi.

Slesarlik dastgohining ustki qismi qalin yog`och taxtalardan tayyorlanib, bajariladigan ish turiga qarab tunuka, linolium yoki faner bilan qoplanadi. Uning oyoqlari yog`ochdan yoki metalldan tayyorlanishi mumkin. Dastgoh mustahkam, turli operatsiyalarni bajarishda qimirlamasdan, turg`un turishi kerak.

1- rasm. Slesarlik dastgohlari: a—bir o`rinli, b—ko`p o`rinli,

e—tiskasi rostlanadigan

Buning uchun ularni massiv (zalvarli), tayanch yuzalarini katta qilib tayyorlash lozim. Dastgohlarning massivligi ularning ish taxtasi va oyoqlarining o`lchamiga bog`liq. Ish vaqtida ular titramasligi uchun bir o`rinli dastgohlar o`rnida ikki o`rinli yoki ko`p o`rinlilaridan foydalanish maqsadga muvofiq degan fikr tug`ilishi mumkin. Bunda bir o`rinli dastgohning ko`p o`rinlisiga qaraganda ayrim qulayliklarga, afzalliklarga ega ekanligini unutmaslik kerak. Ko`p o`rinli dastgohlarda o`quvchilar bir vaqtning o`zida turli protsesslarni bajarish vaqtida bir-birlariga xalal beradilar. Bir o`rinli dastgohlarda esa bu hol ro`y bermaydi. Yuqorida aytilganlarni etiborga olib, ustaxona maydoni yetarli bo`lgan taqdirda bir o`rinli dastgohlardan foydalanish maqsadga muvofiqdir.

Agar o`quv ustaxonasida bir xil o`lchamdagi dastgohlar mavjud bo`lsa, ish o`rinlarining balandligini o`quvchilarning bo`yiga moslash uchun ularning oyoqlari ostiga har xil balandlikdagi taglik taxtalar qo`yib beriladi. Xavfsizlikni ta`minlash maqsadida taglik taxtalarning uzunligi dastgoh uzunligiga teng bo`lib, eni 60 sm dan kam bo`lmasligi kerak. O`quvchilarni bo`y-bo`ylariga qarab ish joylariga birkitishda ular 2-rasm,a da ko`rsatilganidek dastgoh oldida tik turganlarida tirsaklari tiski ustiga tiralib, panjalarining uchi jag`lariga tegadigan bo`lsa yoki qo`lini 90° ga bukkanda tirsagi tiski jag`lari sathiga to`g`ri kelsa (2-rasm, b), dastgohning balandligi normal hisoblanadi. Ish o`rinlarining balandligi o`quvchilarni Agar bo`ylariga mos bo`lmasa, ular tez charchaydilar, ish sifati, gigiyena qoidalari buziladi. Ayniqsa egovlash ishlarini bajarishda o`quvchining bo`yi ish o`rniga mos kelmasa egovlanayotgan sirtlar tekis va to`g`ri burchakli bo`lib chiqmaydi.
2- rasm. Ish o`rnining balandligini tekshirish.

2. Slesarlik kontrol-o`lchov va rejalash asboblari.

Slesarlik o`quv ustaxonalarida olib boriladigan amaliy mashg`ulotlar davomida o`quvchilarda hosil qilingan dastlabki ko`nikma va malakalar asosida aniqlik darajasi 0,01 mm gacha bo`lgan turli konstruksiyadagi kontrol-o`lchov va rejalash asboblari yordamida o`lchash va rejalash ishlari o`rgatib boriladi. Bu asboblardan foydalanib chizig`iy o`lchamlarni va burchaklarni o`lchash, yassi sirtlarning tekisligi va bir-biriga nisbatan to`g`ri burchakliligini tekshirish, chizig`iy va burchakli reja chiziqlari chizishda yetarli mehnat malakalari hosil qilinadi. Bu maqsadda kontrol o`lchov va rejalash asboblarining turlari, tuzilishi, ishga sozlash usullari o`rgatib boriladi.


3- rasm. Masshtabli lineyka yordamida o`lcham olish:

a—o`lchash, b—noto`g`ri, v—to`g`ri, g—ichki o`lchamlarni o`lchash.


Masshtabli lineyka (3-rasm) yordamida zagotovka va buyumlarning chizig`iy o`lchamlarini o`lchash, tayyor detallarning o`lchamini tekshirish, kronsirkul va nutrometrlar yordamida olingan o`lchamlarni hisoblash, sirkulni o`lchashga sozlash ishlari bajariladi. Masshtab lineykasidan rejalash ishlarida ham foydalaniladi.

Masshtabli lineyka ensiz, yupqa po`lat polosadan iborat. Uning yuzasiga millimetrli, santimetrli masshtab birliklari tushirilgan bo`lib, U7 va U8 markali uglerodli asbobsozlik po`latlaridan quyidagi o`lchamlarda tayyorlanadi: uzunligi 150 mm dan 1000 mm gacha, eni 11 mm dan 35 mm gacha, qalinligi 0,3 mm dan 1,5 mm gacha.

Chizgich chertilka (4-rasm). Masshtabli lineyka, go`niya va andaza (shablon)lar yordamida rejalash (chizish) ishlarini bajarishda turli konstruksiyadagi po`lat chizg`ichlardan foydalaniladi. Metallarni bevosita rejalashda qalamdan foydalanilmaydi, chunki qalam bilan chizilgan reja chizig`i metallga ishlov berishda o`chib ketib, ish aniqligining buzilishiga sabab bo`ladi. Shuning uchun metallarni rejalashda faqat po`lat chizgichlar ishlatiladi.
4-rasm. Chizgichlar: a—simdan tayyorlangan chizgich, b—yo`nib tayyorlangan chizg`ich, v— ikki uchli chizg`ich, g—yassi chizgnch.

Buklama metr (5-rasm) o`nta bir xil uzunlikdagi (100 mm li) lineykalardan iborat bo`lib, ular o`zaro sharnir vositasida biriktirilgan. Bundan masshtabli lineyka singari chizig`iy o`lchamlarni o`lchashda foydalaniladi. Buklama metr slesarlik o`quv ustaxonalarida keng qo`llanilmaydi. U uzunligi 100 sm orasida bo`lgan buyumlarning ichki o`lchamlarini o`lchash uchun qulaydir.


5- rasm. Buklama metr.

b

6- rasm. Ruletkalar:



a-knopkali, o`zi o`raluvchi, b-oddiy, 7- rasm. Kronsirkul(a) va

v—po`lat lentali. nutrometr(b).

Ruletka (6-rasm) katta o`lchamlarni o`lchashda qo`llaniladi u matodan va po`lat lentadan tayyorlanadi. Ruletkalar 2, 5, 10, 15 va 20 metrli bo`lishi mumkin. 5 metrgacha uzunlikdagi ruletkalarda millimetr, santimetr, metr masshtab birliklari tushirilgan. Ular yordamida Silindr, val kabi buyumlarning aylana uzunligini (yo`g`onligini), uyumlarning ichki o`lchamlarini ham o`lchash mumkin.

Kronsirkul va nutromer (7-rasm). Masshtabli lineyka yordamida bevosita o`lchash mumkin bo`lmagan buyum va detallarning tashqi va ichki o`lchamlarini o`lchashda kronsirkul va nutromerdan foydalaniladi. Masalan, shar, o`q, val, sterjen kabilarning tashqi diametri, vtulkalarning ichki diametrlari, har xil aylanish sirtlaridan iborat detal va buyumlarning tashqi hamda ichki o`lchamlari o`lchanadi. Kronsirkul va nutromer yordamida olingan o`lchamlar masshtabli lineyka yordamida hisoblanadi.


8-rasm.ShS-1markali shtangensirkul:

a—tuzilishi: 1, 4—qo`zgaluvchi jag`lar; 2, 3—qo`zg`almas jarlar, 5—qotiruvchi vint,

6—ramka, 7—glubinomer (chuqurlikni o`lchaydigan sterjen), 5—shtanga, 9-— nonyus; b—hisob olish.

Universal o`lchov asbobi bo`lib, uning yordamida chizig`iy o`lchamlarni, tashqi va ichki o`lchamlarni, chuqurliklarni o`lchash, tayyor detal va buyumlarning o`lchamlarini tekshirish, shuningdek, rejalash ishlari bajariladi. Shuning uchun undan masshtabli lineyka, kronsirkul, nutromer, chuqurlikni o`lchaydigan asbob (shtangenglubinomer), sirkul, shtangenreysmus sifatida foydalanish mumkin.


3. Metallarga qo`lda ishlov berish asboblari
Slesarlik o`quv ustaxonalarida metallarga ishlov berishda qirqiladigan metallning turi, o`lchami va ulardan qirqib olinadigan zagotovkaning shakliga qarab turli xil metall qirqish asboblari ishlatiladi.
9- rasm. Slesarlik qaychilari:

a—dastaki (o`naqay—1, chapaqay—2).

Slesarlik qaychilari dastaki va richagli (mexanikaviy) qaychilarga bo`linadi. O`quv ustaxonalarida, ko`pincha, dastaki qaychilar ishlatiladi. Dastaki qaychilar (9-rasm) dasta va tig` (ish qism) lardan iborat bo`lib, U7, U8 markali uglerodli asbobsozlik po`latidan tayyorlanadi.

Dastaki qaychilar yordamida qalinligi 1 mm gacha bo`lgan temir tunukalar va qalinligi 2 mm gacha bo`lgan rangli metall listlarni qiyish mumkin. Dastaki qaychilar o`naqay va chapaqay bo`ladi. Unaqay qaychining pastki tig`i o`ng tomonda, chapaqay qaychiniki esa chap tomonda joylashgan bo`ladi.

O`naqay qaychi bilan soat strelkasi yo`nalishida, chapaqay qaychilar bilan soat strelkasiga teskari yo`nalishda qiyiladi.

Qaychi tig`lari qiyiladigan metallarning turiga qarab: rangli metallar uchun 60—65°, temir tunukalar uchun 70—75° burchak ostida charxlanadi. Qaychi tig`larini o`rnatganda ular orasida 0,2 mm zazor qoldiriladi. Tig`lar orasidagi zazor ortib ketsa, qiyish qiyinlashadi, qiyish vaqtida tunukaning cheti buklanib qoladi. Shuning uchun ish vaqtida qaychining gaykasi bo`shab ketsa, uni qotirib olish kerak. Dastaki qaychilar yordamida qiyish vaqtida qiyiladigan metalning qalinligiga qarab qaychini qo`lda tutib yoki tiskiga o`rnatib olib qiyish mumkin. Bir qator afzalliklariga ko`ra qaychini tiskiga o`rnatib olib qiyish qulaydir. Bu usul bilan qiyishda ortiqcha kuch sarflamasdan oson va to`g`ri qiyiladi.

O`tkir jag`li ombir (10-rasm) sim va har xil ingichka sterjenlarni qirqish uchun ishlatiladi. Ular U7 markali asbobsozlik po`latidan tayyorlanadi va jag`lari toblanib bo`shatiladi, so`ngra charxlab o`tkirlanadi. O`tkir jag`li ombirlar duradgorlik ombiriga o`xshash bo`lib, har xil o`lchamda tayyorlanadi.
10- rasm. O`tkir jag`li ombir.

Undan mixlarni surish maqsadida foydalanish mumkin emas. O`lchamlariga mos keladigan yo`g`onlikdagi sim va sterjenlarni qo`ldagina qirqish kerak. Qo`lning kuchi yetmagan hollarda bolg`alab qirqishga yo`l qo`yilmaydi. Bolg`alash natijasida jag`lar sinishi, uchib ketishi mumkin. O`tkir jag`li ombir bilan qirqish mumkin bo`lmagan qattiq va yo`g`on simlarni zubilo bilan qirqiladi yoki egovning qirrasi bilan egovlab iz hosil qilinadi va sindirib olinadi.

Slesarlik arrasi yordamida har xil qalinlikdagi tunuka va listlarni polosa va lentalarni, turli xil profildagi prokatlar arralanadi. Arralash yo`li bilan pazlar, shlitsalar ham ochiladi.

Slesarlik arralari dastaki (11- rasm, a) va stanokli (11-rasm, b) arralarga bo`linadi.


11-rasm. Slesarlik arralari:

a-dastaki, b-stanokli: 1-ramka, 2-dasta, 3-polotno, 4-tortqi vint va quloqli gayka.

Dastaki arra dasta va polotnodan, stanokli arra stanok va polotnodan iborat. Arra stanogi quyidagi qismlardan tashkil topgan: dasta, ramka, tortqi vint va quloqli gayka (barashka).

Stanok ramasi har xil konstruksiyada tayyorlanadi: yaxlit bir butun va ikki qismdan iborat surilma ramkalik bo`lishi mumkin. Qulayligi jihatidan surilma ramkalik arralardan foydalanish maqsadga muvofiqdir, chunki Unga har xil uzunlikdagi polotnolarni o`rnatish mumkin.

Arra polotnosining uzunligi 250—300 mm, eni 12—15 mm, qalinligi 0,6 mm dan 1 mm gacha bo`lib, ular U10, U10A; U1,2, U12A markali uglerodli, ShX15, X6VF legirlangan asbobsozlik po`latlaridan va R9, R18 markali tez kesar po`latlardan tayyorlanadi. Polotnolarga qadami 0,8; 1; 1,3; 1,6 mm li tishlar chiqarilgan bo`lib, ularga polotno qalinligidan 0,2—0,5 mm ortiqroq qilib chaparra chiqariladi. Mis, latun kabi yumshoq va qovushoq metallarni arralashda tish qadami 0,8—1 mm bo`lgan polotnolardan, qattiqligi yuqori bo`lgan po`lat va cho`yanlarni qadami 1,3 mm li, yumshoq po`latlarni arralashda qadami 1,6 mm li polotnolardan foydalaniladi.

Zubilo va kreysmeysel (12-rasm). Metallar zubilo va kreysmeysellar yordamida qirqiladi va tarashlanadi.


12- rasm. Zubilo (a) va kreysmeysel (b).
Zubilo ish qismi (tig`), tana va zarb beruvchi qismlardan iborat bo`lib, U7, U7A, U8, U8A markali uglerodli asbobsozlik po`latlaridan tayyorlanadi.

Ishlanadigan materialning qattiqligiga qarab zubilo har xil burchak ostida charxlanadi, ya`ni uning o`tkirlik (charxlanish) burchagi turlicha bo`ladi: cho`yan, bronza kabi qattiq metall va qotishmalar uchun 70°; o`rtacha qattiqlikdagi metall materiallar (po`lat) uchun 60°; yumshoq metall materiallar (mis, latun, alkxmin qotishmalari) uchun 35—45°.

Zubilolar 100, 125, 150 va 200 mm uzunlikda tayyorlanib, tig`ining eni unga mos ravishda 15, 20 va 25 mm bo`ladi.

Zubiloning ish qismi toblanadi va bo`shatiladi. Uning toblanganlik darajasini aniqlash uchun eni 50 mm, qalinligi 3 mm li Stb markali po`lat polosani tiskiga qistirib qirqiladi. Bu vaqtda tig` o`tmaslanmasa, ezilmasa, uchib ketmasa toblash yaxshi o`tkazilgan hisoblanadi yoki zubiloning toblangan qismini mayin egov bilan egovlab ko`riladi. Agar egovlash vaqtida qirindi (kukun) hosil bo`lmasa, toblanganlik darajasi yaxshi hisoblanadi.

4. Slesarlik bolg`alari (13-rasm). Metallarni bolg`alash (egish, bukish, to`g`rilash), parchinlash, zubilo va kreysmeysellar yordamida qirqish, tarashlashda slesarlik bolg`alaridan foydalaniladi. Ular yumaloq va kvadrat muhrali bo`lib (13- rasm, a, b) og`irligi 200, 400, 500, 600 grammgacha bo`ladi. Bolg`alar U7 va U8 markali uglerodli asbobsozlik po`latlaridan tayyorlanadi va toblanadi.
13- rasm. Slesarlik bolg`alari:

/—zarb beruvchi muhralari, 2—pona. 3—uchi, 4—dasta.


14- rasm. Sandon.

Bolg`alarning dastalari qora qayin, zarang, qayrag`och, eman kabi qattiq, qayishqoq yog`ochlardan tayyorlanadi. Ular butoqsiz, yorilmagan bo`lishi kerak. Dastaning bolg`aga puxta o`rnashini ta`minlash uchun Unga metall yoki yog`och ponalar qo-qiladi.

Slesarlik o`quv ustaxonalarida tunukalar bilan ish ko`rganda yog`och to`qmoq (kiyanka)lardan foydalaniladi. Ular yumaloq va to`g`ri to`rtburchaklik muhrali qilib tayyorlanadi.



S a n d o n (14- rasm) yaxlit metall taglik bo`ib, uning ustida metallarni to`g`rilash, parchinlash, zubilo yordamida qirqish ishlari olib boriladi. Uni maxsus stol, tumbochka yoki kunda ustida o`rnatiladi. Ish vaqtida sandonning o`rinsiz bolg`alanishiga, zubilo bilan chaqalanishiga yo`l qo`ymaslik kerak. Bu hol sandon sirtining silliqligi va tekisligini buzadi, u o`z navbatida zagotovka sirtining ezilishiga sabab bo`ladi. Bunday hollarning ro`y bermasligining oldini olish maqsadida yupqa listlarni qirqishda sandon ustiga yumshoq po`latlardan ehtiyot plastinka qo`yib olinadi, qalin listlarni ikki tomonlama qirqib sindirib olinadi.

Download 1,26 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish