Yer resurslaridan foydalanish tizimini takomillashtirish (tuproq unumdorligi, yerlarning
ishlab chiqarish salohiyatini yanada oshirish va takror tiklash, sug‘oriladigan, alohida
qiymatga ega va muhofaza qilinadigan yerlarni asossiz oborotdan chiqarishning oldini olish,
yerlarni muhofaza qilish) mexanizmlari va yo‘llari
:
↓ ↓ ↓ ↓
Tashkiliy
Huquqiy
Iqtisodiy
Texno-ekologik
↓ ↓ ↓ ↓
Yer tuzish ishlarining
samarasini oshirish
Yerlarni huquqiy
muhofaza qilish
normalarini
takomillashtirish
Yerlarni baholash va
bozor narxini
shakllantirish
Yerlarning ekologik
holatini yaxshilash
texnologiyalari-
ni joriy qilish
Ishlab chiqarish
kuchlarini oqilona
joylashtirish
Yerlarni talon-taroj
qilgan shaxslarning
javobgarligi
normalarini
kuchaytirish
Xususiylashtirish va
yer jamg‘armasini
joriy qilish va h.
Yerlarni melioratsiya
qilish texnologiyalarini
takomillashtirish
Yer monitoringining
yagona tizimini amalga
oshirish
Ijara munosabatlarini
kafolatlash normalarini
takomillashtirish
Yerlarni soliqqa
tortishni
tabaqalashtirishni
kuchaytirish
Yerlar eroziyaga uchra-
shining oldini
olish va uni bartaraf
qilish texnologiyasini
yaratish
Davlat kadastrini to‘liq
va keng qamrovli
amalga oshirishga
erishish
Yerdan foydalanish
tizimi iqtisodiy
mexanizmi normalarini
kuchaytirish
Yerdan ijara shaklida
foydalanishni
kuchaytirish
Yerlarni rekulti-
vatsiya qilish texno-
logiyasini joriy
qilish va h.k.
Davlat va jamoat
ekspyertizasini yo‘lga
qo‘yish
Yerdan foydalanish
tizimi normalarini
ekologiyalashtirish
Rekultivatsiya va
melioratsiya qilishni
davlat byudjetidan
moliyalashtirish
Yerdan foydalanish va
uni muhofaza qilish
nazoratini kuchaytirish
va h.k.
Yer huquqbuzarligiga
nisbatan jazoning
muqarrarligini
ta’minlash
Yerdan foydalanish
tadbirlarini kreditlash
va investitsiyalash
17.1-sxema. Yer resurslaridan foydalanish tizimini takomillashtirish
tadbirlari
88
Xo‘jalik yuritishning bozor mexanizmlari sharoitida yer resurs-laridan
foydalanish strategiyasi konsepsiyasining asosiy tamoyillarini asoslash va samarali
tatbiq etish muhim ahamiyat kasb etadi ( 17.2. – sxema).
88
Муаллиф тадқиқотлари асосида тузилган
321
17.2. – sxema. Xo‘jalik yuritishning bozor mexanizmlari sharo-itida yer
resurslaridan foydalanish strategiyasi konsepsiyasining asosiy tamoyillari
89
Konsepsiyaning muhim va amaliy ahamiyatga ega bo‘lgan yo‘nalishla-ridan
biri bo‘lib yer resurslaridan oqilona foydalanishni rejalashtirish (bashoratlash) va
boshqarish, yerlarni baholash, yer uchun haqning barcha turlarini hamda yerni
soliqqa tortishni belgilash, yerlardan foydalanish va ularni muhofaza qilishda davlat
nazoratini amalga oshirish, yer uchastkasiga
bo‘lgan huquqni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish va u bilan amallar bajarish,
shuningdek yer bozorini qo‘llab-quvvatlash maqsadida o‘tkaziladigan davlat yer
kadastrini yuritishni bozor talablari va shartlaridan kelib chiqqan holda
takomillashtirish bo‘lmog‘i lozim deb hisoblaymiz.
89
Муаллиф тадқиқотлари асосида тузилган
322
Bu borada yer resurslarini boshqarishning hozirgi bosqichidagi birdan-bir tub
yo‘nalishlardan bo‘lib yer munosabatlari sohasida bozor mexanizm-larining
barqaror amal qilishini ta’minlash hisoblanadi. Mazkur vazifani echishda yer
resurslarini boshqarishda informatsion asosni tashkil qiluvchi davlat yer kadastri
tizimining samaradorligini oshirish lozim, bu esa, o‘z navbatida mazkur tizimga
qo‘shimcha ma’lumotlar va uni yuritishning texno-logik jarayoniga o‘zgartishlar
kiritishni taqozo etmoqda. Kadastr ishlari-ning hozirgi an’anaviy sxemasi faqat
qishloq xo‘jaligi yo‘nalishida bo‘lib, uni mamlakatimiz yer resurslaridan
foydalanish tizimi nuqtai nazaridan yondashgan holda tubdan yangilash va
takomillashtirish talab etilmoqda. SHuning uchun Konsepsiyani amalga
oshirishning dastlabki bosqichida (1-bosqich) bu boradagi asosiy tadbirlarga:
davlat yer kadastrini yurgizish tizimining hozirgi zamon talablariga javob
beradigan
qonunchilik
va
me’yoriy-texnikaviy bazasini shakllan-tirish,
takomillashtirish va rivojlantirish;
ma’lumotlarni iste’mol qiluvchilar ehtiyojlaridan kelib chiqib tah-lil qilish
asosida davlat yer kadastri ko‘rsatkichlari, ma’lumotlar oqimi, hujjatlar va boshqa
zarur komponentlarni o‘rganishda ma’lumotlarni iste’mol qiluvchilar bilan o‘zaro
ta’sir mexanizmlarini aniqlash tizimini ishlab chiqish;
yer kadastrining me’yoriy-huquqiy bazasini yaratish bo‘yicha ishlarni olib
borishni, tizimning tizimli va texnikaviy loyihalarini va dasturiy vositalar
kompleksini ishlab chiqishni, ma’lumotlarni himoya qilish va o‘tkazishni tashkil
qilishni, dasturiy-texnikaviy komplekslarni ishga solishni, ta’minlovchi tuzilmalarni
ishga solishni, shuningdek kadrlarni tayyorlash va takror tayyorlashni nazarda
tutuvchi «Yer kadastrini yuritishning avtomatlashgan tizimini yaratish» maqsadli
dasturini tayyorlash va amalga oshirish;
yer uchastkalariga, bino va inshootlarga unikal raqamlarni berish maqsadida
mamlakatimiz hududining kadastr bo‘linishini yakunlash;
davlat yer kadastrini yuritishning yagona tartibini ta’minlash;
323
fuqaro va yuridik shaxslarning kadastr ma’lumotlariga ega bo‘lish-larini,
ularni olish uchun to‘lov tamoyillarini o‘rnatish;
davlat yer kadastri ma’lumotlari doirasida respublika yerlari va mu’muriy-
hududiy bo‘linmalar yerlari tug‘risidagi ma’lumotlar bazasini shakllantirish;
har bir hisob darajasi uchun yer-kadastr hujjatlari tarkibini, uning shakllari va
ularni to‘ldirish bo‘yicha ko‘rsatmalarni takomillashtirish;
yerlarni kartografiya qilish, tuproq, geobotanik, topografo-geodezik va boshqa
o‘rganish va izlanishlar, yerlarni baholash, ularning holatini kuzatish va boshqa
davlat yer kadastrini yuritish bilan bog‘liq tadbirlarni o‘tkazish bo‘yicha ishlarni
tashkil etish;
yer resurslarining miqdori, holati va bahosi to‘g‘risidagi ma’lumot-larga
bo‘lgan talabni doimo va tizimli o‘rganishni amalga oshirish, davlat yer kadastrini
yuritishni doimo takomillashtirish, unga xalq xo‘jaligi va tabiatni muhofaza qilish
ehtiyojlariga tegishli ma’lumotlarni kiritish;
yerlar to‘g‘risidagi ma’lumotlarni tizimlashtirish, o‘rganish va saq-lashni
ta’minlash, shuningdek davlat yer kadastrining oshkora qilish mumkin bo‘lgan
matyeriallarini nashr qilishni tashkil etish;
yer resurslarining huquqiy, xo‘jalik va sifat ko‘rsatkichlarini tahlil qilish va
baholash yuzasidan litsenziyalanadigan xususiy maslahat (audit) xizmatini tashkil
etish;
davlat yer kadastri ma’lumotlari va yerlar monitoringi asosida har yili
O‘zbekiston Respublikasi yerlaridan foydalanishning holati to‘g‘risi-dagi milliy
hisobot yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkama-sining qarorini
qabul qilish.
Konsepsiyani amalga oshirishning keyingi bosqichida (2-bosqich):
yer kadastrini avtomatizatsiyalashgan holda yuritishni ta’minlaydigan
dasturiy-texnikaviy komplekslarni joriy etish;
324
yagona umumrespublika andozalari, ma’lumot ayirboshlash shakllari,
klassifikatorlar va texnologik tartib-taomillar asosida kadastr ma’lu-motlarini
uzatish tizimini yaratish va uni amalga oshirish;
yagona tamoyillar, shakllar va tartib-taomillar asosida davlat yer kadastri
bilan tarmoq kadastrlarining (shaharsozlik, o‘rmon, suv) o‘zaro bog‘liqligini
ta’minlash;
ma’lumotlarni sanksiyalashtirilmagan holda olishdan himoyalash tizimini
ishlab chiqish va tashkil etish, foydalanilayotgan asbob-uskuna-larni va dasturiy
ta’minotni majburiy syertifikatlash asosida kadastr ma’lumotlari bazasining
xavfsizligini ta’minlash;
davlat yer kadastri bilan boshqa tarmoq kadastr bazalarining integ-
ratsiyalashuvi yo‘li orqali O‘zbekiston Respublikasining yagona kadastrini yo‘lga
qo‘yish;
respublika yerlari va ma’muriy-hududiy bo‘linmalar yerlari to‘g‘risi-dagi
ma’lumotlar bazasini yaratish.
Konsepsiyaning kompleks tadbirlari tarkibida yerlardan oqilona foydalanish
va ularni muhofaza qilishni ta’minlovchi, davlat yer kadas-trini yurituvchi va yer
resurslarini samarali boshqarish tizimining boshqa yo‘nalishlarini qamrab oladigan
yer tuzish ishlari muhim o‘rin tutmog‘i lozim.
Hozirgi kunda yerlardan oqilona foydalanish, tuproq unumdorligini saqlash
va oshirish, shuningdek yerlardan foydalanish va holatini kuza-tishni huquqiy,
iqtisodiy va ekologik asoslashni o‘z ichiga oladigan kompleks yer tuzish ishlari
amalga oshirilmayapti. Mazkur ishlarni moliya-lashtirish va tashkil etishdagi
kamchiliklar yerdan foydalanish barqarorligining shakl-lanishi va oziq-ovqat
xavfsizligini ta’minlash, yerlarning holatida negativ jarayonlarning oldini olish
uchun shart-sharoitlar yaratishdek strategik vazifani bajarishdagi murakkabliklarga
olib kelmoqda.
Yerlardan to‘lov asosida foydalanish va yerlarni soliqqa tortish tamoyillarini
isloh qilish, fuqarolar, yuridik shaxslar va davlat ishti-rokchilari bo‘lgan yer
325
bozorini rivojlantirish yerlarni zamonaviy talab-larga javob beradigan tarzda
baholashni taqozo etmoqda. Bu yerda asosiy yondashuv shunday bo‘lishi kerakki,
yer uchastkalarini ularda yoki ularning tagida joylashgan boshqa infrastruktura
ob’ektlari bilan birga alohida-alohida baholash bo‘lmog‘i lozim.
Bu borada Konsepsiyani amalga oshirishning asosiy yo‘nalishlari qsyidagi
17.3. – sxemada keltirilgan:
Do'stlaringiz bilan baham: |