Mustaqil o‘rganish uchun savollar
1.
Tuproqlar unumdorligini takror ishlab chiarish davri nima?
2.
Tuproqlar unumdorligini takror ishlab chiqarish davrini amalga oshirish
usullari va xususiyatlari nimalardan iborat?
3.
Tuproqlar unumdorligini takror ishlab chiqarish nimalarda namoyon
bo‘ladi?
4.
Tuproqlar unumdorligini takror ishlab chiqarishda melioratsiyaning roli
qanday?
5.
Tuproqlar unumdorligini takror ishlab chiqarishni tashkil etishning asosiy
muammolari nimalardan iborat?
6.
Meliorativ tadbirlarning iqtisodiy samaradorligi nima bilan o‘lchanadi?
7.
Yerlardan texnologik foydalanish samaradorligi deganda nimani tushunasiz?
8.
Qishloq xo‘jalik ekinlarining xosildorliklari nimalar xisobiga ko‘tariladi?
9.
Sug‘oriladigan qishloq xo‘jalik yerlarini takror ishlab chiqarish sikli nima?
315
10. Sug‘oriladigan qishloq xo‘jalik yerlarini takror ishlab chiqarish qanday
davrlardan
iborat?
316
17.
YER
RESURSLARIDAN
FOYDALANISH
TASHKILIY-
IQTISODIY MEXANIZMLARINI RIVOJLANTIRISHNING “YO‘L
XARITALARI”NI ISHLAB CHIQISH ASOSLARI
Yer resurslaridan foydalanish tizimi strategiyasini belgilash va uni
muvaffaqiyatli amalga oshirish iqtisodiyotni rivojlantirishda yer munosa-batlari
yuzasidan institutsional o‘zgarishlarning ustuvor yo‘nalishlarini aniq belgilab
olishga imkoniyat yaratadi. Yer munosabatlari borasida strate-gik ustuvor
yo‘nalishlarni belgilab olishning dolzarbligi yer resurslari-ning eng muhim iqtisodiy
va ishlab chiqarish resurslaridan biri bo‘lib, nazariy va amaliy iqtisodiyotdagi
fundamental tushunchalardan biri sifa-tida alohida o‘rganish va tadqiq qilish ob’ekti
bo‘lganligi bilan izoh-lanadi. Ayniqsa bozor islohotlari va iqtisodiyotini
erkinlashtirishni yanada chuqurlashtirish sharoitida yer resurslari davlat boshqaruvi
va xususiy mulkchilikning, oldi-sotdi, ijara, garov, meros munosabatlarining stra-
tegik ob’ekti va iqtisodiy munosabatlarning shakllanishidagi asosiy omil sifatida
xo‘jalik yuritish to‘g‘risidagi iqtisodiy siyosat, makroiqtisodiyot va mikroiqtisodiyot
jarayonlarida mustahkam o‘rin va ahamiyatga ega bo‘lmoqda.
Shu nuqtai nazardan hozirgi davrda yer munosabatlari yuzasidan insti-
tutsional va tashkiliy o‘zgarishlar borasidagi birinchi galdagi vazifalarga quyidagilar
kiradi:
yerlarni ma’muriy taqsimlash tamoyilidan iqtisodiy taqsimlash tamoyiliga
o‘tish;
yerlar va kapitalning haqiqiy mulkdorlar qo‘liga o‘tishi uchun shart-sharoitlar
yaratish;
qishloq xo‘jaligi yerlarining davlat tomonidan tartibga solinadigan bozor
oboroti uchun huquqiy bazani shakllantirish;
yer ijarasi (shu jumladan uzoq muddatli) institutidan, ayniqsa tomorqa
yerlarida subijaradan foydalanishni kengaytirish, uning iqtisodiy asoslarini
kuchaytirish;
317
fermer xo‘jaliklarida yerdan foydalanishni davlat tomonidan qo‘llab-
quvvatlash tizimini yanada takomillashtirish.
Mamlakatimizda hozirgi bosqichgacha olib borilgan yerni tasarruf etish,
yerga egalik qilish va undan foydalanish munosabatlarini isloh etish-ning darajasi va
sifatiga baho beradigan bo‘lsak, umuman ijobiy natijalar bo‘lgan bo‘lsa ham, shu
bilan birga bu sohadagi islohotlar uzviy-lik, tizim-lilik sifatlarini kasb etmagani
holda u juda ham sust olib borildi. Yer islohotini amalga oshirish aniq va asoslangan
dasturiy konsepsiya va reja-lar bilan ta’minlanmadi, yer islohotini amalga
oshiruvchi organlarning vakolat va majburiyatlari aniq qilib belgilanmadi. Yer
islohoti asosan qishloq xo‘jaligiga molik yerlardagina amalga oshirildi, yerni
soliqqa tor-tish va ijara haqini olish tamoyillari eskiligicha qolib ketdi. Yer kodek-
sida yer munosabatlarini tartibga solish yuzasidan vakolatli davlat organi, uning
vakolat va majburiyatlari belgilanmadi. Yerga bo‘lgan huquqni kredit-ni
rasmiylashtirayotgan paytda garovga qo‘yish mexanizmi ishlab chiqilmadi.
Yer islohotlarini moliyaviy, moddiy va kadrlar bilan ta’minlash darajasi
pastligicha qolib ketmoqda. Yer tuzish ishlari, yer kadastrini yangi asosda yaratish,
yerga bo‘lgan huquq hujjatlarini rasmiylashtirish, yerlarni yoppasiga baholashni
o‘tkazish, yerlardan oqilona foydalanish va muhofaza qilishni iqtisodiy
rag‘batlantirish tizimini yaratish bo‘yicha ishlar bugungi kun talabiga javob
bermaydi.
Jahon amaliyoti shuni ko‘rsatmoqdaki, har qanday davlat rivoj-lanishi va
o‘sishining bosh manbasi bo‘lib yer resurslari hisoblanadi. Yerning ahami-yatligiga
mutanosib ravishda davlat o‘zining yer resurslarini boshqarish va foydalanish
tizimini ishlab chiqadi va amalga oshiradi. Yerning
juda
ko‘p ijtimoiy-ishlab
chiqarish funksiyalarining mavjud-ligi huquqiy, siyosiy, moliyaviy, ijtimoiy-
iqtisodiy, tabiatni muhofaza qilish, texnologik va boshqa jihatlarini qamrab oladigan
boshqarish harakatlarining ham mos ravishda ko‘p xilliligini taqozo etadi. SHu
nuqtai nazardan, mamlakatimizda yerdan foydalanishning nafaqat davlat tomonidan
tartibga solinadigan, balki bozor talablari va mulkchilik hamda xo‘jalik yuritish har
318
xil shakl-larining o‘ziga xos xususiyatlarini ham hisobga oladigan zamonaviy prinsi-
pial yangi tizimi yaratilishi lozim. Mazkur tamoyillardan kelib chiqqan holda
nafaqat me’yoriy-huquqiy bazani, balki yer resurslarini boshqarish va
foydalanishning barcha davlat tizimi va bozor mexanizmlarini, yer oboro-tini davlat
tomonidan tartibga solishni va yer islohotining iqtisodiy mexanizmlarini ham
shakllantirish lozim.
Yer munosabatlarini tartibga solishda iqtisodiy jihatdan samarali,
mutanosiblashgan va oqilona tashkil etilgan siyosatni yuritish O‘zbekiston
iqtisodiyotini isloh etish umumiy strategiyasining muhim bazaviy unsurla-ridan biri
bo‘lmog‘i lozim. Boshqacha aytganda, jamiyatdagi yerning o‘ziga xos va
ko‘pfunksiyali roliga va yerdan foydalanishga murakkab ijtimoiy-iqti-sodiy jarayon
sifatida yetarlicha baho bermaslik yerdan foydalanishning samarali konsepsiyasi
yo‘qligiga sabab bo‘lmoqda. Shu nuqtai nazardan, bu borada umumiy iqtisodiy
jarayonlarga mamlakatimiz yer resurslarini kiritish, ulardan oqilona foydalanish va
muhofaza qilish, yerdan foyda-lanishning takomillashgan (maqbul) milliy tizimini
yaratish maqsadida Yer resurslaridan foydalanish tizimini erkinlashtirishning milliy
Konsepsiyasini ishlab chiqish va amalga oshirish zarurati mavjud. Bunday
yondashuv yerga bo‘lgan moddiy va boshqa huquqlarni amalga oshirish va
kafolatlashni ta’minlashga, yerdan foydalanishda ijtimoiy adolatga erishishga va
mahal-liy byudjetlarga yer uchun to‘lovlarning ko‘payishiga, shuningdek davlat yer
kadastri negizida yer resurslarini boshqarishning samarali informatsion tizimini
yaratishga imkon tug‘diradi.
Konsepsiya o‘z mazmun-mohiyatiga ko‘ra yer munosabatlarini rivojlan-
tirishning bozor islohotlari tizimidagi konsepsiyasi bo‘lmog‘i lozim. Unda birinchi
darajali e’tibor, ayniqsa bozor iqtisodiyoti nuqtai nazaridan, yerdan foydalanishning
iqtisodiy jihatiga berilishi kerak. Yer rentasining barcha turlarini hisoblash,
bonitirovka qilish va yerlarning qiymatini hisoblash, soliq solish tizimini
takomillashtirish, ipoteka tizimini rivojlantirish, hududlarni rivojlantirishga
investitsiya qilishning tar-tibi va shartlarini aniqlash, yerlarning unumdorligini
319
takror ishlab chiqarish mexanizmini joriy qilish va ulardan oqilona foydalanishni
rag‘batlantirish, yer uchastkalari bilan bitimlarni amalga oshirish, yerdan
foydalanishning mintaqaviy tizimini joriy qilish (Farg‘ona vodiysi, Zarafshon
vodiysi va boshqalar) kabi muammolar muhim ahamiyat kasb etmoqda. Ayni vaqtda
tanlangan strategik maqsad bir tomondan kam xarajat-larni talab qiladigan va
boshqa tomondan esa, yaqin orada samarali iqtisodiy natija ham beradigan ustuvor
yo‘nalishlarni tanlashga qaratilishi lozim. Iqtisodiyotning barqarorlashgani sayin hal
qilinishi lozim bo‘lgan muam-molar soni va ko‘lami kengayib borishi va
bosqichma-bosqich yirik xarajat-larni talab qiluvchi, lekin tez iqtisodiy samara
bermaydigan yo‘nalishlar bo‘yicha ham ishlarni amalga oshirib borish lozim.
Albatta, mazkur Konsepsiyani amalga oshirish bir qator maxsus dastur-larni
qabul qilish va amalga oshirishni nazarda tutadi, uni moliyalashtirish-ning esa davlat
byudjeti bilan birgalikda ko‘proq byudjetdan tashqari inves-titsiyalarni va xalqaro
moliya manbalarini jalb qilish muhim hisoblanadi. Mazkur dasturlar (iqtisodiyot
tarmoqlari va sohalarini joylashtirish va rivojlantirish, yer-suv va xom ashyo resurs-
laridan oqilona foydalanish, infratuzilmani rivojlantirish va boshqa-lar) davlat va
mahalliy hokimiyat organlari, vazirliklar va idoralar, xo‘jalik birlashmalari, yirik
xo‘jalik sub’ektlarining investitsiya takliflarini hisobga olgan holda ishlab chiqilishi
lozim.
Ushbu dasturlar mamlakat va barcha mintaqalar rivojlanishining asosiy
makroiqtisodiy ko‘rsatkichlarining istiqboldagi parametrlarini, shuningdek ushbu
ko‘rsatkichlarga erishishni ta’minlashga yo‘naltirilgan investitsiya dasturlarini va
tashkiliy, huquqiy, iqtisodiy va texno-ekologik chora-tadbirlarni o‘zida aks ettirishi
lozim (17.1-sxema).
320
Do'stlaringiz bilan baham: |