9.1 – sxema. Yer rentasi yuzasidan klassik iqtisodiyot nazariyasi namoyondalari qarashlarini tahlil qilishi xulosalari
38
38
Муаллиф тадқиқотлари асосида тузилган
Yerdan foydalanishning iqtisodiy
institutlari, mwxanizmi va yer rentasi
rivojlanishi nazariyasi yuzasidan
klassik iqtisodiyot nazariyasi
namoyondalari tomonidan bildirilgan
turli xil konsepsiya,
qarashlar,uslublarni tahlil va tadqiq
qilish natijalari bo’yicha xulosalar
Yer rentasi nazariyasi o’z mohiyat
e’tiboriga ko’ra, yer
munosabatlarini iqtisodiy tartibga
solish barcha institutlari,
mexanizmi mazmuni va
rivojlanishining metodologik
asisini tashkil etadi.
Yerdan foydalanish tizimini
yanada erkinlashtirish talab
qilinayotgan hozirgi davrda yer
rentasi shakllanishining o’ziga xos
xususiyatlarini tadqiq qilish juda
katta amaliy ahamiyatga egaligi
ushbu tadqiqotlarni davom
ettiririshni taqozo etmoqda.
Qishloq xo’jaligi ishlab chiqarishi
rivojlanishini yanada va jamiyatda
ijtimoiy barqarorlikni taminlash
o’z navbatida yer rentasini
asoslangan va adolatli qayta
taqsimlash mexanizmi
shakllanishini taqozo qiladi.
Yer rentasi yer mulkini ro’yobga
chiqarishning iqtisodiy shakli hisoblanadi.
Bozor iqtisodiyotida ob’ektiv renta
munosabatlari, avvalombor, yer solig’I, yer
uchun ijara haqi, institutlarshakllanishida
namoyon bo’lishi lozim
Renta tushunchasi rentaning
iqtisodiy rivojlanish omillari taklifi
elastikligi bilan bog’liqligining
turli xil talqinlarini paydo
qilmoqda, bu esa, ushbu
masalaning bugungi kunda ham
ochiq qolishiga olib kelmoqda
Yer rentasini turlar bo’yicha
tasniflash, yer rentasini ishlab
chiqarish xarajatlari tarkibiga yoki
ishlab chiqarilayotgan mahsulot
narxiga kiritish masalalari
haligacha tortishuvlarga sabab
bo’lmoqda
157
Qishloq ho‘jaligida renta munosabatlari, ular rivojlanishi tarixida doimo
ilmiy tortishuvlar predmeti bo‘lib kelgan. Ko‘plab tadqiqotlarga qaramasdan
xozirgi kunda O‘zbekistonda ham yer uchun to‘lovlarni aniqlash uchun yer rentasi
nazariyasini qo‘llash ob’ektivligi masalasi ochiq qolmoqda. Ayniqsa, qishloq
xo‘jaligida bozor munosobatlarining rivojlanishi, mulkchilik va xo‘jalik yuritish
shakllarining xar xilliligi sharoitida yer rentasi shakllanishi va uni taqsimlash
muammosi tobora dolzarblik kasb etmoqda.
Shu nuqtai nazardan, yer rentasini taqsimlash muammosi yuzasidan
izlanishlarimiz natijasi o‘laroq, differensial renta-I yer solig‘i sifatida to‘lanishi va
davlat byudjetini to‘ldirishi hamda davlatning yer resurslarining texnologik va
iqtisodiy salohiyatini qo‘llab – quvvatlash imkoniyatlarini kengaytirishi,
differensial renta-II va absolyut renta esa yer mulkdoriga (egasiga) tegishli
bo‘lishi, agar yer ijarasi mavjud bo‘lsa, unda
differensial renta-II ning ma’lum bir qismi ijarachida qolishi lozim bo‘lib, uning
miqdori yerga sarf qilingan kapitaldagi ijarachining ulushiga bog‘liq holda
aniqlanishi lozim. Qishloq xo‘jaligi va boshqa yerlardan oqilona foydalanishni
yerning bozor qiymati, yer solig‘i va boshqa shu kabi instrumentlarni qo‘llagan
holda iqtisodiy tartibga solish bo‘yicha kompleks tadbirlarni amalga oshirish o‘z
navbatida yerlarni baholashning ilmiy asoslangan uslubiyotini ishlab chiqishni
talab etadi. Xo‘jalik yuritishning bozor tizimi shakllanayotgan sharoitda yerni
iqtisodiy baholash ko‘rsatkichlari orasida markaziy o‘rinni integral ko‘rsatkich –
klassik yondashuvga muvofiq renta daromadlarining kapitallashuvi yo‘li bilan
aniqlanadigan yer uchastkasining narxi (bozor qiymati) egallaydi. Bozor sharoitida
mazkur iqtisodiy kategoriyaning ahamiyatliligi yer bozorining rivojlanishi, ipoteka
kreditlash tizimining yaratilishi, soliq siyosati sohasida tez moslanuvchan qarorlar
qabul qilish zarurati bilan belgilanadi.
Yer uchastkasi qiymatiga ta’sir qiluvchi omillar sifatida yerning
unumdorligi, yer uchastkasining joylashgan joyi, kommunikatsiya, transport
tarmoqlarining mavjudligi, joyning landshaft tavsifi bo‘lishi mumkin. Ushbu
158
omillardagi farqlar yer uchastkasi daromadliligi va qiymatining tabaqalashishiga
olib keladi. Yer qiymatining renta daromadlari kapitallashuvi yo‘li bilan
aniqlanishi munosabati bilan keyingi bosqichda mazkur daromadlarning miqdorini
aniqlash lozim. Buning uchun “oxirgi (chegaraviy) xarajatlar” tamoyili
konsepsiyasi qoidalaridan foydalanish maqsadga muvofiqdir. Mazkur tamoyilning
mazmuni shundan iboratki, yer rentasining miqdori ishlab chiqarishning yomon
sharoitlari uchun o‘rnatiladigan kadastr narxlaridan foydalanilgan holda
belgilanadi. Ta’kidlash joizki, bunda ishlab chiqarishning potensial sharoitlari
hisobga olingan holda renta daromadlarining nominal miqdori aniqlanadi. Renta
daromadlarining real miqdori yer uchastkasiga yer bozorida yuzaga keladigan talab
va taklifdan, shuningdek inflatsiya darajasini hisobga olgan holdagina aniqlanishi
mumkin. Rentaning klassik nazariyasiga muvofiq yerning narxi (bozor qiymati)
quyidagi ifoda bilan hisoblanadi:
En = Dd / r x 100 (9.1)
bu yerda: En
– yerning narxi, Dd – yillik differensial daromad, r – ssuda foizi
stavkasi.
Yerdan foydalanish tizimining iqtisodiy asoslari sifatida yer resurslarini
takror ishlab chiqarish sikli, iqtisodiy yondashuvning ustuvorligi, iqtisodiy
mexanizm o‘rganiladi. Shu nuqtai nazardan har qanday resurslar singari yer
resurslaridan iqtisodiy nuqtai nazardan foydalanishni tashkil etish yer rentasi
nazariyasiga asoslangan zamonaviy iqtisodiy mexanizmning fiskal va tartibga
soluvchi funksiyasi bilan bir qatorda rag‘batlantiruvchi funksiyasini ham
kuchaytirishning ilmiy-amaliy echimini topish orqali iqtisodiy rivojlanishning
yuqori sur’atlarini ta’minlash hozirgi bosqichda eng ustuvor vazifalardan
hisoblanishi lozim.
Bu esa, qishloq xo‘jalik yerlarining unumdorligini oshirish, ularning boshqa
yer toifalariga o‘tib ketmasligining, yerlarni takror taqsimlashdagi talon-
tarojliklarning oldini olish, shuningdek yerdan foydalanuvchilarning mas’uliyatini
oshirish bo‘yicha islohotlar amalga oshirilayotgan bir sharoitda qishloq
159
xo‘jaligidagi moliyaviy munosabatlarni yanada takomillashtirishni, shuningdek
yerdan foydalanish tizimini erkinlashtirishni yer rentasining nazariy asoslari
talablariga mos holda amalga oshirishni taqozo qiladi.
Alohida ta’kidlash joizki, qishloq xo‘jaligi iqtisodiyotning boshqa
tarmoqlaridan yer rentasi shakllanishiga yerning asosiy ishlab chiqarish vositasi
sifatidagi ko‘plab o‘ziga xos xususiyatlari ta’sir qilishi bilan farq qiladi va ushbu
holatni nazarda tutgan holda qishloq xo‘jaligi yerlaridan foydalanuvchilar uchun
yer solig‘i yoki yer ijarasini belgilash lozim. Bu borada ba’zi tadqiqotchilar
faqatgina yer solig‘i sifatida yerning qishloq xo‘jaligida foydalanilayotgan va shu
bilan bir qatorda unga egalik qiluvchilarning aybi bilan foydalanilmayotgan
maydonidan olinishini taklif qiladilar
39
. Bu esa, ularning fikrlaricha, go‘yoki
qishloq xo‘jaligi yerlarining oborotdan chiqib ketishining oldini olish chorasi
hisoblanadi.
Ushbu g‘oyani yanada rivojlantirgan holda qishloq xo‘jaligi korxonalarining
faoliyatiga taalluqli masalalarni (hosildorlik va u bilan bog‘liq sarf-xarajatlarni)
faqatgina yerning bonitet baliga nisbatan ko‘rib chiqish va hisob-kitob qilish
bugungi kunda o‘z samarasini bermayapti. Chunki, birinchidan, yerning
unumdorligini baholashning hozirda amal qilayotgan uslublari takomillashtirishni
taqozo etmoqda, ikkinchidan, baholash ko‘rsatkichlari yer resurslarining mavjud
tabiiy-ekologik va texnologik-iqtisodiy holatini to‘liq ifodalamayapti va,
uchinchidan, baholash ishlarini o‘tkazish davrlari o‘rtasidagi vaqtning uzunligi
mazkur ko‘rsatkichlarning haqiqiy holatni aks ettirmasligiga va ular
samaradorligining past bo‘lishiga olib kelmoqda.
Bundan tashqari yana shuni ta’kidlamoqchimizki, ayniqsa bozor talablari va
shartlari kun tartibida tobora jiddiy va qat’iy turayotgan bir paytda, yer
resurslaridan foydalanish natijalari va ishlab chiqarish yoki xo‘jalik faoliyati
natijalari ko‘rsatkichlarini farqlay bilish lozim. Albatta mazkur ko‘rsatkichlar bir-
biri bilan uzviy bog‘liqlikda bo‘ladi, lekin bu degani ularni chalkashtirib yuborish
39
Хван В. “Солиқ қонунчилиги асослари” -Т.: “Иқтисодиёт ва ҳуқуқ дунёси”, 1999. 19 б.
160
kerak degani emas, ya’ni bozor iqtisodiyoti nazariyasiga binoan, foyda
kategoriyasi o‘zining harakatlantiruvchi ta’siri va kuchiga ko‘ra hal qiluvchi va
integral ko‘rsatkich hisoblanishi lozim. Shu nuqtai nazardan, bizningcha, yerning
qiymatini baholashda yerdan foydalanuvchi xo‘jalik faoliyatining foydalilik
darajasini hisobga olishni yoki yagona yer solig‘i yoxud yer ijarasini to‘lovchilar
uchun foyda solig‘ini regressiv tarzda joriy qilish lozim deb hisoblaymiz. Bunday
choraning samarasi shundaki, yerdan foydalanuvchilarning xo‘jalik yuritishdan
olgan foydasi qancha ko‘p bo‘lgani sayin yerning qiymati yoki soliq stavkasi
yoxud ijara haqining pasayib borishi hisobiga ularning ixtiyorida qoladigan
mablag‘lari miqdori ortib boradi, bu esa o‘z navbatida mazkur mablag‘larni
yerning unumdorligini oshirishga yo‘naltirish imkonini beradi va pirovard natijada
ushbu chora kuchli rag‘batlantiruvchi vazifasini bajaradi.
Vaholanki, bozor iqtisodiyotida har bir xo‘jalik yuritish sub’ekti o‘z
faoliyatini barqaror tashkil qilishi uchun muntazam ravishda zarur foydalilik
darajasini ta’minlashi zarur. Shu nuqtai nazardan ham, albatta yer resurslaridan
samarasiz foydalanayotgan xo‘jalik sub’ektlari pirovardida inqirozga uchrashlari
tabiiy hol hisoblanib, ularni raqobat muhitida doimiy ravishda yer resurslaridan
samarali foydalanishga undaydi. Shuningdek yuqorida aytib o‘tilgan uslubga
muqobil tarzda yerdan foydalanish iqtisodiy mexanizmida renta solig‘i (to‘lovi)
yoki renta ijara to‘lovining mazmunini ham ko‘rib chiqish lozim deb hisoblaymiz.
Chunki ma’lumki, sifati va joylashgan o‘rni jihatidan yaxshi yerlarning miqdori
cheklangan va ularda ishlab chiqariladigan mahsulotlar jamiyat ehtiyojlarini
qondirishga yetarli emas.
Bu esa, qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishini unumdorligi past va hatto
yomon yerlarda ham amalga oshirishni taqozo qiladi. Qolaversa, mazkur jihatlar
tarmoq ichida kapital aylanishining turlicha tezligini va daromadlar shakllanishi
ko‘pomilligining yanada kuchayishini yuzaga keltiradi. Bunday holatlar, o‘z
navbatida, qishloq xo‘jaligida ishlab chiqarish sharoitlarini tabaqalashtirish uchun
barqaror, ob’ektiv asoslar borligini va bu esa, o‘z navbatida, soliq solish yoki
161
ijarani belgilash jarayonida renta munosabatlari qonuniyatlarining to‘liq tadbig‘i
uchun samarali iqtisodiy mexanizmni ishlab chiqish lozim deb xulosa chiqarish
mumkinligini bildiradi
40
.
Qolaversa, sifati va joylashgan o‘rni jihatidan unumdor yerlar
cheklanganligining takror ishlab chiqarilmasligi va undan kelib chiqadigan
natijalar renta solig‘i (to‘lovi) yoki renta ijara to‘lovining iqtisodiy asosi – renta
daromadlarining vujudga kelishiga sabab bo‘ladi. Demak, renta munosabatlari
bozor iqtisodiyoti nazariyasining fundamental asoslari, ya’ni yerlarni muhofaza
qilish, tuproq unumdorligi har xil yerlarda xo‘jalik yuritishning ijtimoiy-iqtisodiy
sharoitlarini tenglashtirish, melioratsiya va boshqa infratuzilmalarni rivojlantirishni
moliyalashtirish, soliqqa tortish va yer ijarasi tizimlari orqali yerdan foydalanish
tizimi va uning iqtisodiy mexanizmining bosh nazariy negizi vazifasini bajarishi
lozim deb hisoblaymiz.
Tabiiyki, bunda ushbu nazariya tub masalalarining yerdan foydalanish
iqtisodiy mexanizmidagi o‘ziga xos mazmun-mohiyatini amaliyotga tadbiq
etishning ilmiy jihatlarini tadqiq qilish muhim ahamiyat kasb etadi. Xususan, yer
rentasining shakllanish darajalarini farqlash lozim, ya’ni u ikki – mamlakat va
korxona-yerdan foydalanuvchi darajasida shakllanadi. Bu yerda mamlakat
miqyosidagi yer rentasini korxonalar darajasida shakllanadigan yer rentasining
arifmetik yig‘indisi sifatida tushunilmaydi, albatta.
Shuning uchun, mamlakat miqyosidagi yer rentasini odatda jamiyatning
yillik yalpi ichki mahsulotining mamlakat yer resurslaridan foydalanish natijasida
shakllangan bir qismi deb, korxona – yerdan foydalanuvchi darajasidagi rentani esa
yerni tabiiy resurs, iqtisodiy resurs-kapital, ko‘chmas mulk va xo‘jalik yuritish
ob’ektlari sifatida tasarruf qilish, unga egalik qilish va undan foydalanish hisobiga
yaratilgan yerdan foydalanuvchining mahsuloti deb tushunish to‘g‘ri hisoblanadi.
Albatta, mazkur rentalarning mohiyati xususida iqtisodchi olimlar o‘rtasida
turli yondashuvlar mavjud, lekin undan ham ko‘ra mazkur renta turlaridan amaliy
40
Сагайдак А. Земельная собственность и рента (Рыночная экономика для всех). - М.: «Агропромиздат»,
1991. – 80 с.
162
iqtisodiyotda foydalanish yuzasidan tortishuvlar qizg‘in. Ularning ayrimlari
makrorentadan, ayrimlari esa mikrorentadan iqtisodiy hisob-kitoblarda kengroq
foydalanish yuzasidan takliflar berishadi. Bizningcha, ushbu renta turlarining
ikkalasidan ham amaliy iqtisodiyotda foydalanish lozim, chunki ular har xil
ob’ektiv asos, iqtisodiy tabiat va mazmunga ega, ikkinchidan, ular bir-birini
to‘ldiradi va mantiqiy davom ettiradi, uchinchidan, renta munosabatlarida
tizimlilik ta’minlanadi.
Hozirgi kunda yer rentasidan mamlakatning yalpi ichki mahsuloti va milliy
boyligida yerning salmog‘ini aniqlashda, hududlar iqtisodiy salohiyatini
baholashda, davlat byudjeti daromadlarida jami yer solig‘i va yer ijarasi haqining
ulushini aniqlashda va boshqa makroiqtisodiy hisob-kitoblarni amalga oshirishda
qo‘llanilsa bo‘ladi. Qolaversa, hozirgi kunga kelib mamlakatimizda yer solig‘ini
yerning qiymat bahosi ulushi ko‘rinishida hisoblash usullarida renta nazariyasi
elementlari ishtirok etmoqda.
Biroq, bu borada renta nazariyasini qo‘llashdagi ayrim muammolarning
mavjudligi hali yer bozorining takomillashmaganligi bilan bog‘liq. SHunga ko‘ra,
hozirgi kunda yagona yer solig‘i renta nazariyasiga to‘liq asoslangan deb aytish qiyin.
Buning ustiga Moliya vazirligi tomonidan 2014 yilgacha respublika yo‘l va maktab
jamg‘armalariga to‘lanadigan majburiy to‘lovlarni ham yagona yer solig‘iga
birlashtirilganligi yagona yer solig‘ining asl mazmuniga mos kelmas edi. Bunda
soliqqa tortish uslubiyoti va meyorlarini aniqlashda zarur qonuniyatlarga putur
etkazilardi.
Mamlakatimizda mustaqillik yillarida yer solig‘iga tortish yoki yer ijarasini
belgilashning nazariy va metodologik jihatlari tanqidiy o‘rganilgan holda “yagona
soliq”ni joriy qilish yuzasidan muayyan ijobiy ishlar amalga oshirilganligiga
qaramasdan bu borada o‘z echimini kutayotgan masalalar mavjud. Ayniqsa,
“yagona soliq”ni yoki yer ijarasi haqini hisoblab chiqarishda renta daromadlarining
shakllanishi bilan bog‘liq jarayonlar, mazkur daromadlarning taqsimlanishi va
bular orqali soliq yoki ijara haqini to‘lovchilar yerdan foydalanuvchilarning
163
moliyaviy-xo‘jalik faoliyatini tabaqalashtirishning adolatli tartib-taomillarini ishlab
chiqish dolzarb masalalar hisoblanadi. Biroq, ba’zi tadqiqotchilarning fikrlaricha,
“yagona soliq” nazariyasi g‘oyasi soliqlarning faqat fiskal ahamiyatini e’tiborga
olgan holdagi vazifalarni bajaradi xolos, tartibga soluvchi va rag‘batlantiruvchi
vazifalari o‘z aksini topmagan
41
.
Bu boradagi boshqacha yondashuvlarga ko‘ra, baribir yer rentasi
nazariyasini amaliyotga tadbiq qilish uchun yer solig‘i yoki yer ijarasining moddiy
asosi hisoblangan yerning iqtisodiy qiymat bahosini hisoblash lozim
42
. Biroq, yer
bozoridagi tez-tez o‘zgarib turadigan kon’yunktura holatlari yerni baholashning
qiymat ko‘rsatkichlarini hamma vaqt ham aniq va to‘g‘ri hisoblash imkoniyatini
bermaydi. Bunda albatta mazkur ishning ilmiy asoslangan me’yorlar tizimini
yaratish va uni doimo takomillashtirib borish lozim. Bundan tashqari, e’tiborni
faqatgina yerning qiymatini iqtisodiy baholashgagina emas, balki u orqali iqtisodiy
o‘sish talablari darajasida tarmoq va hududlarda xo‘jalik yuritishni boshqarishni
ta’minlovchi yerdan foydalanishning egiluvchan iqtisodiy mexanizmini yaratishga
ham qaratish lozim.
Shu o‘rinda, ta’kidlash lozimki, ayniqsa qishloq xo‘jaligi amaliyotida rentaning
eng muhim shakli, shuningdek bozordagi tebranishlarga tez chalinuvchan differensial
renta munosabatlariga ham yetarli darajada e’tibor berish lozim, chunki xo‘jaliklar va
hududlar ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishi har xil darajada bo‘lishining ob’ektiv va
sub’ektiv sabablarini o‘rganish va ularni tabaqalashtirishning asoslarini kuchaytirish,
tabiiy-iqtisodiy resurslardan foydalanishning samaradorligini oshirish
aynan
differensial renta shakllanishining qonuniyatlarini o‘rganishni taqozo etadi. Albatta,
differensial renta metodologiyasida qishloq xo‘jaligining o‘ziga xos ob’ektiv va
absolyut xususiyatlarining barchasini hisobga olish oson emas, lekin modomiki,
differensial renta talablarini yerdan foydalanish tizimining iqtisodiy mexanizmida aks
ettirish lozim bo‘ladigan bo‘lsa, unda turli xil tabiiy-iqtisodiy sharoitlarda faoliyat
41
Сафаров Ғ., Жўраева Н. Ягона солиқ назарияси моҳияти ва афзалликлари. // Журнал. Ўзбекистон
иқтисодий ахборотномаси. - Т.: 2003. -№3.
42
В. Готлобер, Н. Давидюк . Круглый стол. Дифференциальная рента и эффективность
сельскохозяйственного производства.// - М. »Экономика сельского хозяйства». 1986, №6, 51 – 64 с.
164
qilayotgan korxonalarda ishlab chiqarish intensivligi darajasining tabaqalashishini
optimallashtirishni yerlarning me’yoriy qiymatini aniqlash, soliqqa tortish, xarid
narxlari va boshqa iqtisodiy-moliyaviy vositalar orqali tartibga solishning uslub va
shakllarini takomillashtirish bilan bog‘liq yo‘nalishlarni tadqiq qilish lozim.
Amaliyotda tabaqalashtirish omillariga an’anaviy kiritilib kelinayotgan
yerlarning unumdorligi va joylashgan o‘rni bilan bir qatorda, birinchidan, soliqlar va
byudjet mablag‘larining taqsimlanishi, ikkinchidan, mamlakat turli hududlarida
yerni tasarruf etish, yerga egalik qilish va yerdan foydalanish darajasining har
xilliligi va, uchinchidan, yerdan foydalanuvchilar o‘rtasida kapital taqsimlanishining
notekisligi oqibatida kelib chiqayotgan raqobatlashish shartlarining bir xil emasligi
kabi omillar ham tasir ko‘rsatmoqda. Shu nuqtai nazardan, differensial rentaning
o‘ziga xos xususiyatlaridan asosiysi bu – uning nisbatan ob’ektiv yaxshi sharoitlarda
ishlab chiqarishning yuqori darajasi natijasida vujudga keladigan differensial
daromadning shakllanishi va soliqqa tortish yoki ijarani belgilash yo‘llari orqali
taqsimlanishi jarayonidagi davlat bilan korxonalar o‘rtasidagi munosabatlarni aks
ettirishidir
43
.
Holbuki, bugungi kunda ilmiy-amaliy nuqtai nazardan qaraganimizda, renta
daromadlarini soliq yoki yer ijarasi sifatida davlat byudjetiga to‘liq olib qo‘yish
kerakmi yoki uning bir qisminimi?, shuningdek unumdor yoki unumdorligi past
yerlarda nisbatan yuqori rivojlanish darajasiga, ishlab chiqarishning o‘sishiga
korxonaning o‘z resurslari hisobidan erishish mumkinmi yoki davlat resurslarini
ham jalb qilish hisobidanmi? – degan savollarga javob topish muhim ahamiyatga
ega.
Xulosa o‘rnida ta’kidlash lozimki, renta daromadlarining bir qismini yerdan
foydalanuvchi o‘zining yerning sifatini yaxshilashga qaratilgan xarajatlari,
tadbirkorlik qobiliyatlari va zamonaviy boshqaruv tizimini joriy qilganligi evaziga
oladi. Albatta, mazkur qismni (differensial renta-II) to‘liq yoki qisman yer solig‘i
yoki yer ijarasi ob’ektiga kiritish ularning fiskal funksiyasini yanada kuchaytirgan
43
Сагайдак А.Э. Земельная собственность и рента. // М.: ВО Агропромиздат, 1991, 80 с.
165
holda byudjetga yer solig‘i yoki yer ijarasi bo‘yicha tushumlarni keskin
ko‘paytiradi, lekin bu pirovard natijada yerdan foydalanuvchining mulkiy
huquqlarining buzilishiga, yer solig‘i yoki yer ijarasining rag‘batlantiruvchi vazifasi
amalga oshmay qolishiga olib keladi. Bu esa, pirovard natijada yerlarni talon-taroj
qilish, yerlardan maqsadsiz foydalanish, yerning spekulyasiya ob’ektiga aylanishi
kabi negativ holatlarni keltirib chiqaradi. Bu yerda endi iqtisodiy sanksiyalarni
qo‘llash, latifundistik yerdan foydalanuvchilar (o‘z yeridan o‘zi foydalanmaslik)
uchun qo‘shimcha haq joriy qilish kabi nazorat choralarini belgilash maqsadga
muvofiq deb hisoblaymiz.
Do'stlaringiz bilan baham: |