8.1 – sxema. Yerdan foydalanish tizimi iqtisodiy mexanizmining tarkibi va
bosqichlari
18
birini o‘zaro bog‘liqlikda tahlil qilish yer resurslaridan foydalanish tizimining
iqtisodiy mexanizmini asoslashda muhim omil bo‘lib xizmat qilishi bilan birgalikda
yer resurslaridan foydalanish tizimini erkinlashtirishda qaysi iqtisodiy usullardan
qanday foydalanish yuqori samaradorlikni ta’minlashda ustuvor ahamiyatga
egaligini belgilashda ham yordam beradi.
18
Муаллиф тадқиқотлари асосида тузилган
Yerdan foydalaniosh tizimining iqtisodiy
mexanizmi
139
Yerdan foydalanish barqaror tizim sifatida uning asosiy qoidalarini belgilab
beruvchi tamoyillarga muvofiq amalga oshiriladi. Ushbu tamoyillar mazmuni
tabiatdan foydalanishning umumiy tizimida yerdan foydalanishning roli va o‘rni,
jamiyat va tabiatning o‘zaro munosabati mohiyati, jamiyat rivojlanishida yer
resurslarining ijtimoiy-iqtisodiy ahamiyati, yerdan ratsional foydalanish usullari,
yerlarni takror ishlab chiqarish va muhofaza qilishi bilan belgilanadi.
Yerdan foydalanish tamoyillari, xuddi yerdan foydalanish tizimi kabi yetarli
darajada o‘rganilmagan va bir tizimga keltirilmagan, lekin ba’zi maxsus
adabiyotlarda qisman to‘xtalib o‘tilgan
19
. Prof. M.A.Gendelman yer tuzilishi
tamoyillariga yerdan umumxalq boyligi, ishlab chiqarishning asosiy vositasi va
tabiiy resurs sifatida ratsional foydalanish; qishloq xo‘jaligi yerlarining ustuvorligi;
ishlab chiqarish kuchlari va ishlab chiqarish munosabatlarini muntazam
takomillashtirish orqali qishloq xo‘jaligi korxonalari tomonidan yerdan
foydalanishning barqarorligini ta’minlash; zonalar, rayonlar, xo‘jaliklarning tabiiy,
iqtisodiy va ijtimoiy sharoitlarini izchil inobatga olish kiritilgan
20
.
Sanab o‘tilgan tamoyillar yerdan foydalanishning mazmun mohiyatini to‘liq
ochib bermaydi, yer tuzilishining asosiy qoidalarini ifodalaydi. Yerdan
foydalanishni tashkil etishning mavjud nazariyasi va amaliyoti yer tuzilishi
nazariyasida o‘zgarib, faqat ishlab chiqarish vositasi sifatida talqin etiladi. SHuni
ta’kidlash joizki, yerdan ratsional va samarali foydalanish ba’zi olimlar tomonidan
yerdan foydalanish tamoyillaridan biri sifatida qaraladi, albatta, bunday fikrga
qo‘shilib bo‘lmaydi. Bundan tashqari, rejali iqtisodiyotda yerdan foydalanishning
bozor tamoyillarini qo‘llab bo‘lmasdi, yerdan foydalanishning ijtimoiy,
rekreatsion, ekologik jihatlari zaif ifodalangan.
Yerdan foydalanish tizimi tabiatdan foydalanish majmuasi va ijtimoiy-
iqtisodiy holatlarning tarkibiy qismi sifatida o‘z tamoyillariga asosan amalga
oshiriladi. Tamoyillar yig‘indisidan mazkur jarayonning ko‘p maqsadlarga
19
Гендельман М.А., Спектр М.Д., Тихомирова Е.Д. Научные и методические основы землеустройства. - М.:
Колос, 1978. – с.45.
20
Там же, с.50.
140
yo‘naltirilgan, iqtisodiy mohiyatini ifodalovchi umumiy tamoyillarni ajratib olish
mumkin.
– yer resurslaridan ko‘p maqsadli yo‘nalishlarda foydalanish;
– mulkchilik va yerga bo‘lgan huquq shakllarining xilma-xilligi;
– yerdan foydalanishning davlat tomonidan boshqarilishi;
– xo‘jalik yuritishning tashkiliy-huquqiy shakllarining xilma-xilligi;
– qishloq xo‘jaligiga oid yerlarning ustuvorligi;
– tabiiy-iqtisodiy sharoitlarga ko‘ra hududlarni rayonlashtirish;
– jamiyat, iqtisodiyot va tabiatning o‘zaro ta’siri.
Yerlardan ko‘p maqsadli yo‘nalishlarda foydalnish tamoyili jamiyat
faoliyatining turli sohalari, iqtisodiyot tarmoqlarida foydalanish xususiyatlariga
bog‘liq. Uni amalga oshirish davlat yagona yer fondi yerlarini kategoriyalar
bo‘yicha optimal samara beruvchi ratsional taqsimlanishini ko‘zda tutadi. Barcha
kategoriyadagi yerlardan foydalanish xususiyati, shakl va ko‘rinishlari yerdan
foydalanish va takror ishlab chiqarishni baholash kriteriylari va usullarining ishlab
chiqilishini talab etadi.
Yerga mulkchilik va huquq shakllari xilma-xilligi tamoyili mamlakatdagi
bozor
munosabatlarining
rivojlanishi,
mamlakat
iqtisodiyotining
jahon
iqtisodiyotiga kirib borishi, yer resurslaridan foydalanishni intensifikatsiya qilish
zarurati bilan bog‘liq. Bularning barchasi yer munosabatlari, avvalo, mulkchilik
munosabatlarining isloh qilinishini taqozo etadi. Mazkur tamoyilga rioya etish
yerga mulkchilik shakllari va huquq turlarining ratsional uyg‘unligini ta’minlaydi.
Yerda xo‘jalik yuritishning tashkiliy-huquqiy shakllarining xilma-xilligi
tamoyili, yer maydonlarining barqarorligi bozor munosabatlarining rivojlanishi,
ishlab chiqarish vositalari, jumladan, yerga mulkchilik shakllari bilan chambarchas
bog‘liq. Mulkchilik munosabatlari (ishlab chiqarish vositalariga mulkchilikdan
tashqari) mahsulot ishlab chiqaruvchilarning iqtisodiy faoliyat turini erkin tanlash,
shuningdek ishlab chiqilgan mahsulotni ob’ektiv tasarruf etish yoki
141
ayirboshlash huquqini o‘z ichiga oladi. Xo‘jalik yuritish shakllarining xilma-xilligi
yerga egalik qilish va foydalanishning turli ko‘rinishlari, mehnatni tashkil qilish va
pirovard mahsulotni taqsimlashning turli shakllarini yuzaga keltiradi, yer, suv,
mehnat, moddiy, moliyaviy resurslardan foydalanishda raqobat uchun asos bo‘ladi.
Yerdan foydalanishning davlat boshqaruvi tamoyillari jamiyatning tobora
o‘sib borayotgan ehtiyojlarini qondirish uchun moddiy va boshqa ne’matlarni
ishlab chiqarish maqsadida yer resurslaridan foydalanishni nazarda tutadi. Davlat
Do'stlaringiz bilan baham: |