Alisher Navoiyning avtobiografik g’azallari



Download 0,58 Mb.
Pdf ko'rish
bet20/28
Sana07.08.2021
Hajmi0,58 Mb.
#140875
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   28
Bog'liq
alisher navoiyning majolisun-nafois asari leksika (1)

Qilg’ali may bila gulgun yuzin ul no’shin lab, 

Lolagun bo’ldi qo’yosh orazi kavkab-kavkab. 

Matlai  bilan  boshlanuvchi  g’azaliga  e’tibor  beraylik:  g’azalning  lirik 

qahramoni  oshiqdir.  Uning  yori  shu  qadar  go’zalki,  hatto  Ajam  va  Arabni 

hasratda kuydirgan SHirin bila Layli hayron qoladi, quyosh uning labidan bo’sa 

olish  paytda  qiynaladi.  Hatto  oshiqning  joni  doimo  yor  madhini  qiluvchi  o’z 

og’ziga  rashk  etadi.  Qisqasi,  ma’shuqaning  go’zalligi  ham,  lirik  qahramonning 

chin  oshiqligi  ham  shubhasiz.  Ammo  ular  o’rtasida  qandaydir  to’siq  bor:  oshiq 

visolga  erisha  olmaydi,  u  o’z  baxtini  topa  olmaydi...  bu  qanday  g’ov?  Sabab 

nimada?  Bu  o’rinda  shoirning  o’zi  lirik  chekinish  orqali  shu  savollarga  javob 

beradi,  mazkur  holatlarning  sabablarini  ochadi.  Muallif  “men”icha,  bunda  hech 

qanday g’ayritabiiylik yo’q. Chunki davrning, tuzumning o’zi shunaqa: dahrdan 

umuman,  shodu  xurramlikni  istash  bekorchi  ish,  aksincha,  unda  shaxsni 

qiynovchi azob-uqubatlar hukmron: bu  zamonda “talab birla topilmas maqsud”.  

Dahr aro ayshu nashot istasang, o’lgung mahrum, 

Negakim, anda nasib o’lmadi juz ranju taab.  



44 

 

Muallif  bu  bayt  bilan  visol,  maqsad  yo’lida  azob  chekayotgan  lirik 



qahramon  –  oshiqqa  murojaat  qilayotgandek,  uning  shaxsiy  baxtsizligini 

umumiy holat bilan hamohang ekanligini tushuntirayotgandek tuyuladi. 

Chindan ham shoir yozganidek: 

CHun zamon ahli zamona rangin tutmoqdur zarur, 

Dahr nofarjom uchun el holi nofarjomdur. 

Bu  mazmun  ikkinchi  bir  g’azalning  quyidagi  baytida  yanada  ravshanroq 

ifodalangan: 

Zamon ahli zamona rangi birla bevafodurlar, 

Zamona ahlig’a go’yo zamon o’z fe’lin o’rgatmish. 

Umumiy  xulosa  ruhini  olgan  bu  lirik  chekinishlarda  Navoiy  bevosita  o’z 

nomidan  ijtimoiy  muhit,  davr  ustidan  hukm  chiqarmoqda,  undagi  adolatsizlikni 

boricha qayd etmoqda. 

Ijtimoiy  muhit,  davron  hamda  zamona  ahlining  yaramas  belgilari  tanqid 

qilingan  g’azal  va  baytlarda  asosan,  bevosita  shoir  “men”ining  namoyon 

bo’lishini juda ko’p misollarda ko’rish mumkin. 

Navoiy asarlaridagi ushbu holat haqida gapirar ekan, adabiyotshunos olim 

A.Abdug’afurov  shunday  ta’kidlaydi:  “Bu  haqiqat,  ayniqsa,  Navoiyning  ichki 

kechinmalari,  orzu-umidlarini  bayon  etuvchi,  uning  davr,  jamiyat,  zamona  ahli 

haqidagi  mushohadalarini,  tanqidiy  munosabatlarini  bevosita  ifodalovchi 

maktublardagi ayrim holatlarni shunday g’azallar va baytlar bilan solishtirganda 

yaqqol  ko’rinadi.  Har  ikki  holatda  ham  biz  mavjud  tuzumdagi  adolatsizlik  va 

zo’ravonlikni,  yaramas  tartib-qoidalarni  ayovsiz  qoralovchi  shoir  obrazini 

ko’ramiz. Katta umumiylik mavjud bo’lgan bu tanqid ostida o’z davrining ilg’or 

farzandi  bo’lgan  shoirning  jamiyat,  hayot  va  sevgi  haqidagi  yuksak  g’oyalari, 

orzu-umidlari  bilan  real  buzuq  ahvol,  qoloq  hayot  o’rtasidagi  ziddiyat  yotadi. 

Xuddi  shunigdek,  dahr  ahli  faoliyatidan  kuchli  norozilik,  tanqid  va  shikoyat 




45 

 

zaminida  ham  ular  bilan  shoir  o’rtasidagi  jiddiy  kelishmovchilik,  maqsad  va 



intilishdagi katta tafovut turadi”

1



Shoirning “Mahbub ul-qulub”  asariga yozgan muqaddimasida o’zi haqida 

so’z  yuritganligi  shubhasiz.  Muqaddimada  “davrning  buqalamunlig’idin” 

tortgan  jabr-sitamlari  to’g’risida  so’zlaydi,  “falakdinnotavonlig’”  topganligini, 

“zamonning  issiq-sovug’ini  ko’rib,  jahoning  achchiq-chuchugini  totgan”ligini 

bayon etadi. 

Davr  va  undagi  hukmron  buzuq  atmosferaning  shoirga  qilgan 

adolatsizligi, uning boshiga solgan jabr-jafosi quyidagi ruboiyda. Ayniqsa, to’la 

ochilgan: 




Download 0,58 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   28




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish