Har ikki asarning kompozitsiyasiga
e’tibor beradigan
bo‘l sak, ular bir-biridan
farq
qiladi. Biri («Hayot ishtiyo qi»)ning
kompozitsion qurilishi an’anaviy, spiralsimon, ya’ni voqea lar
xronologik tarzda rivojlanuvchi yagona syujet chizig‘iga ega.
1
Улуғов А. Улуғ рассом ҳақида роман // Ўзбекистон адабиёти ва санъати. 2009. №27.
2
Норматов Н. Рўзи Чориевнинг сўнгги васияти. – Тошкент, 2008. – Б.4.
Asar Van Gog bilan bog‘liq bir syujet chizig‘idan iborat bo‘lib,
unda buyuk impressionist rassom Van Gog hayoti, ijodiy ka
moloti, ruhiy kechinmalari, ijodga bo‘lgan betinim ishtiyoqi
tasvirlanadi. An’anaviy biografiyadan farqli ravishda I.Stoun
yaratgan «Hayot ishtiyoqi»da syujet chizig‘i Van Gog tug‘ilishi
tarixi bilan boshlanmaydi. Van Gog romanga o‘z hayot yo‘lini
topishi arafasida turgan, kartinalar galereyasida sotuvchi
bo‘lib ishlab, kun kechirayotgan yigirma bir yoshli yigit sifa
tida kirib keladi. Ursula ismli qizni sevib qolgan Van Gog sar
guzashtlari – syujetning asosiy voqealari uning muhabbati rad
etilgandan so‘ng boshlanadi. Ruhan singan yi git nima qilari-
ni bilmay, ruhoniylikni qabul qilib, o‘z hayotini bechoralarga
yordam berishga baxshida qilmoqchi bo‘ladi, ammo shaxtyor
lar orasida yurganida bekorchilikdan ko‘mir bilan ularning
suratlarini chiza boshlaydi. Chizilgan suratlarda shaxtyor
lar tashqi ko‘rinishidan ham ko‘ra, ular ning xarakteri, kasbiy
qiyofasi namoyon bo‘ladi. Buni yigitning o‘zi ham his etadi.
Shundan so‘ng Vinsentda rassom bo‘lish istagi paydo bo‘la
di. Muqaddima (prolog) va sakkiz qismdan iborat asosiy syu
jet Van Gog yashab, ijod qilgan shaharlarning nomlari bilan
(London, Borinaj, Etten, Gaaga, Nyuenen, Parij, Arl, Sen-Remi,
Over kabi) atalgan. Har bir joy bilan bog‘liq voqealarda, tarixiy
shaxslar jonli ishtirok etadi. Van Gog hayoti va ijodi syujetni
rivojlantiradi. Shu bilan bir qatorda, muallif asarda Yevropa-
ning turli qishloq va shaharlaridagi san’at ahli va san’at dar
gohlari, rassomchilik maktablari to‘g‘risida ham so‘z yuritadi.
Van Gog chizayotgan rasmlar vositasida o‘quvchini kambag‘al
dehqonlar, oddiy xalq vakillarining hayoti, ularning uyi, ishi,
oilasi kabilar bilan tanishtiradi. Shu tariqa rassom yashagan
ijtimoiy-tarixiy davr manzarasi hosil qilinadi. Bu esa badiiy
roman syujetining asosiy xususiyatlaridan biridir. Ana shu
96
97
tarixiy-ijtimoiy sharoit fonida rassom yaratgan kartinalarning
tarixi bilan tanishib boriladi.
O‘zbek yozuvchisi Nodir Normatov yaratgan «Ro‘zi Chori
yevning so‘nggi vasiyati»da rassomning badiiy biografiyasi
noan’anaviy usulda yaratilgan. Roman uch qismga ajratilgan
va qismlar bir-biridan bayon texnikasi bilan tubdan farqlana
di. Adibning syujet va xarakter yaratish texnikasini o‘zbek adi
bi I.G‘afurov quyidagicha ta’riflaydi: «U tabiiy hodisalarni ta
biiy maqomini topib chizadi. Shu xolos. «Chizish» so‘zi Nodir
Normatovning badiiy usuliga g‘oyatda mos, bu usulni rosma
na xarakterlaydi. U batafsil uzoq tasvirdan ko‘ra chizishni yax
shi ko‘radi, zero, chizishda ham chizish bor – Nodir xarakter
qirralarini kesma punktir bilan chizadi. Voqealardan voqealar
shunday kesma punktirlarda tug‘ilib bir-biriga g‘uluv bilan
ulanib boradi. Bunda tabiiyki, bayonda parokandalik xav fi
ham tug‘iladi, voqeaning boshi, davomi va oxiriga bog‘lan
may qolishi ehtimoldan xoli emas. Ammo yozuvchi qandaydir
o‘ziga ma’lum hikoya qilish zahiralarini bizga bilintirmaygi
na qo‘llab, syujet va kompozitsiyada yaxlitlik, butunlikka eri-
shadi. Kesma punktir vositasida hikoya tarzida erishilgan bu
tunlik – Nodirning yozuvchilik mahorati va badiiy uslubining
o‘ziga xos, uni boshqalardan ajralib turadigan ko‘zga ko‘rinarli
qirrasidir»
1
.
Qiyoslanayotgan mazkur ikki asar arxitektonikasida tub
dan farq bo‘lsa-da, har ikki asarda ham xronikal syujetdan foy
dalanilgan; bundan tashqari, ularda yoritilgan mavzu va g‘oya
bir-biriga mushtarak.
Har ikki asarda bosh qahramon rassom bo‘lganligidan bu
asarlarda san’at va uning sirli olami mavzui keng va atroflicha
1
Ғафуров И. Нодирнинг Ойтоши ёки Сурхон руҳи // Ўзбекистон адабиёти ва санъати.
2010. №52 (4087).
yoritib berilgan. Ularda buyuk musavvirlar, san’at maktablari,
rassomchilikning o‘ziga xos qonun-qoidalari to‘g‘risida bayon
etilgan. I.Stoun XX asr boshlarida G‘arbiy Yevropada yashab
ijod etgan ko‘plab rassomlar haqida ma’lumot berib, jum
ladan, impressionizmning mohiyati va uning boshqa oqim
lardan farqini – uning mohiyati rassomchilikning umumiy
qonunlariga bo‘ysunmasdan, voqelikni taassurotlar prizmasi
orqali chizish, rassom nigohida qay tarzda gavdalangan bo‘lsa,
shundayligicha polotnoga tushirishda ekanini Van Gog ijodi
misolida, jonli voqealarda ko‘rsatgan.
«Hayot ishtiyoqi» va «Ro‘zi Choriyevning so‘nggi vasiyati»
romanlarida yana bir
Do'stlaringiz bilan baham: |