Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti



Download 7,21 Mb.
Pdf ko'rish
bet366/398
Sana26.02.2022
Hajmi7,21 Mb.
#467559
1   ...   362   363   364   365   366   367   368   369   ...   398
Bog'liq
Тайёр Миллий корпус тўплам 17.05

Alisher Navoiy nomidagi Toshkent 
davlat o‘zbek tili va adabiyoti 
universiteti 
“O‘ZBEK MILLIY VA TA’LIMIY 
KORPUSLARINI YARATISHNING NAZARIY 
HAMDA AMALIY MASALALARI”
Xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya
Vol. 1
№. 01 (2021) 
319 
baholash tizimini ko‘rishimiz mumkin. Shu tufayli biz o‘zbek tilini bilish bosqichlarini A1, A2, B1, B2, 
C1, C2 kabi darajalar orqali baholashni ma’qul deb o‘ylaymiz. Bu ish esa UZLISA, ya’ni O‘ZBEGIM 
dasturi orqali namoyon bo‘ladi 

O‘zbek tilini o‘qitishda til o‘rganish aspektlariga tayanish 
Til o‘rganish 4 aspektga tayanilishi ko‘pchilikka ma’lum. Shunday ekan, o‘zbek tilini o‘qitish ham 
shu aspektlarda, ya’ni o‘qish, yozish, tinglab tushunish va gapirish talablari yordamida shakllantirish 
asosiy jihatlardan sanaladi. Ularning har biri bo‘yicha alohida tushuncha va ko‘nikmalarni hosil qilish 
lozim. Buning uchun esa ularning ta’minoti yaratilishi kerak. O‘ZBEGIM dasturida shu jihatlarga alohida 
e’tibor qaratilmoqda. 

O‘zbek tilini grammatika sohasini soddalashtirish va shu asosida qo‘llanmalar yaratish 
Har bir tilning “suyagi” bu uning grammatika sathi hisoblanadi. Bir tilni o‘rganishda inson ongi
o‘z tilining grammatik qurilishi asosida til strukturasini qabul qiladi. Shuning uchun o‘zbek tilini boshqa 
til vakillari o‘rganishi uchun tilimizning grammatik jihatlarini sodda va oson yo‘llar bilan 
shakllantirishimiz lozim. Buning uchun mavzular qiyinlik darajasi bo‘yicha chet el standartlariga javob 
bera oladigan sifatli va namunali mashqlar, qoidalar, qo‘llanmalarning turli variantlarini ko‘paytirish 
lozim.

O‘zbek tilini o‘rgatishda axborot texnologiyalaridan unumli foydalanish 
Til o‘rganishda axborot texnologiyalardan fodlanishning bir necha afzalliklari mavjuddir. Bu 
jarayon kompyuter, CD disk, player, kolonkalar yordamida mukammal amalga oshadi. Chunki shu 
vositalar yordamida o‘quvchi tilning to‘g‘ri talaffuzini, videorolliklar yordamida esa malakasini oshirib 
boradi. Bunda o‘quvchi bir paytning o‘zida so‘zlovchining talaffuzi, grammatik qoidalarga rioya 
qilganligi, so‘z boyligi va uning ma’nolariga e’tibor berishi talab qilinadi. O‘zbek tilidagi video roliklarni, 
dialoglarni, kino yoki multfilmlarni ham ko‘rishi ham eshitishi mumkin. Bu o‘zbek tili bo‘yicha 
ko‘nikmalarini rivojlanishiga yordam beradi. 

O‘zbek tilini o‘qitishda guruh shaklida o‘qitish
O‘zbek tilini o‘qitishda juft yoki kichik guruhlarda ishlashlari yaxshi samara beradi. Chunki guruh 
bo‘lib ishlash orqali o‘quvchilarning boshqalar bilan kommunikativ aloqa qilishlari uchun sharoit paydo 
bo‘ladi. Til o‘qitishda turli rolli, harakatli o‘yinlardan foydalanish ham o‘rganuvchining o‘zbek tiliga 
bo‘lgan qiziqishini yana ortishiga xizmat qiladi.
Bu kabi omillarni ko‘plab keltirish mumkin. Muhimi, tilimizning o‘rganishi oson bo‘lgan va 
ko‘pchilik o‘rganuvchi tillar qatorida ko‘rishdir. Buning uchun esa, albatta, yuqoridagi kabi omillarga 
asosan amaliy jihatlarni ham yaratish va ularni amaliyotga tatbiq etishdir. 
Bugungi kunda talabalar va 
hatto AQSh universitetlarining ba’zi professorlari turli sabablarga ko‘ra o‘zbek tilini o‘rganishmoqda. 
Ulardan ba’zilari uni tasodifan o‘rgana boshlashdi, boshqalari esa yaqin kelajakdagi ishlariga sababchi 
bo‘lishdi, unda ular ishonishadi. Shunday qilib, biz ba’zi Amerikada o‘zbek tilini o‘rganayotgan 
o‘rganuvchilarga internet orqali “O‘zbek tiliga qanday qiziqish uyg‘ondi?” yoki “Nega o‘zbek tilini 
o‘rganyapsiz?” kabi savollar bilan murojaat qildik va ularning bizga yuborgan javoblarini aynan keltirdik: 
“Men Bernard Timmerman, Arizona shtati universitetida sotsiologiya professori bo‘lib, tadqiqotim 
Markaziy Osiyoga qaratilgan. Men rus tilida gapiradigan odamman, lekin o‘zimning tadqiqotlarim uchun 
mahalliy tillarni ham bilishim kerakligini sezmoqdaman. O‘zbek tilini tanlash g‘oyat tasodifan edi: ASU 
Melikian Markazida O‘zbekistondan kelgan Fulbrayt chet tillarni o‘qitish bo‘yicha yordamchi (FLTA) 
mezbonlik qildi va u mening ilk O‘zbekiston o‘qituvchisi bo‘ldi. Men o‘zbek tilini o‘rgana 
boshlaganimdan oldin tasavvur ham qila olmagan ikkita narsa: bu tilning murakkabligi va boyligi; va men 
qanday qilib chuqur sevib qolaman. Men o‘zbek tilini o‘rganayotganimning uchinchi yilidaman. Bu juda 
qiyin ish, lekin bu ham katta quvonch. Tilni o‘rganish orqali o‘zbek xalqi, uning madaniyati, an’analari va 
kundalik hayoti haqida ko‘p narsalarni bilib oldim. O‘zbek tili turkiy, fors, arab va rus tillarini o‘zlashtirib 
olgan juda rangli va nufuzli tildir va bu murakkab murakkablik menga chinakam fayzdir. Mening 
o‘zbekim mukammal emas, lekin uni yaxshilashga qaror qildim. Men shu yilning yozida - O'zbekistonga 
birinchi marta tashrif buyurishni umid qilaman. Nihoyat, mening barcha g‘ayrat va sa’y-harakatlarim 
uchta mukammal o‘qituvchi – Nigina Razzoqova, Nargiza Voxidova va Vazira Zabiyeva bilan barobar 
bo‘lmasdi”. 
Briano Greko – 2017 va 2018 yillarda Arizona davlat universiteti Kritik Laguage Instituti 
tomonidan tashkil etilgan yozgi kurs talabasi: “Men avval o‘zbek tiliga qiziqib qoldim, chunki 
tilshunoslikka qiziqib qoldim va dunyodagi eng noyob grammatikasiga ega bo'lgan turkiy til oilasini 



Download 7,21 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   362   363   364   365   366   367   368   369   ...   398




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish