I
I
I y o ‘ n
a l i s h
QISHLOQ XO‘JALIK ASOSLARI
1-bob. O‘SIMLIKSHUNOSLIK
1.1. UMUMIY TUSHUNCHALAR
Vatanimizda fermer xo‘jaliklarini rivojlantirish masalasiga
alohi da e’tibor berilmoqda. Ular aholini oziq-ovqat mahsulotlari
bilan ta’minlashda muhim o‘rin tutadi.
Qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yetishtirishni ko‘paytirish va
uning sifatini yaxshilash uchun moddiy-texnik bazani mus-
tahkamlash, deh
qonchilik madaniyatini yuksaltirish va chor-
vachilikni kompleks mexa
nizatsiyalash, yerlarning meliorativ
holati va irrigatsiya ishlarini yaxshilash, texnikadan, mineral
va organik o‘g‘itlardan samarali foydalanish va urug‘chilik
ishlarini yaxshilash talab etiladi.
O‘zbekistonda, asosan, paxta, don, kartoshka, meva, sabza-
vot va boshqa ekinlar yetishtirilib, ularning hosildorligi mut-
tasil ravishda oshirib borilmoqda. Ekin larning serhosil navlari,
chorva mollarining yangi zotlari yaratilmoqda.
Do'stlaringiz bilan baham: |