145
chiqiladi hamda o‘ngiga ag‘darish uchun 3–4 sm joy tikilmay
qoldiriladi. Qo‘l ishini bajarishda o‘rta
barmoqqa angishvona
tutiladi.
2. Qoldirilgan qismidan o‘ngiga ag‘darilib, choklari to‘g‘ri-
lanadi va dazmollanadi.
3. Tayyorlangan gazlama teng uch bo‘lakka (7 x 10 sm)
bo‘linib pa
rallel chiziqlar o‘tkaziladi.
4. Gazlamani hamma chiziqlar ustidan qo‘lda ko‘klash
qavig‘ida tikib chiqiladi (25-rasm).
5. Ushlagichning atrofini tekislab, dazmollanadi. Bir uchiga
ipdan ilgak chatiladi.
Gazlamalarni
silliqlash, tikilgan
buyum choklarini tekislash
uchun dazmol qilinadi. Kiyimni tikishda dazmoldan to‘g‘ri
foydalanilsa, ish sifatli chiqadi.
Dazmol yengil, o‘rta, og‘ir
vaznli bo‘ladi. U 1 kg dan 10 kg gacha bo‘lib, 1–3 kg li
yengil, 4–8 kg gacha ustki kiyimlarni
dazmollashda ishlati-
ladi.
Choklarni,
kiyimlarni, gazlamani
teskari tomonidan daz-
mollash kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: