rivojlantirish va istiqbolga yo`naltirish davlat dasturi» mazmunidan ham
ko`rishimiz mumkin. Ushbu dasturda Davlat va jamiyat “Kadrlar tayyorlash milliy
dasturi” hamda «2004-2009 yillarda maktab ta`limini rivojlantirish Davlat
umummilliy dasturi» talablari asosida o`qituvchi va murabbiylarni qayta tayyorlash
va malakasini oshirish tizimini nazariy-metodik jihatdan qurollantirishni taqozo etishi
alohida e`tirof etilgan
.
Istiqbolda O`zbekiston Respublikasida pedagogika fanini ilmning ustivor sohasi
sifatida izchil rivojlantirish, shaxs, jamiyat, davlat, ishlab chiqarish, fan, texnikaning
taraqqiyotiga ko`maklashadigan yangi pedagogik yondashuvlar, didaktik ishlanmalar,
nazariy-metodologik tadqiqotlar, yuqori saviyali ilmiy pedagog kadrlar tayyorlashga
keng yo`l ochish «Pedagogika fanini rivojlantirish va istiqbolga yo`naltirish
dasturi»ning asosiy maqsadidir.
Dasturda xalqning o`zligini anglash jarayonida shaxsni har tomonlama
rivojlantirish, shaxs taraqqiyotiga yo`naltirilgan uzluksiz ta`lim-tarbiya tizimining
nazariy asoslarini yaratish pedagogika fanining bosh maqsadi hisoblanar ekan,
birinchi navbatda pedagogik psixologiya sohasida keng ko`lamli ilmiy tadqiqot
ishlarini amalga oshirish lozimligi e`tirof etiladi. Ushbu vazifa o`qituvchining
kreativlik faoliyatini ilmiy pedagogik tahlil etishga ham taalluqlidir. Dasturda
pedagogika fani tayanishi zarur bo`lgan qo`yidagi ikkita tamoyil Bizning
e`tiborimizni alohida o`ziga tortti. Bular:
44
1. Pedagogika fanining bugungi kunga qadar foydalanilmayayotgan
imkoniyatlaridan amaliyotda foydalanish yo`llarini aniqlash.
2. Kognitiv pedagogikani rivojlantirish.
Vaholanki, aynan o`qituvchining kreativlik faoliyatini shakllantirish va
rivojlantirish bugungi kunga qadar o`zining to`liq yechimini topmagan va bolalarning
kognitiv (bilish faoliyati, bilimli va ilmli bo`lishi) faoliyati o`qituvchining faoliyatiga
bog`liqdir.
Shu bilan bir qatorda olima R.A.Mavlanova kreativlikning ijodkorlik bilan
bevosita bog`liq ekanligini ta`kidlagan holda ijod – fikrlashning original usulining
sinonimi, ya`ni odatdagi, qabul qilingan chegaralarni buzish qobiliyatidir degan fikrni
bildiradi. Ijodiy aql – bu aktiv, sinchkov, boshqalar muammolarni ko`rmagan
joylarda ularni topa oladigan aqldir. Ijodkor shaxs o`zgarib turadigan vaziyatda
o`zini suvda yurgan baliqday his qiladi, boshqalarga xafv bordek tuyulgan joyda u
hech kimga bog`liq bo`lmagan holda, mustaqil ravishda qarorlar qabul qilish
qobiliyatiga ega.
Biz yuqoridagilarda bildirilgan fikrlarni umumlashtirgan holda pedagog-
kadrlarning kreativligining ko`rsatkichlari sifatida qo`yidagi elementlarni e`tirof
etmoqchimiz:
1.
O`z bilimini doimo rivojlantirib borishi.
2.
O`qituvchining mehnat sharoiti
3.
O`zining pedagogik tajribalarini doimo takomillashtirib borishi.
4.
O`zining sohasidagi so`nggi innovatsion yangiliklarni bilishi va ularni
o`zining faoliyatida o`rinli va unumli qo`llay olishi
5.
Ijodkor bo`lishi.
6.
Bolalarning yosh, individual va psixologik o`ziga xos jihatlarini bili olishi va
shunga mos tarzda o`qituvchi yo`l tutishi.
7.
Innovatorlik xususiyatlarga ega bo`lish.
Ko`pchilik holatlarda o`qituvchining kreativlik faoliyati innovatsion faoliyat
bilan bog`liq ekanligi ustunlik qiladi. Bu haqida Biz qo`yidagi bobda alohida to`xtab
o`tmoqchimiz
45
III-BOB. KREATIVLIK - INNOVATORLIKNING ASOSI SIFATIDA
3.1. KREATIVLIK - O`QITUVChINING INNOVATSION
FAOLIYATINING ASOSI SIFATIDA
Kreativlik
bevosita
innovatsiyalar
bilan
bog`liq
jarayondir.
Negaki
o`qituvchining kreativlik faoliyat yuritishi uchun, u albatta o`zining sohasidagi eng
so`nggi yangiliklardan, shu bilan bir qatorda butun jamiyatdagi voqea va
hodisalardan boxabar bo`lishi, innovatsion yangiliklarni o`z faoliyatida o`rinli
foydalana olishi lozim.
Innovatsiya – ingliz tilidan olingan bo`lib, «In-ichida», «Novus-yangi»,
«yangilik», «yangilik kiritish» degan ma`noni anglatadi. U muayyan ijtimoiy birlikka
(tashkilotga, aholiga, jamiyatga, guruhga, tizimga) yangi, nicbatan turg`un uncurlarni
kiritib borishi va ularning maqsadga muvofiq o`zgarishidir.
«Innovatsiya» tushunchasi birinchi marta XIX asrda madaniyatshunosik
sohasida paydo bo`lib, bir madaniyat elementlarini boshqasiga joriy qilish ma`nosini
bildirgan.
XX asrning 30 yillarda AQShda «firma innovatsion siyosati», «innovatsion
jarayon» atamalari paydo bo’ldi. Innovatsiyalar ikki turga bo`linadi:
•
Stixiyali, ya`ni innovatsiyalarga bo`lgan ijtimoiy talablar natijasida paydo
bo`lib, bunday innovatsiyalarni yaratishga doir oldindan mo`ljallangan reja, metod va
texnologiyalar bo`lmaydi.
•
Ongli, ya`ni ilmiy asosga ega maqsadga yo`naltirilgan innovatsiyalar.
Innovatsion pedagogika tushunchasi G`arbda 50 yillar oxirlarida, bizning
mamlakatimizda esa keyingi 10 yillikdan boshlab qo`llanilib, olimlar ushbu sohani
maxsus o`rgana boshladilar. Jahon pedagogik nashriyotlarda va jurnallarda
innovatsion maqolalar chop etila boshladi. So`ngra YUNESKO qoshida ta`limni
rivojlantirish Osiyo pedagogik innovatsiyalar markazi tashkil etildi. Bu tashkilot
turli mamlakatlardagi pedagogik yangiliklarni umumlashtirib, ta`lim masalalari
bo`yicha xalqaro byuro bilan birgalikda pedagogik jamoatchilikka maxsus nashrlarda
46
ular haqida ma`lumotlarni tarqatib bordi. Bu jarayonlar bilan bog`liq holda
«innovatsion jarayon» tushunchasi vujudga keldi.
Innovatsiya jarayoni -
tarkibiy
tuzilmalar va qonuniyatlarni qamrab
olgan tizim bo`lib, u o`quv jarayonini zamonaviy pedagogika va psixologiya fanlari
yutuqlari asosida, jahon standartlari darajasida tashkil etish imkonini beruvchi
innovatsion harakatlar.
Innovatsion jarayonlarga nisbatan ikki xil qarash mavjud:
•
Hayotga joriy etilgan qandaydir yangi g`oya yoritiladi.
•
Alohida-alohida kiritilgan yangiliklarning o`zaro ta`siri, ularning birlamchi,
raqobati va natijada birining o`rnini ikkinchisi egallashidir.
Innovatsion jarayonlar qo`yidagi bosqichlardan iborat:
1. Yangi g`oyaning paydo bo`lishi, ya`ni fundamental va amaliy ilmiy
tekshirishlar (yoki birdan paydo bo`ladigan) natijalaridan kelib chiqadigan yangilik
bosqichi.
2. Kashf etish vaqti, ya`ni amalga oshgan ob`ekt, moddiy yoki ma`naviy
mahsulot namuna ko`rinishidagi yangilik yaratish.
3. Yaratilgan yangilikni qo`shimcha ishlab, mukammallashtirish. Bu bosqich
yangilik kiritishdan mustahkam samaradorlikka erishish bilan yakunlanadi.
4. Yangilikning tarqalishi uning yangi sohalarga diffuziyalanib (qo`shilib) keng
tatbiq etilishi.
5. Yangilikning biror sohada hukmron bo`lishi. Yangilik o`z yangiligini
yo`qotib, yangilik sifatida mavjud bo`lmay qoladi. Bu bosqich yangi samarali
yangilik paydo bo`lishi yoki uning yanada samarasi bilan almashishi bilan
yakunlanadi.
Yangilikning ikki turi mavjud:
1. Birinchi marta yaratilgan yangilik. Bu yangilik ixtiroga teng, ya`ni yana
o`rnatilgan yangi haqiqat demakdir.
2. Avvalgi mavjud bo`lgan nazariyani yanada takomillashtirib, zamonaga
moslashtirishdan iborat.
47
Fanda innovatsion jarayonning kechishini 4 ta asosiy qonuniyatga bo`ysinishi
aniqlangan:
1. Pedagogik innovatsiya muhitining ayovsiz bir sharoitda emasligi qonuni.
Bunda pedagogik jarayonlar haqidagi tasavvurlar buziladi, pedagogik ong buziladi,
pedagogik yangilik baholanadi.
2. Nihoyat amalga oshirish qonuni. Bunda yangilikning hayotiyligi bo`lib, erta
yo kech, stixiyali yoki ongli ravishda amalga oshadi
3. Komillashtirish qonuni. Bunda pedagogik innovatsiya qolipga tushadi va
amaliy harakat tendentsiyasiga ega bo`ladi.
4. Pedagogik innovatsiyaning davriyligi va qaytish qonuni. Bunda yangilik
yangi sharoitlarda qayta tiklanadi.
Innovatsion jarayonlarning asosini qo`yidagi yondoshuvlar tashkil etadi:
1.
Madaniyatshunoslik, ya`ni inson uchun bilishning ustuvorligi.
2.
Shaxsiy faoliyat, ta`limdagi yangi texnologiyalardan foydalana olish.
3.
Ko`p
suhbatli
(dialogik)
yondashuv,
kasbiy
tayyorgarlikni
insonparvarlashtirish;
4.
Individual - ijodiy (o`qituvchi va talabalarning o`zaro munosabatla –ri,
kreativ faoliti) yondashuvi.
Innovatsion pedagogik jarayonlar qo`yidagi belgilari bilan tavsiflanadi:
1.
O`quvchilarning
o`zini-o`zi
boshqarishi
va
ta`lim-tarbiya
olishga
yo`naltirilganligi,
2.
O`quvchining bilish faoliyatining rivojlanganligi,
3.
O`quvchilarning faolligining oshganligi
Innovatsion pedagogik jarayonlar bevosita o`qituvchining innovatsion faoliyati
bilan bog`liqdir.
Olima R.A.Mavlanova o`qituvchining innovatsion faoliyatiga bog`liq bo`lgan
uchta materialni taqdim etadilar. Bular:
O`qituvchining innovatsion faoliyatga bo`lgan qobiliyatini baholash va
o`ziga-o`zi baho berish pedagogik karta Innovatsion faoliyatni amalga
48
oshirishga o`qituvchi mutaxasislik qobiliyatini baholash O`qituvchi shaxsining
individual xususiyatlari:
-
Shaxsning asoslangan - ijodiy yo’nalishi
-
Shaxsning ijodiy faoliyat metodologiyasini egallab olish qobiliyati
Ijodiy faoliyat surati
-
Qiziquvchanlik, ijodiy qiziqish Pedagogik tadqiqot metodlarini bilishi
-
Ijodiy faoliyatdashaxsiy ish olib borish imkoniyati
Ijodiy yutuqlarga intilish faoliyat texnologiyasini, mualliflik kontseptsiyasini
yaratish qobiliyati Dadillik va o’ziga ishonch
Ilgorlikka intilish Tajriba ishlarini rejalashtirish qobiliyati Ma`suliyatlilik
Rahbarlarning ijodiy faoliyati uchun yaxshi baho berishlariga intilish Maktabda
pedagogik tajriba tashkil etish qobiliyati O`qituvchining ijodiy faoliyatining ijtimoiy
muximligiga ishonish
Ijodiy faoliyatining shaxsiy ahamiyati Faoliyatni tuzatish, qayta tashkil eta
bilish qobiliyati Xalollik va to`grilik
O`z-o’zini mukammallashtirishga intilish. Boshqa o’qituvchilar ijodiy faoliyat
tajribalaridan foydalanish va taqqoslash, jamlash qobiliyati. O’zi tashkil eta olish
qobiliyati
O`qituvchining kreativligi.Ijodiy faoliyatda hamkorlik va ozaro yordam
qobiliyati
Ko`p sonli echimlarni amalda qo`llash
Muloxazalarning mustaqilligi (O`z fikrini aytishdan uyalmaslik)
Tasavvur etish, ijodiy hayol. (g`oyalarni o`rganishda intelektul` akliy erkinlik)
Pedagogik faoliyatda bir xilliklardan voz kecha olish, fikrlar harakatsizlikni
enga olish
Tavakkalchilik
Pedagogik faoliyat muammolariga ta`sirchanlik
Tanqidiy fikrlash, muloxazalarga qobiliyati
O`z ishlarini tahlil qila olish qobiliyati
49
Agarda jadvaldagi materillarning mazmuniga e`tibor qaratadigan bo`lsak, unda
o`qituvchining kreativligi, ushbu kreativlikning mahiyatini beruvchi ijodkorlik
ustuvor xarakterga egadir. Bu esa bizning tatqiqot ob`ektimiz bo`lgan o`qituvchining
kreativlik faoliyatining naqadar muhimligidan dalolat beradi.
Shu bilan bir qatorda olima R.A.Mavlanova talaba-yoshlar orasidagi kreativlikni
qiyosiy tajriba-sinov asosida tahlil qilishga harakat qilganlar va quyidagi ilmiy
ma`lumotlarni taqdim etgan.
1.
Olimaning fikricha «refleksiv - innovatsion amaliyot dasturi birinchidan,
ishtirokchilarini tanishtirish bilan boshlanadi. Emotsional refleksiv oshkoralik va
xushmuomalalik muhitiga imkon beradi. Amaliyotga ijodiy fikrlashning
rivojlantirish mashqlari kiritiladi.
2.
Keyingi bosqich – hamjixatlikda ijodning hayotiyligi o`zi yoqtirgan
hikoyalarni aytish keyin esa ularni maktab hayotiga kiritish, qahramonlar harakterini
ko`rsatib berish, syujet o`ylab topish va ijro etish.
3.
Shundan keyin u yoki bu personaj nomidan monolog o`qiladi, qahramonlar
harakteri analiz qilinadi.
4.
Shundan keyin maktab muammolari ko`rsatib beriladi, ulardan eng
muhimlarini «+» belgisi bilan belgilanadi. Asosiy mashqlar esa o`qituvchi innovatsioi
faoliyati tarkibiy tashkil etuvchilarini modellashtiradi. Quyidagi mashqlar kiritiladi:
assotsiativ davra, pedagogik konsulium, ijodiy tortishuvlar, ochiq darslar, praktikum
dasturiga talabalarni o`z refleksiv fikrlashini baholash, analiz qilish.
Amaliyotning ishchi dasturi:
1.
O`qituvchining ijodiy fikrlashi, pedagogik masalalarini echish psixologik-
pedagogik analizi.
2.
O`qituvchining innovatsion faoliyati: amalga oshirishning texnologiyasi va
tuzilishi (nuqtai nazarlar bo`yicha mulohazalar).
3.
Yangilikni qabul qilishda psixologik to`siqlar (nizolarsiz munosabatlar
treningi).
4.
Innovatsion munosabatlar rivojlanish uslublari:i jodiy masalalarni ochish
kashfiyot uslublari. «Aqliy xujum», xayratlanarli savollar uslubi, innovatsion o`yinlar
50
va boshqalar.
5.
O`qituvchi mutaxassilik faoliyatida refleksiya (refleksiv qobiliyatlari
trenningi).
Yuqorida aytilganidek o`qituvchining kreativligi va innovatsion munosabati
rivojlanayotgan muhit ta`siri ostida shakllanishi kerak.
Tekshirishlarga
asoslanib,
ularga binoan ijodni qandaydir tahliliy vaziyatdan yoki mavjud bilim chegarasida
chiqish deb belgilab, shunday tasdiqlash mumkin: kreativ muammoni shaxsiy
fikrlarga to`la dolzarb qo`yishda ifoda etilgan chuqur xususiyatdir.
O`qituvchi dolzarblasha oladigan muhit qo`yidagi imkoniyatlarga ega
bo`lishi lozim:
Yuqori darajali noaniq potentsial va ko`p variantlikka
Noaniqlik
tayyor
yo`nalishlarni
qabul
qilmay
o`zlari
izlanishlarini
rag`batlantiradi. Ko`p variantlilik ularni topishga imkon beradi.
3.2. Kerativlik faoliyatining ilmiy tadqiqot natijalari
Shu bilan bir qatorda olima R.A.Mavlanova «muxim kreativ munosabat va
uning natijalari namunalari tarkib topgan bo`lishi kerak»ligini e`tirof etgani holda
bunday tajriba-sinov ishlariga Nizomiy nomidagi ToshDPUning Boshlang`ich ta`lim
pedagogakasi va metodikasi fakul`tetining 149 talabasini hamda pedagogika kolleji
bitiruvchilarini jalb etib, taqqoslash uchun guruhlar tuzilgan.
Talabalarning kreativlik darajasi quyidagi uch ko`rsatkich bilan hisobga olingan;
I. Mahsuldorlik. Ishlab chiqilgan yangiliklar kreativ qimmatligi ularni quyidagi
turlardan biriga taalluqliligi bilan belgilanadi:
1.
Maktabni yanada rivojlanishiga turtki bo`luvchi ko`pgina yechimlarni ko`zda
tutilgan muammolarni qo`yish.
2.
O`ziga hos, oldingilariga o`xshamagan, kutilmagan yechimlar.
3. Yechish ma`lum bo`lgan kontseptsiyalarni yoki pedagogik yondoshvlarni
davom ettirish «mavzuni variatsiya qilish»ni ko`zda tutadi.
II. Ijodiy yo`nalganlik sabablari.
51
Shaxsiy sababli tashkil etuvchilari talabalarning fikrlari, ularning qiziqishlari,
ishni davom ettirish istagi, faolligining hisobga olish yordamida baholanadi.
III. Refleksivlik. Reflektsion tashkil topuvchilari ko`zda tutilgan yechimni
anglab yetish va o`zini o`qituvchi-innovator deb his etish darajasi bilan baholanadi.
Muhitning tafsiloti quyidagi ko`rsatkichlar bilan aniqlandi:
- informatsion xabardorligi,
- kreativ munosabatlar namunalari mavjudligi,
- innovatsion munosabatlarning tartibliligi darajasi.
Informatsion xabardorligi darajasi taklif etilgan yechimni turlicha yo`llar bilan
o`zgartirish, ularni turli yo`llar bilan tiklash darajasi yo`li bilan o`rganilgan. Yuzaga
keltiruvchi tajribalar, innovatsion amaliyot davrida munosabatlar tartib-qoidalariga
solinmagan sharoitlar yaratilishi, informatsion ma`lumotlar ko`pligi, kreativ
namunalar ko`rsatib berilganligidan iborat ekanligi aniqlangan.
Tajriba yakunlangandan so`ng sinov va tajriba guruhlari yakuniy test o`tkazish
bilan taqqoslanib ko`rilgan. Tajribaning boshlanishi, o`rtasi va oxirida talabalarning
innovatsion munosabatlari va kreativlik darajasi, o`rtacha ko`rsatkichlar ifodalari
qo`yidagicha baholangan.
Tajribalar natijalari tekshirilayotgan uchta ko`rsatkichlar uch turi bo`yicha katta
farqlar borligini ko`rsatgan.
Birinchi bosqichda shaxsiy sabablar ko`rsatkichi o`sgan.
Ikkinchi bosqichda shaxsiy sabablilik va mahsuldorlik o`sgan.
Uchinchi bosqichda esa mahsuldorlik, refleksiv ko`rsatkichlar yuqori bo`lgan.
Tatqiqotlar so`ngida olima qo`yidagi xulosalarga kelgan. Ya`ni innovatsion
faoliyatning shaxsiy sabablilik ko`rsatkichining o`sib borishi shaxsiylik darajasining
yanada chuqurroq o`zgarishlariga olib keladi. Ya`ni talabalarning:
- izlash jarayoniga emotsional ishtiroki.
- maktab muammolarini qo`yish va tushunish o`sadi,
- amaliy ishlarda mashg`ulotlarni davom ettirish istagi yuzaga keladi,
- erishilgan sabablilik darajasini qo`llab-quvvatlash mahsuldorlik faoliyati
darajasi ham o`sadi.
52
Tajriba-sinov ishlari jarayonida olima innovatsion faoliyatning rivojlanish
jarayoni aynan shaxsiy sabablilik darajasidan boshlanishini ta`kidlagan holda, hamma
sodir bo`layotgan hodisalarga quyidagi singari o`ziga hos munosabat ishlab
chiqilishini bildiradi:
1.
Mazmunini izlash.
2.
Yashirin tomonlarini ko`ra bilishga intilish.
Tajribalar ma`lumotlari;
- yuqori boshlang`ich kreativ munosabat darajali talabalar ko`pchiligi yangi
barqaror yuqori darajaga erishganliklari, ular yuqori mahsuldorlik bilan ajralib
turishlarini ko`rsatgan:
- o`rtacha kreativ darajali ko`pgina hollarda bir qancha harakatchanlik
ko`rsatgan,
- past kreativlik talablar kamdan-kam yangi darajaga erisha olganlar, ular
harakatchanlik qilmasdan, ko`pincha ilgarigi birlamchi yechimga qaytganlar.
Shu bilan birga olima qo`yidagi ilmiy-nazariy ma`lumotlarni ham keltirganlar.
Yuqoridagidek holat, kreativlikning oshishiga rivojlantiruvchi muhitning mos
ravishda ta`siri sababli, bir yo`nalishli bo`lmaydi. Iinovatsion faoliyatning o`zgarishi
umumiy tendensiyasi quyidagi xususiyatlarga ega: hamma ko`rsatkichlari ancha
o`sishi ketidan ularning bir oz pasayishi kuzatiladi, bu ma`lum darajadagi emotsional
pasayish va diskomfort o`zini noqulay sezish bilan bog`liq bo`ladi, rivojlanish muhiti
innovatsion munosabat vazifasi va uslublaridan iborat bo`lishi kerak. Talabalar
noma`lum yechimlarni izlash uslublari va metodologiyasini egallagan bo`lishlari
kerak.
Innovatsion faoliyatga yondoshish sifatida o`qituvchilardan ilmiy tekshirish
metodikasini o`zlashtirib olishni talab etadi. Talabalarning tajriba maydonida
tekshirish ishlarini «harakatdagi tekshirish», odatdagi qarashlar, yondoshishlarga
qarama-qarshi deb nomlanishi mumkin, Asosiy e`tibor innovatsion faoliyat
texnologiyasidan ko`ra ko`proq bilimga qaratiladi. Tajriba maydonchasidagi
ishlardan asosiy maqsad talabalarni innovatsion jarayonga jalb etish, bunda ularni
o`qituvchi bilan birgalikda o`z mualliflik dasturini sinab ko`radi, yangilik kiritish
53
uslublarini aniqlaydi, tatbiq etish samarasini baholaydi. Talabalar tekshirish guruh
larini tuzish o`ziga hos talablarni o`qitish ob`ekti sifatidagi modeli muqobil
gumanistik modelni ko`zda tutadi.
Bunday shaklda ish olib borishning qimmatli tomoni bo`lajak o`qituvchilarga
tajribada faol va bevosita ishtirokchilar sifatida qaraladi. Ularni tanqidiy mulohaza
yuritishga, tanlay bilishga, muqobil texnologiyani amalga oshirishga, natijalarni ko`ra
bilishga o`rgatiladilar. Shu bilan birga butun pedagogik jamoasi birga ijodiy
hamkorlik qilish sharoitida faoliyat ko`rsatadilar. Ilmiy tekshirish uslubi va guruhli
ish yuritishni bir-biriga bog`lab ish olib borish guruhli tekshirishlarni tashkil qiladi,
ana shu tajriba maydonida talabalarni uyushtirish texnologiyasi asosini tashkil etadi.
Guruhli ish olib borish bilan birga o`quv ustasi bilan individual ish olib boriladi.
Guruhli ish olib borishning o`ziga hosligi, mashg`ulotlar seminar-munozara
shaklida olib boriladi. Har bir talaba ilmiy tekshirish ishtirokchisi bo`lib, muammo
bilan shug`ullanadi. Shunday variantlar ham sinab ko`riladi: 2-3 talaba bir
muammoni turli yoshdagi guruhlar hamda turli nuqtai nazardan ishlab chiqadilar. Bir
oyda bir marta uchrashib talabalar o`z tekshirishlari davomidagi natijalaridan
xabardor qilib, munozara va jonli fikr almashish ko`rinishida keyingi muammoni
muhokama qiladilar, tajriba olib borish davomida bo`lajak o`qituvchilar rahbar
pedagog bilan hamkorlik qiladilar. Bizning ishimizning masalalaridan biri talabalarga
shaxsiy talablariga yarasha innovatsion tajriba berish edi.
Butun tajriba ishlari uch bosqichdan iborat bo`ldi; birinchisi-sabablarini aniqlash
/tashhis(diagnostika)/ - «erta rivojlanish maktabi» kontseptsiyasini tatbiq etishda
pedagog va bolalar qiyinchiliklarini aniqlashga qaratiladi.
Ikkinchi bosqich ta`lim beruvchi ilmiy-tekshirish ishlari mahorati va
ko`nikmalarini ishlab chiqishga bag`ishlandi. Bir qancha birinchi mashg`ulotlar
bolalar erta rivojlanishi muammosi bo`yicha ilmiy adabiyotlarni o`rganish,
maktabgacha tarbiya va boshlang`ich maktabda bolalarni rivojlantirish turli
kontsepsiyalarini analiz qilish qo`llanishi mumkinligi va tizim tashkil etuvchi
bog`liqliklarni aniqlash, o`z va muallif nuqtai nazariga annotatsiya va interpretatsiya
tuzish ishlari olib borildi.
54
Ta`lim berish turidagi keyingi mashg`ulotlar maktabda innovatsion ishlar
o`tkazish uslublarini egallashga qaratildi; kuzatish haritalarini tuzish, muallif
kontsepsiyalarini aniqlash, tatbiq etishni borishi va natijalarini qiyinchiliklarini ko`ra
bilish. Yakuniy maqsad yagona mualliflik kontsepsiyasini ko`rishdan iborat bo`lib,
unga kichik guruhlarda muhokamalar (yordam) sabab bo`ldi. Talabalar ilmiy-
tekshirish ishlarini rag`batlantirish uchun o`qituvchi-novatorlar o`z yangiliklarini
kiritish
tajribalari
bilan
o`rtoqlashdilar.
Yakunlovchi
bosqich
mualliflik
kontsepsiyasini yozma ifoda etishdan iborat bo`ldi. Seminarda ishni tashkil etish
yangiliklarni tatbiq etish bosqichlarini tashkil etish kabi muammolar ko`rib chiqildi.
Endi bo`lajak o`qituvchilar mualliflik kontsepsiyalarini ishlab chiqish ba`zi
muammolari, bo`lajak ishlar umumiy kontsepsiyalarining ifoda etishda to`xtalib
o`tamiz. Kontsepsiya -lotin tilidan, tarjima - tushunish, tizim ma`nosini bildiradi: qay
bir predmetni talqin etish, izohlash aniq uslubiyati, hodisa, jarayon: predmet yoki
asosiy nuqtai nazar ularni muntazam yoritish uchun g`oya. «Kontsepsiya» termini
shuningdek asosiy mazmuni ko`rsatish uchun, ilmiy, badiiy, texnik, siyosiy va
boshqa faoliyat turlari konstruktiv tamoyilni ko`rsatish uchun ishlatiladi. Kontseptual
g`oyalar ko`pincha tamoyil ko`rinishida yuzaga keladi. Ma`lumki maktabni tubdan
o`zgartirish umumiy yo`nalishni tanlash ikki har xil yo`llar bilan amalga oshiriladi.
Birinchisi bu «yuqoridan» harakatlanish - anglab tanlashdan nazariy kontsepsiya
psixologik-pedagogik madaniyat va uni o`zgarish maqsadida uni amalda
(gavdalantirish) yuzaga keltirish.
Ikkinchi yo`l - «pastdan» harakatlanish - amaliy ish, uslub va metodlari
topilmalaridan - ularni kontsepsiyalashtirish.
Birinchi holda kontsepsiyani qabul qilish va tushunishdan uning tamoyilini
amaliy amalga oshirish muhim bo`lib qolar ekan.
Ikkinchi holda - amaliyotga nisbatan reflektsiya usullarini tashkil etish, intiutiv
topilgan metod va uslublarni tasvirlash uchun kategorial tipga ega bo`lish.
Pedagogik o`quv yurtlari uchun pedagogik kontsepsiyani tanlash birinchi uslubi
ko`proq ma`qul, qulay bo’lib chiqdi. Ammo kontsepsiyalarni amalda qo`llash ularni
55
nazariy umumlashtirish talabalarda ma`lum ob`ektiv va sub`ektiv qiyinchiliklar
tug`diradi. Ulardan ba`zilarni ko`rib chiqamiz.
Psixologik-pedagogik fanda ancha ko`p turdagi ta`lim kontsepsiyalari yoki
bilimlarni o`qitish va tarbiyalash alohida kontsepsiyalar berilgan. Ular mantiqiy
yagonalik, tizimlilik xususiyatlari o`zining matn tuzilishidan to`g`ri tashkil etilganligi
va madaniyatlilikka ega. Ammo ularni jonli pedagogik faoliyatini rivojlantirish va
qayta tuzish vositasiga aylantirish jarayoni oddiy emas. Amaliy metodik statusiyga
keltirilmagan nazariy bilimlar bo`lajak o`qituvchilar tomonidan ba`zi umumiy
qoidalar sifatida talqin qilinadi. Aytarli tekis va yagona kontsepsiyadan kelib
chiqilgan tavsiyanomalar maktab amaliyotida foydalanganidan ba`zida pedagog
ongida takliflar ro`yxati tusini oladi, ulardan ba`zilar ochiq oydin, unga befoyda,
boshqalar amalda qo`llab bo`lmaydigan, chunki ulardan pedagog faoliyati oqimida
foydalanish qiyin bo`ladi. Bundan tashqari psixolog fikricha talabalar yoshi o`z-
o`zidan amalga oshib ketaveradigan ma`lum ijtimoiy inforitalizm bilan ta`riflanadi.
Keyingi qiyinchiliklar guruhi pedagog o`zi izlab topgan uslublarni
umumlashtirish va tasvirlab bera olmasligi bilan bog`liq. Tekistlarni ifoda etish
sxematik ko`rinishda bo`lib, yangilikning mazmunini qamrab olmaydi. Ular metodik
talab va qoidalar sifatida taqdim etiladi, ba`zida yarim yillik bo`yicha mashg`ulotlar
tematikasi, ularni pedagog innovatsion faoliyat uchun ahamiyatliroq hisoblaydi. Bu
ro`yxatga u aniq hisobga olgan va anglab etganlari hammasi ham kiritilmaydi.
Qoidalar bir qismi pedagog faoliyatida unchalik ko`zga tashlanmay o`z-o`zidan
ma`lumdek, tushuniladi.
Shuning uchun uslub va topilmalarni etkazish ularni interpretatsiya qilish va
tushunish to`laligicha faqatgina jonli faoliyatda namoyish etilishi mumkin. Bekamu-
ko`st va tizimlashtirib ta`riflab bermaslik talabaga kontseptsiya yaratishgacha
ko`tarila olishiga va pedagogik amaliyotni tushunib tashkil etishga imkon bermaydi.
G`oyani haqiqiy qabul qilingan model, so`ng esa amaliy qo`llaniladigan dasturga
aylantirish uzoq davom etadigan va murakkab jarayon. U talablar, ilmiy rahbarning
loyiha ustida va muhim ikki omillarga tegishli qayta tashkil etish tizimi ustida
birgalikda chuqur izlanish ishlarini olib borishlarini ko`zda tutadi. Ulardan birinchisi
56
asosiy tashkiliy qismini, aniq ifodalangan strategik va taktik muvaffaqiyatlari
namunalari sifatida, ko`rsatish bilan bog`liq. Ikkinchi muhim omil, ta`lim tizimi bir
yoki bir necha tashkil etuvchilarni o`zgartirish bilan bog`liq bo`lgan ko`zlangan
maqsad va yutuqlarga javob bera oladigan vosita va uslublarni ishlab chiqishdan
iborat bo`ladi: o`quv mazmuni, ularni o`zlashtirish shakli, o`quv tarbiya jarayonining
mazmun va harakteri.
Aniq ifoda etilgan maqsad va g`oyalarni texnologiyalar, o`zaro hamjixatlik va
o`quv mazmuni bilan o`zaro bog`lay olish o`qituvchining innovatsion madaniyati
muhim mezoni hisoblanadi. Loyiha mazmunini qabul qilingan va rivojlantiriladigan
dasturga aylantirish uchun analiz, tuzatish dasturining hamma tashkil etuvchilari
o`rtasidagi qarama-qarshiliklarni aniqlash bo`yicha jamoatchilikdan ko`p kuch,
harakat talab qiladi.
Amaliy tajriba ishlari talabaning innovatsion faoliyatga tayyorlashda shaxsiy
yo`naltirilish texnologiyasini qo`llash samarasini tasdiqladi. Bizning tajribalarimizda
talabalarni rivojlantirish refleksiv innovatsion uslublardan foydalanildi: tashkiliy-
faoliyat o`yinlari, innovatsion amaliyot, tajriba maydonida tekshirishlari va
boshqalar. Ushbu uslublar asosiy mazmuni innovatsion muammolarni yechish
umumlashtirilgan uslublarni egallash, mutaxassislik reflektsiyasini rivojlantirishdan
iborat. Muammoni yechish yo`llarini birgalikda izlash jarayonida yaratiluvchi
innovatsion faoliyatni shakllantirish ishtirokchilar harakatlari talabalar tomonidan
o`zlashtiriladi va mutaxassislik muammolarni yechish bo`yicha shaxsiy vositalari
bo`lib qoladi. O`qituvchining innovatsion holatga tayyorligi diagnostikasi tajriba
ishlarini boshlashdan avval va ularni yakunlashdan so`ng qayd etildi.
Innovatsion faoliyatga tayyorgarlikni ko`rsata oladigan quyidagi ko`rsatkichlarni
biz belgilab oldik: innovatsion faoliyat zarurligini tushunib etish; yangiliklarni
maktabga kiritish bo`yicha ijodiy faoliyatini jalb etishga tayorgarlik, innovatsiyalar
kiritishga qaratilgan harakatlar natija keltirishiga ishonish. Shaxsiy maqsadlarni
innovatsion faoliyatlar bilan mosligi, muvofiqligi; ijodiy muvaffaqiyatsizlikni
engishga tayyorlik innovatsion faoliyatning mutaxassislik va shaxsiy madaniyat bilan
uyg`unligi o`z ilgarigi tajribalarini innovatsion faoliyat nuqtai nazaridan qabul qilish
57
innovatsion
faoliyatning
mutaxassilik
mustaqilligiga
ta`siri.
Mutaxassislik
reflektsiyaga qobiliyatlilik.
Innovatsion faoliyat evrestik uslublarni egallab olish kreativlikni rivojlanishiga
katta turtki beradi, ammo har doim ham ijodiy masalalarni muvaffaqiyatli hal etishga
kafolat bermaydi. Kreativlikni rivojlantirish uchun demokratik munosabatli
cheklanmagan muhit va ijodiy shaxsdan iborat olishlari kerak, O`qituvchi kreativligi
rivojlanishi mikromuhit ta`siri ostida, sabablar tizimi va shaxsiy xususiyatlarni
yuzaga keltirishdan iborat, olish ta`sirida boradi (nonkonfertizim, mustaqillik o`zini
dolzarblashtirish sabablari). Ammo pedagogik amaliyot davomida pedagogik jamoa
va talabalar o`rtasida ko`pincha qarama-qarshi munosabatlar o`rnatiladi. Bo`lajak
o`qituvchilar o`rtaga o`quvchiga qarab yo`l tutishi, dasturlar bir shaklga keltirilishi,
pedagogik faoliyatni qattiq chegaralanganligi sababli bosim, taziq sezadilar.
Talabalarning reproduktiv ishlash turlariga qarshiliklari, ularning muammolarga juda
ta`sirchanligi esa ko`pincha o`jarlik deb baholanadi. Ko`pincha iste`dodli talabalarni
o`quvchilar ularning metodik usullarini qaytarmaganliklari uchun tanqid qiladilar.
O`qituvchining mutaxassis bo`lib etishida - talabalar ibrat oladigan mutaxassis shaxsi
- katta rol o`ynaydi. Kreativlik rivojlanishi uchun balki muhitning ma`lum darajadagi
qarshiligi va iste`dodlarni rag`batlantirish zarurdir.
Innovatsion faoliyat refleksiv tashkil etuvchilari shakllanganligini sifatini tahlil
qilish mutaxassislikka tayyorlash davrida talabalarda jarayonlarni tahlil qilish
umumiy uslubi haqida bilimlar tizimi yuzaga kelishini ko`rsatdi. Bo`lajak
o`qituvchilar innovatsion faoliyat tuzilishi va tarkibini muvaffaqiyat bilan ko`rsata,
ajrata oladilar, bolalarni o`qitish va tarbiyalash texnologiyasi yoki kontsepsiyasiga
ayrim o`zgarishlarni kiritadilar.
Keyinchalik biz mujassamlashgan materialni bolalar tomonidan anglanish bilan
bog`liq bo`lgan konkret formalariga murojaat qilamiz. O`qitish usullari orasida biz
ijodiy izlanishlar asosida sistematik muammolar yechimi, baxs va didaktik o`yinlar
tashkilotini ajratib olamiz. Sanab o`tilgan metodlarning biz alohida e`tiborni didaktik
va orbarzli o`quv o`yinlariga qaratamiz. Ular mumkin qadar ko`proq ijodiy kasbiy
izlanishlar vaziyatni keltirib beradi. Didaktik o`yinlarning metodik asoslari ular
58
strukturasida joylashgan, u 4 bosqichni qamrab olgan. 1. Mo`ljallash – o`rganiladigan
mavzuni tanishtirilishi, imitatsiya va uning qoidalarini harakteristikasi, o`yinni butun
jarayonini ko`rinishi. 2. O`tkazishga tayyorgarlik – senariy balki uning masalalarini,
hollarini, uning protseduralarini bayoni. O`yinni o`tkazish uchun katta ahamiyatni
uning senariysi tashkil etadi.
Senariy o`ziga quyidagi bo`limlarni oladi: o`yin sharoitini tasvirlash, o`yin
atributlari, o`yin ishtirokchilarining harakatini ishlab chiqilishi, tashkil etish
harakteristikasi, o`yin ishtirokchilariga metodik ko`rsatmalar yaratish.
Do'stlaringiz bilan baham: |