Agarbiz o’zbekistonimizni dunyoga tarannum etmoqchi, uning qadimiy tarixi va yorug; kelajagini ulug’lamoqchi, uni avlodlar xotirasida boqiy saqlamoqchi bo’lsak, avalombor buyuk yozuvchilarni, buyuk shoirlarni


BOSHLANG’ICH SINF DARSLARINI INTEGRATSIYALASH METODIKASI



Download 5,66 Mb.
Pdf ko'rish
bet208/427
Sana22.02.2022
Hajmi5,66 Mb.
#82351
1   ...   204   205   206   207   208   209   210   211   ...   427
Bog'liq
form 312-27294

BOSHLANG’ICH SINF DARSLARINI INTEGRATSIYALASH METODIKASI 
 
NORBO’TAYEV X.B., TerDU. 
Ma’lumki, mamlakatimiz ta’lim tizimida ulkan islohotlar amalga oshirilmoqda. Jumladan, maktabda ta’lim-
tarbiyani takomillashtirishda olimlar, pedagoglar diqqatini fanlararo aloqadorlik masalalariga qaratishni talab qilmoqda. 
Buning boisi shuki, fan-texnikaning jadal rivojlanishi o’quvchilarda yuksak ma’naviyat, erkin fikrlash, g’oyaviy-siyosiy 
yetuklik, ilmiy dunyoqarashga asoslangan e’tiqodni shakllantirishni dolzarb muammoga aylantirdi. O’quvchilarda bu 
sifatlarni shakllantirishda fanlararo aloqadorlik katta imkoniyatlarga ega. 
Keyingi yillarda fanlar o’rtasidagi fanlararo bog’lanishni integratsiya atamasi bilan yuritish odat tusiga 
aylangan. 
Integratsiya - lotincha “integratio” so’zidan olingan bo’lib, to’liq, yaxlit, bir butun degan ma’nolarni bildiradi. 
Darhaqiqat, boshlang’ich maktab ta’lim-tarbiyasini integratsiyalash muammosi nazariya uchun ham, amaliyot 
uchun ham muhim va dolzarbdir. Boshlang’ich ta’limni integratsiyalash masalasiga keyingi paytda bir qancha 
yondashishlar bo’ldi: darsni ikki fan o’qituvchisi olib borishi yoki ikki fanni bir darsga birlashtirib, uni bir o’qituvchi 
tomonidan o’qitishdan to integratsiyalangan kurslar tashkil etish haqida turli qarashlar e’tirof etilgan.
Boshlang’ich ta’lim tabiatshunoslik darslarida fanlararo aloqadorlikni amalga oshirish o’quvchilarning 
faktlarni tahlil qilish, hodisa va jarayonlarni o’rganishda sabab-oqibat bog’lanishlari mohiyatini tushunish, o’quv fanlari 
bo’yicha avval o’zlashtirgan bilimlarini yangi vaziyatlarda qo’llashi orqali o’quv materialini ongli o’zlashtirishga 
erishishga zamin tayyorlaydi. Hozirgi kunda asosan tabiatshunoslik bo’yicha bilimlar tashkil etuvchi integratsiyalangan 
kurs yaratish moammosi dolzarb bo’lib turibdi. Bular boshqa turdagi bilimlarni jipslashtiruvchi asosiy vazifani o’z 
zimmasiga oladi. Bunday yondashish anchadan beri ma’lum va chet el maktablari tajribasida hal etilgan. Bunda so’z 
faqat sinflarda emas, balki umumiy ta’limning o’rta va tugallovchi bo’g’inlarida ham bir qator fanlarning mazmunini 
integratsiyalash ustida bormoqda. Bu integratsiyalangan fanga tabiat va jamiyatning birligini tushunish uchun zarur 
bo’lgan bir qator ijtimoiy-iqtisodiy, axloqiy-estetik g’oya va tushunchalarni kiritish ko’zda tutilgan.
Tabiatshunoslikni o’qitishda fanlarni integratsiyalash, ya’ni fanlararo bog’lanishni amalga oshirish ta’lim - tarbiya 
jarayonining muhim didaktik sharti bo’lib, u quyidagi vazifalarini bajaradi: 
1. O’quvchilar uchun asosiy bilim manbayi bo’lgan o’quv materialining ilmiyligi va izcilligi, boshqa tabiiy 
fanlardan o’zlashtirilgan tushuchalarning didaktik bog’liqligini ta’minlaydi. 
2. Tabiiy fanlarni integratsiyalash, ya’ni o’qitishda fanlararo bog’lanishni bosqichma - bosqich va izchil 
amalga oshirish orqali o’quvchilarning ilmiy dunyoqarashini kengaytirishga imkon yaratadi.
Tabiat va jamiyatda sodir bo’ladigan turli voqea hodisalarning, ular orasidagi aloqalarning bir - biriga bog’liq holda 
rivojlanishini fanlar integratsiyasi asosidagina tushunib yetish mumkin. Tabiat bilan jamiyatni alohida-alohida o’rganish 
ularga oid tarqoq bilimlarni shakllantirishga olib keladi. Bunday bilimlar tabiat va jamiyatning bir butunligi 
insoniyatning tabiatda tutgan o’rni, insoniyat oldida turgan global muammolar mohiyatini to’g’ri tushinish va uni 
oqilona hal qilish uchun tizimli yondashuv zarurligi haqidagi tasavvurlar hosil bo’lishiga imkon bermaydi.
Tabiat va jamiyat qonunlari o’rganuvchi integratsiyalashuv, ularning o’zaro yaqinlashuvi va birlashuvi ob’ektiv 
jarayon hisoblanadi. Inson tabiatning tarkibiy qismi, fanlarning asosiy o’rganish ob’ekti hisoblanadi
1

Boshlang’ich sinf tabiatshunoslik darslarida fanlararo aloqadorlikni samarali amalga oshirish o’quvchilarning yangi 
o’quv materiallarini qabul qilishga tayyorlash, fanlararo bog’lanishni amalga oshirish, muammoli vaziyatlarni yaratish, 
shuningdek, har bir darsni rejalashtirish va ularni mohirona o’tkazish o’qituvchidan chuqur va puxta tayyorgarlik 
ko’rishni talab qiladi. Bu esa o’z navbatida dars samaradorligini orttirishga xizmat qiladi. Jumladan, fanlararo o’qitishda 
gorizantal bog’lanish deganda o’quv fanlari mavzulari dastur va o’quv rejasi asosida sinflararo parallel bog’lanish 
tushuniladi. Darhaqiat, 3-sinf “Tabiatshunoslik” darsligidagi “Tabiatni muhofaza qilish”, “Bug’doy”, “Mevali daraxt va 
bulutlar”, “Maktab gulzorida” mavzularini, 3-sinf “O’qish” darsligidagi “Non haqida” (hikoya), “Bog’im” (she’r Habib 
215 


Raxmat), “Gulzorda” (Mehrobdan chayon ramanidan parcha) mavzularini fanlararo o’zaro bog’lab tushuntirish misol 
bo’ladi. Bu bog’lanish turi asosan, dars jarayonida sinflararo parallel ravishda shallantiriladi.
Dars jarayonida fanlararo aloqadorlikni samarali amalga oshirish o’quvchilarni yangi o’quv materiallarni qabul qilishga 
tayyorlash, fanlararo, mavzulararo bog’lanishni amalga oshirish, muammoli vaziyatlarni yaratish, shuningdek, har bir 
darsni rejalashtirish va ularni mohirona o’tkazish o’qituvchidan pedagogik mahoratni talab qiladi
2

Quyida boshlang’ich sinf tabiatshunoslik darslarida fanlararo aloqadorlikni yo’lga qo’yish va undan 
mohironalik bilan foydalanish bo’yicha dars ishlanmasi keltirilmoqda. 
Darsning mavzusi: Tabiatni muhofaza qilish (Tabiatshunoslik, 3-sinf). 
Darsning ta’limiy maqsadi: Tabiatshunoslik va odobnoma fanlarini o’zaro bog’lash orqali nazariy va amaliy 
bilimlarni shakillantirish. 
Darsning tarbiyaviy maqsadi: fanlararo ekologik tarbiya berish. 
Darsning rivojlantiruvchi maqsadi: fanlararo mantiqiy tafakkurni o’stirish.
Darsning jihozi: Tabiatshunoslikni o’qitishda fanlararo bog’lab, tushuntirishga doir turli ko’rgazmali vositalar. 
Darsning metodi: hamkorlikda o’qitish texnologiyasi asosida “Kichik guruhlarda ishlash” metodi. 
Darsning borishi:
I. Tashkiliy qism. Salomlashish, navbatchi axboroti, o’quvchilarni darsga tayyorlash. 
II. O’tgan mavzu yuzasidan o’quvchilarning o’zlashtirgan nazariy bilimi, amaliy ko’nikma va malakalarni 
nazorat qilish va baholash.
“Insonning tabiatga ta’siri” mavzusi yuzasidan qisqacha savol-javob o’tkaziladi. O’tgan mavzuni 
mustahkamlash uchun “T-jadval” texnologiyasidan foydalaniladi. Bunda o’quvchilar insonning tabiatga salbiy va ijobiy 
ta’sirlarini ajratib yozishlari lozim bo’ladi. 
III. O’quvchilarni dars mavzusi, maqsadi, borishi jarayoni bilan tanishtirish. 
O’qituvchi o’quvchilarning fanlararo bilimlarini reyting usulida baholagandan so’ng, ularning eng avvalo, 
tabiatshunoslik va odobnoma o’quv fanlaridan o’zlashtirgan bilimlarini aniqlaydi. So’ngara o’quvchilarni dars mavzusi, 
maqsadi, hamkorlikda o’qitsh texnologiyasining ta’lim jarayonida o’rni va ahamiyati, shuningdek, o’quvchilarni 
guruhlarga ajratib, bajariladigan o’quv topshiriqlari bilan tanishtiradi.
IV. Yangi mavzuni o’rganish. 
Aziz o’quvchilar! Bugungi mavzumizni “Odobnoma” darstligidagi “Hayvonlarga munosabat. O’zbekistondagi 
qo’riqxonalar” mavzusi bilan o’zaro aloqadorlikda olib boramiz. Mazkur mavzuni o’rganishda “Kichik guruhlarda 
ishlash” metodi orqali sinf guruhlarga bo’linib har bir guruhga mavzuni yorituvchi muammoli savollar beriladi. 
1- guruhga: Odamlar tabiatdan qanday maqsadlarda foydalanadilar?
2- guruhga: Yer osti va usti boyliklarini qanday tejash mumkin? 
3- guruhga: Tabiat qanday yo’llar bilan muhofaza qilinadi?
4- guruhga: Yo’qolib ketishi mumkin bo’lgan hayvon va o’simliklar qanday qo’riqlanadi? 
5-guruhga: Bizning mamlakatimizda hayvon va o’simliklarni qo’riqlash qanday yo’lga qo’yilgan?
6-guruhga: Qo’riqxonalar haqida ma’lumot bering. 
O’quvchilarning fikrlari tinglanadi va tahlil qilinadi. O’qituvchi qo’shimcha ma’lumotlar beradi. 
Odamlarning tabiatga ta’siri ortib, tabiat boyliklarining, hayvon va o’simliklarning yo’qolib ketish xafi paydo 
bo’ladi. Shu sababli tabiatni muhofaza qilish chora tadbirlari ko’rilmoqda Masalan, yer usti va yer osti boyliklaridan 
oqilona, tejab-tergab foydalanish, o’rmon daraxtlarini terab kesish va o’rniga boshqasini ekish, xafini oldini olish 
maqsadida “Qizil kitobga” kiritish ishlari olib borilmoqda. 
Biz mavzuni odobnoma darsligi orqali o’rgangan edik. Hamma odobnoma darsligidagi “Hayvonlarga 
munosabat. O’zbekistondagi qo’riqxonalar” mavzusiga qaraydi. Mavzuda hayvonlarning ahamiyati ularning 
xususiyatlari haqida ma’lumotlar berilgan. Unda o’simlik va jonivorlarni asrash uchun mamlakatimizda 9 ta qo’riqxona 
va 3 ta milliy va tabiiy bog’lar barpo etilgani aks etgan. 
Darslikdagi har ikkala mavzularda ham “Qizil kitob” haqida ma’lumotlar keltirilgan, keling solishtirib 
ko’ramiz. “Odobnoma” darstligida “Qizil kitob” ning rasmi berilgan bo’lib, unga keltirilgan hayvonlarning nomlari 
kitob haqida qo’shimcha ma’lumotlar keltirilgan.
“Tabiatshunoslik” darsligida esa bu kitobga kiritilgan o’simlik va hayvonlarning ahamiyati va nima sababdan 
“Qizil kitob”ga kiritilganligi darslikda aniq bayon etilgan.
Demak, “Tabiatshunoslik” darsligidagi “Tabiyatni muhofaza qilish” mavzusi “Odobnoma”darsligidagi 
“Hayvonlarga munosabat. O’zbekistondagi qo’riqxonalar” mavzusiga mos kelishi mavzulararo misollarda tushuntirilib, 
tabiatdagi barcha narsalarning bir-biri bilan uzviy bog’liqligi, o’zaro aloqadorligi, shuningdek, tabiatni asrash, uni 
muhofaza etish borasidagi ekologik bilimlar rivojlantirilib boriladi. 
V. Yangi mavzuni mustahkamlash. “Tabiatshunoslik” darsligidagi “Tabiatni muhofaza qilish” mavzusidan 
kerakli xulosalar chiqariladi va quydagi savollar beriladi. 
1. Tabiatni nima uchun muhofaza qilish zarur bo’lib qoldi? 
2. Tabiat boyliklaridan oqilona foydalanish deganda nimani tushunasiz? 
3. Qo’riqxonalar qanday maqsadda tashkil etiladi?
4. “Qizil kitob” deb qanday kitobga aytiladi. 
VI. Uyga vazifa berish. 
“Tabiatshunoslik” darsligidagi “Tabiatni muhofaza qilish” mavzusini “Odobnoma” darsligidagi “Hayvonlarga 
munosabat. O’zbekistondagi qo’riqxonalar” mavzularini o’zaro bog’lab o’qish va xulosalar chiqarish. 
216 



Download 5,66 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   204   205   206   207   208   209   210   211   ...   427




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish