Agarbiz o’zbekistonimizni dunyoga tarannum etmoqchi, uning qadimiy tarixi va yorug; kelajagini ulug’lamoqchi, uni avlodlar xotirasida boqiy saqlamoqchi bo’lsak, avalombor buyuk yozuvchilarni, buyuk shoirlarni


O’QUVCHILARNI MA’NAVIY OLAMINI RIVOJLANTIRISHNING



Download 5,66 Mb.
Pdf ko'rish
bet207/427
Sana22.02.2022
Hajmi5,66 Mb.
#82351
1   ...   203   204   205   206   207   208   209   210   ...   427
Bog'liq
form 312-27294

 
O’QUVCHILARNI MA’NAVIY OLAMINI RIVOJLANTIRISHNING
PEDAGOGIK AHAMIYATI 
 
NORBEKOVA B., JDPI. 
 
Ma`naviyat har bir insonning ichki ruhiyatining ijobiy qirralari, aql-zakovati, uning o`z- o`zini anglashi aniq 
masalalar sari faollik ko`rsatish salohiyatidir. Qush bitta qanotda ucha olmagani singari inson ham madaniyat va 
ma`rifatsiz yashay olmaydi. Bugungi kundagi dolzarb masalalardan biri inson va jamiyat ma`naviy hayotini boyitish, 
komil inson, iymon-e`tiqodi butun erkin fuqaro ma`naviyatini shakllantirish hisoblanadi. Xalqimizni ommaviy 
madaniyatdan, tarixdan mavjud va boy bo`lgan ma`naviyatimizni esa yot begona ta`sirlardan asrashimiz zarur. Bu 
,,qayg`u“ barchamizning zimmamizdadir. 
Mustaqillik asoschisi Respublikamizning birinchi prezidenti Islom Karimov ma`naviyat tushunchasiga 
to`xtalar ekan, “bugungi shiddatli(globallashuv) davrda chinakam ma’naviy va ma’rifatli odamgina inson qadrini 
bilishi,o’z milliy qadriyatlarini, milliy o’zligini anglashi, erkin va ozod jamiyatda yashashi mustaqil davlatimizning 
jahon hamjamiyatida o’ziga munosib o’rin egallashi uchun fidoyilik bilan kurasha olishi munkin”-deb ta`kidlaydi. 
Ma`naviyat jamiyatni rivojlantirishdagi muhim omil ekanligi, uning shaxs faolligi va mehnat unumdorligini oshirish 
jamiyatda totuvlik va yakdillikni ta`minlashda qudratli kuch ekanligini anglashimiz uni yoshlarimizga ham 
singdirishimiz zarur. 
Birinchi Prezidentimiz ma’naviyatga alohida e’tibor qaratganlar. Shu o’rinda I.A.Karimovning ushbu so’zlarini 
keltirish o’rinli:”Nafaqat davlat rahbari,avvalambor,buyuk tarix,ma’daniyat va ma’rifat egasi bo’lgan xalqimizning bir 
farzandi sifatida,ana shu bebaho boylikni asrab avaylash uni har xil oshkora va pinhona hujumlardan himoya qilish 
haqida qayg’uradigan bir inson sifatida yuqorida zikr etilgan o’ta mihim va o’ta nozik bu masalalar meni ham ko’pdan 
buyon o’ylantirib keladi”. 
Haqiqatdan ham ma’naviyat har bir inson,har bir davlat hayotida muhim ahamiyatga ega.Chunonchi milliy 
xavfsizlikni ta’minlashdagi muhim omillardan biri bu- ma’naviy tarbiyaning ahamiyatidir.Ma’naviyatni tiklash,tug’ilib 
o’sgan yurtda o’zini boshqalardan kam sezmay,boshni baland ko’tarib yurishi uchun insonga,albatta,tarixiy xotira 
kerak.Tarix- xalq ma’naviyatining asosidir. Darhaqiqat bizning boy ma’naviy tariximiz ming yillar qariga borib 
taqaladi.”Ezgu fikr, ezgu so’z, ezgu amal” bilan qilinadigan ishlar beminnat hojatbororlik, sahovatpeshalik,yuksak 
ma’naviyatga insonning zarur hislati deb qaralishi I.A. Karimov asarlarida jamiyat hayotining ustuvor g’oyasi sifatida 
yoritilgan. Xususan “ Yuksak ma’naviyat- yengilmas kuch” asarida odamzod uchun barcha davrlarda ham eng buyuk 
boylik bo’lib kelgan ma’naviyatning ma’no-mazmuni,inson va jamiyat hayotidagi o’rni, ahamiyati, bu 
murakkab,serqirra tushunchaning nazariy-amaliy tamonlari keng qamrovli fikr va xulosalar orqali yoritilganligini 
ko’rishimiz munkin. 
O`zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidenti I.A. Karimov YUNECKO ijroiya kengashining 155- 
sessiyasining yakunlovchi majlisida so’zlagan nutqida “Kirib kelyotgan XXI asrda dunyoni madaniyat va ma’naviyat 
214 


qutqaradi” deb ta’kidlaganligi bejiz emas.Chunki mafkura paligonlari, yadro paligonlaridan ham ko’proq kuchga ega bu 
zamonda yurtboshimiz har bir jamiyatimiz fuqarosini ogoh bo’lishga, o’z mustaqil fikriga,sog’lom dunyo qarash va 
mustahkam iroda sohibi bo’lishga undaganlar. 
“Turkiston” gazetasining muhbiri bilan bo’lgan suhbatida ma’naviyatga shunday ta’rif bergan:,, Ma’naviyat- 
uzluksiz harakatdagi jarayondir .Fikr,tafakkur,his tuyg’u tinim bilmaganidek,ularning mahsuli o’laroq ma’naviyat har 
doim o’zgarish va yangilanishda bo’ladi.Ma’naviyat deganda,avvalambor, odamni ruhan poklanishga, qalban 
ulg’ayishga chorlaydigan, inson ichki dunyosini, irodasinibaquvvat, iymon-e’tiqodini butun qiladigan,vijdonini 
uyg’otadigan kuchni tasavvur qilaman.” Haqiqatda inson komil ma’naviyatga ega bo’lsa, o’sha mamlakatda o’sish va 
faravonlikka erishiladi. 
Xulosa o’rnida shuni ta’kidlash kerakki, mustaqillik asoschimiz mustaqillikning dastlabki davridan 
ma’naviyatning bosh homiysi sifatida mamlakatimiz ijtimoiy hayotiga, xususan milliy va umuminsoniy qadriyatlarga 
alohida e’tibor qaratib, ma`naviy o`zligimizni anglashimiz uchun zamin hozirladi. Inson qanchalik o`zining yuksak 
ma’naviyatni tushunib yetsa,o’zligini ham shunchalik tez anglaydi.O’zligini anglagan inson esa Vatan, xalq rivoji 
uchun o’z hissasini qo’shadi. Bugungi kunda biz butun umrini xalqimizning ma’naviyatini yuksaltirishga sarflagan 
buyuk insonlarni avlodlarimiz.Biz ularga munosib voris bo’la olishimiz uchun nafaqat ulardan faxrlanishimiz, ularning 
ishlarining munosib davomchilari bo’lib rivojlantira olishimiz kerak .

Download 5,66 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   203   204   205   206   207   208   209   210   ...   427




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish