Adabiyotshunoslik asoslar



Download 0,53 Mb.
Pdf ko'rish
bet63/72
Sana16.01.2022
Hajmi0,53 Mb.
#372137
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   72
Bog'liq
k.qurabvayev. adabiyotshunoslik asoslar

pamflet,  oktava,  oksimaran,  oda,  romans,  sonet,  tertsina,  elegiya,  epitafiya,  yamb, 

kansona, alpba, tensona.  

 

Sharq  adabiyotining  janrlari:  aforizm,  madhiya,  marsiya,  masal,  muammo, 



munozara,  mufradot-fard,  noma,  ruboiy,  ta’rix,  tarjibband,  tarkibband,  tuyuq, 

qasida, qit’a, g`azal, doston, masnaviy, musaddas, musta’zod, muxammas, nazira. 

  

DRAMATIK  TUR.  Dramatik  tur  asarlari  sahna  muhiti  bilan  bog`liq  bo`ladi. 

Dramatik  turda  voqealar  xarakterlar  faoliyati  vositasida  ochiladi.  Unda  xarakter 

rejissyor  talqini,  aktyor  ijrosi  natijasidagina  to`la  ochiladi.  Demak,  dramatik  turda 

xarakter  faqat  badiiy  til  vositasidagina  emas,  sahna  harakati  bilan  ham  ochiladi. 

Dramatik tur asarlarini faqat o`qib, tushunib, tasvvur qilibgina qolmay, ko`riladi ham. 

 

Dramatik tur asarlarida voqealar qahramonlarning dialoglari Shaklida beriladi. 



Unda  muallif  nutqi,  lirik  chekinish,  xarakteris-tika  bo`lmaydi.  Ayrim  izohlarni  


muallif r e m a r k a lardagina bera oladi. Biroq remarka hech qachon muallif izohi 

bo`la olmaydi. 

 

Dramatik  turda  qahramonlarning  kechinmalari,  nasriy  voqealar  ham 



qahramonlarning  nutqi  orqali  beriladi.  Bu  narsa  san’ator  imkoniyatlarini  ancha 

cheklab qo`yadi. Dramatik turning qiyinligi ham shundadir. 

 

Dramatik  turning  yana  bir  xususiyati  -  unda  inson  eng  keskin  holatlarda 



beriladi.  Unda  harakatgina  emas,  fikrlari,  kechinmalari  ham  keskinlik  kasb  etadi. 

 

Dramatik  turda  voqealar  har  tomonlama  keng  ko`rsatilmaydi,  xarakterlarning 



asosiy  konfliktiga  taalluqli  tomonlarigina  ko`rsatiladi.  Taqdirlar  ham  dramada 

siqiqlik  bilan  beriladi.  Dramatik  asarlarda  konflikt  kuchli  bo`lishi  kerak, 

to`qnashuvlar keskin bo`lishi talab etiladi. SHuning uchun ham dramatik asarlarning 

ta’sir kuchi zo`r bo`ladi. 

 

Dramatik tur asosan uch janrga bo`linadi: tragediya, komediya, drama. 



 

Tragediya.  Dramatik  tur  janrlari  orasida  o`zining  ulug`vorligi  bilan  ajralib 

turadi.  Unda  insonning  kuchli  ehtiroslari,  katta  qurbonlar  talab  qiluvchi  yuksak 

maqsad  yo`lidagi  kurash  va  intilishlari  tasvirlanadi.  SHuning  uchun  ham  yuksak 

ma’naviy  qudratga  ega  bo`lgan  Shaxslargina  tragediya  qahramonlari  bo`la  oladilar. 

Bu kabi qahramonlar o`zlari tanlagan yo`lning qanchalik fojialiligini bilsalar ham, o`z 

yo`llaridan qaytmaydilar, qat’iyatli Shaxslar bo`ladilar. Ular oliy niyat, ezgulik uchun 

kurash  yo`lida  halok  bo`ladilar.  SHuning  uchun  ham  ularning  o`limi  kishini 

umidsizlantirmaydi. 

 

Tragediyaning  oxiri  fojia:  bir  yoki  bir  necha  qahramonning  halokati  bilan 



tugaydi.  Lekin  doimo  o`lim  bo`lishi  Shart  emas.  Qahramon  taqdiri  biror  dahShatli 

yakun  bilan  tugashi  ham  mumkin.  Masalan,  Edip  ko`zini  ko`r  qilib,  mamlakatdan 

bosh olib ketadi, Medeya o`z ikki farzandini o`ldirib, osmonga uchib ketadi. 


Download 0,53 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   72




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish