Adabiyotshunoslik asoslar



Download 0,53 Mb.
Pdf ko'rish
bet4/72
Sana16.01.2022
Hajmi0,53 Mb.
#372137
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   72
Bog'liq
k.qurabvayev. adabiyotshunoslik asoslar

d  a  b  i  yo  t    atamasining  qaror  topganligini    ko`rsatdi.  Lekin  bu  ham  osonlikcha 

bo`lgan  emas.  O`zbek  tiliga  kirib  qolgan  barcha  arabcha-forscha  so`zlarni  chiqarib, 

ularning o`rniga yasama so`zlarni qo`yish talabi bilan chiqqan puristlar bu atamaning 

qaror topishiga qarshilik qilganlar. Elbek «adabiyot» so`zini «yozg`ichlar» so`zi bilan 

almashtirmoqchi  bo`ladi.  A.Qodiriy,  Oltoy,  Botu,  Oybek  va  boshqalarning 

asarlaridan tuzilgan to`plamni Elbek «Go`zal yozg`ichlar» deb nomlagan. 

 

Adabiyotshunoslik fanini anglatadigan atama o`rniga «ilmi qofiya, ilmi bayon, 



ilmi aruz, ilmi maoniy» atamalari va shularni  o`z ichiga olgan «ilmi adab» atamalari 

ishlatilgan. 

 

Adabiyot so`zi arabcha bo`lib, odob so`zidan olingan.»A d a b i yo t» atamasi 



keng  ma’noda  umuman  yozma  adabiyot,  yozilgan  narsalar,  bosilgan  kitoblarni 

anglatadi.  Tor  ma’noda  esa  badiiy  so`zni,  san’at turlaridan biri,  so`z san’ati  bo`lgan 

badiiy adabiyotni anglatadi. 

 

Aslida XIX  asrlargacha hozirgi ma’noda adabiyot bo`lmagan. Oldingi alabiyot 



namunalari  ko`pincha  ijro,  deklamatsiya  uchun  va  musiqaga  mo`ljallab  yozilgan 

bo`lib,  ijro  san’atiga  mansub  edi.  Gegelp  uchun  ham  adabiy  asarlarning  ijro  uchun 

yozilishi  tabiiy  bo`lgan.  XIX  asrga  kelibgina  ijro  etishga  ehtiyoj  bo`lmagan,  ya’ni 

o`qish    uchun  adabiyot  yaratildi.  Badiiy  asarlarni  «poeziya»  atamasi  bilan  yuritish 

sababi  esa,  oldinlari  nasrning  san’at  hisoblanmaganligidir.  CHunki  oldinlari  badiiy 

adabiyot to`la ma’noda badiiy so`zni qayta ishlash san’ati hisoblanardi. 

 

Qadimgi adabiyotda so`z san’ati unsurlari mifologiya, din, fan kurtaklari bilan 



aralash,  uyg`un  edi,  unda  turli  amaliy  maslahat  va  ahloqiy  o`gitlar  berilardi. 

«Adabiyot»  atamasining  «odob»  ma’nosi  ham  shundandir.  Biroq  qadimgi 

adabiyotning  sinkretik  (aralash)  xarakteri  uning  estetik  qimmatini  yo`qqa 

chiqarmaydi.  O`rta  asrlarda  adabiyot  normativlik,  badiiy  vositalarning  turg`unligi 

bilan ajralib turardi. U davr adabiyotida san’atkor Shaxsi hali juda kuchsiz namoyon 

bo`lardi.  Bu  narsa  u  davr  san’atidagi  monumentallik  (asoslilik,  chuqur 

mazmunlilik)ni keltirib chiqaradi, lirikani esa falsafiy va aforistik qiladi. 

 

Hozirgi ma’nodagi adabiyotning paydo bo`lishiga texnika taraqqiyoti va kitob 



bosishning  kelib  chiqishi  sabab  bo`ldi.  Natijada  so`z  san’ati  bo`lgan  adabiyot 

mustaqil san’atga aylandi. SHuning oqibatida nazmning o`ziga xos alohida qonunlari 

emirilib,  so`z  san’ati  xalq  tiliga  yaqinlashdi.  Shundan  keyingina  adabiyot 

to`g`risidagi  fan  ham,  nazariy  tushunchalar  ham  o`zgardi.  Oldia.ngi  nazariyachilar 

adabiyotga so`z san’ati  sifatida  qarab,  uning  Shakliy  tomonlari  (nutq, kompozitsiya, 

uslub va janr kabi) ga asosiy e’tiborni berganlar. Yangi adabiyotning paydo bo`lishi 

bilan  badiiy  adabiyotning  mazmuniga  e’tibor  kuchaydi,  mavzu,  g`oya,  xarakter, 

metod kabilarga katta e’tibor beriladigan bo`ldi. 

 

Adabiyotshunoslik  fani  tilshunoslik,  tarix,  estetika,  psixologiya  va  boshqa 



fanlar  bilan  aloqada  bo`ladi.  Masalan,  adabiyotshunoslik  so`z  bilan  ifodalanadi, 

so`zni  esa  tilshunoslik  o`rganadi.  SHuningdek,  tuyuq  janri  haqida  gapirilsa,  u 




omonimik  qofiyada  bo`ladi.    Omonim  so`zlar  qoidasini  esa  tilshunoslikdan 

topishimiz mumkin. 

 

Adabiyotshunoslik  tarix  fani  bilan  ham  bog`liq.  Adabiyotshunoslik  adabiy 



jarayonga,  uning  asarlariga  baho  beradi.  SHunda  tarix  bilan  bog`liq  holda  tahlil 

qiladi. 


 

Estetika  bu  barcha  san’atlarning  nazariyasidir.  Bu  rassomlik,  haykaltaroshlik 

va  kino  san’atidir.  Adabiyot  ilmi  o`z  qoidalarini  yaratishda  estetikaga  suyanadi.  Bu 

unga obraz yaratishda kerak bo`ladi. 

 

Adabiyotshunoslik  tibbiyot  bilan  ham  aloqada  bo`ladi.  Masalan,  adabiy 



asarlarda,  jumladan,  A.Qahhorning  «DahShat»  hikoyasida  Unsinning  o`limi,  «Ming 

bir  jon»da  Masturaning  kasalliklari.  Bunday  hollarda  yozuvchi,  albatta,  kasallikni 

tasvirlash uchun avvalo, kasallik sirlarini o`rganadi. 

 

Psixologiya  fani  esa  odamlarning  xarakterini  bilish,  ularning  ruhiy  holatlarini 



tasvirlash uchun zarur. 

 

 




Download 0,53 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   72




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish