BADIIY ADABIYOTNING XALQCHILLIGI
R E J A:
1. Badiiy adabiyotning xalqchilligi.
2. Badiiy adabiyotda tarafkashlik.
3. Adabiyot - umuminsoniydir.
Xalqchilik badiiy adabiyotning muhim xususiyatidir. Badiiy asar-ning
qimmati uning xalqchilik darajasiga ham bog`liqdir. San’atkor o`z ideallarida xalq
ommasining estetik tushunchalarini qanchalik ifo-dalay olsa, u yaratgan
asarlarning qimmati shunchalik yuqori bo`ladi. Badiiy asarning xalqchilligi
darajasi unda ana shu xalq estetik tushunchalari va orzu-havaslarining
ifodalanishi darajasiga bog`liqdir.
«Xalqchillik» atamasini birinchi marotaba P.A.Vyazemskiy ki-ritgan bo`lib, bu
so`zni 1819 yilda I.S.Turgenevga yozgan maktubida va «Klassikning noshir bilan
suhbati» (1825) maqolasida ishlatgan.
«Xalqchillik» tushunchasi tarixiy bo`lib, turli davrlarda unga turlicha ma’no
berganlar. Badiiy adabiyot taraqqiyoti bilan bu atamaning ma’nosi ham o`zgarib,
rivojlanib, chuqurlaSha borgan. Masalan, XVIII asr rus adabiyotida mehnatkash xalq
hayoti tasvirlanmas edi, u diqqat - e’tibordan chetda qoladi. Karamzin dvoryanlikni
butun xalqning tajassumi, ifodasi deb tushunadi. SHunday bir holda badiiy
adabiyotga oddiy xalq turmushi va tili elementlarini olib kirish, so`zsizki, ijobiy hol
edi, biroq xalq hayotini ifodalashning o`zi hali badiiy asar xalqchilligini
ko`rsatmasligi ma’lum. Badiiy adabiyotning rivojlanishi bilan «xalqchillik»
tushunchasi ham chuqurlaSha boradi. Xalqchillik tushunchasini xalq ruhi, uning
milliy xususiyatlarini aks ettirish bilan bog`lay boshlaydilar.
San’atkor oldiga har bir xalq va millat hayot Sharoitlarining o`ziga xosligi
bilan belgilanadigan xarakterli xususiyatlarni topa olish va badiiy aks ettirish vazifasi
qo`yiladi. SHunday qilib, xalq ruhiyati, hayoti va xarakterning milliy xususiyatlarini
aks ettirish hayotni badiiy aks ettirishning zaruriy Shartiga aylanadi. Biroq
«milliylik» tushunchasi «xalqchillik» tushunchasi bilan yaqin bo`lsa-da, ular teng
emas. Xalqchillik milliylikning tarkibida mavjud bo`lgan eng yaxshi tomonlarini o`z
ichiga oladi. Demak, milliylik tushunchasi xalqchillik tushunchasidan kengroqdir.
Xalqchillik masalasi V.G.Belinskiy tomonidan chuqur ishlab chi-qilgan.
V.G.Belinskiyning fikricha, xalqchillik haqiqiy san’atga xos xususiyatdir. Tanqidchi
badiiy adabiyotni «xalqning tafakkuri» deb ataydi. Ana shu xalq tafakkurini haqqoniy
aks ettirish xalqchillikni ta’minlaydi. «Xalq hayotini haqqoniy ifodalash xalqchillikni
keltirib chiqaradi», - deydi V.Belinskiy.
San’atning xalqchilligi dastavval uning xalq bilan birligida-dir. Faqat xalq
uchun muhim bo`lgan masalalarni qo`ygandagina san’at-kor o`z obrazlarini
ommaning tuyg`usiga etkaza oladi.
Buyuk san’at asarlari haqiqiy xalqchildir. CHunki ularda davr-ning muhim
ziddiyatlari aks etgan bo`lib, bularni bilib olish xalq uchun muhim qimmatga egadir.
Xalq hayotini tasvirlamasdan turib ham xalqchil bo`lish mumkin. Masalan,
Pushkinning «evgeniy Onegin» romanida xalq tasvirlanmaydi. Biroq Belinskiyning
ta’rificha, asar yuksak darajada xalqchildir. CHunki shoir unda xalq uchun muhim
aha-miyatga ega bo`lgan masalani - dvoryanlik inqirozi, mavjud Sharoitda Tatpyana,
Onegin, Lenskiy kabi iste’dodli va barkamol Shaxslarning yaShashi va ravnaq topishi
uchun Sharoit yo`qligini ko`rsatadi. SHunday qilib, xalqchillikning birinchi Sharti -
san’atkor o`z asarlarida umumxalq axamiyatiga ega bo`lgan muammolarni qo`ygan
bo`lishi kerak. Biroq buning o`zi etarli emas. CHunki yozuvchi asarida umumxalq
ahamiyatiga ega bo`lgan muammolarni qo`ygani bilan, o`z dunyoqarashining bir
tomonlamaligi natijasida ana shu masalalarni xalq man-faatlariga muvofiq keladigan
holda aks etmasligi mumkin. Demak, ba-diiy asar xalqchilligining ikkinchi zaruriy
Sharti shuki, san’atkor o`z asarida qo`ygan xalq hayoti uchun muhim bo`lgan
muammoni o`Sha xalq manfaatlariga muvofiq ravishda hal etishi ham kerak. SHu
bilan u xalqning hayoti va ana shu hayotni yaxshilash uchun kurashga yordam berishi
lozim.
O`tmish san’atkorlari xalq manfaatlariga muvofiq keladigan masalalarni
ifodalamagan bo`lishlari mumkin. Bu holda ularning asarlari xalqchilligi,
tasvirlanayotgan hayotning rang-barangligi, tas-virning halolligi, hayotning dolzarb
masalalariga e’tibor bilan mu-nosabatda namoyon bo`ladi. Ana shuning o`zi ham
yozuvchi xohlasa-xohla-masa, odamlarni hayot haqidagi to`g`ri xulosalarga olib
keladi. SHuning uchun ham xalqchillik san’atkorning dunyoqarashiga bog`liq
bo`lmagan holda ham namoyon bo`lishi mumkin. Dobrolyubovning guvohlik
berishicha, N.Gogolp o`z asarlarida ixtiyorsiz xalq nuqtai nazariga yaqin kelib
qolgan. YOzuvchiga bu narsani tushuntirib, shu yo`lda davom etish va bar-cha
masalalarni shu singari xalq manfaatlari nuqtai nazaridan ko`rib chiqishga da’vat
etganlarida, Gogolp o`z-o`zidan qo`rqib ketgan ekan.
Xalqchillikning uchinchi Sharti - badiiy asarning xalqqa tushu-narli bo`lishi,
asar Shaklining demokratikligidir. Asar Shaklining demokratikligi deganda, inson
kechinmalarini va hayotiy voqealarning xalq tajribasiga yaqin bo`lishi, asarda
borliqning xalqqa tushunarli bo`lgan tomonlarini unga tushunarli va yaqin qilib
tasvirlash ko`zda tutiladi.
Xullas, san’at insonning o`sishi, uning ma’naviy kamolotiga xizmat qilmog`i
kerak. Insonni tasvirlar ekan, san’atkor undagi yaxshi fazilatlarni ko`rsatishi, uning
hayot kechirishiga to`sqinlik qiladigan bo`lmag`ur Sharoitlarni fosh etishi kerak.
San’atkor insonni davrning asosiy masalalari nuqtai nazaridan tasvirlamog`i lozim.
SHunday qilingandagina, sanpatkor insondagi eng muhim tomonlarni topib, ko`rsata
oladi. SHunday qilib, insonni tasvirlash ham adabiyot xalqchilligining zaruriy
Shartlaridan biri bo`lib qoladi. Masalan, lirikada insonning ichki dunyosi diqqat
markazida turadi. Lirikaning qimmati, uning xalqchilligi ham ana shunda.
Adabiyotda xalqchillik masalasini noto`g`ri tushunish o`zbek ada-biyotining
Navoiy, Mashrab, Nodira va boshqa arboblari ijodiga munosabatda yaqqol namoyon
bo`ldi. Ular ijodining qimmati davr bilan bog`liq holda emas, qaysi sinfga
mansubligidan kelib chiqib baho-landi va sho`ro mafkurasiga yot shoirlar deb e’lon
qilindilar.
50-yillarning boshlarida Abdunabiev va Stepanov kabilar «Al-pomish»,
«Go`ro`g`li» singari xalq qahramonlik dostonlarini xalqqa qarshi ruhda bo`lgan
asarlar deb e’lon qilgandilar. Bu Shaxslar adabiy merosni u yaratilgan davr bilan
bog`liq holda o`rganish kerakligini, xalqchillik har davrda turlicha namoyon
bo`lishini unutib qo`ydilar.
Demak, badiiy asarning xalqchilligi odamlarni tasvirlash, ular-ni qurShab
olgan muhit, tabiatning o`ziga xosligini ko`rsata olishida namoyon bo`ladi. CHunki
zamonning asosiy ziddiyatlarini payqay olmay turib, xalqning orzu va ehtiyojlarini
his qilmay turib, san’atkor o`z asarini xalqchil qiladigan qahramonlar, hayotiy
Sharoitlarni topa ol-maydi. Bu holda asarning xalqchilligi ham o`zining butun boyligi
va chuqurligi bilan namoyon bo`la olmaydi. SHunday qilib, san’atkor ijo-dining
xalqchilligi umumxalq ahamiyatiga ega bo`lgan muammolarni qo`ya olishda, ana shu
muammolarni xalq manfaatlari nuqtai nazaridan hal etishda, insonni tasvirlashda,
uning ma’naviy kamolotiga xizmat qi-lishida, badiiy Shaklning ommabopligida
namoyon bo`ladi.
Taraqqiyotning ko`rsatishicha, jamiyatdan sinflar, tabaqalar bor ekan, ularning
manfaatlari ma’lum darajada adabiyotda ham aks etishi mumkin. CHunki adabiyot -
hayotning, borliqning in’ikosi bo`lib, o`zida jamiyat mafkurasi, tasavvurlari va
taassublarini ham aks ettiradi. Jamiyatda sinflar mavjud bo`lgan taqdirda ular
adabiyotdan ham o`z sinfiy manfaatlari yo`lida foydalanishga urinadilar, badiiy
adabiyotni o`z muxoliflariga qarshi kurash quroli sifatida ishlatishga intiladilar. Bu
narsa ba’zan adabiyotda o`zining aniq ifodasini topdi. Olmon shoiri Xeynrix Xeyni
(1797-1856) «shoirning she’ri mungli nay emas, bong nog`ora sadosi kabi yangrasin,
uning na’rasi ko`hna istibdod an’analarini qulatib yuboradigan taran bo`lsin»,- deydi.
V.Mayakovskiy (1893-1930) o`zi she’rlarini miltiq va bombaga tenglashtiradi, o`z
she’rlari bilan proletar inqilobiga xizmat qilayotganligini ta’kidlaydi. Qadimgi yunon
shoiri Aristofan (e.a 446-385) «aniq ifodalangan tendentsiyali shoir» degan nomga
sazovor bo`lgan. CHunki u «Suvoriylar» komediyasida aristokratlar partiyasi
tomonida turib demokratlar partiyasini qattiq tanqid qiladi. Buyuk olmon dramaturgi
Fridrex SHillerning (1759-1805) «Makr va muhabbat» dramasi ham bi-rinchi olmon
siyosiy-tendentsioz dramasidir. SHiller dramada ongli ravishda quyi tabaqaning
yonini oladi, tarafkashlik qilib ularni zo-dagonlar toifasiga qarshi qo`yadi.
Odatda yozuvchi o`zi qaysi sinfdan, muhitdan chiqqan bo`lsa, o`Sha sinfning
taassublaridan butunlay holi bo`la olmaydi. U ochiq oydin yoki o`zi anglamagan
ravishda o`Sha sinfning manfaatlarini aks ettira-di. Masalan, Navoiy o`zining ijobiy
ideali, orzusi bo`lgan ma’ri-fatli shoh tomonidan boshqariladigan feodal tuzumga
qarshi chiqqan qasoskor isyonchi - Jobirni hazm qila olmaydi, uni qora bo`yoqlarda
tasvirlaydi. O`rta asr frantsuz shoiri Bertran de Born qalamiga man-sub bo`lgan bir
sirventada shoir yangi paydo bo`lib kelayotgan, omadi yurishgan Shaharlik
ishbilarmon toifani, feodal oqsuyaklar manfaat-lari nuqtai nazaridan zo`r qahru-
g`azab bilan tasvirlaydi. Gogolga o`z asarlari bilan xalq ommasining manfaatlarini
yoqlayotganligini es-latishganda, u qo`rqib ketgan ekan. Xamza «shohlar bir kun
gado, bir kun gado Shahzoddir», - degan edi. Demak, har qanday yozuvchi o`zi
yaxshi biladigan toifa hayotini tasvirlaydi. Masalan, Dikkensning roman-larida
jamiyatning quyi tabaqasi turmushi chuqurroq ifodalangan bo`lsa, Golsuorsi
romanlarida esa yuqori tabaqa hayoti chuqur ifoda etilgan bo`lib, fuqaroning hayoti
esa yozuvchining e’tiboridan chetda qolgan. SHuningdek, Ayniyning qariyb barcha
asarlari jamiyatning eng quyi toifasi - qullar hayotini tasvirlashga bag`ishlangan.
Ayniy tas-virlagan qullar orasida yomon odamlarni topib bo`lmaydi. A.Qodiriy esa
yuqori tabaqa hayotini ko`proq tasvirlaydi. Uning asarlarida ham qullar bor, lekin
ularning taqdiri Ayniy ta’riflagan qullarniki-chalik ayanchli emas. Qodiriy odamning
yaxshi yoki yomonligi qaysi toifa-dan ekanligiga bog`liq emasligini ko`rsatadi. Bu
esa ikki yozuvchining asarlarida sinfiy xususiyatlar oz bo`lsa-da, aks etganligini
ko`rsatadi. Agar shunday bo`lmaganida edi, ikkala yozuvchining asarlarida
tasvirlangan qullar bir xil chiqib qolishi mumkin edi. Ayniy ongli ravishda yuqori
sinfni qoralaydi. Qodiriy esa aksincha. CHunki ular ma’lum ma’noda o`Sha tabaqa
muhiti bilan aloqadordirlar.
SHo`rolar jamiyatida yozuvchidan faqat proletar (ishchi) sinfi va-killarini
ulug`lash talab etildi. Bu qolipga tushmagan yozuvchilar qa-tag`on qilindilar. 20-
yillarda A.Qodiriyni yuqori tabaqa vakili bo`lgan yozuvchi sifatida ta’qib etdilar.
San’atkor qaysi tabaqa ichida etishgan bo`lsa, o`Sha tabaqa hayotini yaxshi
biladi va shu to`g`rida yozadi. Sotti Husayn «men Qodiriyni proletar yozuvchisi
qilaman», - deydi. Darhaqiqat, yozuvchining dunyoqa-rashiga ehtimol ta’cir qilsa
bo`lar, unga aql-idrok, ilm-fandan saboq berish ham mumkindir. Lekin uni
o`zgartirish mumkin emas. Demak, san’atkor borliqni biror toifa tomonida turib aks
ettirishi mumkin. Bu tendentsiozlik yoki tarafkashlik deyiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |