Adabiyotshunoslik asoslar



Download 0,53 Mb.
Pdf ko'rish
bet25/72
Sana16.01.2022
Hajmi0,53 Mb.
#372137
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   72
Bog'liq
k.qurabvayev. adabiyotshunoslik asoslar

E  s t  e t i  k    ahamiyati.  Adabiyot  va  san’at  asarlarining  ahamiyati  odamlarga 

taqlid namunalari berish bilangina cheklanmaydi. CHunonchi, Kumush va Saidalarga 

taqlid  qilish,  ergashish,  N.SHomurodov  va  Yo`ldosh  Komilovlarga  havas  qilish 

mumkin,  lekin  SHekspir  tragediyasidagi  Otelloga,  CH.Aytmatovning  «Oq  kema» 

qissasidagi  personajlarga  ergashib  bo`lmaydi  SHuning  uchun  ham  san’at,  avvalo, 

insonning tuyg`usiga ta’sir qilib, uni fikrlashga, o`ylashga majbur etadi, uni soflaydi, 

butun  vujudini  junbushga  keltirib,  g`uborlardan  tozalaydi,  unga  nimalarni  yoqlab, 

nimalarga  qarshi  kurashish  kerakligini  ko`rsatadi.  B.Brextning  «Kuraj  ona  va  uning 

bolalari»  dramasi  kishini    o`z  ijtimoiy  ahvoli  hamda  burchi  to`g`risida  o`ylashga 

majbur qiladi. Demak, san’at asari kishilarning ongigagina emas, dastavval, ularning 

tuyg`ulariga  ta’sir  qiladi.  Bunda  adabiyotning  emotsional-estetik  tomoni  katta  rolp 

o`ynaydi. Biz adabiy asarlarni o`qiganimizda, fikrimiz intensiv qo`zg`oladi, tuyg`u va 

irodamiz, ongimiz tezlik bilan ishlay boshlaydi. 

 

Adabiyot  ulkan  emotsional  kuchga  ega  ekanligi  bilan  ham  muhim  sotsial 



funktsiya bajaradi. Professor S.Mirvaliev ta’kidlaganidek, «Adabiyot ma’naviyatning 

boshqa omillariga qaraganda ham vositali ifodasi, ham ko`rgazmali ta’sir kuchi bilan 

ustuvordir». SHuning uchun ham eng nodir san’at  namunalari asrlar bo`yi kishilarni 

hayratga  solib,  ularni  to`lqinlantirib  keladi.  Badiiy  adabiyot  kishining  tuyg`usini, 

ulardagi  go`zallik  hissini  mukammallashtiradi.  Badiiy  adabiyot  insonning  ma’naviy 

va  jismoniy  go`zalligini,  insoniy  munosabatlarning  go`zalligini  sezishga  yordam 

beradi. Badiiy asar o`zining mahorat kuchi bilan ham insonga ta’sir ko`rsatadi. Biroq 

mahorat  deganda  san’at  asarining  Shakligina  emas,  g`oyaviy  yo`nalishi  ham  ko`zda 

tutiladi.  Kishiga  estetik  lazzat  beruvchi  va  san’atkor  mahoratini  ko`rsatuvchi  bosh 

omil - asarning haqqoniyligidir. 

 

Haqiqiy  xalqchil  realistik  asarlar  insonda  hayot  zavqini  oshiradi,  unda 



go`zallikni tushunish  fazilatini Shakllantiradi, hayotga ijodiy munosabatda bo`lishga 

o`rgatadi. 

 

Emotsionallik  fanda  ham  bo`ladi.  Ilmiy  tadqiqot  va  kashfiyot  jarayoni  olimni 



ham emotsional hissiyotlar qamrab olib, unda o`zi qilayotgan ishdan zavqlanish hissi 

paydo bo`ladi. Fizik olim e.Faynberg ilmiy ijodni «emotsiya va ehtiroslar, to`lg`oq va 

quvonchlar»  sifatida  xarakterlaydi.  Bu  jihatdan  fan  ham  san’atdan  farq  qilmaydi. 

Lekin emotsionallik ilmiy ijodning asosini tashkil qilmaydi. 

 

San’atda  emotsionallik  katta  rolp  o`ynaydi.  Biroq  buning  o`zi  etarli  emas. 



San’atda emotsional ta’sirchanlik bo`lishidan tashqari, tuyg`ularning haqqoniyligi va 

samimiyligi ham juda muhimdir. 

 

Badiiy  adabiyot  insonni  xalqning  ruhiy  olami  bilangina  emas,  uning  tili 



xazinasi bilan ham oshno qiladi, ona tilining go`zalligi, estetik mohiyatiga chuqurroq 

kirib borishga imkon yaratadi. SHu yo`l bilan badiiy adabiyot kitobxonning nutq va 

til madaniyatini o`stiradi, uning har tomonlama kamol topishiga imkon beradi.    

 


Download 0,53 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   72




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish