O„zbekistonning mustaqil tashqi siyosat asoslari, tamoyillari.
O‘zbekiston Respublikasi bugungi kunda O‘zbekistonni 170 dan ortiq davlat tan
olgan, dunyodagi 130 ga yaqin mamlakat bilan rasmiy diplomatik munosabatlar
25
o‘rnatilgan. Respublikada 88 ta chet davlat vakolatxonalari ro‘yxatdan o‘tgan,
24 ta hukumatlararo tashkilot, 13 ta nohukumat tashkilotlari ishlab turibdi.
Dunyodagi 30 dan ortiq davlatda O‘zbekiston elchixonalari va moliya
tashkilotlari teng huquqli asosda ishlab turibdi. Jahonning 140 mamlakati bilan
savdo-iktisodiy munosabatlar o‘rnatilgan. Toshkentda 44 ta mamlakat o‘z
elchixonasini ochgan.
O‘zbekiston 1992 yil 2 martda BMTga qabul qilindi. O‘zbekiston
Prezidentining tashabbusi bilan va BMT rahnomaligida 1995 yili Toshkentda
Markaziy Osiyo mintaqaviy xavfsizlik muammolariga bag‘ishlangan xalqaro
seminar bo‘lib o‘tdi. "O‘zbekiston,-degan edi Islom Karimov,- milliy
manfaatlariga mos keladigan, ko‘p tomonlama faol tashqi siyosatni amalga
oshirish - davlatimiz mustaqilligini mustahkamlash, iqtisodiy qiyinchiliklarni
bartaraf etish va xalq turmushini yaxshilashning zarur sharti va g‘oyat muhim
vositasidir". O‘zbekiston Prezidentining asosli mulohazalari bilan 1993 yil
fevral oyida Toshkentda BMT vakolatxonasi ochildi.
Prezident Islom Karimov "Bizning bosh maqsadimiz - jamiyatni
demokratlashtirish va yangilash, mamlakatni modernizasiya va isloh etishdir"
ma‘ruzasida (2005 yil 28 yanvarda) tashqi siyosatimizning ustuvor yo‘nalishlari
haqida to‘xtalib:
1) dan, davlatimiz tashqi siyosatining ma‘no-mazmuni va maqsadi bitta -u
ham bo‘lsa, O‘zbekiston manfaati va yana bir bor O‘zbekiston manfaatidir.
2) Markaziy Osiyoda tinchlik va barqarorlikni saqlash. Albatta bunda
mintaqada strategik mavhumlik saqlanib qolayotganligini ham tan olish kerak.
3) "Qo‘shning tinch - sen tinch" hayotiy naqliga rioya etish.
4) BMT doirasida hamkorlikni rivojlantirish. SHuningdek, EXHT, Evropa
Ittifoqi, NATO, AQSH, Rosiya, Yaponiya, Xitoy, Germaniya, Fransiya va
boshqa davlatlar bilan demokratik tamoyillar asosida aloqalarni rivojlantirish.
5) Xalqaro terrorizm va radikalizmga qarshi kurashda birdamlikni
ta‘minlash va h.k.
O‘zbekistonning tinchliksevar tashqi siyosati: O‘zR Konstitusiyasi 4-bob,
17-moddasida O‘zRsining xalqaro munosabatlardagi tashqi siyosatining
huquqiy (5 ta) prinsiplari ishlab chiqildi va asoslab berildi:
1)
Davlatlarning suvereniteti, tengligi.
2)
Kuch ishlatmaslik yoki tahdid qilmaslik.
3)
Chegaralarning daxlsizligi.
4)
Nizolarni tinch yo‘l bilan hal etish.
5)
Boshqa davlatlarning ichki ishlariga aralashmaslik.
Bu prinsiplar O‘zbekistonning manfaatdorlik tamoyillari bilan
uyg‘unlashtirildi. Prezident Islom Karimov "O‘zbekistonning o‘z istiqlol va
taraqqiyot yo‘li" asarida O‘zbekiston tashqi siyosatini amalga oshirish 6 ta
amaliy prinsiplarini ishlab chiqdi, ular:
1) Milliy davlat manfaatlari ustun bo‘lgan holda o‘zaro manfaatlarni har
tomonlama hisobga olish.
26
2) Umumbashariy qadriyatlar ustuvorligi, xalqaro maydonda tinchlik va
xavfsizlikni mustahkamlash mojarolarni tinchi yo‘l bilan hal etish.
3) Teng huquqlilik va o‘zaro manfaatdorlilik, boshqa mamlakatlar ichki
ishlariga aralashmaslik, tenglar orasida teng bo‘lish.
4) Mavkuraviy qarashlardan qat‘iy nazar ochiq-oydinlik, barcha davlatlar
bilan keng aloqani o‘rnatish.
5) Ichki milliy qonunlardan xalqaro huquq normalarining ustuvorligini tan
olish.
6) Ham ikki tomonlama ham ko‘p tomonlama tashqi aloqalarni o‘rnatish,
xalqaro xamkorlikni kuchaytirish.
Istiqlolning dastlabki yillaridanoq bevosita mamlakatimiz Prezidenti Islom
Karimov rahbarligida tashqi siyosatning ustuvor yo‘nalishlari va asosiy
tamoyillari belgilandi hamda og‘ishmay amalga oshirila boshlandi.
O‘zbekiston Respublikasi tashqi diplomatik aloqalarda amalga
oshirilayotgan demokratik siyosatining asosiy tamoyillari quyidagilardan iborat:
1) mafkuraviy qarashlardan qat‘iy nazar, hamkorlik uchun ochiqlik,
umuminsoniy qadriyatlarga, tinchlik va xavfsizlikni saqlashga sodiqlik;
2) davlatlarning suveren tengligi va chegaralar daxlsizligini hurmat qilish;
3) nizolarni tinch yo‘l bilan hal etish;
4) kuch ishlatmaslik va kuch bilan tahdid qilmaslik;
5) inson huquqlari va erkinliklarini hurmatlash;
6) ichki milliy qonunlar va huquqiy normalardan xalqaro huquqning
umume‘tirof etilgan qoidalari va normalarining ustuvorligi;
7) tajovuzkor harbiy bloklar va uyushmalarga kirmaslik;
8) davlatlararo aloqalarda teng huquqlilik va o‘zaro manfaatdorlik
ustunligi;
9) tashqi aloqalarni ham ikki tomonlama, ham ko‘p tomonlama kelishuvlar
asosida rivojlantirish, bir davlat bilan yaqinlashish hisobiga boshqasidan
uzoqlashmaslik va boshqalar.
Bugungi kunda O‘zbekiston taraqqiyotining konstitusiyaviy zamini
yaratildi. Shunga mos ravishda inson huquqlari ham tiklanmoqda. Xalqimizning
ma‘naviy salohiyati, unga xizmat qiladigan tabiiy va texnikaviy zahiralar,
mustahkamlanayotgan xalqaro munosabatlar demokratik rivojlanish va inson
huquqlariga rioya qilish uchun barcha sharoitlarning bosqichma-bosqich
yaratilishiga kafolat beradi.
O‘zbekisonning xalqaro tashkilotlar va davlatlararo uyushmalar
faoliyatidagi ishtiroki respublika tashqi siyosatining muhim yo‘nalishlaridan
biridir. Ushbu tashkilotlar jahon hamjamiyatiga kirish, xo‘jalik aloqalarini
o‘rganish, ekologiya, tabbiy muammolarni hal etish, ilmiy-texnikaviy
hamkorlikni rivojlantirishda katta yordam bermoqdalar.
Respublika Prezidenti davlatimiz o‘z qiyofasini yo‘qotmasdan xalqaro
talablarga rioya etishga tayyorligini qat‘iy tasdiqladi. Bu talablarga rioya
etmasdan, xalqaro jahon hamjamiyatiga kirib bo‘lmaydi. Bu erda Inson
27
huquqlari umumjahon deklarasiyasi asosidagi kafolatlar, BMT Nizomi va
Xelsinki kelishuvi qoidalari, hujum qilmaslik, xalqaro munosabatlarda kuch
ishlatish bilan tahdid qilishdan voz kechish, xalqaro huquq qonunlarining
milliy qonunlardan ustuvorligi va hokazolar to‘g‘risida gap bormoqda.
Jahondagi barcha taraqqiyparvar mamlakatlar xuddi shunday yondashuv
tarafdoridir.
O‘zbekiston butun dunyo ko‘z o‘ngida tashqi siyosiy va madaniy
aloqalarining boy tarixiga ega bo‘lgan, mustaqil ravishda zamonaviy diplomatik
aloqalarni amalga oshirayotgan tinchliksevar huquqiy davlat sifatida namoyon
bo‘lmoqda. Xalqaro huquq jihatidan O‘zbekiston uchun asrlar osha buyuk
bo‘lib kelgan davlatlar ham, davlatchilik tarixi biznikiga o‘xshash yosh
mamlakatlar ham bab-baravardir.
O‘zbekiston taraqqiyotning konstitusiyaviy asosi sifatida inson huquqlari
tiklanmoqda. Xalqimizning ma‘naviy imkoniyati, uning katta tabiiy va texnik
zahiralari, mustahkamlanib borayotgan xalqaro aloqalari demokratik taraqqiyot
va inson huquqlariga rioya etilishi uchun zarur bo‘lgan barcha shart-sharoitlar
mavjudligiga ishonch tug‘diradi. Natijada mamlakatimiz amalda yalpisiga
diplomatik tan olinishiga va xalqaro iqtisodiy aloqalarga tortilishiga yo‘l ochib
berildi.
XX asrning ohirida dunyoning siyosiy makoni sifat jihatidan o‘zgardi.
Sovet Ittifoqi xalqlari hamda sobiq «sosialistik hamdo‘stlik»dagi boshqa
davlatlar bir partiyaviylik tizimi va markazdan turib rejalashtirish
iqtisodiyotidan voz kechishdi. Bu holat dunyoda antogonistik ijtimoiy-siyosiy
tuzumlarning global qarama-qarshiligi barham topdi va dunyo siyosatida
demokratik jamiyatlar salohiyati ancha oshdi. Evroosiyo hududida, jumladan,
Markaziy va Sharqiy Evropa davlatlari, shuningdek, sobiq sovet ittifoqi
davlatlarining roziligi orqali ijtimoiy-siyosiy tuzumning demokratik shakliga
o‘tildi. Agar bunday davlatlarda, eng avvalo, Rossiyada amalga oshirilayotgan
islohotlar jarayoni muvaffaqiyatli yakunlansa, Shimoliy yarim sharining
kattaroq qismi - Evropa, SHimoliy Amerika, Evroosiyoda bir-biriga yaqin
ijtimoyi-siyosiy va iqtisodiy tamoyillar asosida yashovchi, bir-biriga o‘xshash
qadriyatlarga e‘tiqod qiluvchi, shu jumladan, global dunyo siyosati
jarayonlariga bir xilda yondashuvchi xalqlar hamjamiyati shakllanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |