Abdulla qodiriy nomidagi jizzax davlat pedagogika instituti tabiiy fanlar fakulteti



Download 5,2 Mb.
bet82/182
Sana15.06.2022
Hajmi5,2 Mb.
#673771
1   ...   78   79   80   81   82   83   84   85   ...   182
Bog'liq
Усмонов М. ТУРИЗМ ва РЕКРЕАЦИЯ геогр. (1)

AQSh milliy parklari.
AQSh da 5000 ga yaqin milliy parklar yoki unga tenglashtirilgan hududlar mavjud. Bular qaysidir prezident tug’ilgan ferma, harbiy jang bo’lib o’tgan joy (N.B.: National Battlefield), tarixiy park yoki inshoot (N.Mem.: National Memorial - milliy memorial), tabiiy rezervasiyalar, masalan, Grand Kanon, ko’lli o’lkalar hududi (N.L.: National Yakeshore) va boshqalar. Milliy park, - deb sohillar, ko’llar, chiroyli joylar, qadimgi temir yo’llar va boshqa juda ko’p ob’ektlar e’lon qilingan. Ularning barchasi davlat himoyasi ostida va turistik maqsadlarda faol qo’llaniladi. Shuning uchun AQShning ichki turizmi tashqi turizmdan qolishmaydi. Mamlakatda ko’rish qiziqarli bo’lgan joylar turistlarga, avvalo, o’z mamlakati fuqarolariga doimo tayyor turadi.
Parklar turlarda turistik ko’rgazma ob’ekti sifatida keng qo’llaniladi, ularda odatda maxsus turistik infratuzilma, otellar, restoranlar, transport liniyalari mavjud bo’ladi. Dunyo milliy bog’lari to’g’risidagi axborot (turizm maqsadida foydalaniladigan) Xalqaro Turistik Tashkilotlar tomonidan chop etilgan. Guidelines; National Park and Protected Area for Touris WTO, Spain, 1992 ang.G’fr.G’isp.
Tematik parklar
Tematik parklarga attraksionlar parki yoki boshqa predmetga yo’naltirilgan parklar kiradi. Masalan, Pskov viloyatida Pushkin tog’lari nomidagi Pushkin qo’riqxonasi (Rossiya), ko’ngilochar tematik parklariga klassik misol - Disneylend (hamda Disneyvorld, YevroDisney va boshqalar). Undan tashqari delfinariya, okeanarium, zooparklarning turli xillari va boshqa keng omma, turistlar, bolalar va kattalarga atalgan turli xil ko’ngilochar parklar kiradi.
Disneylend
Disneyland - Koliforniya (AQSh) da joylashgan ajoyib tematik bolalar parki. U qiziqarli multfilmlar asoschisi Uolt Disney - Walt Disney multfilmlarini motivi asosida ishlangan ko’p miqdordagi attraksionlarni o’z ichiga oladi. Dastlab Disneylend 1954 - yil Kaliforniya shtatining Akaxayma shahri (AQSh)da yirik o’yinchoq shahar, ko’ngilochar tomosha va atraksionga to’la qilib qurilgan va butun dunyoga mashhur bo’lgan. O’zining noyob stili, shakli va shtampiga ega bo’lgan hamda hajmiga ko’ra ishonib bo’lmaydigan darajada katta shou - sanoatni tashkil qiluvchi va 40 yildan uzoqroq ekspluatasiya qiluvchi maxsus kompaniya Walt Disney Company tashkil etilgan.
1960 - yildan beri Disneylend aksiyalarining 100 % Walt Disney Production kompaniyasiga tegishli, keyinchalik uning nomi Walt Disney Co. ga o’zgartirilgan. Park xududida ko’llar, anhorlar, temir yo’llar, modellashtirilgan shahar va changalzorlar, g’orlar va tog’lar mavjud. Haqiqiy mavjud bo’lgan va fantastik hayvonlarning xarakatlanuvchi modellari o’rnatilgan, muntazam ravishda aktyorlar minglab ertak va tarixiy qahramonlar kastyumi va rolida tomosha ko’rsatishadi. Turistlarga xizmat ko’rsatuvchi butun industriya yaratilgan, otellarning o’zi 26 tadir (faqat Kaliforniyada), ko’pgina restoranlar, transport tarmoqlari, sport inshootlari, suzish basseynlari, tennis kortlari, golf va kreket maydonlari, ot, poni va velosipedlarda uchish uchun yo’lkalar hamda qishda konkida uchish yo’lkalari qurilgan. 1971 -yilga kelib Disneylend 100 million tashrif buyuruvchilarga xizmat qilgan.
Butun dunyo bo’yicha har bir turistga narxga kirish va shouda qatnashish uchun chiroyli pasprot beruvchi, o’nlab ixtisoslashgan turlarni amalga oshiruvchi maxsus turistik agentlik mavjud. Ajoyib Disneyland Hitelgan parkka ishtirokchilarni nodir (rels) yo’l bo’ylab olib boradi.
1971 - yil Florida shtatining Orlando shahri (AQSh)da analogik tomosha markazi - Walt Disney Word (75 kv. km) qurilgan. Keyin analogik park Tokioda qurilgan (1983 - y.). Bular nihoyatda katta yutuqqa erishish natijasida amalga oshirilgan.
1992 - yil Yevropa (Parij)da YevroDisney yaratilgan. U 2000 gektar hududda joylashgan (40 ta katta attraksion, 6 ta yirik otel kottejlardan iborat poselka (shahar tipidagi qishloq)ni o’z ichiga oladi). An’anaga ko’ra attrasionlar tematik yo’nalishga ega: fantaslyand - bolalar multfilmlari motiviga ko’ra, Arontierland "Yovvoyi Garb" - kovboy burchagi, adventureland zamonaviy - Gollivud filmi motiviga ko’ra sarguzashtlar, space mountains - fantastika, star war - urush (jang) va h. k. Parkda ko’pgina attraksionlar qurilgan, jumladan, Amerika tog’lari, raketada oyga uchish, kapitan Nemo er osti kemasi, vahima xonalari va boshqalar. Park atrofida 5 ta stansiyali temir yo’l o’tadi. Yasama ko’llarda qadimiy g’ildirakli kemada hamda qayiqlarda suzish mumkin. Ko’pgina qal’alar, qasrlar, ko’priklar, sharsharalar, tonellar, g’orlar qurilgan. Indiana Jons sarguzashtlarida aravada uchish uchun maxsus attraksion mavjud. Park bo’yicha normal ekskursiya 8 - 9 soatni o’z ichiga oladi. Tashrif buyuruvchilarga ko’pgina kafelar, muzqaymoq yeyish shahobchalari, milliy stildagi restoranlar qurilgan. Parkka har yili 10 - 11 mln. atrofida turist tashrif buyuradi.
Amerika parklari yaxshi qadimiy hududlarda joylashgan va turistlar unga butun yil davomida samarali kelib ketishadi. Yevropa parki attraksionlarni tashkil etish va uni to’ldirish nuqtai - nazardan qishda qiynaladi, lekin yaxshi marketing natijasida 1994 - yil foydali bo’ldi. Shuni aytib o’tish kerakki, 1993 - yil Fransiyada park zarar bilan ishlovchi korxona bo’lgan (1993 -yil zararlar 113 mln. dollarni tashkil etgan). Shu boisdan, parkka kirish biletlarini bahosi 20 % ga pasaytirildi, bir vaqtning o’zida yangi attraksionlar ochildi. Keluvchilar oqimi 30 % ga ko’tarilishi hisobiga bir yilda parkka 9 mln. kishi tashrif buyurgan - parkka ekspluatasiya qilishdan tushgan foyda tahminan 100 mln. dollarni tashkil etgan.
Parklar yoshlaridan qat’iy nazar butun dunyodan turistlar kelib - ketishining o’zgarmas ob’ektidir. Ularga keluvchilarning umumiy soni bir yilda 1 mlrd. kishidan ortadi. Tematik parklarda xalqaro klassdagi zamonaviy texnika yutug’idan foydalanib qurilgan va analoglarga ega bo’lmagan 55 ta yirik attraksion qurilgan. Attraksionlar texnik vositalar, hisoblash texnikasi, qo’g’irchoq - robotlar hamda aktyorlarning katta qismidan foydalanishni bir - biriga uyg’unlashtiradi.
Parklar xududi juda katta, uni bosib o’tish va har bir attraksionda ishtirok etish uchun kamida bir hafta kerak bo’ladi. Parklardagi bayram - shou kun bo’yicha uzluksiz davom etadi. An’anaga ko’ra har kuni barcha ertak kahramonlari ishtirokida bir nechta shou o’ynaladi: Disney Festival Magic va Disney All star Magic. Mashhur filmlardan original tryuklarni bajaruvchi kaskadyorlar guruhi ishlaydi. Parkda misli ko’rilmagan katta miqdorda sovg’alar va o’yinchoqlar sotiladi, ular mashhur disney qahramonlari Mikki Maus sichqoni va h. k. ga stillashtirilgan. Odatda dunyoning turli tomonidan kelgan turistlar parkda 2 - 3 kun bo’lishadi (standart tur ikki tunash), lekin 7 kun davomiylikka ega bo’lgan turlar ham bor.
Disneylendlarda bir yil oldin yozilgan o’zlarining xususiy Calendar of evensu bor. Rejalashtirilgan, milliy bayramlarga to’g’ri keluvchi bayramlar, firma bayramlari, rodjestvo bayramlari, yangi yil, qishki, pasxa, suv, iyun karnavali, feyerverklar, avtomobillar kiradi va boshqa bayramlar o’tkaziladi. Bular turistlarning qo’shimcha miqdorini jalb qiladi. Parkda nafaqat o’yin kuni va attraksionlar mavjud, u erda tizimlashtirilgan maktablar mavjud, tam’lim dasturlari o’tkaziladi Youth Programm (10 - 15 yoshli bolalar uchun, 6 soatdan 3 ta dastur) va Adult Yarniy Advetures Programm, 8 katta yoshdagi bolalar va kattalar uchun ikkita dastur, uch kunlik seminarlar - Management Seminare (shou - biznesning nazariya va amaliyoti) va Educator Seminar - kattalar uchun. Bolalarni jalb kilish uchun imtiyozlar belgilangan 18 yoshgacha bo’lgan parkka ota - onalari bilan kelgan bolalar, Disneylend otellarida yashash uchun 100 % li skidka olishadi.
Biznes nuqtai - nazardan Disneylend o’zlarini shou - biznesga bag’ishlamoqchi bo’lgan mutaxassislar va kishilar uchun ajoyib maktab hisoblanadi. Turizmning ushbu sanoat gigantida marketing qabullari, mehmonxona ishi va turizmni tashkil etish; turistik industriya va attraksion sanoatning barcha tizimlari va vositalar yig’indisi tushuniladi. Aynan mana shu ob’ektda Disneylendga qo’shilgan barcha korxonalar va tashkilotlarning maqsadi, siyosati, servis darajasi, moliya resurslarining markazlanishida bo’ysunishning samaradorligi ko’rsatilgan va busiz super qimmat turuvchi korxona aqlga to’g’ri kelmas edi. Disneylend timsoli bilan har qanday narsa, har kaysi otel va har qanday xizmat parkka daromad keltiradi.
Shuni aytib o’tish kerakki, Disneylendning timsoli - baland minorali chiroyli afsonaviy qasrdir. Bu qasrning prototipi bo’lib, Bavariyadagi real mavjud bo’lgan va haqiqiysiga juda o’xshagan ketadigan noyob Noyshvanshteyn qasridir. Disney ushbu qasrni sotib olib, qismlarga ajratib, Amerikaga olib ketishni xohlagan, lekin mahalliy hokimiyat bunga qarshi chiqishgan va rejissiyorlar nemis oblikini takrorlanuvchi o’zlarining Amerikacha qasrini o’ylab topishga to’g’ri keldi. Parklarni ko’rish uchun narxlar nisbati o’rtacha, moderato sinfidagi otellarning ko’pchiligi guruhiy va davriy skidkalarga ega. Barcha uchta narx uchun xarakterli bo’lgan faqat Disneylendga tegishli bo’lgan turistik agentliklar tomonidan tashrif buyurish uchun bir nechta dasturlar ishlab chiqilgan va faol sotiladi: All inclusive PacKades, Classik Pakades - Ciassik plan, Food’n Fin Card, Specialired - kattalar uchun barcha talablarga mos keluvchi dasturlarni tuzishda o’ziga xos xususiyatlari esa aniq ma’lumotlarni har bir park alohida va har yili nashr qiladigan Vacation Paclages kataloglaridan olish mumkin. Turistik maxsus Tpavel Agens Reference Guide axborot to’plamlari mavjud.
Amerika hamda qisman Tokio va Parij tematik parklarining egasi, shou - sanoat supergiganti - xalqaro sinfdagi kompaniya - Walt Disney bo’lib, unga uchta yirik kinokompaniya, musiqaviy va televizion kompaniyalar, nashriyot va turistik firmalar, otellar kiradi. So’nggi kashfiyot - mashhur park attraksionlari va boshqa yengil attraksionlar o’rnatilgan ikkita yirik kruiz kemasini suvga chiqarish. Bu gigantlardan bittasi - Disney Magis bolali turistlarga moslashtirilgan bo’lib, 24000 passajirga mo’ljallangan.

Download 5,2 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   78   79   80   81   82   83   84   85   ...   182




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish