Abdulla qodiriy nomidagi jizzax davlat pedagogika instituti tabiiy fanlar fakulteti



Download 5,2 Mb.
bet40/182
Sana15.06.2022
Hajmi5,2 Mb.
#673771
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   182
Bog'liq
Усмонов М. ТУРИЗМ ва РЕКРЕАЦИЯ геогр. (1)

Turizm sohasining tasniflanishi
jadval 1.



Tasniflanadigan belgilar

Turizm turlari

1

Geografik printsip bo’yicha


    1. Ichki

    2. Halqaro

2

Turistik oqimlar yo’nalishi bo’yicha

2. 1 kiruvchi
2. 2 chiquvchi

3

Maqsadlar bo’yicha

3. 1 rekreatsion
3. 2 sog’lomlashtiruvchi dam olish
3.3 bilimini oshiradigan dam olish
3. 4 malakaviy ish turizmi
3. 5 ilmiy turizm
3. 6 sport turizmi
3. 7 shop-turlar
3. 8 sarguzashtli
3. 9 ziyorat (haj) safari
3. 10 qo’msash
3. 11 ekoturizm
3. 12 ekzotik

4

Moliyalashtirish manbai bo’yicha

4.1 sotsial turizm
4.2 tijoriy turizm

5

Harakatlanish usuli bo’yicha

5.1 yayov
5.2 aviatransport
5.3 dengiz transporti
5.4 daryo transporti
5.5 avtoturizm
5.6 temir yo’l transporti
5.7 velosiped transporti
5.8 ulovlarda
5.9 aralash

6

Joylashuv vositalari bo’yicha

6.1 otellar mehmonxonalar
6.2 motellar
6.3 pansionatlar
6.4 kempinglar
6.5 palatkalar va h.k.

7

Ishtirok etuvchilar soni bo’yicha

7.1 individual
7.2 oilaviy
7.3 guruhlar bo’lib

8

Tashkiliy shakllari bo’yicha

8.1 tashkil qilingan
8.2 tashkil qilinmagan

Chet el turistlarga mazkur davlatga 24 soat muddatdan kam bo’lmagan muddatga vaqtinchalik tashrif buyurgan shaxslarning barchasi kiradi. Shuni qayd qilish kerakki, ba’zi davlatlarda BMT statistik komissiyasining tavsiyalaridan chetlanishga ruxsat beriladi. Masalan, ba’zi davlatlarda 3 kun muddatdan kam bo’lmagan muddatga tashrif buyurganlar xalqaro turistlar hisoblansa, ba’zilarida 2 xafta, uchinchilarida esa bu muddat 1 oydan kam bo’lmagan muddatda tashrif buyurganlar xalqaro turistlar hisoblanadi.


Barcha xalqaro turistik sayoxatlarning o’rtacha 65 foizi Yevropaga, taxminan 20 foizi Amerikaga va taxminan 15 foizi qolgan mintaqalarga to’g’ri keladi.
Turistlarni nisbatan ko’proq qabul qiluvchi davlatlarda xalqaro turizmni rivojlantirish, chet el valyutasi oqimini ko’paytirish va yangi ish o’rinlarini tashkil etish bilan izohlanadi. Ko’pgina davlatlar xalqaro turizm vositasi orqali to’lov balansi mummalarini hal qilishga o’rinadilar.
Tashrif buyuruvchi chet el turistlar tovar va xizmatlarni to’lay turib, qabul qilayotgan davlat byudjetiga valyuta tushumini ta’minlaydi. SHu bilan birga uning tulov balansini faollashtiradi. Shu sababli chet el turistlarini kelishi «aktiv turizm» nomini oldi.
Turistlarni chiqib ketishi esa milliy valyutaning oqib ketishi bilan bog’liq bo’ladi. Bunday turdagi turistik operatsiyalar xalqaro to’lovlarda mamlakat turistlar eksporti to’lov balansining passivida qayd qilinadi, turizmni o’zi esa “passiv” deb nomlanadi.
Turizmni “aktiv” va “passiv” qismlarga bo’linishi faqatgina xalqaro turizmga xosdir.
So’ngi yillarda, ichki va xalqaro turizmni bir-biriga yaqinlashish tendentsiyasi kuzatildi, bu esa turistik rasmiyatchiliklarni soddalashtirish bilan asoslangan (masalan, birlashgan Yevropadagi Shengen bitimi).
3. Kiruvchi turizm- faoliyati to’lanmaydigan turistik maqsadlarda doimiy yashamaydigan shaxslarni o’zga mamlakat xududiga tashrifi, sayohati hisoblanadi.
4. Chiquvchi turizm – bir mamlakat xududida doimiy yashovchi shaxsni boshqa mamlakatga faoliyati to’lanmaydigan sayohati, tashrifi hisoblanadi.
5. Rekreatsion turizm – dam olish maqsadidadagi turizm bo’lib, qator davlatlar uchun turizmning ommaviy shakli bo’lib hisoblanadi. Ispaniyaga, Italiyaga, Frantsiyaga, Avstriyaga chet el turistlarini tashrifi avvalo mana shu maqsadni ko’zda tutadi. Rekreatsion turizm sayohatni davomiyligi bilan, marshrutga kiruvchi shaharlarni soni ko’p bo’lmaganligi , havo transportidan keng foydalangan xolda, avvalo charter havo reyslari bilan ajralib turadi.
Dam olish maqsadida safarlar turli xilma-xilligi bilan farqlanadi va qiziqarli tamosha dasturlarini (teatr, kino, festival va h.k) qiziqishlar bo’yicha mashg’ulotlar (ov, baliq ovlash, musiqali, badiiy ijodiyot va h.k) tashrif buyurgan mamlakatni milliy madaniyatini o’rganish bilan bog’liq bo’lgan etnik sayohatlarni o’z ichiga olishi mumkin.
6. Sog’lomlashtiruvchi dam olish turizmi o’ta shaxsiy individual xarakter kasb etadi. Lekin ko’pgina holatlarda, kira haqiga chegirmalar olish maqsadida hamkorlik uchun turistlar birlashadilar.Turizimni boshqa turlariga nisbatan davolanish uchun turlar odatdagi muddatlardan ko’proq bo’lib 24-28 kunni tashkil etadi.
Inson organizmiga ta’sir etish vositasiga qarab davolanish uchun dam olish iqlimli,dengiz, balchiq bilan davolanish va h.k.larga bo’linadi.
7. Tanishuv (ekskursion) turizm. Turizimni bu turi o’z ichiga tanishuv (bilish,ko’rish) maqsadlari bilan bog’liq tashrif va sayohatlarni o’z ichiga oladi.
Ekskursiya bilishning bir shakli bo’lib,shaxs intelekti va dunyoqarashini kengaytirish funktsiyasini bajaradi. Tanishuv sayoxatining turli ko’rinishlaridan biri bu avtomobil turizmi hisoblanadi,boshqa transport vositalariga qaraganda avtomashina va avtobuslarda sayohat qilish turistlarga anchagina kengroq tanishish imkoniyatlarini yaratadi.
8. Malakaviy ish turizmi. Turizimning mazkur turiga ish maqsadlari bilan safarlar kiradi. Hozirgi zamonaviy taraqqiy etgan jamiyatda hayot xalqaro aloqalarni bog’lash zaruriyatini chiqarmoqda. So’ngi yillarda ishchan soha vakillarining tashriflari ommaviy tus olmoqda.
Qator turistik firmalar turli maqsadlarda biznesmenlarni guruh- guruh bo’lib tashriflarini tashkil etishga ixtisoslashtirilmoqda. Ishchanlik turizmini kattagina afzalligi shundaki, uni yuqori mavsum bo’lmagan paytda ham tashkil etish imkoniyatini beradi. Bunda turfirmalar nafaqatgina sof turistik xizmatlarni - transport, joylashuv, ovqatlanish, sayoxat xizmati bilan chegaralanmasdan,balki, o’ziga xos maxsus xizmatlar - savdo sheriklarining imkoniyatlari to’g’risida ma’lumotlarni yig’ish,tarjima, zarur bo’lgan iqtisodiy ma’lumotlarni taqdim etish ishchanlik uchrashuvlarini tashkil etish va h.k. Buning uchun tashrif buyuruvchilarga tegishli yig’ilishlar o’tkazishda zallar va maxsus vositalarga mavjud bo’lgan kongres-markazlar tashkil etiladi. Ko’pgina holatlarda kongress ishtirokchilarini ularning oila a’zolari kuzatib boradilar, hamda ularga ham forum tashkilotchilari turistik firmalar bilan birgalikda sof turistik dasturlarni taqdim etadilar. Ayrim holatlarda ishtirkchilarning o’zlari ham shaharning diqqatga sazovar joylari bilan tanishadi, kongress tugagandan so’ng esa mamlakat bo’ylab turistik sayohatlarni amalga oshiradilar.
Turizmni mazkur turining o’ziga xos hususiyatlari shundan iboratki ishchanlik vaziyatida o’tadigan uchrashuv ishtirokchilari oddiy turistga qaraganda mamlakat bo’lib sayohat paytida ko’proq mablag’ sarflaydi. Shuning uchun ko’pgina davlatlar xalqaro forumlarni va shunga o’xshash tadbirlarni o’zlarida o’tkazishga xarakat qiladilar.
9. Ilmiy turizm. O’qish ta’lim olish maqsadida, malaka oshirish maqsadida safar qilish xalqaro turizmning nisbatan yangi turlari safiga kiradi. Xorijda ta’lim olish uchun safar qilish Uzbekistonda ham turbiznesining o’rnatilgan segmentlaridan biri bo’lib hisoblanadi. Safarlardan ommabop bo’lib borayotgan bu turi til o’rganish maqsadida, ayniqsa Buyuk Britaniyaga va boshqa ingliz tilida so’zlashadigan davlatlarga safarlar kengayib bormoqda.
10. Hozirgi vaqtda kattagina qiziqish uyg’atayotgan bu sport – turizmi hisoblanadi. Bu safarlarning asosiy maqsadi turistlarga o’zlari tanlagan sport turi bilan shug’ullanishga imkoniyat yaratib berishdan iborat.
Sport turizmi zaruriy baza mavjudligini talab etadi: turli inventarlarni, maxsus trassalarni, arqon yo’llar, sport maydonchalarini, asbob-uskunalarni talab etadi. Sport sayohatlariga qo’yiladigan asosiy talablardan biri bu dam oluvchilarni xavfsizligini ta’minlash hisoblanadi. Sport sayohatlari, safarlarning maqsadiga bog’liq ravishda 2 turga bo’linadi: aktiv va passiv. Birinchi holatda bu qandaydir sport turi bilan shug’ullanish hisoblansa, ikkinchi holatda shunchaki ishtirok etish hisoblanadi.
11. Shop-turlar. Rossiya va SNG davlatlari uchun xosdir. Xorijga tashrifning maqsadi bo’lib, olib qayta sotish uchun halq iste’moli tovarlarini xarid qilish hisoblanadi (poyafzal, trikotaj va boshqa tovarlar – Turkiyada, Italiya, Portugaliya, Suriyada; yozgi to’qima kiyimlar – Indoneziyada; pustinlar – Gretsiya va Argentinada; mebel – Pol’sha va Italiyada; tele-radio mahsulotrlar BAAda; avtomashinalar Germaniyada, Shvetsiyada, Finlandiyada, Gallandiyada).
Bu turdagi biznes “Mokilar” mazkur davlatlarni byudjetiga sezilarli daromadlarni olib kelmoqda. Masalan, Turkiyada “Mokilar” har yili 8-10 mlrd dollar miqdorda mahsulotlarni harid qiladilar. Mamlakat hukumati har tomonlama shop-turizmni qo’llab quvvatlamoqda. Turkiyaning turizm bo’yicha vazir maslahatchisi ommaviy axborot vositalari orqali habar qilishicha, sifatsiz tovarni sotib olgan turistlar 15 kun muddat ichida uni almashtirilishini, to’langan summani qaytarish yoxud kamchiliklarini bepul bartaraf etishini talab qilishlari mumkin.
Agar nuqsoni ko’rinmaydigan tovarlar xarid qilganda iste’molchi ikki yil ichida sotuvchiga o’z da’vosini bildirishi zarur,xatto “Mokilar” uchun aviabiletlar narxini 50 %ga pasaytirish rejalashtirilmoqda.
12. Sarguzashtli turizm – o’ziga xos tarzda dam olishni bir turi bo’lib, turistlarni nafaqatgina ular uchun jalb qiluvchi joylar bilan ta’minlash, balki g’alati, g’ayritabiiy faoliyat turi bilan shug’ullanishga jalb qiladi. (“Shoxona ov” “Lasos ovlash” “Qaroqchilar xazinasini izlash” va h.k.).

Download 5,2 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   182




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish