Abdulla qodiriy nomidagi jizzax davlat pedagogika instituti tabiiy fanlar fakulteti



Download 5,2 Mb.
bet19/182
Sana15.06.2022
Hajmi5,2 Mb.
#673771
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   182
Bog'liq
Усмонов М. ТУРИЗМ ва РЕКРЕАЦИЯ геогр. (1)

Ijtimoiy-psixologik omillar: mamlakatning madaniy va iqtisodiy aloqalari (kommunikatsiyalarning rivojlanganligi); madaniy turmush darajasi; modaning ahamiyati; shaxs qadr qiymati.

  • Tibbiy-biologik omillar: aholining salomatlik darajasi.

  • Tabiiy omillar: aholi yashaydigan tabiat zonasi; dengiz, daryo, tog’ massivlariga nisbatan geografik joylashuv xususiyatlari.

    Rekreatsion iste’mol mamlakatlarning iqtisodiy hayoti va madaniy turmushida doimo yangi vazifalarni belgilash imkonini beradi. Chunki, rekreatsion iste’molning paydo bo’lishi uchun iqtisodiyot yoki ishlab chiqarishda mahsulotlar va xizmatlar taklifining paydo bo’lishi va iste’mol uchun to’lov qobiliyatining shu taklifga monand yoki mos kelishi lozim bo’ladi.
    Rekreatsion iste’molni iqtisodiy baholash baholashning boshqa jihatlarini ham e’tiborga oladi. Tabiiy, tibbiy-biologik, sotsiologik va ijtimoiy-psixologik jihatlar shular jumlasidandir.
    Rekreatsion iste’molni baholashning tabiiy jihatiga e’tibor qaratganda, rekreatsion geografiyaning tadqiqot usullariga bergan ta’rifimizdagi tarixiy qiyoslash usulidagi Qadimgi Bobil fojeasini eslang. Bugungi kundagi tabiat yoki atrof muhitdagi bo’layotgan o’zgarishlar insoniyatning ijtimoiy-iqtisodiy hayotiga qanday ta’sir ko’rsatmoqda. Hatto, 1828 yildayoq, frantsuz fizigi Jozef Fur’e koinotdan kelayotgan quyosh nurlarining qaytib ketish qonuniyatining buzilishini parnik hodisasiga o’xshatgan edi. 1896 yilda esa shved olimi Svante Arenius is gazining atmosferada ko’payib borayotganligini ta’kidlagan va buni energiya manbalari (ko’mir, neft’)dan keng foydalanilayotganligining oqibati ekanligini e’tirof etgan. 1990 yillarda BMTning hukumatlararo komissiyasi 100 yildan so’ng yer shari harorati 60 S ko’tarilishini, bu o’z navbatida oxirgi muz bosish davrining boshlanishiga olib kelishini ma’lum qilgan.
    1997 yilda atmosfera chiqindilarini kamaytirish Kioto protokoli qabul qilindi. Unga ko’ra, sanoati rivojlangan mamlakatlar 2008-2012 yillar davomida atmosfera chiqindilarining hajmini 5,2 foizga qisqartirishi, jumladan, YeI davlatlari 8 foizga, AQSH 7 foizga, Kanada va Yaponiya 6 foizga qisqartirishi belgilangan.
    Umuman olganda, rekreatsion iste’molni baholashda tabiiy shart-sharoit o’zgarishining barcha jihatlarni e’tiborga olish ham muhim ahamiyatga kasb etadi.
    Rekreatsion iste’molni baholashda tibbiy-biologik jihatni e’tiborga olish ham muhim ahamiyatga ega bo’lib, davolanish muassasalari, oromgohlar, shifo maskanlari hajmi, tarkibi va ular faoliyatining samaradorligini aks ettiradi. Shu o’rinda ekologik vaziyat mushkul kechayotgan, ya’ni suv bosishi, yerlarning sho’rlanishi, doimiy yong’inlar sodir bo’layotgan hududlarda ular faoliyatini samarali kechadi deb bo’lmaydi. Shu o’rinda mamlakatlardagi kasallanish, o’lim darajasining yuqoriligi ham e’tiborga olinadi. O’tgan yaqin tarixda, bu masala o’z yechimini topmaganligi sababli sobiq Ittifoqning eng chekka hududlaridan biri bo’lgan O’zbekiston uchun mustaqillikning dastlabki yillarida sohani rivojlantirish bilan bog’liq ko’pgina muammolarni bartaraf etish masalasini keltirib chiqardi. Chunki, bozor iqtisodiyotiga o’tish davomida respublika atrofidagi mamlakatlarning barchasida iqtisodiy tanglik yuzaga kelgan edi. Biroq, yuqorida ta’kidlaganimizdek, mustaqillik davrida mamlakat iqtisodiyoti va ijtimoiy turmush tarzining barqaror rivojlanishiga katta e’tibor qaratildi.
    2004 yilning yanvar oyi boshida BMT sistemasidagi agentliklar va nodavlat muassasalari BMTning Yevropa bo’limida Jeneva salomatlik sohasida dunyoda bo’layotgan jarayonlarni muhokama etish va jarayonlarning kelgusi faoliyatini belgilash uchun to’plandilar. Yig’ilishda 2015 yilgacha onalar va bolalar o’limini ikki hissaga kamaytirish ko’zda tutilgan. Hozirgi kunda Afrikaning qashshoq mamlakatlarda ayollar o’limi 250 marta yuqoriligicha qolmoqda. Kasallik bilan murojaat qilgan bolalarning har 10 nafaridan 7 tasining hayoti o’lim bilan yakun topmoqda. Bu kabi sharoitdagi mamlakatlar aholisi rekreatsion faoliyat yoki iste’mol kuzatilmaydi.
    Jadvalga ko’ra, onalar o’limi eng yuqori bo’lgan mamlakatlarga Tojikiston, Gruziya, Qirg’iziston, Qozog’iston, Rossiya, Ozarboyjon, Ruminiya, Latviya, Turkmaniston kabi mamlakatlarni kiritish mumkin. Aksincha, onalar o’limining kamayishiga erishgan davlatlarga Vengriya, Chexiya, Slovakiya, Litva, Estoniya kabi mamlakatlarni kiritish mumkin.
    Shuningdek, bolalar o’limi yuqori bo’lgan davlatlar Turkiya, Qirg’iziston, Tojikiston, Turkmaniston kabi mamlakatlarni kiritish mumkin. Aksincha, bolalar o’limi salmog’ini qisqartirishga erishgan davlatlarga Ukraina, Latviya, Rossiya, Chexiya, Estoniya, Bolgariya kabi mamlakatlarni kiritish mumkin. Umumiy holatda, bu jarayonlar BMT tomonidan mamlakatlardagi sihat-salomatlikni belgilashdagi mezon sifatida qabul qilingan.
    Rekreatsion iste’molni baholashning sotsiologik va ijtimoiy-psixologik jihatiga ko’ra, rekreatsion iste’molning ijtimoiy guruh va yakka tartibdagi darajasi atrof-muhit bilan bog’lab o’rganadi.
    Rekreatsion makonni tashkil etish tartibi, shuningdek, makonning rekreantga ta’sir etishida uning sotsiologik va ijtimoiy-psixologik darajasi muhim o’rin tutadi. SHu sababli rekreatsion faoliyatni o’rganishda sotsiologik va ijtimoiy-psixologik jihatning roli yuqori. Sotsiologiya turli ijtimoiy guruhlarning rekreatsion iste’molining o’ta nozik jihatlarini o’rganadi. Ijtimoiy psixologiya rekreatsion muhitdagi ijtimoiy guruhlar va individlarning psixologik xususiyatlarini o’rganadi.
    Bunda geografiyani avvalambor, ijtimoiy hududiy umumiylikning qimmatli yo’nalishi qiziqtiradi. Bu umumiylik umumiy hududdagi yashash omili sifatida hududdagi munosaabatlar tizimini bog’lab turadi (Shepanskiy,1969).
    Rekreatsion iste’mol bilan bog’liq sotsiologik tadqiqotlar majmuali o’tkaziladi. Bunda navbatdagi bosqichlar ajratiladi:

    1. Mavjud statistik ma’lumotlar asosida dam olishning zamonaviy an’analarini o’rganish;

    2. Rekreatsiya va uning rivojlanish istiqbollari bilan bog’liq yuzaga kelishi mumkin bo’lgan shart sharoitlarni ishlab chiqish;

    3. Aholi o’rtasida anketa so’rovlarini o’tkazish;

    4. Rekreatsiya rivojlanishining kelgusi istiqbollarini belgilab olish;

    5. Rekreatsion faoliyatning qayta taqdimotini tashkil etishning nazariy asoslarini ishlab chiqish;

    Rekreatsion faoliyatni tashkil etish bilan bog’liq jarayonlarda yuzaga kelishi mumkin bo’lgan qaltisliklardan chiqib ketish shart-sharoitlarini ishlab chiqish
    Omillarni o’z navbatida ikkiga bo’lish mumkin: 1) sub’ektiv omillar ya’ni inson faoliyati bilan bog’liq bo’lgan yoki inson faoliyati natijasida yuzaga kelgan omillar. Yuqoridagi demografik, ijtimoiy-psixologik, etnik omillar shular jumlasidandir. 2) Ob’ektiv omillar, ya’ni inson faoliyati bilan bog’liq bo’lmagan omillar. Masalan, qurg’oqchilik, sho’rlanish, toshqinlar, ko’chkilar, ob-havodagi keskin o’zgarishlar kabilar tabiiy omillar hisoblanib, ishlab-chiqarishning biror mavsumda izdan chiqishiga yoki butunlay inqiroziga olib kelishi mumkin.
    Rekreatsiyaning siyosiy omillar bilan bog’liqligi
    Insoniyat hayot faoliyatining ikkita qutbiy shakli mavjud. Shulardan biri ishlab chiqarish kuchlarining mehnat sarfi bilan bog’liq bo’lsa, ikkinchisi mehnat qilish davomida sarflangan ruhiy, jismoniy energiyani qayta tiklash bilan bog’liq. Bu ikki qutbiy shaklning dialektik uyg’unligi shundaki, mehnat sarfi (mehnat qobiliyati, quvvati) qayta tiklanmas ekan uning takror sarf bo’lishi mumkin emas.
    Insoniyat tarixi, formatsiyalar almashinuvi, xalqaro mehnat taqsimoti tarixiga ko’ra, bir formatsiya (boshqaruv shakli) ikkinchisini inkor etishi, ya’ni inkorni-inkor qonuniga asosan birining o’rnini ikkinchisi egallagan. va har gal inkorning asosini mehnatning og’irligi, inson mehnatiga muvofiq rag’batlantirilmaganligi asos sifatida e’tirof etadi.
    Shu bois, bu bog’liqlik tarixiy xarakter kasb etadi. Boshqacha qilib aytganda, bu ikki qutbiy shakl ishlab chiqarish tarmoqlaridagi o’zgarishlarda bosh omil vazifasini o’taydi. Masalan, Sobiq Ittifoqning rejalashtirilgan iqtisodiy tizimida savdo-xizmat ko’rsatish sohalari hozirgidek darajasida rivojlanmagan edi. Bugungi kunda ishlab chiqarish mohiyati global ahamiyat kasb eta borayotganligi, ba’zan mamlakatdagi tabiiy resurslar mamlakatlarining rivojlanishida yetarli asos bo’la olmayotganligi, ya’ni, inson omili, intellektual salohiyat uning o’rnini qoplayotganligi, ma’lum. Buni Yaponiya, Shveytsariya davlatlari misolida ko’rish mumkin.
    Rekreatsiya inson mehnati qobiliyatini qayta tiklash doirasida sodir bo’ladigan jarayon sifatida xarakterlanadi. Qat’iy aytilganda, bu ko’rsatkich jamiyat ishlab chiqarishining mahsuldorligi bilan bog’liq.
    Shuningdek, ish vaqti birligi ham o’z navbatida rekreatsion faoliyat “ishlab chiqarish mahsuldorligi” va xizmat ko’rsatish tizimining to’la global vazifa bajarish bilan bog’liq bo’ladi. Masalan, Daniyada aholi manzilgohlarida qurilgan ko’ngil ochar manzilgohlari, attraktsionlar, bolalar o’yingohlari, hovuzlarning qurilishi va tinimsiz xizmat ko’rsatilishining barchasi chiqindi yig’uvchi muassasalar hisobidan bajarilar ekan. Aholi qog’oz, shisha sinig’i, chiqindi metallar, polietilen chiqindilarini o’z o’rniga tashlash orqali chiqindi yig’uvchi va ikkilamchi mahsulotlarni qayta ishlovchi korxonalarga katta daromad keltirishadi. Hatto kishilarning eshik oldi zinalarigacha tozalab qo’yishi ular zimmasida bo’lib, aholidan xizmat xaqi olinmaydi. Afsuski, xizmat ko’rsatish tizimidagi tarkibiy muammolar va ularning omillari barcha mamlakatlarda rekreatsion vazifani to’la bajarish imkonini bermaydi. Natijada kishilarning rekreatsion vaqti qisqaradi.

    Download 5,2 Mb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
  • 1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   182




    Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
    ma'muriyatiga murojaat qiling

    kiriting | ro'yxatdan o'tish
        Bosh sahifa
    юртда тантана
    Боғда битган
    Бугун юртда
    Эшитганлар жилманглар
    Эшитмадим деманглар
    битган бодомлар
    Yangiariq tumani
    qitish marakazi
    Raqamli texnologiyalar
    ilishida muhokamadan
    tasdiqqa tavsiya
    tavsiya etilgan
    iqtisodiyot kafedrasi
    steiermarkischen landesregierung
    asarlaringizni yuboring
    o'zingizning asarlaringizni
    Iltimos faqat
    faqat o'zingizning
    steierm rkischen
    landesregierung fachabteilung
    rkischen landesregierung
    hamshira loyihasi
    loyihasi mavsum
    faolyatining oqibatlari
    asosiy adabiyotlar
    fakulteti ahborot
    ahborot havfsizligi
    havfsizligi kafedrasi
    fanidan bo’yicha
    fakulteti iqtisodiyot
    boshqaruv fakulteti
    chiqarishda boshqaruv
    ishlab chiqarishda
    iqtisodiyot fakultet
    multiservis tarmoqlari
    fanidan asosiy
    Uzbek fanidan
    mavzulari potok
    asosidagi multiservis
    'aliyyil a'ziym
    billahil 'aliyyil
    illaa billahil
    quvvata illaa
    falah' deganida
    Kompyuter savodxonligi
    bo’yicha mustaqil
    'alal falah'
    Hayya 'alal
    'alas soloh
    Hayya 'alas
    mavsum boyicha


    yuklab olish