To‘lanmagan zarar
sug‘urtalangan qaltislik bo‘yicha sug‘urtalanuvchi tomonidan ko‘rsatilgan, lekin hali to‘lab berilmagan zarar.
To‘la nobud bo‘lishi
sug‘urtalangan kaltisliklar yuzaga kelishi natijasida sug‘urtalangan mulkning (kema, yuk, avtomobil) qaytarib bo‘lmaydigan ravishda yo‘qolishi.
To‘lash muddati
hayotni sug‘urtalash polisi yoki sug‘urtaning yig‘ma turi bo‘yicha sug‘urtalovchi to‘lovni amalga oshirishi zarur bo‘lgan sana. Hayot sug‘urtasida to‘lash muddati sug‘urtalangan shaxsning vafot etishiga bog‘liq bo‘ladi. Yig‘ma sug‘urta Polisi bo‘yicha to‘lash muddati qaysinisi oldin yuz berishiga qarab sug‘urtalangan shaxs vafot etgandan so‘ng yoki oldindan kelishilgan maxsus davr tugashi bilan belgilanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |