Tant’ema
foydadan olingan komissiya; qayta sug‘urtalovchi foydasida qayta sug‘urtalanuvchi ishtiroki; qayta sug‘urtalanuvchini taqdirlash shakli.
Tan jarohati
boshqa sabablardan mustaqil ravishda to‘g‘ridan-to‘g‘ri to‘sqinlik qilib bo‘lmaydigan, tasodifiy shubhasiz tashqi ta’sir natijasida shartnoma amal qilish davrida sug‘urtalanuvchi organizmi butunligining buzilishi. To‘g‘ridan-to‘g‘ri va faqat ushbu ta’sir oqibatida kelib chiqqan kasalliklardan tashqari har qanday kasalliklarni O‘z ichiga olmaydi.
Tender
sug‘urtalashda:
1) ayrim sug‘urta turlari bo‘yicha polislarni sotish huquqini olish maqsadida konkursda qatnashish uchun taklif etish (odatda munitsipal mulk, yashash uchun mo‘ljallangan va boshqa binolarni va b. sug‘urtalash);
2) konkurs jarayonining O‘zi.
Do'stlaringiz bilan baham: |