Sug‘urta mas’uliyati
Mas’uliyatga qarang
sug‘urta mukofoti
sug‘urtalanuvchi sug‘urta shartnomasida belgilangan tartibda va muddatda sug‘urtalovchiga to‘lashi shart bo‘lgan sug‘urta uchun to‘lov, sug‘urta badali. U sug‘urta summasining miqdori, tarifi, sug‘urta muddati va boshqa omillarga bog‘liq.
Sug‘urta bahosi
sug‘urta shartnomasini tuzish paytida sug‘urtalangan mulkning haqiqiy bahosi. Sug‘urtalovchi tomonidan sug‘urtalanuvchi taqdim etgan to‘lov hujjatlari yoki maxsus ma’lumotlar asosida aniqlanadi. Sug‘urta bahosi miqdorini hisoblash tartibi turli davlatlarda turlicha va amaldagi qonunchilikka asoslanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |