Turgan joy haqida axborot
O‘zining turgan joyi haqida (nuqta joyini) axborot joyning buyumlariga bog‘liq bo‘lib, ufq tomonlarini aniqlash (mo‘ljallash)da, joy buyumini aytishda axborot qiluvchi bevosita o‘sha yerda bo‘lishi, joyning buyumlar masofasigacha (mo‘ljallar) ufq tomonlarini ko‘rsatuvchi yo‘nalishlarni aniqlaydi. Masalan, o‘rmonning shimoliy chekka qismidan: shimolda 600 m—zavod quvuri, g‘arbda 200 m — qishloq, janubda 300 m—daryo, sharqda 500 m—yo‘l.
Magnit azimuti va joydagi predmetlar bilan oriyentirlanish
Azimut bo‘ylab harakatlanishda, mohirlik bilan kompas yordamida ko‘rsatilgan yoki belgilangan yo‘nalish bo‘yicha tayinlangan punktga aniq chiqish bilan ahamiyatlidir. Joydagi predmet bo‘yicha aniqlashda, odatda, magnit azimutdan foydalaniladi. Ular ufqqa yo‘naltirilgan burchak bo‘lib, harakatlanishda soat millarining shimoliy meridian yo‘nalishidan predmetgacha bo‘lgan yo‘nalishi hisoblanadi. Bu 0° da 360° gacha ahamiyatga ega bo‘ladi. Magnit azimutini aniqlash maqsadida, joydagi predmetga kompas yordamida, predmetga yuz tutgan holatda turib, kompasni mo‘ljal olinadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |