A qodiriy nomidagi jizzax davlat pedagogika instituti maktabgacha ta‘lim fakulteti pedagogika-psixologiya kafedrasi



Download 6,33 Mb.
bet20/178
Sana02.04.2022
Hajmi6,33 Mb.
#524342
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   178
Bog'liq
11-Mavzu Jamoa tushunchasi va uning o’ziga xosliklari

IJTIMOIYLASHUVI.
Reja:



  1. Individ va shaxs haqida tushuncha.

  2. Shaxsni kamol toptirishda tarbiya va faoliyatning o‘zaro bog‘liqligi.

  3. Shaxs rivojlanishining yosh davrlari va ularning o‘ziga xos xususiyatlari.




  1. Barkamol shaxs tarbiyasining ma‘naviy-ma‘rifiy asoslari.



Mavzu uchun tayanch so‘zlar

Rivojlanish va tarbiya, shaxs shakllanishi, irsiyat, muhit, jismoniy rivojlanish, qobiliyat va iste‘dod.




Adabiyot:

  1. Islom Karimov. «Barkamol avlod-O‘zbekiston taraqqiyotining poydevori». T.

Sharq, 1997.





  1. Milliy istiqlol g‘oyasi: asosiy tushuncha va tamoyillar. T. «O‘zbekiston», 2000 yil.




  1. Z.Mirtursunov. «Xalq pedagogikasi». T.1994 yil.

  2. A.Q. Munavvarov. «Pedagogika». «O‘qituvchi» nashriyoti. T. 1996 y.

1.


Pedagogikada rivojlanish va tarbiyaning o‘zaro bog‘liqligi muhim muammolardan bo‘lib, u ko‘p munozaralarga sabab bo‘ladi. Shaxsning rivojlanishi qiyin, murakkab jarayon, u ko‘plab ichki va tashqi ta‘sirlar va omillar orqali ro‘yobga chiqadi.

Inson hayot ekan, butun umri davomida o‘sib, rivojlanib, o‘zgarib boradi.


Bolalik, o‘smirlik va o‘spirinlik yillarida kamol topishi yaqqol ko‘zga tashlanadi.

Rivojlanish deganda biz shaxsning ham jismoniy, ham aqliy va ma‘naviy kamol topish jarayonini tushunamiz. Pedagogika va psixologiya fanlari rivojlanishni biologik va sotsial hususiyatlari o‘zaro chambarchas bog‘liq bo‘lgan bir butun narsa deb hisoblaydi. Odam bolasining shaxs sifatida rivojlanishi har tomonlama kamol topishining samarali bo‘lishiga erishish maqsadida pedagogika fani rivojlanishning qonuniyatlarini, unga ta‘sir etuvchi omillarni shuningdek, shaxs kamolotida ta‘lim va tarbiya hamda faoliyatning ta‘siri, ahamiyatini aniqlaydi va tahlil qiladi. Ma‘lumki, odam shaxs sifatida dunyoga kelmaydi, balki uning shakllanishi avvalo hayot sharoitlariga bog‘liqdir. Shaxs hayot davomida murakkab rivojlanish jarayonini boshdan kechiradi, natijada shaxsga aylanadi. Shu sababli shaxsni ma‘lum ijtimoiy tuzumning mahsuli deb tushunishimiz lozim.


Har bir jamiyatda shaxsning shakllanishi, kamol topishi muammolariga to‘g‘ri yondoshish uchun shaxsning tabiatini, tuzilishini, uning xulq-atvorini va unga ta‘sir etadigan sabab va vositalarni bilish zarur.


Shaxsning rivojlanish jarayoni bir qancha omillar ta‘sirida sodir bo‘ladi. Bular irsiyat, ya‘ni biologik omil hamda muhit, ta‘lim va tarbiya, shaxs faoliyati


(ijtimoiy omil) shaxsni shakllantirishning asosiy omillari deb tushuniladi. Ma‘lumki, shaxs, inson tirik organizmdir, shu sababli uning hayoti biologiyaning umumiy qonunlariga, yoshlar anatomiyasi va fiziologiyasining maxsus qonunlariga bo‘ysunadi.

Shaxsning, ayniqsa, bolaning jismoniy rivojlanishi, sog‘lig‘pi biologik omilga bog‘liqdir. Biologiyaning asosiy tushunchasi bo‘lgan irsiyatning, ya‘ni bolaning nasl-nasabining roliga olimlarimiz alohida e‘tibor bermoqdalar. Har bir bola insonlarga xos tug‘ma hususiyatlar bilan dunyoga keladi. Shunday ekan, odam bolasi tug‘ilgandan so‘ng unda shaxs bo‘lib shakllanish, еtuk inson bo‘lib voyaga еtishi imkoniyati mavjud bo‘ladi. Bola o‘zining avlod-ajdodlaridan ko‘pincha biologik belgilarni meros sifatida qabul qilib oladi, hatto ayrim kasalliklar ham nasldan-naslga o‘tadi. Biologik omillar shaxsning jismoniy rivojlanishiga ham ta‘sir ko‘rsatadi. Shunday ekan, sog‘lom ota-onadan sog‘lom farzand dunyoga kelishini unutmasligimiz lozim.


Oilaning sog‘lomligini, ota-onaniig totuvligi, bir-birini tushunishi, qo‘llab-quvvatlashi o‘zaro izzat-hurmati belgilaydi.


Shaxs ijtimoiy hayotning mahsuli ekan, u albatta bolani o‘rab olgan muhit ta‘sirida rivojlanadi. Shaxsning hayoti davomida muhit unga yo ijobiy, yo salbiy ta‘sir ko‘rsatishi, rivojlanish imkoniyatlarini ro‘yobga chiqarishi yoki yo‘q qilishi mumkin.


Muhit-bu shaxsga ta‘sir etuvchi tashqi voqyea va hodisalar yig‘indisidir. Bular: tabiiy muhit (geografik, ekologik) ijtimoiy muhit (shaxs yashayotgan jamiyat) va boshqalar kiradi. Bular orasida ijtimoiy muhitning, ya‘ni shaxs yashayotgan jamiyatning inson kamoloti uchun belgilangan imkoniyatlari muhimdir. Shaxs rivojlanishiga erishish har bir jamiyatda amalga oshirilayotgan tarbiya tizimi orqali amalga oshiriladi. Faqat tarbiya orqali insondagi rivojlanish imkoniyatlarini ro‘yobga chiqarish mumkin. Tarbiya jarayonida aniq maqsad va reja asosida shaxsga ta‘sir etiladi. Buning natijasida muhitdagi voqyealarning to‘g‘ri ijobiy ta‘sirini amalga oshirish imkoni tug‘iladi. Muhit bera olmagan narsalar tarbiya orqali hosil qilinadi, hatto tarbiya tufayli shaxsda tug‘ma kamchiliklarni ham o‘zgartirib shaxsni kamolga еtkazish mumkin. Bundan tashqari tarbiya muhitning salbiy ta‘siri tufayli tarbiyasi izdan chiqqanlarni ham qayta tarbiyalaydi. Rivojlanish shaxs faoliyatidan tashqarida bo‘lmaydi. Shu sababli odam faoliyati uning rivojlanishi uchun asos bo‘ladi. Pedagogik jihatdan to‘g‘ri uyushtirilgan har qanday faoliyat hoh o‘yin, mehnat, o‘qish, sport va boshqalar shaxsning rivojlanishiga ta‘sir ko‘rsatadi. Shaxs ulg‘aya borgan sari uning faoliyati ham mazmunan, ham shaklan o‘zgarib boradi, turli yosh davrlarida esa faoliyat turlari ham o‘zgarib boradi. Shu sababli bola hayotida o‘yin, o‘quvchi hayotida o‘qish, kattalar hayotida mehnat faoliyatlari katta ahamiyatga egadir.


O‘quvchi va talabalarning rivojlanishida o‘quv jarayonlarining ahamiyati va ta‘siri beqiyos kattadir. Bilimlarni o‘zlashtirish ularning tafakkurini o‘stiradi, ijodiy qobiliyatlarini shakllantirishning asosiy vositasi bo‘lib qoladi. Bu jarayonda ularda ijtimoiy hulq mezonlari shakllanadi. Shaxs qaysi yoshda bo‘lishidan qat‘iy nazar, ularning rivojlanishida mehnat faoliyatining ahamiyati kattadir. Ayniqsa, mehnat insonning ham jismoniy, ham ma‘naviy kamol topishida muhim manba


hisoblanadi. Mehnat jarayonida uning ishtirokchilari bir-birlari bilan aloqada bo‘ladilar, o‘zlarining nimaga qodir ekanliklarini ko‘rsatishga harakat qiladilar. Mehnat orqali shaxsning axloqiy sifatlari tarkib topadi, ularda vatanparvarlik, mas‘uliyat, intizomlilik, faollik ortadi. Ular o‘z-o‘zini tarbiyalashga astoydil kirishadilar. O‘z-o‘zini tarbiyalashga ota-ona, o‘qituvchining tarbiyaviy ta‘siri yanada samarali bo‘ladi. Tarbiya bilan rivojlanishning o‘zaro bir-biriga ta‘siri va munosabatlari mavjud, chunki qayerda tarbiya jarayoni muammolari to‘g‘ri hal etilsa, u shaxs kamolotiga samarali ta‘sir ko‘rsatadi. Kamol topgan shaxs tarbiyaning roli va imkoniyatlariga ishonch bilan qaraydi.

Tarbiya shaxsning rivojlanishini ta‘minlashi uchun boladagi rivojlanishning mohiyatini tushunish, bilish faoliyatining o‘zgarish sabablarini aniqlash zarur. Tarbiya haqiqatan rivojlantiruvchi omil bo‘lmog‘i uchun tarbiya jamiyatning tarbiya oldiga qo‘ygan talablarini, shaxsning o‘ziga xos hususiyatlarini bilishi zarur. Pedagogika fani shaxs rivojlanishida tarbiyaning еtakchiligini e‘tirof etish bilan birga ularning o‘zaro bir-biriga ta‘sirini tan oladi.


Shaxsning rivojlanib kamol topishi, hayotning hamma bosqichlarida bir xil bo‘lmay, balki yosh hususiyatlari va hayot tajribalariga qarab har xil bo‘ladi. Tarbiya jarayonida o‘sayotgan avlodning yosh va o‘ziga xos hususiyatlarini bilish va hisobga olish juda zarur. Ma‘lumki, bir xil yoshdagi bolalarning, o‘quvchi-talabalarning har birining o‘ziga xos hususiyatlari mavjud.


Insonning kamol topish jarayonini faqat irsiyat, ijtimoiy muhit va ta‘lim tarbiyaga bog‘lab o‘rganish, talqin qilish ham haqiqatga unchalik to‘g‘ri kelmaydi. Chunki ijtimoiy taraqiyotda shaxsning o‘zi ham faol ishtirok etadi.


Aytish mumkinki, ijtimoiy muhit, ta‘lim-tarbiya-shaxsning o‘zi faol ishtirok etgandagina uning tug‘ma layoqatini uyg‘otadi, iste‘dod, qobiliyatlarini o‘stira oladi. Agar kishi o‘z ishini sevsa, uning shu sohadagi iste‘dodi tezroq va kuchliroq ro‘yobga chiqa boshlaydi. Shunday hollar ham uchraydiki, ba‘zan kishi bir soha bilan qiziqadiyu, uning qobiliyati boshqa sohada ro‘yobga chiqadi. Bunday hodisalar ko‘proq hali kishining qobiliyatlari to‘la ro‘yobga chiqmagan va shakllanib bo‘lmagan hollarda yuz berishi mumkin.


Qobiliyat va iste‘dodning ro‘yobga chiqishida insonning muayyan faoliyatga qiziqib qarashi bilan bir qatorda uning o‘z ustida ishlashi ham muhim ahamiyat kasb etadi. Iste‘dodli kishilar o‘z iste‘dodlari-iqtidor kuchini to‘la ro‘yobga chiqarish uchun o‘z ustilarida tinmay ishlashlari, mehnat qilishlari shart. Masalan, mashhur yunon notig‘i-nutq ustasi Demosfenning (yeramizdan oldingi IV asr) omma orasidagi dastlabki nutqlari muvafaqiyatsizlikka uchragan, uni hatto mashara qilishgan. Demosfen duduq, ovozi xasta, qisqa-qisqa nafas oladigan kishi edi. U doimo bir еlkasini uchirib turar edi. Lekin u aktyor Satirning maslahati bilan o‘z nutqini takomillashtirishga kirishadi. Demosfen o‘z kamchiliklarini bartaraf etish uchun irodalilik va qat‘iyatlilik ko‘rsatadi: u og‘ziga mayda toshlar va sopol parchalarini solib so‘zlarni talaffuz qilishni mashq qildi, dengiz bo‘yida to‘lqinlar shovqinida nutq so‘zladi, qoyalarga chiqib baland ovoz bilan she‘rlar o‘qidi, oyna oldida turib yuz harakatlarini bir maromga keltirdi. Uy shiftiga qilichni osib qo‘ydi, u odati bo‘yicha еlkasini har uchirganda qilich sanchilardi. Demosfen haftalab uydan chiqmay notiqlikni o‘rgandi. Uydan chiqmaslik uchun sochining


yarmini qirdirib tashladi. Bunga o‘xshash misollarni ko‘plab keltirish mumkin. Masalan, Alisher Navoiy, Ibn Sinolarning qunt bilan kitob mutolaa qilganlari, A.V.Suvorov, Amir Temurlarning harbiy san‘atni egallash borasidagi mehnatlari fikrimizning dalilidir.

Hayotda shunday hollar ham uchraydiki, ayrim kishilarda bolalik va maktabda o‘qigan yillarida qulay muhit bo‘lishiga qaramay tug‘ma iste‘dod va qobiliyat nishonalari ko‘rinmaydi. Biroq, keyinchalik qunt va mustaqil ishlash, g‘ayrat va qat‘iyatlilik natijasida ular katta qobiliyat egalari sifatida maydonga chiqishadi.


Mashhur kishilar hayoti shuni ko‘rsatadiki, ularning ijodiy faoliyatlaridagi asosiy narsa uzluksiz ishlay bilish, oylab, yillab, o‘n yillab o‘z oldilariga qo‘yilgan maqsad uchun intilish, kurashish, unga еtish yo‘llarini hormay izlashdir.


Har bir inson to‘kis hayotga to‘la imkonlar bilan yaratilgan. Ammo har bir kishi o‘ziga xos o‘quv, qobiliyat va imkoniyatlarga ega. Demak, kishi o‘zining shaxsiy hayot yo‘lini topa olsa, shu vaqtda uning hayoti jo‘shqin, faoliyati ijodkor, mehnati unumli, foydasi mo‘l bo‘ladi. Kishi aslida haqiqiy baxtiyorlikka mehnat jarayonida erishadi. Bu vaqtda unga g‘oyibona ruhiy madad beriladi, moddiy-ma‘naviy yaratuvchanlik, yangi g‘oyaviy fikrlar uni amaliy-ijodiy yo‘llarga chorlay boshlaydi. Shuning uchun ota-ona, oila a‘zolari, bog‘cha, maktab, ta‘lim-tarbiya muassasalari har bir bolani uquvi, qiziqishi, qobiliyatiga asosan kasb egallashiga mas‘uldirlar.


Talabalar-yoshlarga insonlarning nodir va betakrorligini, dunyoviy, diniy ilmlarni uyg‘unligini tushuntirib berish zarurdir. Shundagina yoshlar ayrim g‘ayridiniy oqimlar aslida noto‘g‘ri ekanligini ongli tushunadilar. Har bir kishi azaliy yaxshi taqdir bilan yaratilgan.


Agar kishi o‘z hayot yo‘lini topa olsa, uning ongi mustaqil rivojlanib borib ong osti yo‘nalishiga tusha olsa xuddi to‘lqinlarning mos kelishi kabi insonda ma‘naviy ruhiy mutanosiblik sodir bo‘lib, u mukammal kamolot yo‘liga kiradi.





Download 6,33 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   178




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish