Bankali baliq konservalari issiqlik ishlovi berilishiga qarab,
sterilizatsiya qilingan va sterilizatsiya qilinmagan konservalarga
bo„linadi. Konservalar baliqqa qanday usulda ishlov berilganligiga va
qo„llaniladigan sardagiga qarab, o„z sokida tayyorlangan konservalar,
tomat sousida tayyorlangan konservalar va moy solib tayyorlangan
konservalar, tayyor ovqatlik darajasiga qarab esa gazakbop va tabiiy
konservalarga bo„linadi. Gazakbop konservalar ovqat o„rnida
iste‟mol qilishga tayyor mahsulot bo„lib, ularga qo„shimcha ishlov
berilmaydi. Tomat sousli konservalar, moyli konservalar, baliq
pashtetlari ana shunday baliq konservalaridir.
Do'stlaringiz bilan baham: |