A. N. Samadov, O. S. Jumanov


Oziq-ovqat  saqlashda  foydalaniladigan  elektr  asboblari



Download 1,9 Mb.
Pdf ko'rish
bet187/334
Sana25.04.2020
Hajmi1,9 Mb.
#47194
1   ...   183   184   185   186   187   188   189   190   ...   334
Bog'liq
Tovarlar ekspertizasi darslik

Oziq-ovqat  saqlashda  foydalaniladigan  elektr  asboblari.  Oziq-
ovqat  saqlash  uchun  elektr  sovitkichlar  va  muzlatkichlar  ishlatiladi. 
Ma‟lumki,  tez  buziladigan  mahsulotlar  mikroorganizmlar  tomonidan 
iste‟mol  qilinadi  va  ular  chiqargan  fermentlar  ta‟sirida  oziq-ovqatlardagi 
oqsillar 
aminlarga, 
yog„lar 
yog„ 
kislotasiga 
va 
uglevodlar 
monosaxaridlarga  parchalanadi.  Sovuq  haroratda  mikroorganizmtar 
faoliyati sekinlashadi. 
Elektr sovitkichlar ilk bor Marsel Odifren (AQSH) tomonidan 1910-
yili  kashf  qilingan.  Bular  ish  tarzi  bo„yicha  uch  guruhga  bo„linadi: 


224 
 
kompression,  absorbsion-diffuzion  va  termoelektrik  sovitkichlar.  Elektr 
sovitkichlar  ikki  qismli  bo„ladi:  javon  (shkaf)  va  sovitkich  uskunasi 
(agregati).  Javonlar  ikki  qavatlidir.  Tashqi  qavati  (korpusi)  titan  emali 
bilan qoplangan, sovuq holatda yoyish usuli (prokat) asosida olingan po„lat 
tunukasidan  tayyorlanadi.  Ichki  qavati  (kamerasi)  zarbaga  bardosh 
beradigan  polistiroldan  qilinadi.  Qavatlar  orasi  penopolistirol  yoki 
penopoliuretan  (porolon)  bilan  to„ldiriladi.  Eshigining  qirg„oqlariga 
magnitlangan bariy ferritli polixlorvinil tasmasi yopishtiriladi. 
Kompression  sovitkich  uskunasi  bir-biri  bilan  germetik  ravishda 
ulangan  motor-kompressor,  kondensator,  bug„lantiruvchi  (isparitel), 
kapillyar naycha va filtr-qurituvchi qismlardan iborat. Ichi xladon-12 bilan 
to„ldiriladi.  Alohida  blokni  elektr  jihozlar  (dvigatel,  ishga  tushirish  va 
muhofaza  relesi,  lampochka,  haroratni  boshqaruvchi  hamda  qirovni 
erituvchi moslamalar) tashkil qiladi. 
Sovitkich  elektr  tarmog„iga  ulanganda  asinxron  elektr  dvigateli 
kompressorni  ishga  tushiradi.  Uning  porsheni  xladonni  so„rib  olib,  siqib 
kondensatorga  uzatadi.  80°C  gacha  isigan  xladon  kondensatorda  tez 
soviganligi  sababli  suyuqlikka  aylanadi.  Suyuq  xladon  bug„lantiruvchida 
bosimning pastligi uchun bug„lanadi. Mazkur jarayon endotermik (issiqlik 
yutuvchi)  bo„lganligi  sababli  bug„lantiruvchida  havo  harorati  18-24°C 
gacha  pasayadi,  Undan  keyin  xladon  gazi  silindrga  keladi  va  shu  tarzda 
takrorlanib turadi. 
Diametri 0,8 mm bo„lgan kapillyar naycha uskunani past va yuqori 
bosimli  qismlarga  bo„ladi.  Filtr-qurituvchidagi  seolit  xladonni  tozalab 
quritib  turadi.  Ishga  tushirish  relesi  o„zakli  g„altakdan  iborat  bo„lib, 
asinxron  dvigatelning  ishga  tushirish  cho„lg„amini  larmoqqa  vaqtincha 
ulaydi.  Dvigatel  qizib  ketsa  yoki  porshen  tishlashib  qolsa,  bimetall 
tuynukchasidan  iborat  bo„lgan  issiqlik  relesi  egilib  zanjirni  uzadi. 
Haroratni  boshqaruvchi  (termoregulyator)  xladon  bilan  to„ldirilgan 
burmachak  qalay  fosforli  bronzadan  qilingan  sifondan  iborat.  Elektr 
sovitkich ichidagi havo soviganda qisqarib, zanjirni uzadi va havo isiganda 
kengayib  zanjirni  ulaydi.  Qirovni  erituvchi  (defrostator)  bir  kunda  bir 
marta 10-15 minutga issiq xladonni bug„lantiruvchi orqali o„tkazib turadi. 


225 
 
Absorbsion-diffuzion  sovitkich  uskunasi  absorber,  generator, 
kondensator, bug„lantiruvchi va elektr jihozlardan iborat. 

Download 1,9 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   183   184   185   186   187   188   189   190   ...   334




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish