1 3 . 5 . K u l o l c h i l i k b u y u m l a r i i s h l a b c h i q a r i s h
Kulolchilik tovarlari sopol va nafis keramika (yunon. loydan
yasalgan) deb atalmish farfor (arab. hoqon), fayans hamda mayolikalardan
tayyorlanadi. Sopoldan buyum ishlab chiqarish birinchi bor Misrda
eramizdan oldin 4 ming yil ilgari boshlangan. Farfordan (chinnidan)
buyum ishlab chiqarish sirlarini xitoyliklar eramiz boshida bilib olishgan.
Mayolika so„zi Ispaniyadagi Mayorka oroli (XIV asr) va fayans so„zi
Italiyadagi Faens shahri (XV asr) nomlaridan olingan.
O„zbekistonda kulolchilik tovarlari Toshkent, Samarqand, Quvasoy,
Bog„ot chinni, Sherobod kulolchilik va Rishton badiiy-kulolchilik
zavodlari hamda Angren kulolchilik kombinatida ishlab chiqariladi.
202
Yurtimizda Angren, Olmaliq, Oqtosh va Nurobodda kaolin konlari,
Sho„rsuvda kuydirganda oqaradigan gil, Chotqol va Langarda pagmatit,
Zirabuloq, Ziyovuddinda dala shpati, Dehqonobod va G„uzorda dolomit
konlari mavjud.
Xomashyolar aralashmasidan qorilgan loy gips qoliplariga solinib,
ustidan g„ildirakcha yurgizish natijasida buyum shakllanadi. Mayolika
buyumlari, farfor va fayans idishlarining bandlari va jo„mraklari hamda
haykalchalar quyish usulida ishlab chiqariladi. ldishlar bandi hamda
jo„mragi xomashyolarga sir tarkibidagi moddalar. dekstrin yoki
karboksimetilselluloza qo„shilgan aralashma bilan yopishtiriladi. Keyin
ho„l qum solib pishirilgan idishlarning bandi va jo„mragi ko„tarishga
bardosh berishini tekshirish lozim. Shakllangan buyumlar quritilib, ikki
marta qizdiriladi.
Kulolchilik buyumlari xomashyosi bo„yicha yetti turga bo„linadi:
1.Qattiq farfor. Loyi 40% kaolin, 25% kvars qumi, 25% pegmatit va
10% gildan qorilib, shakllantirilgandan keyin 900°C va 1410°C da
pishirliadi. G„ovakligi 0,5% bo„lib, 2,5 mm. gacha qalinlikdagi devori
orqali yorug„lik shu‟lasi ko„rinib turadi. Undan tayyorlangan 120 ta
tovoqchani 5 kun mobaynida ustma-ust qilib saqlashga bardosh beradi.
2.Yumshoq (suyakli) farfor. Loyi 25% kaolin, 30% kvars qumi yoki
suyak kuli, 40% pegmatit va 5% gildan qorilib shakllantirilgandan keyin
900°C va 1300°C da pishirliadi. Buyum yupqa devorli bo„lib, hamma
joyidan yorug„lik shu‟lasi ko„rinib turadi.
3. Fayans. Loyi 2% kaolin, 40% kvars qumi, 30% gil va 10%
pegmatit aralashmaisdan qorilib, shakllantirilgandan keyin 1280°C va
1050°C da pishirliadi. G„ovakliligi 9-12% atrofida bo„ladi. Undan
tayyorlangan tovoqchalarning 100 tasini 5 kun mobaynida ustma-ust qilib
saqlashga bardosh beradi.
4. Yarim farfor. Qattiq farfordan farqi xomashyosiga gil kaolin
hisobidan 5% ko„proq qo„shilishida bo„lib, undan umumiy ovqatlanish
korxonalarida ishlatiladigan qalin devorli idishlar tayyorlanadi.
Pishirilishi fayansniki kabi. Qalinligi uchun idish yuvish mashinalarida
yuvishga chidamli bo„ladi. G„ovakliligi 5-8% atrofida.
203
5. Mayolika buyumlari. Loyi 15% kaolin, 25% oddiy gil va 40%
dan kvars qumi bilan nefelin Na
3
(AlSiO
4
) yoki kvars, dala shpati va
slyudadan iborat perlit aralashmasidan qorilib, shakllantirilgandan keyin
ikki marta 900°C da pishirliadi. G„ovakliligi 15% bo„ladi.
6. Olovbardosh sopol. Loyi 30% oddiy gil, 45% perlit va 25%
nefelin yoki sillimanit Al
2
SiO
5
aralashmasidan qorilib, shakllangandan
keyin bir marta 900°C da pishirladi. Undan tayyorlangan xumchada
ovqat pishirish mumkin.
7. Oddiy sopol. Loyi 85% oddiy gil va 15% kvars qumi
aralashmasidan qorilib, shakllangandan keyin bir marta 900°C da
pishirliadi. Undan tovoq, kosa, ko„za, gul tuvagi, yodgorliklar va boshqa
buyumlar tayyorlanadi.
Buyumlar birinchi qizdirishdan keyin sirlanadi. Farforning siri 31%
kvars qumi, 34% pegmatit, 14% dolomit CaCO
3
•MgCO
3
, 6% farfor sinig„i
va 5% kaolin aralashmasidan tayyorlanadi. Fayans va mayolika siri 26%
kvars qumi, 19% dala shpati, 12% dan stronsiy karbonati va buyum
siniqlari, 11% bura Na
2
В
4
О
7
•10H
2
O, 9% soda Na
2
CO
3
8% kaolin va 3%
bo„r CaCO
3
aralashmasidan tayyorlanadi. Mayolika buyumlari odatda
rangli sir bilan qoplanadi. Sir tarkibiga qo„rg„oshin antimonati
3RbO•Sb
2
O
5
qo„shib sariq, xrom oksidida yashil, kobalt oksidida ko„k,
temir oksidida jigarrang va hammasining ralashmalari qo„shilsa, boshqa
ranglar hosil bo„ladi. Oziq-ovqat idishlari siriga qo„rg„oshin oksidi
qo„shilmaydi.
Farfor siri tarkibida 2-3 valentli metall oksidlari ko„pligi uchun u
sakkiz marta 100- 180°C gacha qizdirilib, 16°C dagi suvga botirilsa ham
yorilmaydi. Fayans siri yetti marta 100- 170°C va 16°C oralig„idagi
harorat o„zgarishlariga chidam beradi. Mayolika siri faqat to„rt marta 100-
160°C oraliqdagi issiqlik o„zgarishiga chidaydi. yodgorliklarining siri 30%
kvars qumi, 36% dala shpati, 17% chinni siniqlari, 12% dolomit va 5%
kaolin aralashmalaridan tayyorlanadi. Sirga rang berish uchun rangli
shishalar yoki lantanoidlar (seziy, prazeodim, neodim, prometiy, samariy,
yevropiy, gadoliniy, terbiy, disproziy, golmiy, erbiy, tuliy, itterbiy va
lyutetsiy) oksidlari qo„shiladi. Boshqa sopol buyumlarining siri 60% gil,
204
10% kaolin, 20% kvars qumi va 10% metall oksidlaridan iborat rangli
angobdan olinadi. Metall oksidlaridah kobalt ko„k, xrom va mis yashil,
temir jigarrang hamda marganes sariq rang beradi. Farfor buyumlari
sirlangandan keyin ikkinchi qizdirishda pechlarga qolipsiz joylashtiriladi.
Shuning uchun tayyor buyumlar tagining qirralik qismi sirlanmagan
bo„ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |