8 . 3 . 2 . T u z l a n g a n v a z i r a v o r l a r b i l a n
s i r k a l a n g a n b a l i q l a r
Tuzlangan baliq. Baliq mahsulotlari ichida tuzlangan baliq
anchagina o„rin egallaydi (ovlanadigan jami baliqlarning salkam 1/3 qismi
tuzlanadi). Ammo tuzlanadigan baliq salmog„i yildan-yilga kamayib
bormoqda va buning hisobiga birmuncha qimmatliroq baliq mahsulotlari
ishlab chiqarish ko„paymoqda.
Tuzlash konservalashning eng oddiy usullaridan biridir. Ammo
tuzlashda oqsil va boshqa to„yimli moddalarning bir qismi namakobga
o„tib, nobud bo„ladi. Tuzlashdan keyin ko„pgina baliq mahsulotlarining
o„zlashtirilishi pasayadi, ta‟mi va xushbo„ylik xususiyatlari yo„qoladi.
Lekin seld, skumbriya, anchous va ba‟zi losos baliqlari bundan mustasno
bo„lib, aksincha tuzlash jarayonida ularning go„shti etiladi, mazasi
yaxshilanadi va u qo„shimcha issiq ishlov berilmasdan ham iste‟molga
loyiq bo„ladi.
Saqlashda tez buziladigan va eb bo„lmaydigan qimmati kam
qismlarini olib tashlash hamda tuzlanish jarayonini tezlashtirish uchun
baliq tozalanadi. Ba‟zi turdagi baliqlar tozalanmasdan, butunligicha
tuzlanadi. Tozalash usuliga qarab, tuzlangan baliqlar quyidagi xillarga
bo„linadi:
-zyabryonaya – jabralari va ichak-chavog„i olib tashlanib (ikra va
urug„ bezlari qoldirilib) tuzlanadi;
-ichak-chavog‗i olib tashlangan baliq – kallasi olingan va
olinmagan bo„lishi mumkin; qorni yorilib ichak-chavog„i ikra va urug„
bezlari bilan birga hammasi olib tashlanadi;
-semujniy usulida kesib tozalangan baliq – qorni bo„ylab uzunasiga
ikki joyidan tilinadi va ichak-chavog„i olib tashlanadi;
-plast (kallasi olingan va olinmagan) – orqa tomonidan yuqori
labidan to dum suzgich qanotigacha kesilib, ichak-chavog„i, ikrasi va
urug„ bezlari bilan birga olib tashlanadi;
-yarim plast – orqa tomonidan umurtqasi bo„ylab o„ng ko„zidan to
141
dum suzgich qanotigacha kesilgan baliq; ichki qismlari butunlay olib
tashlangan (ikrasi va urug„ bezlari qoldirilishi ham mumkin);
-bo‗lak – kami 10 sm dan ko„ndalangiga bo„lak-bo„lak qilib
kesilgan baliq: ichak-chavog„i, ikrasi va urug„ bezlari olib tashlangan;
-spinka-baliq – qorin qismi olib tashlangan baliq.
Baliq turi va tuzlash usuliga ko„ra barcha tuzlangan baliq
mahsulotlari quyidagi guruhlarga bo„linadi.
Tuzlangan losos baliqlar guruhiga syomga balig„i va Kaspiy,
Baltika dengizi lososlari hamda ko„lda yashovchi lososlar, shuningdek,
Uzoq sharq suvlaridagi lososlar (keta, gorbusha, nerka, sima, chavicha,
kijuch va boshq. ) kiradi.
Tuzlangan kaspiy lososlari ichak-chavog„i olingan, semujniy
usulida kesilgan holda tuzlab chiqariladi. Ular Uzoq sharq lososlariga
qaraganda kam tuzli (2 dan to 10% gacha) bo„ladi, go„shti yumshoq,
yog„liq ta‟mi va hidi yoqimli bo„ladi. Sifat jihatidan ular 1-va 2-navlarga
bo„linadi. Navlarga bo„lishda baliqlarning tashqi ko„rinishi, tozalash sifati,
go„shtining konsistentsiyasi, ko„ndalang kesilganligi, rangi, ta‟mi, hidi va
tuzi asos qilib olinadi. Eng qimmatlilari kaspiy lososlari, syomga va zalom
hisoblanadi.
Tuzlangan uzoq sharq lososlari tozalash usuliga ko„ra kallasi
olingan va olinmagan holda ichak-chavoqlari tozalangan, semujniy usulida
kesilib, ichak-chavog„i tozalangan, kallasi olinib va olinmay qatlamlab
tuzlanadi. Tuzlash darajasiga ko„ra: nimtatir tuzlangan (tuz miqdori 6 dan
to 10% gacha), o„rtacha tuzlangan (10 dan to 14% gacha) va o„tkir tuzlan-
gan (14 dan to 19% gacha) bo„ladi. Nerka (qizil), chavicha va keta
baliqlari eng qimmatli mahsulot beradi. Tuzlangan uzoq sharq lososlari
sifat jihatidan 1-va 2-navlarga bo„linadi.
Tuzlangan seldlar – tuzlangan baliq mahsulotlari ichida eng ko„p
tarqalgan guruh. Ular to„yimli va mazali bo„ladi. Seldlar ovlanadigan
rayonlar (Atlantika, Tinch okean, Oq dengiz, Kaspiy, Azov-qora dengiz);
tozalash usuli (tozalanmagan, zyabrenaya, ichak-chavog„i qisman
tozalangan, kallasi olingan, nimta va bo„lak-bo„lak) va tuz miqdoriga
(nimtatir tuzlangan, o„rtacha tuzlangan, o„tkir tuzlangan) ko„ra turlarga
142
bo„linadi. Sifat jihatdan esa ular 1- va 2- navlarga bo„linadi. Navlarga
ajratishda tashqi ko„rinishi, konsistentsiyasi, mazasi, hidi va tashqi
shikastlariga qaraladi.
Ziravorlab tuzlangan seldlar sovutilgan, muzlatilgan va tuzlangan,
1-navdan past bo„lmagan seldlardan tayyorlanadi. Seldlarni o„tkir va
xushbo„y qilib tuzlashda unga tuzdan tashqari turli ziravorlar (xushbo„y va
qora murch, qalampirmunchoq, koriandr, zanjabil, maydalangan muskat
yong„og„i
va boshqalar) qo„shiladi.
Ziravorlab va sirkalab tuzlangan seldlar – bular tuz va sirka bilan
turli ziravorlar qo„shib konservalangan seldlardir. Bu xil tuzlashda ham
seldlarni ziravorlab tuzlashdagi kabi xom ashyodan foydalaniladi.
Ziravorlab hamda ziravor – sirkalab tuzlangan seldlar tuz miqdoriga ko„ra
nimtatir va o„rtacha tuzlangan xillarga bo„linadi. Bunday seldlar sifat
jihatdan navlarga ajratilmaydi.
Mayda anchous seld baliqlari – Uzoq sharq anchousi, kilka, salaka,
tyulka, xamsa, Tinch okean seldlarining uzunligi 17 sm dan ortiq
bo„lmaydi, Atlantika okeani va Oq dengiz seldlarining uzunligi esa 13 sm
dan ortiq bo„lmaydi. Bu baliqlar tozalanmay tuzlanadi. Savdoga tuzlangani
va ziravorlab tuzlangani chiqariladi. Mayda anchous seldlar tuzlanishiga
ko„ra nimtatir tuzlangan, o„rtacha tuzlangan va o„tkir tuzlangan, sifat
jihatdan esa -–1- va 2- navli bo„ladi.
Yuqorida aytib o„tilgan turlardan boshqa barcha oilalardagi
tuzlangan baliqlar tuzlangan boshqa baliqlarga kiradi. Tuzlash oldidan
ular turli ravishda tozalanadi. Tuzlash darajasiga ko„ra tuzlangan boshqa
baliqlar nimtatir tuzlangan (tuz miqdori 6 dan 10% gacha), o„rtacha
tuzlangan (10 dan to 14% gacha) va o„tkir tuzlangan (14% dan ortiq)
baliqlarga bo„linadi. Tuzlangan boshqa baliqlarning sifati yuqori bo„lmay-
di; ular 1- va 2-navlarga bo„linadi.
Tuzlangan sarxil baliqlar turlicha katta-kichiklikda, turli xil
semizlikda, usti shikastlanmagan, toza, yaxshi tozalangan bo„lishi lozim;
konsistentsiyasi shirador, o„rta shirador va zich; hidi shu tuzlangan baliqqa
xos bo„lishi; qorni yorilgan baliqlar (ryapushka va bichokdan tashqari) 1-
navga o„tkazilmaydi, juda oz miqdordagina 2-navga o„tkaziladi.
143
Tuzlangan baliqlarda tayyor mahsulotning sifatini pasaytiruvchi
nuqsonlar uchrab turadi. Bu nuqsonlar quyidagilardan iborat: zagar
(baliqning qon to„planib qolgan joylarining buzilib chirishi, masalan
umurtqasida); zatyajka (baliq chirib buzilishining boshlang„ich davri, baliq
go„shti bir oz qizara boshlagan bo„ladi); xomlik (xom, etilmagan, tayyor
bo„lmagan, yaxshi tuzlanmagan mahsulot); oksidlanish (teri qatlamining
yoki tanasining chirib buzilishi); urilish va ezilish (baliqning ustki qismida
qora dog„ ko„rinishida qontalashib qolishi); tersi ko„pchiganligi va muskul
to„qimalarining g„ovakligi, bo„rtganligi (baliq jabralarini yoqimsiz hidli
mog„or bosishi); zanglash (baliq terisi yoki go„shtining zang rangi bilan
qoplanishi, baliq yog„ining achishidan hosil bo„ladi); yorilish (qorni
yorilgan baliq); sitilish (ehtiyotsizlik natijasida baliqning terisi yoki
go„shtining shikastlanishi); fuksin (baliqning qizil rang bilan qoplanishi,
buni alohida mikroorganizmlar keltirib chiqaradi); prigunok (pishloq
pashshasining lichinkasi; bu lichinka bilan zararlangan baliq o„tkir
namakob bilan yuviladi).
Tuzlangan baliqlarni joylash uchun hajmi 50 dan 250 l gacha
bo„lgan, namakob quyiladigan quruq bochkalardan va sig„imi 80 kg gacha
bo„lgan yashiklardan foydalaniladi. Idishlar mustahkam, toza va begona
hidlardan holi bo„lishi lozim. Baliqlar idishlarga tekis va zich qilib teriladi;
eng pastki qator – qorin tomon yuqoriga qaratilib, eng ustki qator esa –
qorin tomon pastga qaratilib taxlanadi.
Tuzlangan baliqlarni magazinlarda toza, salqin, havo yaxshi
almashinib turadigan binolarda 0 dan to 5
0
C gacha (ammo 12°C dan ham
yuqori bo„lmagan) haroratda saqlash tavsiya etiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |