A. M. Mannonov n. A. Abdullayev r. R. Rashidov


  Рашид А. Талибан. Ислам, нефть и новая Большая игра в Центральной



Download 7,35 Mb.
Pdf ko'rish
bet87/127
Sana19.04.2022
Hajmi7,35 Mb.
#564329
1   ...   83   84   85   86   87   88   89   90   ...   127
Bog'liq
Afg\'oniston tarixi. Mannonov A.M, Abdullayev N.A, Rashidov R.R

103 
Рашид А. Талибан. Ислам, нефть и новая Большая игра в Центральной
Азии. —М.: Библион, 2003 - С. 32.


Lekin, toliblaming poytaxt Kobulga uyushtirgan dastlabki huju- 
mi muvaffaqiyatsizligining boshqa sababi bor edi. U ham bo‘lsa, 
Pokiston ko'rsatmasiga binoan toliblar Qandahor - Hirot yo'lini, 
ya’ni Pokistonni Markaziy Osiyo bilan bog'lashi kerak bo'lgan 
asosiy magistral yo‘lning Afg'onistonga qarashli qismini to‘liq 
nazorat qilish maqsadida o'z harbiy harakatlarini shimoliy-g‘arbiy 
yo‘nalishga qaratishgan edi. Qizig‘i shundaki, 1994-yil yozida Turk- 
manistonning Kushka shahridan Pokistonning Chaman shahrigacha 
temir yo'l qurilishi loyihasi ma’qullangan edi. Mazkur temir yo‘l 
shoxobchasi Hirot orqali Afg'onistonning g‘arbiy viloyatlaridan 
o‘tib Qandahorga borishi mo‘ljallangan edi. Ushbu loyiha e’lon 
qilinishidan birmuncha vaqt o‘tgandan so‘ng bu yerda toliblar pay­
do bo‘lishganligi bejiz emas edi.
Shuningdek, aynan shu davrda Turkmaniston hududidan 
Pokistonga qadar qariyb 1500 km ga cho‘ziluvchi “transafg‘on 
gaz quvuri”ni yotqizish rejasi ham yuzaga chiqdi. Bunday yirik 
loyihaning amalga oshirilishida Saudiya Arabistonining “Delta 
Oyl” neft kompaniyasi va AQSHning “Unocal” (United Oil of Cali­
fornia) kompaniyasi asosiy ishtirokchilar ekanligi “Tolibon” ha- 
rakatini mazkur gaz quvuri o‘tadigan shimoliy-g‘arbiy hududlami 
imkon boricha tezroq o'z nazoratiga olishga undar edi.
1995-yilga kelib toliblar Hirot shahrini bosib oldilar va 
Afg‘ onistonning Turkmaniston bilan chegarasiga chiqdilar. Shunday 
qilib, 1995-yildayoq Pokistondan Markaziy Osiyo mintaqasiga 
transport yo‘lagini ochishdan iborat geosiyosiy vazifaning birinchi 
bosqichi bajarildi.
1995-yilga kelib toliblar Afg‘oniston markazi va shimolida 
nisbatan qattiq qarshilikka duch keldilar. Bunda toliblar etnik 
jihatdan o‘zbek millatiga mansub jangchilami birlashtirgan general 
Abdurashid Do‘stum boshchiligidagi “Jumbush-e Melli-ye Eslo- 
mi-ye Afg'oneston” (Afg‘oniston milliy islomiy harakati), etnik 
tojiklaming Burhoniddin Rabboniy va Ahmad Shoh Mas’ud bosh­
chiligidagi “Afg'oniston Islom Jamiyati” va hazoriy shialarining 
Muhammad Xaliliy rahbarligidagi “Hezb-e Vahdat” (Afg'oniston


islom birligi partiyasi) kabi siyosiy tashkilotlar qarshiligiga uchrab, 
Afg‘oniston ichkarisiga kirib borishni vaqtincha to'xtatdi.
Shu tariqa, 90-yillar o‘rtalariga kelib, Afg‘oniston quyidagi 
tartibda parokanda holga keltirilgan edi. “Tolibon” harakati -
mamlakatning janubiy, janubi-g‘arbiy hamda shimoliy-g‘arbiy 
viloyatlarini, shu jumladan Qandahor va Hirot shaharlarini, 
hazoriy shialari - tog‘li Hazorajotdagi Bomiyon viloyatini, general 
A.Do‘stum - mamlakat shimolidagi olti viloyatni, B.Rabboniyning 
“Afg‘oniston islomiy hukumati” - mamlakat poytaxti Kobulni va 
Tojikistonga yondosh shimoli-sharqiy viloyatlami nazorat qilar 
edi. Bundan tashqari, toliblarga muxolifatda bo‘lgan pushtun jan- 
gari qo‘mondonlari Afg‘oniston janubidagi yirik Jalolobod shahrini 
egallab turishardi.
1996-yil 26-sentabrda Kobul qo‘lga kiritilgach esa, toliblar 
xalqaro huquq shartlariga zid ravishda Kobuldagi BMT vakolat- 
xonasiga bostirib kirdilar hamda u yerdan panoh topgan mamlakat­
ning sobiq prezidenti Najibulloni qiynab o‘ldirdilar va uning jasadini 
namoyishkorona qilib poytaxt markazida osib qo‘ydilar.

Download 7,35 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   83   84   85   86   87   88   89   90   ...   127




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish